Qarshi kurashning



Download 4,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/114
Sana15.07.2022
Hajmi4,43 Mb.
#802293
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   114
Bog'liq
86. Diniy ekstremizm vа terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari

Saudiya Arabistonini
boy mamlakatlar qatoriga olib chiqdi. Mamlakatda ta ’lim sohasining 
o ‘sib borishi, sanoatning zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlanishi, 
xo‘jalik va m a’muriy ish yuritishning yangi shakllarining vujudga kelishi, 
saudiyaliklarning G ‘arb mamlakatlariga borib tahsil olishlari, ajnabiy 
mutaxassislarning mamlakatga kelib ishlashlari, radio, televideniye va 
kompyuterlardan foydalanish Saudiya Arabistonida diniy ulamolarning 
ta’sirini birmuncha kamaytirdi. Shunga qaramay, 1960-yillarda hukumat 
foydadan olinadigan soliqni joriy qilganda ulamolarning e’tirozlari bilan 
bu soliq faqat ajnabiylardan olinadigan bo‘ldi. M azkur misolni ham
38


din va ulamolarning jamiyat hayotidagi ta ’sir kuchining isboti sifatida 
qarash mumkin.
Shialik azaldan kuchti mavqega ega bo'lgan 
Eronda 
ham 
XX 
asrning 
so'nggi choragigacha bo‘lgan davrda bu ta’sir birmuncha susaygan bo‘lsa- 
da, aslo yo'qqa chiqmadi. Shialik ruhoniylari davlatda asosiy rahbar 
kuchga aylanishiga olib kelgan 1978-79-yillardagi inqilob buni isbotlab 
berdi. 1979-yilning m artida o‘tkazilgan umumxalq referendumi esa 
Eronning Islom respublikasiga aylanishiga olib keldi. Shundan so‘ng 
qabul qilingan yangi Konstitutsiya ruhoniylarning qonunchilikda yak- 
kahokimligini yana qaytadan tikladi. Shu tariqa ko‘pchilik shia ruhoniy- 
larining diniy va dunyoviy hokimiyatning ajralmas ekani haqidagi 
g‘oyalari amalda o ‘z ifodasini topdi.
XX 
asrda insoniyat hay otid a so d ir b o ‘lgan keskin ijtim oiy 
o ‘zgarishlar, fan-texnika taraqqiyoti din, uning jamiyat va kishilar 
hayotidagi o'rni masalasida ham o‘z ifodasini topdi va ruhoniylar orasida 
g'oyaviy jihatdan a n ’anachilar, fundam entalistlar va m odernistlardan 
iborat uch yo‘nalishning paydo b o ‘lishiga zamin yaratdi. Ular orasida 
muayyan farqlar borligi shubhasiz. Shunga qaramay, masalan, Eron 
ulamolari ichida bu ayniqsa yaqqol ko'rinadi, ularning har uchalasiga 
ham davlatni boshqarishda asosiy m as’uliyat ruhoniylarning yelkasida 
b o ‘lishi lozim degan qarash xosligini ta’kidlash zarur. Shunday bo‘lsa- 
da, zamonaviy ilohiyotchilar orasida diniy va siyosiy hokimiyat ruho­
niylarning qo‘lida jamlanishi shart emas, eng asosiysi, biri ikkinchisiga 
tazyiq o ‘tkazmasligi uchun diniy institutlar va hukum at orasida 
hokimiyatni qat’iy tarzda taqsimlab berish lozim, degan qarashlarni 
h am uchratish mumkin.
M intaqa davlatlari hayotida islomning o ‘rni haqida gap ketar ekan, 
hozirgi davrda uning davr o'zgarishlariga moslashuv jarayoni davom 
etayotganini ham ta’kidlash zarur bo'ladi. M a’lumki, islom sudxo'rlikni 
(foiz olishni) taqiqlaydi. Lekin hozirgi zamon iqtisodiyoti sarmoya 
bozorisiz faoliyat ko‘rsata olmaydi. Chunki uni foyda olish tizimi 
boshqaradi. Shunday vaziyatda diniy talabni aylanib o ‘tishga xizmat 
qiladigan va ayni paytda, foiz vazifasini bajaradigan bank xizmati uchun 
badal (vznos) yig‘ish tartibi o ‘yIab topildi.
Shu bilan birga, islomni amalga oshirilayotgan ijtimoiy islohotlarga 
hamohang talqin qilishga munosabat hamma mamlakatlarda ham bir xil 
deb bo‘lmaydi. Xususan, shia nazariyotchilari, islomdagi har qanday 
islohotlar o ‘rinsiz, deb hisoblaydilar. Chunki ularning fikricha, islom 
qonunlari «yuqoridan nozil qilingan», shuning uchun ham, ular isloh 
qilinishi mumkin emas. Saudiyada 1930-yillarda asos solingan, ulamolar 
rahbarligida jamiyatda axloq m e’yorlarini, odamlarning yurish-turishla- 
rini nazorat qiluvchi «ijtimoiy axloq komitetlari»ning hanuz faoliyat 
olib borayotganini ham ana shu qatorga kiritish mumkin.
39


Tarixiy tajriba iqtisodiyotda muvozanatning buzilishi, ijtimoiy sohada 
esa kuchli tabaqalanishning yuzaga kelishi, aholining qashshoqlashuvi 
kabi om illar diniy ekstremistik harakatlar paydo bo'lishiga zamin 
yaratishini ko‘rsatadi. Shuning uchun ham, diniy ekstremistik harakatlar 
o ‘z faoliyatining dastlabki davrida ijtimoiy masalalarga alohida e ’tibor 
berish orqali o ‘z tarafdorlarini ko'paytirishga intiladi. Keyinroq, 
mustahkam oyoqqa turib olgach, ularning asosiy maqsad-muddaolari 
o ‘zini namoyon qila boshlaydi. Bu mulohaza yuritilayotgan mintaqaga 
ham bevosita daxldordir. Masalan, 
Misrda 
tashkil topgan «Musulmon 
birodarlar» ham ilk davrda kambag‘allarga yordam berish, bepul maktab 
ochish va tibbiy yordam ko‘rsatish ishlari bilan shug‘ullangan va bunday 
tadbirlar tashkilot a’zolarining ko‘payishiga hamda uning om m a orasida 
obro'sining oshishiga olib kelgan edi.
Bugungi kunda keng ijtimoiy tayanchga va o‘z g'oyalarini tashviqot qilish 
uchun katta nashr imkoniyatlariga ega diniy ekstremistik harakatlar Saudiya 
Arabistoni uchun ham jiddiy tashvishga aylanganini ta’kidlash zarur.
Mintaqa dinning siyosiy omilga aylanishi, diniy ekstremistik harakatlar 
salbiy oqibatlarining yorqin misolini berish bilan bir qatorda ular bilan 
murosa qilishga intilish nimalarga olib kelishi mumkinligining ham yaqqol 
namunasini beradi deyish mumkin. Xususan, Misr Prezidenti Anvar 
Sadat kommunistik g‘oyalar va dahriylikka qarshi kurashda foydalanish 
uchun 1971-yilning yozida «Musulmon birodarlar» bilan aloqa o ‘rnatdi 
va ushbu tashkilotning asoschisi Hasan al-Banno bilan faxrlanishini 
e’lon qildi. Berilgan imkoniyatlar ekstremistlar tomonidan yangidan- 
yangi talablarning qo'yilishga zamin yaratdi. Bu o ‘z navbatida diniy 
tashkilotlar faoliyatining davlat tomonidan yangidan qat’iy nazorat ostiga 
olinishiga, diniy m a’ruzalar ustidan senzura o‘rnatilishiga olib keldi. 
Oqibatda Anvar Sadat o‘z raqiblariga qarshi kurashda foydalanishga intilgan 
islomiy guruhlar tomonidan o‘limga mahkum etildi.
Islom omili mintaqa mamlakatlarining tashqi siyosatida ham muhim 
o ‘rinni egallaydi. Xususan, Falastin muammosini hal qilishda davlatlar 
islom omili bilan hisoblashishga majbur boMmoqda. Anvar Sadatning 
1977-yil 20-noyabrda Quddusda boMishi va bu joyni «tinchlik shahri, 
uch dinning birgalikda mavjudligining yaqqol ramzi» deb ta’kidlashi 
misrliklar tomonidan kufr deb qabul qilingani, Isroil bilan o ‘rnatilgan 
tinchlik shartnomasi esa islomga xiyonat va arablar ishiga nisbatan sot- 
qinlik deb baholangani ham buni tasdiqlaydi.
Afg‘onistonda sho‘ro qo'shinlariga qarshi olib borilgan harakatning 
ushbu m intaqa mamlakatlari tom onidan mujohidlarning islom uchun 
«ateizm» va «kommunizm»ga qarshi olib borayotgan kurashi deb qaralgani 
va faol qo‘llab-quwatlanganini ham islom omilining ushbu mamlakatlar 
tashqi siyosatiga ta’sirini ko'rsatuvchi misol sifatida qarash mumkin.
40


Ayni paytda, ushbu mamlakatlarning o ‘zaro munosabatida m in- 
taqa, arab dunyosi va m usulm on olamida yo‘lboshchilik qilish uchun 
kurash ham m uhim aham iyat kasb etayotganini ta ’kidlash zarur. 
Saudiya—Misr, Saudiya—Eron, Saudiya—Liviyamunosabatlaridabunday 
ziddiyatlarni yaqqol ko‘rish mumkin. Bunday ziddiyatlar Eron—Iraq, 
Iroq—Kuvayt urushi davrida ayniqsa yaqqol namoyon bo‘lgan edi. Bu 
jarayonlarda ham tabiiy ravishda islom omilinmg ta’sirini ko‘rish mumkin. 
0 ‘zaro munosabatlarda islom omili vaqti-vaqti bilan jonlanadigan «kim 
ko'proq islomga rioya qilmoqda» degan savol atrofidagi bahslarda ham
yorqin ko‘rinadi. Xususan, Liviya va Saudiya rahbarlari bir-birlarini bir 
necha bor islom qonun-qoidalaridan chekinishda ayblaganliklarini 
ko‘rsatish mumkin.
Payg‘am bar M uham m ad vatani, ikki buyuk muqaddas m akon -
Makka va M adinaning Saudiya Arabistoni yerlarida joylashishi ushbu 
m am lak at ra h b a rla rin in g m u su lm o n o lam id a o ‘z m av q elarin i 
mustahkamlash va Arab Sharqida yo‘lboshchilik vazifasini o ‘tashga 
intilishiga zam in yaratmoqda. M a’lumki, hozirgi kunda ham

Download 4,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish