Kutilayotgan natija: Talabalarga haqida tushunchalar hosil qilish.
Material va jihozlar:
Qo’llanmalar, tarixiy xarita, mavzuga oid manba va adabiyotlar ko’rgazmasi, doska, bo’r.
Eng muhim tushunchalar va atamalar:
I. Tashkiliy qism: Talabalarni mashg’ulotga jalb qilish: “Jahon hafta ichida” xalqaro ahvol haqida qisqa axborot berish.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash:
Ilgarigi o’tilgan mavzuni qisqa takrorlash, mavzu bo’yicha savol va topshiriqlarni talabalarning og’zaki javoblarini tinglash shaklida o’tkaziladi.
III. Yangi mavzu bayoni:
“Texnologiya” so'zi fanga 1872 yilda kirib kelgan va yunoncha «techne» so'zidan olingan bo'lib, mahorat, san’at, malaka,“logos”esa - so'z, ta’limot ma’nosini anglatadi. Biroq bu ifoda zamonaviy texnologik jarayonni to'liq tavsiflab bera olmaydi, texnologik jarayon deyilgandamehnat qurollari bilan mehnat vositalariga ta’sir etish natijasida mahsulot yaratish bo'yicha qilingan mehnat va jarayonlar tushuniladi. Demak, bu ta’rifni turlicha sharhlash mumkin, bunda: pedagogik texnologiya - bu o'qituvchi tomonidan o'qitish vositalari yordamida o'quvchilarga ta’sir ko'rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda muayyan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni, deb ta’riflasak ham xato bo'lmaydi. Rivojlanayotgan xorijiy davlatlarda, birinchi navbatda, pedagogik texnologiyaga ta’lim sohasidagi siyosatning bosh vazifasi sifatida qarab kelingan. Bunday yondashish YUNESKO tomonidan ham ma’qullandi va 1972-75 yilda Ta’limni rivojlantirish masalalari bo'yicha Xalqaro Komissiya tashkil topdi. Bu komissiya zamonaviy texnologiya-ta’limni modernizatsiyalashda harakatlantiruvchi kuchdir,- deb baholadi.
XX asr 30-yilning o'rtasida AQShning Indiana universitetida talabalarga eshitish va ko'rish (audiovizual) ta’limi bo'yicha ma’ruzalar o'qilgan, 1946 yil shu yerning o'zida eshitish va ko'rish ta’limi bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash kursi: ishlab chiqarishni rejalashtirish, eshitish va ko'rish vositalarini ishlatish va ular sifatini baholash, shu vositalarni qo'llab o'quv jarayonini boshqarish dasturlari kiritildi. Bu jarayon “ta’limda texnologiyalar”deb nomlandi. Keyinchalik―ta’lim texnologiyasi o'rniga ―dasturlashtiril-gan ta’lim atamasidan foydalanish keng yoyildi.
Ta’lim texnologiyasi (ingl.―an educational technology-ta’lim (o’qitish) jarayonining yuksak mahorat, san’at darajasida tashkil etilishi Ta’lim texnologiyasi – ta’lim maqsadiga erishish jarayonining umumiy mazmuni, ya'ni, avvaldan loyishalashtirilgan ta’lim jarayonini yaxlit tizim asosida, bosqichma-bosqich amalga oshirish, aniq maqsadga erishish yo'lida muayyan metod, usul va vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali, unumli foydalanish hamda ta’lim jarayonini yuqori darajada boshqarish 1980-yillarda pedagogik texnologiya kompyuterli va axborot texnologiyalari bilan sinonim tarzda ishlatila boshladi. Ko'rinib turibdiki, qator yillar davomida pedagogik texnologiyaga o'quv jarayonini texnik vositalar yordamida amalga oshirish, deb qarab kelindi.
Innovatsion texnologiyalar - pedagogik jarayonda o'qituvchi va o'quvchi faoliyatiga yangilik, o'zgartirishlar kiritishi bo'lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalaniladi. Faol o'qitish metodlari, ilg'or pedagogik texnologiyalar innovatsion g'oyalarning mahsulidir. Ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo'lgan metolar interfaol usullar deyiladi. Albatta interfaol o'qitish texnologiyasi an’anaviy ma’ruza darslarini amaliy darslarga qarama-qarshi qo'ymaydi. Interfaol ta’limda ma’ruza va amaliyot bir butun mashg'ulotning qismlari deb qaraladi, bu o'qituvchi hamda o'quvchining o'zaro ta’siri va o'quvchilarning mashg'ulot davomida faol ishtirok etish darajasi bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |