Qarshi davlat universiteti kimyo kafedrasi noorganik kimyo fanidan



Download 10,98 Mb.
bet152/191
Sana31.12.2021
Hajmi10,98 Mb.
#267598
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   191
Bog'liq
Ноорганик кимё мажмуа

INDIY – Indiy, belgisi - In. 1865-yilda kashf etilgan [spektr chizig‘ining nil (indigo) rangidan], (lot.Indium). Indiy davriy sistema-ning III guruh kimyoviy elementi, tartib raqami 49, atom massasi 114,82. Oson eriydigan kumushrang-oq yumshoq metall; zichligi 7,31 g/sm3, тсуюқ=156,40C, тқайн = 20500C.

Minerallari. Indiy tarqoq elementlar qatoriga kiradi. Rux, qalay, qo‘rg‘oshinning sulfid minerallarida aralashma ko‘rinishida uchraydi, bolg‘alanuvchan tetragonal kristallik metall, suvda erimaydi, kislotalarda eriydi.

Ishlatilishi. Indiy korroziyaga qarshi qoplamalar, oson eriydigan qotishmalar, shishani metallga yopishtirish uchun kavsharlar tayyorlashda ishlatiladi. Indiy qog‘ozga qo‘yilganda qora iz qoldiradi. Shunday yengil eruvchanligi bo‘lganligi uchun podshipniklarni moylashda ishlatiladi. Boshqa metallar indiy bilan qoplansa, metalni korroziyadan yaxshi saqlaydi. Tish qoplash qotishmasiga indiy qo‘shilsa, qoplamasinining mustahkamligini oshiradi. Indiy bilan qalay qoplamasi (1:1 og‘irligi bilan) oynani oyna bilan yoki metall bilan yaxshi kavsharlaydi. 470C da suyuqlantiriladigan qotishma 18,1% bilan 41,22, 1-Pb, 10, 6-Sn va 8,2-Cd dan tibbiyotda murakkab singan suyaklarni gipslashda foydalaniladi.

Qotishmalari. Indiy va uning birikmalari (nitrid InN, fosfid (InP, antimonid InSb) YaO‘ texnikasida keng qo‘llaniladi. Indiy (III) sulfid In2S3 sariq modda. Indiy (III) xlorid In2Cl3.

Texnologiyasi. Indiy rux, qalay va qo‘rg‘oshin sanoati chiqindilari va yarim mahsulotlaridan olinadi. U, asosan, rux va qo‘rg‘oshin sanoatidagi xomashyoda uchraydi, shuning uchun ham uning mahsuloti, asosan, changidan ajratib olinadi. Avvaliga u eritiladi, so‘ng bir necha bor gidrolitik tozalash usulida qo‘llanilgach, indiyli eritma ammoniy kukuni yordamida sementatsiya qilinadi, olingan indiyli kristall modda kislotali eritmada eritilib, elektroliz orqali ajratib olinadi.

TALLIY – Talliy, belgisi - Tl. (lot. Thallium), (yunon. thalosu 1861-yilda ingliz fizigi Kruks tomonidan spektr analiz orqali topilgan va yashil shox spektrning och yashil chiziqlariga ko‘ra shunday ataladi) - davriy sistemaning III guruh elementi, tartib raqami 81, atom massasi 204,38. Talliy - ko‘kish-oq rangli yumshoq metall, zichligi 11,850 g/sm3; тсуюқ=3030C, тқайн=14570C. Yer yuzida 3·10-4 % joylashgan.

Minerallari. Uning bir qancha minerallari mavjud, biroq u sochma holda uchragani uchun ham ko‘proq qo‘rg‘oshin, mis, rux, temir minerallari tarkibida uchraydi.

Ishlatilishi. Talliy karbonat T12CO3 yorug‘lik nurini kuchli sindi­radigan shishalar ishlab chiqarish uchun, talliy sulfat Tl2(SO4)3, qishloq xo‘jaligida kemiruvchilarga qarshi kurashishda ishlatiladi (talliyning barcha birikmalari juda zaharli), tibbiyotda ishlatiladi. Keng ko‘lamda bo‘lmasa ham, har holda, talliy turli-tuman maqsadlarda ishlatiladi. Uning birikmalaridan optik, lyuminessent va fotoelektr asboblar uchun mate­riallar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Talliy sulfati zaharli ximikat sifatida qishloq xo‘jaligida foydalaniladi.

Qotishmalari. Talliy, asosan, qalay va qo‘rg‘oshinli kislotabar­dosh, podshipnikbop va boshqa qotishmalar tarkibiga kiradi. Qotish­ma­lari kis­lo­talarga chidamli. Talliy qo‘rg‘oshin asosli podshipnik qotishma tarki­biga kiradi. Masalan, 72% - Pb, 15% - Sb, 5% - Sn, 8% -Tl. Qo‘rg‘oshin qotishmalarini talliy bilan ligerlash ularning korroziyaga mustaqkamligini oshiradi. 70% - Pb, 20% - Sn, 10%-Ti HCl va azot kislotasiga chidamli. Qattiq jismlarni zichlik bo‘yicha ajratadi, shulardan minerallarda, og‘ir suyuqliklarda foydalaniladi – molonat suvli eritmali va talliy formiati (klerich suyuqligi), shuningdek, talliyning yengil eruvchi tuzlari TlAg(NO3)3, TlHg(NO3)2 mavjud.

Texnologiyasi. Talliy olish uchun asosiy xomashyo manbai bu og‘ir rangli metallar ajratib olish sanoatining ikkilamchi mahsulotlari, changi va texnogen chiqindilari hisoblanadi. Xususan, mis, rux, qo‘rg‘oshin ishlab chiqarish sanoatidan chiqayotgan oqava va texnologik gazlar tarkibida changda uchraydi va u sulfat kislotasi sexida ushlanadi. Ba’zida rux elektrolitini tozalash paytida olinadigan misli kadmiy kek ham xomashyo manbai bo‘la oladi. Ushbu mahsulotlar va chiqindilar tarkibida 0,01% dan 0,15 gacha talliy uchraydi. Metall holida talliy uch xil usulda olinadi: 1) karbonat sulfat va perxloratorlarning elektrolizi orqali; 2) eritmadan rux orqali sementatsiya yo‘li bilan cho‘ktiriladi; 3) talliy xloridi yoki oksaliti qaytaruvchi birikmalar yordamida qaytariladi. Talliyni bemalol pichoq bilan qirqsa bo‘ladi.


Download 10,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish