Qarshi muhandislik iqtisodiyot institui neft va gaz fakulteti «texnologik mashinalar va jihozlar» kafedrasi


-rasm. Issiqlik almashinish qurilmalarini mexanik tozalash uchun qurilma



Download 6,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/163
Sana25.04.2022
Hajmi6,47 Mb.
#581207
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   163
Bog'liq
neftkimyo va neft - gazni qayta ishlash jihozlari fani boyicha maruzalar matni

3-rasm. Issiqlik almashinish qurilmalarini mexanik tozalash uchun qurilma. 
1-parma; 2-g‘ovak val; 3-taqsimlovchi zolotnik; 4-yuritma; 5-tayanch; 6-koshka; 7-uch
oyoq; 8-lebedka; 9-kran osti yо‘li. 
Bular chо‘kindilarni mexanik tozalash yо‘li bilan olib tashlanadi. U 
chо‘kindilarni truba yuzasidan turli asboblar yordamida yumshatilib va qirqib 
tozalanadi. Mexanik tozalash jarayoni kо‘p mehnat talab qiladi. Oddiy holda 
trubalar shampollari uchi «kirpi» li uzun chiviqlar tiqib tozalanadi. Undan 
sо‘ng, (ba’zan esa bir vaqtning о‘zida) trubalar, ularning har biriga alohida 
uzatilayotgan bug‘ orqali puflab tozalanadi. Zarur bо‘lganda bu operatsiyalar 
qayta-qayta takrorlanadi, bunda uchi «kirpi»li chiviqlar diametrini muntazam 
oshirib boriladi. 
Zavodlarda 
tozalash 
mexanizatsiyasi 
uchun 
turli 
moslamalar 
qо‘llanilmokda. Ularning asosida aylantirib parmalash yotadi. Aylanma 
parmalovchi uchlik asta-sekin о‘z og‘irligi ostida tozalanayotgan trubaga itarib, 
(vertikal issiqlik almashinish qurilmalari bо‘lganda) yoki ishchi kuchi bilan 
(qurilmalar gorizantal о‘rnatilagan bо‘lsa) kiritiladi. Parma rezbada kovakli 
(trubali) val bilan birikkan, valning uzunligi tozalanayotgan truba uzunligiga 
teng. Val pnevmo yoki elektrodigateldan reduktor orqali aylanma harakatga 
keltiriladi. Moslama truba ichiga yuvuvchi suv uzatish uchun zolotnikli qurilma 
bilan ta’minlangan, suv parma yuzasidagi ochiq teshiklar orqali yuzaga chiqadi 
va yumshagan iflosliklarni yuvib chiqadi. Ba’zi hollarda trubalarga suv о‘rniga 
suv bug‘i uzatiladi. Bunda kuyib qolishdan saklanish uchun xavfsizlik 
qoidalariga amal qilish kerak. 
3-rasmda moslama konstruksiyasi va uning vertikal va gorizantal issiqlik 
almashinish qurilmalarini tozalashda moslamaning о‘rnatilishi sxemasi 
keltirilgan. Bunday moslamalar yordamida boshqa issiqlik almashinish 
qurilmalarining trubalarini ham tozalash mumkin, xususan suzuvchi kallakli 
qobiq trubali issiqlik almashinish qurilmalari va «truba ichida truba» tipidagi 
issiqlik almashinish qurilmalar. Mexanik tozalashdan sо‘ng trubalarning ichki 
yuzalarini mumkin qadar bir necha vaqt davomida issiqlik suv bilan yuvish 
kerak. Qattiq konstruksiyali issiqlik almashinish qurilmalarining kо‘rinmas 
nuqsonlarini, qopqoqning har ikki yon tomonidan ochilgan trubalararo 
bо‘shliqni bosim bilan tekshirish orqali aniqlanadi. Yemirilgan yoki kо‘chib 
ketgan trubalarni bosim bilan tekshirilayotgan suyuqlik paydo bо‘lganligidan, 
trubalarning uchlarini truba panjaralari bilan birikishi zich emasligini esa, 
suyuqlikni quyib yuborishidan va terlab qolishidan bilsa bо‘ladi.


100 
Ishdan chiqqan trubalarni almashtirish juda qiyin operatsiya. Truba 
panjaralari orqasidagi trubalar pichoq bilan kesiladi (agar buning iloji bо‘lsa), 
panjara tomonlarida joylashgan trubalarni esa, keskichli maxsus kallaklar bilan 
kesiladi (4- rasm), bunda yuritma sifatida juvalash turbinkasi yoki 
elektrodvigatel xizmat qiladi. Kichkinagina keskichni baraban kesilgan joyiga, 
ishchi qismini yuqoriga qilib shunday о‘rnatiladiki, bunda u о‘zining kuyi qiya 
yonbosh yuzasi bilan uzatilayotgan konus yuzasiga о‘tirsin, bu konus 
barabanga sirpanuvchan shponkasi orqali bog‘langan. Barabanga fiksatsiya 
qiluvchi shaybasi kirgizilgan bо‘lib, u truba panjarasiga siqiladi va truba kesib 
tashlanishi kerak bо‘lgan listdagi keskich holatini fiksatsiyalaydi. Uzatilayotgan 
konusni aylantirib ( u bilan birga keskichli barabanni ham), unga yengilgina 
UK bо‘ylab bosish orqali keskichni asta-sekin uning kundalang uzatilishini 
ta’minlagan holda yuzaga chiqarila boshlanadi. Panjara uyalarida qolgan truba 
uchlarini zubilo yoki borodok bilan pachoqlanadi yoki urib tashlanadi. 
Almashtirilayotgan trubani uning tashqi diametri bо‘ylab yо‘nalgan opravka 
yordamida panjaralarning biridan chiqarib olinadi va о‘rniga yangisini, 
uchlarini panjaraga teshik og‘zini yumaloqlab yoki ularga payvandlab 
о‘rnatiladi. 
Uchlari payvandlangan trubalarni payvandlash murakkabroq. Buning 
uchun qо‘l kuchi yordamida yoki pnevmatik bolg‘acha yordamida chok uziladi, 
ba’zan panjaradagi uyacha mexanik qayta ishlov beriladi. Amalda 
yemirilgantubalarni yangilariga almashtirish kam uchraydi; odatda ularni har 
ikki uchlari tomonidan metall (masalan, pо‘latdan yasalgan) tiqinlar bilan yopib 
qо‘yiladi, ular kichkinagina konuslikka (3-5°) egadir. Tiqinlarni trubadagi 
maksimal bosimga mustahkam qarshilik qilishlari uchun zichlab urib qо‘yiladi. 
Yopib qо‘yilgan trubalar soni, bitta oqimga tо‘g‘ri keladigan, ularning 
bog‘lamdagi umumiy soni 10% dan oshmasligi kerak, aks holda gidravlik 
qarshilik sezilarli darajada ortib ketadi va issiqlik almashinishi sezilarli 
darajada kamayib ketadi. 

Download 6,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish