Termokimyoning ahamiyati katta. Uning yordamida turli texnologik jarayonlarning issiqlik balansi hisoblanadi. Ishlab chiqarish qurilmalarining sovutish, isitish bo‘yicha apparatlari xarakteristikasi belgilanadi.
Doimiy hajmdagi jarayonlarning issiqlik effekti ichki energiya«U»ning kamayish o‘lchovidir. Doimiy bosimga ega bo‘lgan jarayonlardagi ajralgan issiqlik entalpiya«H»ning kamayish o‘lchovidir. Demak, issiqlik effekti o‘zgarmas bosim
Qр=ΔH
va o‘zgarmas hajmda o‘rganiladi
QV=ΔU
Agar reaksiya o‘zgarmas bosimda olib borilsa, ajralib chiqqan yoki yutilgan issiqlik — reaksiyaning o‘zgarmas bosimdagi issiqlik effekti deb ataladi va Qp bilan belgilanadi. Reaksiya o‘zgarmas hajmda olib borilganda esa uning issiqlik effekti Qv bilan belgilanadi va u reaksiyaning o‘zgarmas hajmdagi issiqlik effekti deb yuritiladi.
Kimyoviy reaksiyalarda DH, DU moddaning dastlabki holatiga va reaksiya mahsulotiga bog‘liq. Termokimyoviy reaksiyalarda issiqlik effekti DH orqali, yoki sistema entalpiyasi(issiqlik saqlami)ning o‘zgarishi orqali ifodalanadi.
Issiqlik effektini ko‘rsatish bilan yoziladigan reaksiyalar termokimyoviy tenglamalar deyiladi, masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: |