Nazorat va muhokama uchun savollar 1. Davlat boshqaruvi tashkilotlarida kadrlar malakasini oshirish shakllari: xodimlarni oʻqitish, qayta tayyorlash, malakasini oshirish. Tashkilot xodimlarini boshqarish tizimida kadrlarni kasbiy tayyorlashning oʻrni va roli.
2. Xorijiy mamlakatlarda xodimlarni kasbiy qayta tayyorlash tizimi rivojlanishining qanday tendensiyalarini bilasiz?
3. Davlat sektorida kadrlar tayyorlash, kasbiy qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimini rivojlantirishning global tendensiyalari.
4. Davlat xizmatchilarini tayyorlash, kasbiy qayta tayyorlash va malakasini oshirish yoʻnalishlarini qaysi xorijiy mamlakatlar misolida aytib bera olasiz?
5. Davlat xizmatchisini kasbiy qayta tayyorlash, malakasini oshirish va uning stajirovkasining mohiyati, maqsadi, vazifalari, tamoyillari va bir-biridan farqlanishi.
6. Turli guruhlarga tasniflanadigan lavozimlarda faoliyat olib boruvchi davlat xizmatchilarining malakasini oshirish va kasbiy qayta tayyorlash masalalari qanday tartibda amalga oshiriladi?
7. Akmeologlar professionallik fazilatlarini yoritishda qanday mezonlar guruhidan foydalanishgan?
8. Davlat xizmatchilarining malaka oshirish shakllari.
9. Davlat sektorida kasbiy tayyorgarlikka qoʻyiladigan talablar. Oʻqishga boʻlgan ehtiyojni baholash.
10. Davlat xizmatchilari faoliyati samaradorligini oshirishda qanday innovatsion talablarni bilasiz?
11. Davlat xizmatchilarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish islohotining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
12. Davlat tashkilotlari xodimlarini oʻqitish va ta’limni rejalashtirish zarurligini aniqlash uchun nimalar tavsiya etiladi?
13. Kadrlarni baholash va oʻqitishning korporativ tizimini yaratish.
14. Rahbarlar uchun baholash markazi (assessment-markaz). Rahbarlarning anketa soʻrovlari.
15. Ta’limga strategik yondashish. Davlat xizmatchilarini tayyorlashning strategik yoʻnalishlari va ularni oʻqishga ehtiyojlarini baholash usullari.
16. Oʻquv maqsadlari va kutilayotgan natijalar. Oʻquv dasturlarini tuzish. Oʻqitish usullari va texnologiyalari.
17. Davlat xizmatchilarining malakasini oshirish dasturi.
18. Davlat xizmati mutaxassislariga qanday talablar qoʻyiladi?
19. Davlat xizmatchisi davlat fuqarolik xizmatining turli lavozimlarida ishlash va kar’yera boʻyicha harakatlanishda da’vogarlik qilish uchun qanday quyidagi kompetensiyalarga ega boʻlish lozim?
20. Kasbiy ta’limni ish joyida va ish joyidan tashqarida oʻrgatish (oʻqitish) usullari.
21. Faol ta’lim (oʻrganish). Aqliy hujum (MA). Gʻoyalarning jamoa-viy yuzaga kelishi. Professional oʻqitish. Mustaqil ishlash topshiriGʻi.
22. Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda ta’lim.
23. Davlat xizmatchilari va mutaxassislarni xorijda tayyorlashni takomillashtirish asoslari qaysi me’yoriy hujjatda oʻz aksini topgan?