20
qo‟llanilganda turlar soni kambag‟allashadi. Abiotik va biotik omillar qulay bo‟lgan
tropik
o‟rmonlarda, daryoga yaqin vodiylar turlar soniga boy bo‟ladi.
Biotsenozda turlarni boyligi uni paydo bo‟lgan vaqtiga ham bog‟liq. Agar biotsenoz uzoq
vaqtdan buyon mavjud bo‟lsa (utloqlar, cho‟l, o‟rmon) unda ko‟p turlar bo‟ladi. Agar biotsenoz
yaqinda inson tomonidan yaratilgan bo‟lsa (bog‟, ogorod) turlarga kambag‟al bo‟ladi,
monakulturada ham turlar soni oz bo‟ladi. Biy-biyenko qonun.
Turlar soni ko‟p ammo har birini son miqdori kam bo‟ladi. Ammo eng kambag‟al
biotsenozda ham kamida bir necha 10 xil tur organizmlar yashaydi. Masalan: bug‟doy
agrotsenozida har xil begona o‟tlar, xashorat va ularning kushandalari, kemiruvchilar,
tuproqlarda yashovchi har xil umurtqasizlar, zamburug‟lar va boshqalar.
Ko‟p biotsenozlarda o‟simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar yashaydi.
Faqat chuqur
g‟orlarda o‟simliklar bo‟lmaydi, unda asosan mikroorganizmlar yashaydi xolos.
Biotsenozdagi jami turlar sonini aniqlash qiyin, chunki turlarga boy biotsenozda bir-biri
bilan bog‟langan minglab, o‟n minglab turlar yashaydi.
Har xil muhit bo‟lgan joylar turlarga boy bo‟ladi. Masalan, o‟rmonlarni cheti bilan dalalar
o‟rtasida xilma-xil hayvonlar va o‟simliklar o‟rmon yoki dala o‟rtasiga qaraganda ko‟p bo‟ladi.
Chunki o‟rtada harorat, yorug‟lik, namlik va boshqalar yetarli bo‟ladi. Shuningdek har bir tur
yangi biotsenozda paydo bo‟lganda o‟zi boshqa turlar uchun sharoit yaratadi. Masalan:
yumronqoziq yangi joyga paydo bo‟lganda o‟ziga yirtkichlarni jalb kiladi, 50 ga yaqin parazitlar
va yuzlab ularni inlarida yashovchi hayvonlar to‟planadi, ular uchun sharoit tug‟iladi.
Biotsenozda yashovchi har xil turlarni son miqdori bir xil emas, ya‟ni bazi turlar ahyon-
ahyonda uchrasa, ba‟zilari ko‟p bo „ladi. Masalan, o‟zimizni cho‟l
zonada hazar isvan, ba‟zi
joylarda yantoq yoki saksovul boshqa turlarga qaraganda ko‟p bo‟lib, dominant hisoblanadi.
Tog‟larda archa (kukabuloq). Ba‟zi dominant turlar boshqalar uchun muhit yaratadi. Bularni
edifiqator deyiladi. Masalan: archa boshqa o‟simliklarni, hayvonlarni yashash uchun mikroiqlim
yaratadi.
Kam uchrovchi turlar ham biotsenoz turlarni genofondni boyitishda, kelgusida dominant
turlar urnini egallashdi rezerv sifatida ahamiyatga ega.
Biotsenozda dominant turlarining ko‟p soni bilan, umumiy turlar soni o‟rtasida bogliqlik
bor. Turlar soni kamayishi bilan, dominant – ayrim turlarni son-miqdori ko‟payib ketadi. Agar
sharoit spetsifik bo‟lsa (agrotsenozda) turlar soni kambag‟allashib ayrim turlarni son miqdori
oshadi. Masalan, paxtada vilt, sovka, o‟rgimchakkana, polizda – poliz kungizini ko‟payishi.
Deyarlik tur soni jihatdan boy bo‟lgan biotsenozda, har bir turni soni kam bo‟ladi (quruq
yerda) inson faoliyati orqali tabiatda turlarini
xilma-xilligi qisqaradi, ayrimlarini soni oshadi,
buni oldindan qurish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: