xususiyatlari majmuyi tushuniladi. lm m unitet
kishi vujudining turli
infeksion kasalliklarga berilmaslik xususiyatini ham ifodalaydi.
Insonning tug‘ma bo'lgan ana shu umumiy imm unitet tizimidan
farqli ravishda mafkuraviy im m unitetni shakllantirib borish zarur. U
har bir avlod uchun o ‘ziga xos xususiyatga ega bo'ladi va mafkuraviy
daxlsizlikni ta ’minlashga (immunitetga ega bo‘lmagan chaqaloqlarning
uzoq yashay olmasligini eslaylik) xizmat qiladi.
Mafkuraviy im m unitet tizimining, asosiy va birinchi unsuri, bu
bilimdir. Ammo bilimlar ko‘p. Diniy ekstremizm va terrorizm tarafdorlari
ham muayyan «bilim»larga tayanadilar va uni omma ongiga singdirishga
harakat qiladilar. Demak, mafkuraviy im m unitet tizimidagi bilimlar
o b ’yektiv b o ‘lishi, voqelikni to ‘g ‘ri va to ‘liq
aks ettirishi, inson
m a’naviyatining boyishi va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilishi lozim.
Bu, bir tom ondan. lkkinchi tom ondan, bu bilim lar o ‘z mohiyat
e ’tiboriga ko‘ra, Vatan, millat, insoniyat manfaatlari bilan uzviy bog‘liq
bo‘lm og‘i kerak. Fuqarolarimizning asl islom haqida xolis va yetarli
bilimga ega bo'lishlari diniy ekstremizmga qarshi imm unitetni shakl-
lantirishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.
M afkuraviy im m unitetning ikkinchi
asosiy unsuri ana shunday
bilim lar zam irida shakllanadigan baholar, qadriyatlar tizim idir.
Bilim lar qanchalik xolis va chuqur b o ‘lsa, uning zam irida yuzaga
kelgan baholar, qadriyatlar ham shunchalik m ustahkam b o ‘Iadi. Bir
so ‘z bilan aytganda, qadriyatlar tizimi mafkuraviy im m unitetning
im koniyatlarini belgilab beradi va mafkuraviy infeksiyalar yo'lida
m ustahkam qalqon bo‘lib xizmat qiladi.
Qayd etilgan mulohazalar asl islom haqida muayyan bilimlarga ega
bo‘lish, uning bayrog'i ostida taqdim etilayotgan g‘oyalar, qarashlar va
harakatlami to ‘g‘ri baholash, ularning mohiyatan islomiy qadriyatlarga
butunlay zid ekanini anglab yetishga xizmat qiladi,
degan xulosani
chiqarish imkonini beradi. Bilimlar va qadriyatlar tizimi ham mafkuraviy
imm unitetning mohiyatini to ‘liq ifoda eta olmaydi. Zero, mafkuraviy
im m unitetning uchinchi muhim unsuri ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va
madaniy-m a’rifiy sohalardagi m o‘ljal va maqsadlar tizimi bilan bog'liq.
Ana shunday aniq tizim bo‘lmas ekan, xoh alohida inson,
xoh millat
yoki jam iyat bo‘lsin, goh oshkora, goh pinhona ko‘rinishdagi mafku
raviy tazyiqlarga bardosh berishi amrimaholdir.
Mafkuraviy imm unitet tizimini shakllantirishda yot g‘oyalar kirib
kelishining oldini olish va ulami yo'qotishga qaratilgan chora-tadbirlar
majmuini o ‘z ichiga oladigan mafkuraviy profilaktikaning o ‘mi katta. U
ijtimoiy institutlar tomonidan xilma-xil shakllarda amalga oshiriladigan
g ‘oyaviy-tarbiyaviy, ijtim oiy-siyosiy, iqtisodiy, m a ’naviy ishlar
majmuyini, to ‘g‘ri tashkil etilgan butun tarbiya tizimini qamrab oladi.
133
Bugungi kunda mamlakatimizda milliy istiqlol g‘oyasi ruhi bilan
y o ‘g ‘rilgan a n a shun d ay tarb iy a tizim i y aratild i. U ni d oim iy
takomillashtirib borish va davr d a’vatlariga hozirjavobligini ta ’minlash
esa har birimiz va hammamizning asosiy vazifamiz hisoblanadi.
Zero,
Prezidentimiz ta ’kidlaganlaridek, «Millat bor ekan,
milliy davlat bor
ekan, uning mustaqilligi va erkinligiga, an’ana va urf-odatlariga tahdid
soladigan, uni o ‘z ta ’siriga olish, uning ustidan hukm ronlik qilish,
uning boyliklaridan o ‘z manfaati yo‘lida foydalanishga qaratilgan inti-
lish va harakatlar doimiy xavf sifatida saqlanib qolishi muqarrar».
Shunday ekan, voyaga yetayotgan har bir farzandimizni kuchli
mafkuraviy immunitetga ega shaxs sifatida tarbiyalash ozod va obod Vatan,
erkin va farovon hayotni ta ’minlashimizning asosiy shartlaridan biri
bo'lib qolaveradi.
134