Qarshi davlat universiteti kimyo kafedrasi noorganik kimyo fanidan


Suyultirilgan eritmalarning kollegativ xossalari



Download 10,98 Mb.
bet41/191
Sana31.12.2021
Hajmi10,98 Mb.
#267598
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   191
Bog'liq
Ноорганик кимё мажмуа

Suyultirilgan eritmalarning kollegativ xossalari.

Eritmalarning erigan modda tabiatiga emas, balki eritmada erigan modda zarrachalarining soniga bog‘liq bo‘lgan xossalari kollegativ xossalar deyiladi.

Ularga

-osmotik bosimning ortishi,

-eritma ustidagi erituvchining to‘yingan bug‘ bosimining pasayishi,

-qaynash haroratining ortishi,

-muzlash haroratining pasayishi kiradi.

Agar idishni yarim o‘tkazgich membrana bilan ikki bo‘limga bo‘lsak birinchisiga eritma, ikkinchisiga toza erituvchi quysak, erituvchi eritma tomonga o‘ta boshlaydi.

Erituvchining yarim o‘tkazgich membrana orqali past konsentratsiyali eritma tomonga bir yoqlama diffuziyasi – osmos deyiladi.

h balandlikda o‘tish tezliklari tenglashadi, muvozanat qaror topadi. Shu muvozanat holatiga to‘g‘ri kelgan gidrostatik bosim - osmotik bosim deyiladi. Boshqacha aytganda osmos xodisasini to‘xtatish uchun eritmaga berilishi kerak bo‘lgan bosim osmotik bosim hisoblanadi. [2]

Noelektrolit moddalarning eritmalari uchun Vant-Goff tenglamasi P=CRT ni elektrolit eritmalariga tatbiq etish uchun tenglamaga izotonik koeffisiyentni(i) ni kiritish kerak:

P=iCRT


Bu yerda i-Vant-Goff kiritgan izotonik koeffisiyent; u tajribadan topiladi, masalan, quyidagi nisbatdan:

i=elektrolit eritmasining osmotic bosimi/ noelektrolit eritmasining osmotic bosimi=P=P0

(elektrolit va noelektrolit eritmalarning molyar konsentrasiyalari bir-birinikiga teng bo’lishi kerak).

I ning qiymati eritma konsentrasiyasining kamayishi bilan ortib boradi. Uning qiymati NaCl kabi tuzlar eritmasi 2ga, Na2SO4 eritmasida 3ga, K3[Fe(CN)6] ning eritmasida 4ga (ya’ni elektrolitlarning molekulalaridagi ionlar soniga) yaqinlashadi.

Bu faktlarni tushuntirish uchun 1887 yilda shved olimi Svante Arrenius eritmalarning elektr o’tkazuvchanligini o’lchash asosida elektrolitik dissosiyalanish nazariyasini taklif qildi. Bu nazariyaga muvofiq kislota, asos va tuzlar suvda eriganda qarama-qarshi zaryadli ionlarga ajraladi. Arreniusdan ilgari, Klausius, Gtotgus, Faradey va boshqa olimlarlarning fikricha, faqat eritmadan elektr toki o’tgandagina ionlar hosil bo’lishi, elektr toki o’tishi to’xtagach ionlar yana bir-biri bilan birikishi lozim.

Arrenius fikricha, molekulalarning ionlarga ajralishi uchun elektr tokining hech qanday ahamiyati yo’q; elektrolitlar suvda erish jarayonida ionlarga ajraladi. Buning natijasida eritmalardagi zarrachalarning soni ortadi va shuning uchun elektrolit eritmalarining osmotic bosimi xuddi shunday konsentrasiyadagi noelektrolit modda eritmasining osmotic bosimidan bir necha marta ko’p bo’ladi. Elektrolit molekulalarning ionlarga ajralishi qaytar jarayondir; masalan:

CH3COOH↔CH3COO-+H+

Eritma, umuman olganda, elektroneytral bo’lgani uchun eritmadagi manfiy zaryadlar soni musbat zaryadlar soniga teng bo’lishi kerak.

Arrenius nazariyasi kimyo fani taraqqiyotiga munosib hissa qo’shdi va kuchsiz elektrolitlar uchun hozirga qadar tatbiq qilib kelinmoqda.[3]


Download 10,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish