Mustaqil ta’limning turlari:
Ma’ruza mavzusi va materiali bo'yicha mustaqil ishlar.
Amaliy mashg'ulotlarga, seminar va laboratoriya ishlariga tayyorgarlik sohasida mustaqil ishlar.
Referatlar, kurs ishlarini yozish bo'yicha o'quv topshiriqlarni bajarish.
Nazorat ishlari (joriy, oraliq, yakuniy nazorat ishlar) sohasida o'quv topshiriqlarni bajarish.
Malakaviy amaliyotlar bilan bog'liq o'quv topshiriqlarini bajarish.
Maxsus kursni o'rganish bilan bog'liq mustaqil ishlar: ma’ruza mavzusiga doir adabiyotlarni o'qib, o'rganib, biror masala bo'yicha matn tayyorlash, ma’ruza o'qishga hozirlanish kabilar.
IV. Aqliy hujum:
Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida o’tkaziladi.
Mustaqil ta’lim tushunchasini izohlang.
Mustaqil ta’lim, uning didaktik maqsadini izohlang.
Mustaqil ta’lim, uning turlarini ayting.
Mustaqil ishi bo'yicha maslahatlarni tashkil etish tartibini tushунтиринг
V. Mashg’ulotlarni yakunlash:
Talabalar javoblariga qo’yilgan ballar e‘lon qilinadi.
Mavzu yuzasidan berilgan savollarga javob olinadi.
VI. Savollar va topshiriqlar:
Mavzu yakunidagi savollarga javoblar tayyorlash.
Kelgusi mashg’ulot mavzu mazmuni bilan tanishib kelish.
Mavzu. Tarix byicha sinfdan va maktabdan tashqari
olib boriladigan ish va tadbirlar usullari.
Reja:
Kirish.
1.Sinfdn va maktabdan tashqari olib boriladigan ish va tadbirlar.
2.Maktab tarix xonasida ishlash.
3.Tarix tugaraklari, uchrashuvlar, konferensiyalar, tarixiy kechalar tashkil qilish.
4.O’lkashunoslik muzeylariga va tarixiy yodgorlik obidalariga ekskursiyalar qilish.
5.Tarix olimpiadalariga tayyorgarlik qilish va uni o’tkazish usullari.
Xulosa.
Tayanch so’z va iboralar:
Sinfdan tashqari olib boriladigan ishlar. Maktabdan tashqari olib borildigan ishlar. tugarak, uchrashuv, konferensiya, tarixiy kecha, muzeylar, tarixiy joylarga sayoxat. Olimpiadalar o’tkazish va x.k.
Maktabda o'qitiladigan boshqa predmetlar katori, tarix ukitishda o'quv-trbiya ishlarining asosiy tashkiliy formasi dars ekanligini yuqorida ko’rib o’tgan edik. O’quvchilar o'quv materiallarini asosiy mazmunini sinfda dars davomida o’zlshtirib oladi. Biroq tarix programmasidan o'rganishga zarur bulgan bulim va mlakalarning xammasini xam dars mashg’ulotlri doirasiga singdirib bulmaydi. Buning ustiga tarixiy bilim, ilmiy va siyosiy informatsiyalar xajmi tez kengayib, mutasil oshib borayotgan sharoitda o’quvchilar o’z bilimlarini tinmay to’ldira borishlari uchun sinfdan tashqari ishlarni yaxshi yo’lga qo’yish g’oyat zarurdir.
V.N.Bernedskiy sinfdan tashqari ishlarning asosiy formasi sifatida qo’shimcha o’qishni tavsiya qiladi.
Qo’shimcha kitob o'qish. U tarixdan o’qiladigan kitoblarni uch gruppaga bo’ladi: a) Ilmiy ommabop kitoblar. b) Tarixiy belliristika. v) Tarixga oid badiiy adabiyot.
Qo’shimcha suratlar kurish.
Jamoa bo’lib teatr va kinolarga borish xamda ularni birgalikda muxokama qilish.
Tarixiy kechalar uyushtirish.
Tarixiy insseriovka yoki pe’salar qo’yish.
Maktab tarixiy ko’rgazmalarni tashkil etish.
Olisdagi tarixiy joylarga ekskursiya uyushtirish.
V.N.Bernadskiy fikricha, o’quvchilar sinfdan tashqari qo'shimcha kitob ukib, filmlar kurib, radio, leksiyalar eshitib, olgan bilimlari va tasavvurlari amaliy faoliyat bilan kushib olib borib xosil kilingan takdirdagina kuzlangan maksadga erishiladi, mustakillik, tashabbus va ijodiy ishlash kobiliyatini ustira oladi.
Keyingi yillarda maktablarda sinfdan tashqari ishlar ko’lami kengaydi, mazmunan boyidi, ish reformalari kupaydi. Sinfdan tashqari ishlar tashkiliy jihatdan ommaviy va to’garak ishlariga bo’linadi: O’zining ilmiy tadqiqiy asarlarida sinfdan tashqari ishlarning nazariy masalalarini sinfdan tashqari ishlarning asosiy boshlang’ich formasi - ommaviy ishlar ekanligini isbot qila borgan A.F.Rodin sinfdan tashqari ishlarning ommaviy formasiga: ovoz chiqarib o'qish, xikoya qilish, leksiya o'qish tarixiy voqealarning ishtirokchilari va ilg’or kishilar bilan uchrashuvlar o’tkazish, kinofilmlar, pe’salar ko’rish, ekskursiya va poxodlar uyushtirish o'quv konferensiyalari, kechalar va konkurslar tashkil qilish, olimpiadalarda ishtirok etish, ulka burchagi va maktab kurgazmalarini tashkil etish. F.Radinning tarix ta’limida sinfdan tashqari ishlar soxasidagi tadqiqotlarning yana bir qimmatli tomoni shundaki, ularda sinfdan tashqari ishlarni, o’quvchilarning ijtimoiy foydali faoliyati bilan maxalliy yodgorliklarning muxofaza qilish va xokazo. bilan boglik olib borish zarurligi takidlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |