VIII
bob. DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA
QARSHI KURASHNING XALQARO SIYOSIY-HUQUQIY
ASOSLARI
Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda xalqaro hamkorlik.
Xalqaro terrorizm — eng og‘ir jinoyat bo ‘lib, u uzoq davom etgan
jarayonlarning hosilasi hisoblanadi.
Unga qarshi kurashda davlatlararo hamkorlikning yo‘lga qo ‘yilishi
o ‘tgan asming 30-yillaridan boshlangan. Masalan, 1934-yilda Madridda
bo'lib o ‘tgan jinoyatchilikka oid qonunlarni unifikatsiyalashtirish
m uam molariga bag‘ishlangan konferensiyada terrarizm ning «Aholini
dahshatga solish va har qanday ijtimoiy tashkillashuvni yo‘q qilish
m aqsadida biror bir vositani qo ‘llash» degan m a’nodagi ta ’rifi qabul
qilinishiga erishilgan edi.
1937-yilda 20 dan ortiq davlat terrorizmning oldini olish va bunday
harakatlar uchun jazolash haqidagi Konvensiyani imzoladi. U nda
terrorizm «davlatga qarshi qaratilgan, muayyan shaxslar yoki aholi
o ‘rtasida qo'rquvni keltirib chiqarish maqsadini ko‘zlagan jinoiy faoliyat»
deya t a ’riflangan edi. D avlat bosh liq lari, ularning h u quqidan
foydalanuvchi, ular tayinlagan yoki m erosxo'r b o ‘lgan kishilar, qayd
etilgan shaxslarning ayollari hayoti, sog‘lig‘i, ozodligiga tajovuz qilish,
jamoat mulki yoki boshqa davlatning mulkiga zarar yetkazish, ommaviy
xavf tug‘dirish bilan odamlarni halok qilish niyatini ko'zlash, ko'zla-
gan jinoyatlarini sodir etish maqsadida qurol-yarog' va portlovchi
m oddalar sotib olish, saqlash va yetkazib berish ana shunday jinoyat
sirasiga kiritilgan edi.
Ayni paytda, terrorchilarni jinoiy javobgarlikka tortish uchun 13
davlat suveren tenglikni chegaralovchi «Xalqaro jinoiy sudni tashkil
etish» haqidagi Konvensiyani imzoladi. Shunday bo‘lsa-da, bu hujjatlarda
xalqaro terrorchilarni tutib berish masalasi um um an qo‘yilmagan,
terrorizmning ta’rifi esa haddan tashqari kengayib ketgan edi. Yuqoridagi
kabi qator kamchiliklari tufayli nomlari zikr qilingan konvensiyalar
zarur miqdordagi ratifikatsiyalarni to'play olmadi va kuchga kirmay
qolib ketdi. Shunga qaramay, ularbu sohadagi davlatlararo hamkorlik-
ka ozm i-ko‘pmi ijobiy ta ’sir ko‘rsatgani shubhasiz, albatta. Chunki
ularning asosiy qoidalaridan terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi milliy
qonunlarni mukammallashtirishda foydalanildi.
1972-yilning may va sentabr oylarida sodir b o ‘lgan voqealardan
keyin xalqaro hamjamiyat bu dolzarb va xavfli hodisaga yana o ‘z e’tiborini
qaratdi. Terrorizm haqidagi umumiy tushuncha va terrorchilik faoliyati
bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni jazolash choralarini belgilab beruvchi
109
huquqiy aktlar ishlab chiqildi. 0 ‘nlab davlatlarda terrorizmga qarshi kurash
to ‘g‘risidagi qonunlar qabul qilindi, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama
bitimlar imzolandi. Qurolli to'qnashuvlar vaqtida terrorchilik harakatlarini
qo'llash xalqaro gum anitar huquq m e’yorlariga, xususan, 1949-yilda
imzolangan Urush paytida oddiy fijqarolami himoya qilish haqidagi Jeneva
Konvensiyasiga, 1977-yilda qabul qilingan Q o‘shimcha protokollar
qoidalariga ko‘ra man etilgan.
Urushdan keyingi davr terrorchilik guruhlarining son va sifat jihatidan
o ‘sishi bilan farqlanadi. Ularning ichida «Shtern», «Irgun» (Isroil),
«Yahudiylami himoya qilish ligasi» (AQSH), «Tamil Ilam»ni ozod
qiluvchi yo‘lbarslar», «Baader-Maynxof», «Qora intematsional», «Butun
dunyo natsional-sotsialistik ittifoqi», «Armanistonni ozod qilish maxfiy
arm an armiyasi» kabi uyushmalar ko‘pchilikka m a’lum edi. Shuning-
dek, hozirda dunyoning 60 ga yaqin mamlakatlarida shunday guruhlar
mavjud. Jum ladan, Yevropada ham «Qizil brigadalar» (Italiya), «Qizil
Armiya fraksiyasi», «Jangari kommunistikguruhlar» (Belgiya), «Akson
direkt» (Fransiya), «ЕТА» (Ispaniya) kabi ko‘p sonli terrorchilik
uyushmalari faoliyat olib bormoqda.
Ayni paytda, terrorchilik nafaqat siyosiy, balki katta m iqdorda pul
talab qilish va boshqa oddiy jinoiy maqsadlarda ham amalga oshirila
boshlaganini ta ’kidlash zarur. Natijada, nafaqat xalqaro m uhofazadan
foydalanuvchilar, balki oddiy fuqarolar ham jabr ko‘ra boshladi. Ularga,
aholi zich yashaydigan joylar, aeroportlar, metro bekatlari, restoran va
ibodatxonalarda amalga oshirilgan portlatishlami kiritish mumkin.
Bunday jinoyatlarga qarshi kurashda xalqaro hamkorlik aloqalari
kengayib borm oqda. Jum ladan, BM T huzurida xalqaro terrorizm
bo'yicha tashkil etilgan Maxsus qo'm ita terrorizm sabablarini o ‘rganish,
b artaraf qilish va unga qarshi kurash borasida davlatlar faoliyatini
muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanmoqda.
1973-yilning dekabrida BM T Bosh Assambleyasi xalqaro m uh o
fazadan foydalanadigan shaxslar, jum ladan, diplom atik agentlarga
qarshi qaratilgan jinoyatlarning oldini olish va jazolash b o ‘yicha
K onvensiyani qabul qildi. U ning 1-m oddasiga m uvofiq xorijiy
m am lakatda bo‘lib turgan davlat va hukumat boshliqlari, tashqi ishlar
vaziri, ularga ham rohlik qilayotgan oila a ’zolari; maxsus m uhofaza
huquqi b o ‘lgan davlat vakili yoki m ansabdor shaxs; hukum atlararo
xalqaro tashkilotning m ansabdor shaxsi yoki agenti va ular bilan
birga yashovchi oila a ’zolari xalqaro m uhofazada b o ‘ladigan shaxslar
qatoriga kiritilgan.
Odam o ‘ldirish, o ‘g‘irlash yoki shaxs va uning erkinliklariga boshqa
bir shaklda tajovuz qilish; erkinligi yoki shaxsiyatiga xavf tug'dirgan
holda rasmiy idoralarga yoki shunday shaxslaming transport vositalariga
no
zo ‘ravonlik bilan bostirib kirish, egallab olish; tahdid, qasd qilish va
shunga o ‘xshash bosqinchilikda ishtirok etishdek qasddan qilingan
harakatlar esa xalqaro jinoyat sifatida e’tirof qilinadi.
Terrorchini o‘z hududida qo‘lga olgan davlat amaldagi qonunlariga
ko‘ra uni jinoiy javobgarlikka tortish yoki boshqa davlatga shu maqsadda
tutib berish uchun zarur choralarni ko'radi. Ayni paytda, ko‘rilgan
choralar haqida manfaatdor davlatlar yoki xalqaro tashkilotlarga ma’lum
qiladi. Bunday jinoyatlar.
— jinoyat shu davlat hududida yoki shu davlatda ro'yxatga olingan
transport vositasi (kema, samolyot va sh.k.) bortida amalga oshirilganda;
— gum on qilinayotgan jinoyatchi shu davlat fuqarosi bo‘lganda;
—jinoyat shu davlat nomidan rasmiy vazifani bajarayotgan va xalqaro
muhofazadan foydalanadigan shaxsga qarshi sodir etilganda davlatlaming
yurisdiksiyasi amalga oshiriladi.
Qayd etilgan harakatlarga qarshi kurash bo‘yicha siyosiy kelishuvlar
Yevropa xavfsizlik va hamkorlik Kengashi ishtirokchUarining Xelsinki, Madrid,
Vena, Parijda qabul qilgan yakunlovchi aktlarida o ‘z ifodasini topgan.
Ayni paytda, terrorchilik xurujlarining oldini olish va uni sodir etganlik
uchun jazolash to‘g‘risidagi Amerika davlatlari tashkiloti (1971-y.), Yevropa
d a v la tla ri (1976-y.) va Jan u b iy O siyo m in taqav iy ham korligi
assotsiatsiyasi (1987-y.) tom onidan qabul qilingan uchta mintaqaviy
Konvensiya ham mavjudligini qayd etish lozim.
Shu bilan birga, Yevropa iqtisodiy hamjamiyati tarkibida terrorizm
bo‘yicha Tashqi ishlar vazirlari Qo‘mitasi ham faoliyat ko'rsatayotganini
ta ’kidlash zarur.
Bu yo‘nalishda hamkorlik qilishga intilish m usulm on dunyosi
mamlakatlariga ham xosdir. Ko'plab arab-musulmon davlatlari Ichki
ishlar vaAdliya vazirlari tomonidan 1998-yilda imzolangan terrorizmga
qarshi kurash bo'yicha Arab bitim ini qabul qilishgan.
Fons ko'rfazidagi arab davlatlari hamkorlik Kengashiga a ’zo bo'lgan
m am lakatlar ham hozirda shunga o'xshash Bitimni yaratish ustida
ishlamoqdalar. Bu m am lakatlar tom onidan terrorizm bilan kurashni
tashkil etish, noqonuniy yo‘llar bilan topilgan pullarni legallashtirish,
shubhali tadbirlarga pul yig‘ishning oldini olishga qaratilgan bir qator
ch o ralar k o ‘rilgan. K o‘plab q o 'sh n i davlatlar bilan xavfsizlikni
ta ’minlash sohasida bir qator bitim lar ratifikatsiya qilingan. Bu bitim -
lar ekstremizm va terrorizm bilan kurash, shuningdek, jinoyatchilarni
tutib berishga aloqador qoidalarni qamrab oladi.
Bundan tashqari, Jazoirda teraktlardan aziyat chekkan fuqarolarga
moddiy yordam ko‘rsatish, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash
qurboni bo‘lganlargatovon puli to‘lash masalalariga bag'ishlangan hujjatlar
qabul qilingan.
i l l
Biroq hali ham xalqaro terrorizm tushunchasining mohiyati, huquqiy
tabiati va uni sodir etganlik uchun javobgarlikni belgilovchi yagona
universal kelishuv ham , xalqaro terrorchilik xurujlarini xarakterlovchi
to ‘la ro‘yxat ham yo‘q.
Xalqaro bitimlarni tahlil qilish:
— e lc h ix o n a la r, x alq aro ta s h k ilo tla rn in g m issiyalari yoki
vakolatxonalari shtab-kvartiralarini portlatish;
— mulkka zarar yetkazish yoki yo‘q qilish, odamlarni jarohatlash
va o ‘ldirish maqsadida ko‘chalar, aeroportlar, vokzallar, madaniyat
markazlari, sanoat inshootlari, savdo-sotiq va kasbiy faoliyat uchun
mo'ljallangan binolarda sodir etiladigan qo'poruvchilik harakatlari;
— yuk, banderol, xat va pochta orqali yuboriladigan boshqa narsalaiga
portlovchi moslamalami o ‘matib, qasddan foydalanish;
— jam oat binolariga nisbatan sodir etilgan har qanday qo‘poruv-
chilik harakati;
— xalqaro terrorchilik harakatlarini amalga oshirish maqsadida fitna
uyushtirish va uning har qanday ko‘rinishida ishtirok etishni xalqaro
terrorchilik xurujlari qatoriga qo'shish imkonini beradi.
Boshqa m anbalarda esa, odamlarni garovga olish, qaroqchilik,
fuqarolar aviatsiyasiga qarshi yo'naltirilgan hodisa, shuningdek, yadroviy
xom-ashyolarni noqonuniy qo‘lga kiritish va ishlatish kabilar ham
xalqaro terrorchilik amaliyotlari qatoriga kiritilgan.
Xalqaro terrorizm katta xavf tug'dirishi, keng tarqalgani va amalga
oshirish shakllarining xilma-xilligi tufayli ham davlatlar unga qarshi
kurashish uchun maxsus konvensiyalar qabul qilishda davom etmoqdalar
va bunday xurujlarni xalqaro jinoyat deb ta ’rif bermoqdalar.
Kishilikjamiyati rivojining hozirgi bosqichida terrorizm, jumladan,
diniy-siyosiy mohiyatga ega ekstremizm va terrorizmning globallashuvi,
ularning tobora xalqaro miqyosdagi voqelikka aylanib borayotgani dunyo
ham jam iyatining m azkur m uam m oga b o ‘lgan e ’tiborini yanada
oshirmoqda, unga boigan munosabatini tubdan o ‘zgartirmoqda.
M azkur m uam moning BMT, YEXHT, NATO kabi nufuzli xalq
aro institutlar faoliyatidagi o ‘rni uzluksiz oshib bormoqda. Terrorizmga
qarshi kurashni faollashtirish, uning samarasini oshirishga qaratilgan
o ‘nlab huquqiy hujjatlar, shartnomalar, bitimlar, konvensiyalar qabul
qilinmoqda, tashkilotlar hamda ijro tizimi yaratilmoqda. Xususan, BMT
Xavfsizlik Kengashining oxirgi yillarda qabul qilingan 1368, 1373 va
1377-qarorlari mazkur m uam moning turli qirralarini qamrab olgan
bo‘lib, dunyoning mutlaq ko‘pchilik davlatlari tom onidan qizg‘fn
qo'llab-quw atlanm oqda. Ulardabelgilangan maqsadlarga erishishning
amaliy yo‘llari izlanmoqda. M DHning Aksilterror markazi ham da
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti tuzilmalari shunday institutlardan bo‘lib,
112
ularning yaratilishi va bugungi faoliyati, ko‘p jihatdan, 0 ‘zbekiston
Respublikasi tashabbuslari samarasidir.
Terrorizmga qarshi kurashning huquqiy asoslarini mustahkamlash
bu kurashda ilg‘or hisoblangan m am lakatlar tajribasida ham alohida
o ‘rin tutm oqda. Masalan, 1958— 1999-yillardavomida AQSHda qabul
qilingan 40 ta huquqiy hujjat u yoki bu darajada terrorizmga qarshi
kurashning huquqiy zaminini mustahkamlashni ko‘zlaydi. Ularning
eng m uhim lari qatoriga maxsus «Prezident direktivasi» (1995-y.) va
«Terrorizm ga qarshi kurash haqidagi qonun»ni (1996-y.) kiritish
mumkin.
Diniy-siyosiy ekstremizm va terrorizm dan katta talafot ko'rayot-
gan ayrim boshqa davlatlar, jum ladan, Isroil, Rossiya, M isr va
0 ‘zbekiston ham ana shu yo'ldan borm oqda. Ushbu mam lakatlarda
qabul qilinayotgan qonunlar ham da boshqa huquqiy hujjatlar tegishli
davlat idoralari, ayniqsa, huquqni m uhofaza qilish muassasalarining
tayyorlanayotgan qo'poruvchilik xurujlarini aniqlash va ularning oldini
o lish d a g i im k o n iy a tla rin i k e n g a y tiris h n i k o ‘zlay d i. M a z k u r
yo'nalishdagi xalqaro tajribaning amaliy natijalari maxsus aksilterror
harbiy b o ‘linm alarini tuzish, alohida aham iyatga ega o b ’ektlar,
jum ladan, yadroviy muassasalar, yirik suv havzalari, ommaviy jam oat
joylari himoyasini kuchaytirish, garovga olinganlarni ozod etishning
muzokara yo‘llarini yaratish va m untazam takomillashtirishga qaratil-
gan texnologiyalarning tug‘ilayotganida o ‘zini namoyon etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |