Havo kemalarida sodir etiladigan jinoyatlar
1960-yillar oxiridan
boshlab keng tarqala boshladi. Bungacha sodir etilgan ayrim shunday
jinoyatlar «havo qaroqchiligi» deb baholanar edi. Bu atam a dengiz
huquqidan olingan b o ‘lib, uning qaroqchilikka hech qanday aloqasi
yo‘q.Qaroqchilik fuqarolar va ekipaj a ’zolari mulkini egallab olishdek
shaxsiy m aqsadlarni ko‘zlaydi. Bosqinchilik, sam olyotlarni olib
qochish, garovga olish, samolyotlarni vayron qilishdek harakatlar
bilan birgalikda kechadi. Havo kem alarida amalga oshiriladigan
jinoyatlarning maqsadi ham boshqacha boMadi.
115
Havo kemalarida sodir etiladigan qonunbuzarliklar va boshqa shunga
o ‘xshash harakatlar yuzasidan 1963-yilda qabul qilingan va 1969-yildan
kuchga kirgan Tokio Konvensiyasida havo kemasini garovga olish «Havo
kemasida uchayotgan shaxs, noqonuniy ravishda, kuch ishlatish yoki
kuch ishlatish bilan qo‘rqitish orqali havo kemasi parvozini boshqarishga,
qo‘lga olishga yoki boshqa usullar bilan nazoratga olishga urinish» sifatida
ta ’riflangan. Biroq bunday harakatlarjinoyat sifatida baholanmagan, balki
davlatlarga tegishli tavsiyalar berilgan edi.
1970-yilda havo kem alarini noqonuniy ravishda q o ‘lga olishga
qarshi kurash b o 'y ich a G aaga Konvensiyasi im zolandi va bunday
harak atlar xalqaro jinoyat sifatida k o ‘riladi.
1971-yilda fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga qarshi yo‘naltirilgan
noqonuniy harakatlarga qarshi kurash haqidagi M onreal Konvensiyasi
qabul qilindi. Unda havo kemasida sodir etiladigan va jinoiy javobgarlikka
to rtilishg a olib keladigan jin o y atlar soni an ch a kengaytirilgan.
Konvensiyaning 1-moddasiga binoan uni imzolagan davlatlar:
— havo kemasida bo‘lgan shaxsga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilgan va
bu harakat havo kemasi xavfsizligiga tahdid solganda;
— foydalanilayotgan havo kemasini vayron qilish yoki uning ishdan
chiqishga yoki parvoziga xavf tu g 'diru vch i nosozliklar keltirib
chiqarilganda;
— havo kemasiga uni vayron qiluvchi, ishdan chiqaruvchi yoki
parvoziga xavf tug'diruvchi har qanday buyum va qurilm alar olib
kirilganda;
— havo kemasi parvoziga jiddiy zarar keltiradigan aeronavigatsiya
jihozlari buzilganda va undan foydalanishga aralashilganda;
— yolg‘on m a’lum otlarni tarqatish bilan havo kemasiga xavf
tug'dirilganda, bunday jinoyatlami amalga oshirgan shaxslarga nisbatan
bosqinchilik va havo kemalarini olib qochishda qo'llangani kabi qattiq
choralarni ko'rish majburiyatini o ‘z zimmalariga oladilar.
Yuqorida qayd etilgan harakatlarni sodir etishga urinish hamda ularda
ishtirok etish jinoyat hisoblanadi. Mazkur Konvensiya fuqaro aviatsiyasi
faoliyatiga noqonuniy ravishda aralashishga qarshi kurashni samarali
tashkil etishga xizmat qilgani uchun davlatimiz uning faol ishtirokchisi
hisoblanadi.
Havo kemasini bosib olish va olib qochish — «xaydjeking» eng
ko‘p ijtimoiy xavf tug‘diruvchi hodisa hisoblanadi.
Bunday jinoyatlarning ijtimoiy xavfi ularning davlatga katta zarar
keltirishi, nafaqat samolyotning o ‘zida, balki avariya natijasida yerda
ham ko‘plab odamlarning halok bo'lishiga olib kelishi bilan belgilanadi.
Havo transportini olib qochish, uni boshqarishdagi qiyinchiliklar,
yoqilg‘i tugab qolishi xavfi bo‘lgan sharoitda amalga oshiriladi. Ko‘pgina
hollarda bunday parvoz vaqtida otishmalar, gunohsiz kishilami o'ldirish,
talonchilik kabi harakatlar sodir etiladi. Bunday jinoyatlar kishilarda
fuqaro aviatsiyasi kemalarida uchishning xavfsizligiga ishonchni yo‘qotadi.
Biroq havo kemasini olib qochish, havoda uni noqonuniy bosh-
qarish va qayd (registratsiya) qilingan davlatiga qo‘ndirishdek fuqarolik
jinoyatini ijtimoiy xavfsizlikka tahdid soladigan va xalqaro jinoyat sifatida
baholanadigan havo kemasini olib qochishdan farqlash zarur. Oxirgi
holatda havo kemasini olib qochish uni noqonuniy q o‘lga olish va
fuqaro aviatsiyasi faoliyatiga noqonuniy aralashishdek harakatlami ham
o ‘z ichiga qamrab oladi.
Samolyotlarni olib qochuvchi xalqaro jinoyatchilami shartli ravishda
3 ta guruhga bo‘lish mumkin:
— samolyot olib qochuvchilar sodir etgan jinoyatlari uchun
davlat oldidagi javobgarlik yoki o ‘zlarining jinoyatchi sheriklaridan
qutulish maqsadida eki paj v a y o ‘lovchilargaqurol bilan tahdid qilgan
holda samolyot yo‘nalishini o'zgartirish va boshqa davlat hududiga
qo‘ndirishni talab qiladilar;
— m azkur reysda uchayotgan muayyan yo‘lovchi yoki davlat yoki
biror bir tashkilot yoki boshqa shaxslardan y o‘lovchilarni tirik,
samolyotni esa beshikast qoldirish sharti bilan tovon olish uchun olib
qochish. Sodda qilib aytganda, olib qochish ta’magirlik maqsadida sodir
etiladi. Oxirgi yillarda bunday jinoyat turi keng tarqalmoqda;
— jinoyatchilar xalqaro nizo chiqarish yoki davlatlararo aloqalami
chigallashtirishni o ‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yadilar.
Terrorchilik niyati bilan amalga oshirilgan bunday harakatlar xalqaro
miqyosdagi eng xavfli jinoyatlardan hisoblanadi. Ular bilan kurashni
F u q a ro av iatsiy asi x a lq a ro ta s h k ilo ti (IK A O ), U c h u v c h ila r
uyushmasining xalqaro federatsiyasi (IFALPA) va Havo transportining
xalqaro assotsiatsiyasi (IATA) kabi tashkilotlar amalga oshirib kelmoqda.
Shunday qilib, jinoyatchilar havo kemasini qo'lga olish va olib
qochishda undan noqonuniy tarzda harakat vositasi sifatida foydalanish
va uning yo‘nalishini o‘zlariga kerak tomonga o'zgartirishdek maqsadni
ko‘zlaydilar. Qayd etilgan konvensiyalar havo kem alari q o ‘ndirilgan
davlatlarni olib qochilgan havo kemasi va yukni qonuniy egalariga
q a y ta rish h am d a zu d lik bilan y o 'lo v c h ila r va ek ip ajg a o ‘z
yo‘nalishlari bo'yicha uchishga ruxsat berish majburiyatini yuklaydi.
Gaaga Konvensiyasining 1-moddasida havo kemasini zo‘ravonlik,
q o ‘rqitish yoki uning boshqa har qanday ko‘rinishini amalga oshirish
orqali egallab olish yohud shunday harakatlam i sodir etishga urinish
va unda ishtirok etish uni olib qochishning ob’ektiv tom oni sifatida
qayd etiladi. Bunda havo kemasining uchish yoki qo ‘nish joyi u qayd
(registratsiya) qilingan hududdan tashqarida bo‘lishi kerak.
117
Gaaga Konvensiyasining oltinchi va yettinchi moddalariga muvofiq
havo kemasini olib qochgan jinoyatchi paydo bo ‘lgan har qanday
davlat o'z milliy qonunchiligiga tayanib, dastlabki tergov ishlarini olib
borish uchun uni hibsga olishi yoki boshqa ehtiyot choralarini ko'rishi
va o ‘rganish natijalarini manfaatdor davlatlarga yetkazishi mumkin. Agar
daviat jinoyatchilarni tutib berishdan bosh tortgan hollarda ularga qarshi
jinoyat ishi qo‘zg‘ashi shart.
Qayd etilgan jin o y a tla rg a nisbatan jin o iy yurisdiksiyalarni
chegaralashda barcha havo kemalari: havo yo‘li orqali fuqarolami tashish,
aviatsiya xizmatlari, aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish va boshqa ehtiyojlarni
qondirish maqsadida davlat reyestriga kiritilgan — fuqaro hamda harbiy,
bojxona va politsiya xizmatlarida foydalaniladigan davlat havo kemalari
kabi ikki guruhga bolinadi.
Yuqorida qayd etilgan konvensiyalar faqat fuqaro havo kemalariga
taalluqlidir. Jinoyat davlat havo kemasida sodir etilgan hollarda milliy
yurisdiksiya (bayroqning mustaqilligi) tamoyili amal qiladi. Shuning
uchun ham , davlat havo kemasini olib qochgan jinoyatchilar havo
kemasi qayd (registratsiya) qilingan davlatga topshirilishi shart.
1988-yilda Monreal Konvensiyasi xalqaro fuqaro aviatsiyasiga xizmat
ko‘rsatuvchi aeroportlarda noqonuniy zo'ravonliklarga qarshi kurash
Protokoli bilan to'ldirildi. Bunda Konvensiyaning 1-moddasida «Ataylab
va noqonuniy tarzda moslama, narsa yoki qurol ishlatgan har qanday
shaxs:
a) aeroportda xalqaro fuqaro aviatsiyasiga xizmat ko‘rsatayotgan
shaxsning o ‘limiga yoki og‘ir tan jarohatiga olib keluvchi zo'ravonlikni
sodir etganda;
b) xalqaro fuqaro aviatsiyasiga xizmat ko'rsatuvchi aeroport binosi
yoki uskunasini buzganda yoki ularga jiddiy zarar keltii^anda, aeroportda
turgan foydalanilmayotgan havo kemasiga zarar yetkazganda, uning
xavfsizligiga xavf tug‘dirganda yoki tug'dirishi mumkin boigan darajada
aeroport xizmati ishini buzganda jinoyat sodir etgan hisoblanadi», —
degan bandlar bilan to'ldirildi.
Monreal Konvensiyasi ishtirokchisi b o ig an davlatlarga jinoyatchi
uning hududida bolsa va uni topshirmoqchi bolm asa, unga nisbatan o'z
yurisdiksiyasini qollash majburiyati yuklatilgan.
IKAO doirasida fuqaro aviatsiyasini terrorchilik va boshqa noqonuniy
xurujlardan himoya qilishga qaratilgan yangi uslublar ishlab chiqilmoqda.
M asalan, davlatlar noqonuniy aralashishlarga javoban axborotlar
almashish tartibi, xavfsizlik masalalari bo'yicha shaxsiy tarkibni o'qitish
va tayyorlash, yerda va havo kemasida xavfsizlikni ta ’minlash va sh.k.
masalalarda kelishib oldilar. Ishlab chiqilgan tavsiyalar IKAO tomonidan
! IX
nashr etilgan «Fuqaro aviatsiyasini noqonuniy aralashuvdan himoya
qilish bo’yicha yo‘riqnoma»da jamlangan.
Havo transportida qayd etilgan jinoyatlar sodir etilishining oldini
olish m aqsadida M onreal Konvensiyasi ishtirokchi davlatlarga o ‘z
m illiy qonunchiligida bu jin o y a tla r uchun jino iy javobgarlikni
belgilashni taklif etadi.
Havo kodeksi havo kemasi komandiriga o ‘z harakatlari bilan uchish
xavfsizligiga raxna soluvchi shaxslarga nisbatan barcha choralarni, zarur
hollarda hatto, qurol ishlatish majburiyatini ham yuklaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |