Qarshi davlat universiteti kimyo kafedrasi noorganik kimyo fanidan



Download 10,98 Mb.
bet47/191
Sana31.12.2021
Hajmi10,98 Mb.
#267598
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   191
Bog'liq
Ноорганик кимё мажмуа

р = р1 + р2 + р3 + … р k

Bu ifodaga gazning xolat tenglamasi tadbiq etilsa bo‘ladi.



p = RT (n1+n2+n3+…nk) бўлади.

Gazlar aralashmasining tarkibini bilgan xolda, bu qonundan foydalanib, gazlar aralashmasining umumiy bosimini topish mumkin.

Gaz eritmalar va qattiq eritmalar

Gaz eritmalar va qattiq eritmalar ham hayotda mihim ahamiyatga ega va ko‘plab qo‘llaniladi.

Gaz-gaz eritmalarda har bir gaz boshqa gazlar bilan aralashgan holatda bo‘ladi.havo gaz eritmaga klassik misol bo‘ladi, havoda tahminan 18 xil gazlar tirli xil proporsiyada aralashgan bo‘ladi.

Gaz-qattiq eritmalar – gaz modda qattiq moddada eriganda hosil bo‘ladi. Vodorod gazini palladiydan o‘tkazib tozalash mumkin. Faqat vodorod atomlarining o‘lchami (kichikligi) palladiy bilan Pb-H bog‘ini hosil qilish uchun mos tushadi. Vodorod atomlari palladiy atomlari orasidan o‘tib so‘ngra vodorod molekulasini hosil qiladi.

Vodorod va geliy Quyoshning 98% massasidan ko‘proq qismini tashkil qiladi va koinotda eng ko‘p tarqalgan elementlardir.

Ko‘pchilik hollarda gazlar materiyaning eng tushunarli holatidir. Gazlar turlicha kimyoviy xossalarga ega bo‘lishiga qaramay, ular o‘zlarini bir xil tutadilar, chunki ularning fizik xossalari o‘xshashdir. Masalan, N2 va O2 atmosferamizning taxminan 99% ni tashkil qiladi. Ushbu gazlar turlicha kimyoviy xossalarni namoyon qiladi. Kislorod inson hayotini asraydi, azot esa xech qanday ta’sir etmaydi. Lekin havoning ushbu ikki komponenti fizik jihatdan o‘zini bir xil tutadi, chunki ularning fizik xossalari deyarli bir xildir.

Gazlar holatida mavjud bo‘lgan elementlar oddiy temperatura va bosimda bir atomli He, Ne , Ar, Kr , Xe va ikki atomli H2, N2, O2, F2 и Cl2 bo‘ladi. Ushbu gazlarning barchasi metallmas elementlardan tashkil topgan, oddiy molekulyar formulaga va kichik molyar massaga ega.

Moddalarning gazsimon holatida molekulalar yoki atomlar erkin harakatlanadi. Bunday holatda gazlar ma’lum shaklga ega emas. Gazlar qaysi idishga solinsa o‘sha idishni to‘ldiradi.

Har bir gazning holati uning harorati, bosimi va hajmi bilan tavsiflanadi. Gazsimon holatda molekulalarning kinetik energiyasi yuqori, ular siyrak va betartib joylashgan. Gazlarning molekulalari orasidagi masofa bosim ta’siri ostida o‘zgartirilishi mumkin. Shuning uchun ham bosim ostida haroratni pasaytirib gazlarni suyultirish mumkin bo‘ladi. Bu usul bilan texnikada havo tarkibidagi gazlarni rektifikatsiyalab tarkibiy qismlarga ajratiladi.

Gazlarning eng muhim xususiyatlaridan biri ularning diffuziyalanishidir. Chunki ikkita gaz qo‘shilsa ular bir-biriga o‘z-o‘zidan aralashib ketadi.

Agar moddani qizdirish orqali harorati ming, yuzming, hatto million оС ga oshirilsa modda ionlashgan gaz- plazma holatiga o‘tadi. Moddaning plazma holati tartibsiz harakatlanayotgan atomlar, ionlar va atom yadrolarining aralashmasidir.

10 ming - 100 ming Со dagi haroratda “sovuq plazma” hosil bo‘ladi. Agar plazma harorati million Со ga yetkazilsa u “issiq plazma “ deyiladi.

Yerda plazma holati yashin chaqnaganda, elektr yoyida, argon, neon lampalarida, gaz gorelkasi olovida hosil bo‘ladi. Plazma holatida yulduzlar, quyosh va galaktikadagi osmon jismlarida uchraydi.

Moddaning holatlari juda yuqori bosimda ham keskin o‘zgaradi. Agar bosim 10 9-1010 ga oshirilsa, kristall panjaradagi atomlar orasidagi masofa keskin kamayib, kimyoviy bog‘larning uzilishi ro‘y beradi. Xuddi shunday jarayonlar haddan tashqari yuqori bosimda grafitning olmosga aylanishi, borazonning hosil bolishi, kvarsning yangi allotropik shakl o‘zgarishi stishovitga aylanishi amalga oshadi. Kvarsning bu yangi allotropik shakl o‘zgarishi zichligi 60% ga ortadi.Hozirgi paytda bunday jarayonlar o‘ta qattiq materiallar olish maqsadida katta amaliy ahamiyatga ega.

Jadval 1

Turli fizik xolatlardagi moddalarning o‘ziga xos xususiyatlari




Moddaning holati

Moddaning xossasi

Gaz

1.Idish shakli va xajmini egallash xususiyati

2.Siqiluvchanlik

3.Tezkor diffuziya

4.Oquvchanlik



Suyuq

1.Modda egallagan idish qismining shaklini olish xususiyati

2.Idish to‘lgunchalik kengaya olmaslik

3.Kam siqliluvchanlik

4.Sekin diffuziya

5.Oquvchanlik


Qattiq

1.O‘z shaklini va xajmini saqlay olish xususiyati

2.Kam siqiluvchanlik

3.O‘ta sekin diffuziya

4.Oquvchanlikni yo‘qligi




4-MA’RUZA: Kimyoviy jarayonlar nazariyasi.
Reja
4.1. Kimyoviy o‘zgarishlar energetikasi. Reaksiyaning issiqlik effekti. Termokimyoviy hisoblashlar. Kimyoviy reaksiyaning yo‘nalishi. Entropiya. Gibbs energiyasi.

4.2. Kimyoviy muvozanat. Kimyoviy muvozanat konstantasi. Le Shatelye prinsipi. Ionlanish konstantasi. Kompleks hosil bo‘lish konstantasi. Suvning avtoprotoliz konstantasi. Geterogen sistemalardagi muvozanat.

4.3. Kimyoviy kinetika. Kimyoviy reaksiya tezligi. Gibbsning aktivlanish energiyasi. Kimyoviy reaksiya mexanizmi. Kimyoviy o‘zgarishlarni tezlashtirishni fizik usullari. Kataliz.

4.4. Elementlar oksidlanish darajasining o‘zgarishisiz sodir bo‘ladigan reaksiyalar. Reaksiyalarning bir tomonlama borish shartlari. Gidroliz.

4.5. Elementlar oksidlanish darajasining o‘zgarishi bilan sodir bo‘ladigan reaksiyalar. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari. Oksidlanish-qaytarilish reaksiya tenglamalarini tuzish. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining yo‘nalishi. Elektr tokining kimyoviy manbalari.

Yangi mavzu bayoni:




Download 10,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish