Davlat ish bilan bandlik xarajatlarining rejasiz uzoq muddatli oʻsishiga yoʻl qoʻymaslik
Davlat xizmatlarini koʻrsatishning hozirgi va istiqboldagi muammolarini hal qilish.
Davlat xizmati – davlat xizmatchisining asosiy faoliyat yoʻnalishi hisoblanadi. Davlat xizmatini oʻrindoshlik asosida amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Davlat xizmatchilari qonun hujjatlari bilan nazarda tutilgan tartibda boshqa haq toʻlanadigan mehnat faoliyati bilan shugʻullanishlari mumkin. Davlat xizmatchilari tomonidan amalga oshiriladigan boshqa mehnat faoliyatining cheklanishi davlat xizmat majburiyatlarini yuqori darajada amalga oshirilishini ta’minlaydi;
Davlat xizmatchilari egallab turgan lavozimi (mansabiga), davlat xizmat majburiyatlarini amalga oshirishda bilimi, ish tajribasi va saviyasi nuqtai nazaridan mos boʻlishi kerak;
Davlat xizmatining oldindan aniq belgilangan davlat xizmati lavozim (mansab) lari doirasida amalga oshirilishi. Davlat xizmatchisi degan maqom aynan shaxsning davlat xizmatidagi aniq bir lavozim (mansab)ni egallaganidan soʻng yuzaga keladi. Davlat xizmati lavozim (mansab)lari davlat tomonidan normativ hujjatlarda (davlat xizmati lavozimlari reyestrida) aniq koʻrsatib qoʻyiladi. Aynan man shu lavozim (mansab)larni egallash natijasida davlat-xizmat munosabatlari yuzaga keladi. Ayrim hollarda, davlat, avval davlat xizmatchisi maqomiga ega boʻlgan va hozirgi kunda davlat xizmati lavozimi (mansabini) egallamagan shaxslarga davlat xizmatchisi maqomini saqlab qolishga imkoniyat berishi mumkin (masalan, davlat xizmatchilari zaxirasi). Lekin davlat xizmatiga kirishda, albatta, davlat xizmati lavozimi (mansabi)ga tayinlangan boʻlishi kerak;
Davlat xizmatining davlat organlarida amalga oshirilishi. Umumiy qoidaga koʻra, davlat xizmati – bu davlat lavozimi (mansabi)ni egallab turgan holda davlat organlarining vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishga qaratilgan kasbiy faoliyatdir. Davlat lavozimi (mansabi) davlat organlarida joriy etiladi.
Ayrim hollarda davlat xizmati munosabatlari davlat organlaridan tashqari boʻlgan davlat tashkilotlarida ham (masalan, davlat unitar korxonasi, davlat muassasasida) namoyon boʻlishi mumkin.
Bundan tashqari, davlat organlarida faoliyat koʻrsatuvchi barcha fuqarolar ham davlat xizmatchisi hisoblanmaydi. Xodimlarning ayrimlari bilan mehnat shartnomasi tuziladi va ularga nisbatan davlat xizmatchisi maqomi tatbiq etilmaydi;
Davlat xizmati tushunchasini funksional ma’noda ham olib qarash mumkin. Funksional ma’noda davlat xizmati davlat faoliyatining, davlat organlari apparatining, ma’muriy-boshqaruv tuzilmalari faoliyatining alohida turi hisoblanadi.
Yuqorida mazmuni yoritib berilgan davlat xizmatining asosiy elementlariga asoslanib, davlat xizmatiga quyidagicha ta’rif berish mumkin: davlat xizmati – bu davlat organida ma’lum bir mansabni egallab turgan shaxs tomonidan davlat vazifalari va funksiyalarini bajarish maqsadida hokimiyat-vakolatlarining amalga oshirilishiga qaratilgan kasbiy faoliyatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |