elektrolitlar eritmasi – ionlarga dissotsialanadigan kislota, asos va tuzlar misol bo‘ladi. Ularning elektr o‘tkazuvchanligi erituvchinikidan yuqori bo‘ladi.
noelektrolitlar eritmalari – saxaroza, glyukoza va mochevina misol bo‘ladi. ularning elektr o‘tkazuvchanligi erituvchinikidan qariyib farq qilmaydi.
amfolitlar eritmasi - ham kislotali, ham asosli birikmalar kabi dissotsialanadigan moddalar eritmasidir. Masalan, Al(OH), glitsin eritmalari.
Molekulyar massasi 5000 g/moldan kichik moddalar eritmasi - kichik molekulali moddalar eritmasi, molekulyar massasi 5000 g/moldan yuqori bo‘lgan moddalar eritmasi – yuqori molekulali moddalar eritmasi deyiladi.
Erish jarayonining tabiati murakkabdir. Erishning muhim omili -erigan modda va erituvchining diffuziyasidir. Diffuziya tufayli molekulalar, ionlar kabi zarrachalar eriydigan modda sathidan chiqadi va erituvchi hajmida bir tekis tarqaladi. Shu sababli, agar aralashtirilmasa, erish tezligi diffuziya tezligiga bog‘liq bo‘ladi. Biroq erish jarayoni bir modda molekula va ionlarini boshqa modda molekula va ionlari bilan oddiygina aralashuvi bo‘lmay, unda o‘zaro turli xil kimyoviy va fizikaviy xarakterdagi ta’sirlanishlar ro‘y beradi. Erish jarayoni, eritma xossasi komponentlarning ta’sir kuchi, xatto zarrachalarning shakli va o‘lchamiga ham bog‘liq.
Eritmalarda bo‘ladigan erish, diffuziya va kristallanish jarayonlari fizikaviy hodisalar bo‘lib, erigan modda molekulalarining gidratlanishi, gidroliz va neytrallanish jarayonlari kimyoviy hodisalar.
Yuqorida aytilganidek, Fan taraqqiyoti davomida eritmalar tabiati ikki xil – fizikaviy va kimyoviy nuqtai nazardan tushuntiriladi.
Fizik nazariya ( S.Arrenius, V.Osvald, Y.Vant-Goff ) bo‘yicha erish erigan moddaning erituvchi ichida bir tekis tarqalish jarayonidir. Erituvchi – indeferent muhit.
Kimyoviy nazariya asoschilari (D.I.Mendeleyev (1834-1907), I.A.Kablukov, N.S.Kurnakov; 1887y. «Gidratlar nazariyasi») erish jarayonida kimyoviy ta’sirlanishlar muhimligini isbotlab, sulfat kislotasining( ) va etil spirtining (С ) gidratlari borligini isbotladi. Bunday hollarda eritma eruvchi modda va erituvchi molekulalarining vodorod bog‘lari yoki elektrostatik tortishish kuchlari ta’sirida beqaror kimyoviy birikmalar hosil qilishi natijasida hosil bo‘ladi.
Bunda erituvchi va eruvchi modda molekulalari orasida
1.ion-dipol ta’sirlashish (NaCl kabilarni erishi)
2.dipol-dipol ta’sirlashish (molekulyar strukturaga ega bo‘lgan organik moddalarni erishi);
3.donor-akseptor ta’sirlashish (akvakomplekslar hosil bo‘lishi) ro‘y berishi mumkin.
Erigan moddaning erituvchi bilan kimyoviy ta’sirlashishi tufayli eritish jarayoni issiqlik effekti va rang o‘zgarishi bilan kechadi. Shunday qilib, fizikaviy jarayonlar, ya’ni erigan moddaning kristall panjarasini buzilishi(Q1) bilan diffuziyalanishi(Q2) uchun energiya sarflanadi. Erigan modda molekulalari suv molekulalari bilan gidratlar(Q3) hosil qilganda energiya ajraladi, ya’ni erish jarayoni ekzotermik va endotermik bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |