Qarshi kurashning


Yollanish bilan bog‘liq jinoyat



Download 4,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/114
Sana15.07.2022
Hajmi4,43 Mb.
#802293
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   114
Bog'liq
86. Diniy ekstremizm vа terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari

Yollanish bilan bog‘liq jinoyat 
BMTning qator rezolyutsiya va qaroriarida 
xalqaro jinoyat sifatida qayd etilgan. Birinchi navbatda BMT Xavfsizlik 
Kengashining 1961-yil 24-noyabrdagi rezolyutsiyasida BMT qo'mondonligi 
ostida bo'lmagan har qanday harbiy va yarim harbiy odamlarni, yollan- 
ganlami zudlik bilan qo'lga olish va chiqarib yuborish uchun eng samarali, 
shu jumladan, kuch ishlatishga asoslangan choralami ko'rish zarurligi 
qayd etilganini ta ’kidlash lozim. 1967-1977-yillarda qabul qilingan 
rezolyutsiyalarda ham o'z hududida jangarilami yollash va saqlashga ruxsat 
bergan davlatlar qat’iy qoralangan. Xavfsizlik Kengashi o'zining 405-re- 
zolyutsiyasida davlatlardan o'z hududini jangarilarni yollash uchun 
bermaslik, o'z fuqarolarini ulami shakllantirish, yollash yoki ularni boshqa 
davlatlarga tashlash jarayonida ishtirok etishga ruxsat bermaslikni talab qiladi.
BMT Bosh Assambleyasining 1968-yilda qabul qilingan 2465- 
rezolyutsiyasi (ХХШ ) yollanganlardan foydalanish amaliyoti jinoiy 
javobgarlikka tortiladigan faoliyat ekanini, yollanganlarning o ‘zi esa 
jinoyatchi hisoblanishini va qonundan tashqarida ekanini belgilab berdi. 
Shuningdek, unda barcha davlatlarda o'z hududida jangarilarni yollash,
120


ularni mablag1 bilan ta ’minlash va o'qitishni jinoiy javobgarlikka 
tortiladigan harakat sifatida baholaydigan va o ‘z fuqarolariga yollanma 
jangchi sifatida xizmat qilishni man etadigan qonunlar qabul qilish 
zarurligi ta ’kidlangan.
BM T Bosh Assambleyasining Xalqaro huquq tamoyillari Dekla- 
ratsiyasida (1970-y.) davlatlarga boshqa davlat hududiga bostirib kirish 
uchun doimiy harbiy kuch yoki qurollangan guruhlar, shu jum ladan, 
yollanm a jangarilikni tashkil etish yoki tashkil etishni rag'batlantirish 
va o ‘z hududida ushlab turishdek harakatlardan tiyilish tavsiya etilgan. 
Shu bilan birga, yollanm a jangarilarni xalqaro jinoyatchi sifatida 
jazolash kolonial va xorijiy hukmronlikka ham da irqchilik tuzumlariga 
qarshi kurashayotgan «Kombatantlar huquqlarining asosiy prinsiplari» 
(1970-y .)da ham ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, Bosh Assambleya boshqa bir davlatga nisbatan qurolli 
kuchlami qo‘l!aydigan yollanma jangchilami o‘zga mamlakatlar hududiga 
yuborishni tegishli xalqaro-huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradigan 
xuruj, deb ta ’riflagan edi.
Yollanishning jinoiy jihati mintaqaviy xalqaro tashkilotlar qarorlarida 
ham o‘z aksini topgan. Ular qatoriga Afrika birligi tashkiloti (ABT)ning 
Lagosda bo'lib o ‘tgan vazirlar kengashining favqulodda VII sessiyasining 
rezolyutsiyasini, ABT Assambleyasi tomonidan 1967-yilda qabul qilingan 
yollanma jangchilar to‘g‘risidagi rezolyutsiyani, 1971 -yilda Addis-Abebada 
ABT tomonidan qabul qilingan Afrikadagi yollanma jangchilar haqidagi 
Deklaratsiyani ko‘rsatish mumkin.
«Yollanish» tushunchasining mazmuni birinchi m arta Urush pay- 
tida fuqaro aholini himoya qilish to ‘g‘risidagi Jeneva Konvensiyasiga 
1977-yilda qabul qilingan Q o'shim cha protokolning 47-m oddasida 
ta ’riflab berilgan edi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154-moddasida 
yollanishning mohiyati va bunday harakatlar uchun qo'llaniladigan 
jazo aniq belgilab q o ‘yilgan: «Yollanish, y a ’ni nizolashayotgan 
davlatning fuqarosi yoki harbiy xizmatchisi hisoblanm agan yoxud 
nazorat qilinib turgan nizolashayotgan davlat hududida doim iy 
yasham aydigan yoki hech qanday davlat tom onidan qurolli kuchlar 
tarkibida rasmiy topshiriqni bajarish vakolati berilm agan shaxsning 
moddiy m anfaatdorlik yoki boshqa biron shaxsiy m anfaatni ko'zlab, 
o ‘zga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli to'qnashuvda 
yoxud harbiy harakatlarda qatnashish uchun yollanishi — besh yildan 
o ‘n yilgacha ozodlikdan m ahrum qilish bilan jazolanadi».
0 ‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 155-moddasida esa 
terrorizm ning mohiyati va bunday harakatni sodir etganlik uchun 
qo'llaniladigan jazolar tavsiflab berilgan.
121


0 ‘zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar 
to ‘g‘risida»gi Qonunning 5-moddasi 6-qismiga muvofiq «Terrorizm, 
narkobiznes va uyushgan jinoyatchilikka ko'maklashadigan, shuningdek, 
boshqa g'arazli maqsadlami ko‘zlovchi oqimlar, sektalarvaboshqalaming 
faoliyati man etiladi».
Oxirgi paytlarda dunyoning ko‘plab m intaqalarini qamrab olgan 
ekstremizm bilan bog'liq muammolar faol muhokama qilinmoqda. Diniy 
ekstremizm ga qarshi kurash Markaziy Osiyo uchun ham dolzarb 
muammolardan biri hisoblanadi.
Xususan, 0 ‘zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy 
tashkilotlar to ‘g‘risida»gi Qonunning 5-moddasida shunday deyiladi: 
«Davlat turli dinlarga, har xil e ’tiqodlarga mansub diniy tashkilotlar 
o'rtasida e’tiqod qiluvchi va ularga e’tiqod qilmaydigan fuqarolar o ‘zaro 
murosa va hurmat o'rnatilishiga ko'maklashadi, diniy va o ‘zga mutaas- 
siblikka ham da ekstremizmga, munosabatlarni qaram a-qarshi qo'yish 
va keskinlashtirishga, turli konfessiyalar o'rtasida adovatni avj oldirishga 
qaratilgan xatti-harakatlarga yo‘l qo'yilmaydi».
Shu bilan bir qatorda, hozirda «ekstremizm» va «diniy ekstremizm» 
tushunchalarining m azm unini belgilashda turlicha yondashuvlar 
mavjudligini ta ’kidlash zarur. Demak, ushbu tushunchalaming huquqiy 
mazmunini aniqbelgilab olish mazkur ko'rinishdagi harakatlarni to ‘g‘ri 
baholash va ularning oldini olishga o ‘z hissasini qo ‘shishi aniq.

Download 4,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish