Qarshi muhandislik iqtisodiyot institui neft va gaz fakulteti «texnologik mashinalar va jihozlar» kafedrasi


Sirtiy issiqlik almashinish qurilmalari



Download 6,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/163
Sana25.04.2022
Hajmi6,47 Mb.
#581207
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   163
Bog'liq
neftkimyo va neft - gazni qayta ishlash jihozlari fani boyicha maruzalar matni

Sirtiy issiqlik almashinish qurilmalari 
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasida qobiq-quvurli, zmeevikli, 
qo‘sh quvurli, namlovchi, plastinali, spiralsimon, g‘ilofli, qirrali issiqlik 
almashinish uskunalari keng ishlatiladi. 


108 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1-rasm. Bir yo‘lli qobiq-quvurli issiqlik almashinish uskunasi: 
1–qobiq; 2–quvur to‘rlari; 3–quvurlar; 4–qopqoq; 5,6–issiqlik tashuvchi agentlar 
(I va II) kiradigan va chiqadigan shtuserlar; 7–bolt; 8–qistirma. 
Qobiq quvurli issiqlik almashgichlar. 
Bunday uskunalar sanoatda eng 
ko‘p tarqalgan. Qobiq-quvurli issiqlik almashgichlar qobiq ichiga joylashgan 
quvurlar to‘plamidan iborat bo‘lib, quvurlarning uchlari to‘rlarga 
mahkamlangan bo‘ladi (1-rasm). Uskunalarning yuqorigi va pastki qismlarida 
qapqoq flanes yordamida quvur to‘riga biriktiriladi. Yuqorigi va pastki 
qopqoqlarda isitilayotgan yoki sovitilayotgan agentlarni berish uchun shtuser 
mo‘ljallangan. Quvurlar to‘rlarga razvalsovka, payvandlash, salnikli qistirma 
qo‘yish va boshqa usullar yordamida biriktirilishi mumkin (2-rasm). Issiqlik 
tashuvchi agentning birinchisi quvurlarning ichida, ikkinchisi esa quvurlar va 
uskunaning ichki devori oralig‘idagi bo‘shliqda harakat qiladi. 
1-rasmda bir yo‘nalishli qobiq-quvurli issiqlik almashinish uskunasi 
ko‘rsatilgan. Bunda isitiluvchi gaz yoki suyuqlik qopqoqdagi patrubka orqali 
bitta quvurdan kirib, o‘sha quvurdan chiqib ketadi. Кo‘pincha, bu turdagi 
isitkichlarda isitilayotgan va issiqlik berayotgan muhitlar bir-biriga qarama-
qarshi yo‘nalishda harakat qiladi. Isituvchi agent doim isitkichning yuqorigi 
qismidan va isitilayotgan muhit esa uskunaning pastki qismidan quvurlar ichiga 
beriladi. Bu muhitlarning yo‘nalishi isitkichdagi yo‘nalishga mos keladi, chunki 
isitilayotgan vaqtda harorat ortishi va kamayishi bilan ularning zichliklari 
o‘zgaradi. 
Masalan, bug‘ o‘z issiqligini berib sovishi natijasida uning zichligi oshib, 
pastga qarab harakat qiladi. Bundan tashqari, muhitlarning bu yo‘nalishida
ularning tezliklari bir xil taqsimlanib, uskunaning ko‘ndalang kesimida issiqlik 
almashinish o‘zgarmas bo‘ladi. 
Agar muhitlarning yo‘nalishi aksincha bo‘lsa, ya’ni isituvchi agent 
uskunasining pastki qismidan quvurlar va qobiq oralig‘idagi bo‘shliqqa va 
isitilayotgan muhit isitkichning yuqorigi qismidagi quvurlarga berilsa, u holda 
bug‘ issiqligini berib sovishi natijasida, uning zichligi oshib yuqoriga 


109 
ko‘tarilmaydi.
2-rasm.
Quvurlarni quvur to‘rlariga biriktirish usullari: 
a) razvalsovka; b) ariqchalar orqali razvalsovka qilish; d) payvandlash; e) salnikli qistirma 
qo‘yish. 
Natijada pastki quvurlar bilan qobiq orasidagi bo‘shliqda kondensat 
to‘planib, bug‘ning bu bo‘shliq orasidan o‘tishi qiyinlashadi va issiqlik 
almashinish jarayonining tezligi kamayadi. 
Bu issiqlik almashgichlarda suyuqliklarning sarfi kam bo‘lganda ularning 
quvurlardagi tezligi ancha kichik bo‘lib, natijada issiqlik almashinish 
koeffitsiyenti ham kam bo‘ladi. Issiqlik tashuvchi agentlarning tezligini oshirish 
uchun ko‘p yo‘lli isitkichlar ishlatiladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
3-rasm
. Кo‘p yo‘lli (quvurlar ichidagi bo‘shliq bo‘yicha)
issiqlik almashgich: 
1–qopqoq; 2–to‘siqlar; I, II–issiqlik tashuvchi agentlar

Кo‘p yo‘lli issiqlik almashgichlarda quvurlarni seksiyalarga bo‘lish uchun 
yoki muhitning harakat yo‘lining soniga qarab uskunaning qopqog‘i bilan quvur 
to‘rining orasiga to‘siqlar o‘rnatiladi (3, 4-rasmlar). Bunda har bir seksiyadagi 
quvurlarning soni bir xil bo‘lishi kerak.
Кo‘p yo‘llik issiqlik almashgichlarda bir yo‘nalishli uskunalarga nisbatan 
muhitlarning tezligi yo‘llarning soniga qarab mutanosib ravishda o‘zgaradi. 


110 
4-rasm.
Кo‘pli yo‘lli (quvurlar tashqarisidagi bo‘shliq bo‘yicha) issiqlik almashgich: 
1–qobiq; 2–yo‘naltiruvchi to‘siqlar; I, II –issiqlik tashuvchi agentlar. 
Sanoatning barcha tarmoqlarida 2, 4 va 6 yo‘lli issiqlik almashgichlar 
ishlatiladi. Chunki yo‘llarning soni ortishi bilan gidravlik qarshilik ortib, issiqlik 
almashinish uskunasining tuzilishi murak-kablashadi. Bir yo‘lli va ko‘p yo‘lli 
qobiq-quvurli issiqlik almashgichlar vertikal va gorizontal holatda bo‘ladi. 
Vertikal issiqlik almashinish uskunalarini ishlatish qulay, ularning tuzilishi 
sodda va kam joyni egallaydi. Gorizontal issiqlik almashinish uskunalari 
o‘pincha ko‘p yo‘lli qilib tayyorlanadi. 
Qobiq-quvurli uskunalarda qobiq bilan quvurlar orasidagi harakatlarning 
farqiga qarab quvur va qobiqning uzayishi har xil bo‘ladi. Shuning uchun qobiq-
quvurli uskunalar tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: 1) qo‘zg‘almas to‘rli 
issiqlik almashgichlar; 2) kompensatsiyalovchi moslamali issiqlik almashgichlar 
(bunday uskunalarda quvurlarning turli darajada uzayishiga imkon bor). 
Qo‘zg‘almas to‘rli issiqlik almashgichlarda issiqlik ta’sirida quvurlar va 
qobiq har xil uzayadi, shu sababli bunday uskunalar quvurlar va qobiq 
o‘rtasidagi haroratlar farqi katta bo‘lmaganda (50
0
C gacha) ishlatiladi. 

Download 6,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish