Qarshi davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi davlat boshqaruvida inson resurslari


Davlat boshqaruvida xizmat martabalari va ularning darajalari



Download 2,31 Mb.
bet125/248
Sana13.07.2022
Hajmi2,31 Mb.
#792586
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   248
Bog'liq
ДБИР O\'UM 13.06.2022 16.35

Davlat boshqaruvida xizmat martabalari va ularning darajalari

Davlat xizmati mohiyatini va uning oʻziga xos xususiyatlarini aniqlashdan oldin, insonlar tomonidan amalga oshiriladigan ijtimoiy foydali mehnat faoliyati turlari toʻgʻrisida tushuncha hosil qilish lozim.


Huquqshunos olim D.N.Baxraxning fikricha: «Insonlarning, shuningdek, davlat va jamiyatning maqsadga muvofiq faoliyat yoʻnalishlaridan biri – bu xizmatdir. Bu tushuncha turli ma’nolarda: insonning faoliyat turi, ijtimoiy-huquqiy institut, davlat organlarining maxsus tizimi ma’nosida ishlatilishi mumkin. Xizmat – boshqaruvdan, davlat faoliyatini amalga oshirishdan, boshqaruvni ta’minlashdan, aholiga ijtimoiy-madaniy xizmat koʻrsatishdan iborat.»
Xizmatchi oʻz faoliyatini amalga oshirish jarayonida oʻziga xos munosabatlarga kirishadi. Bu munosabatlarning mazmunini xizmat turi hamda xizmat olib borilayotgan tashkilotning xususiyatlari belgilab beradi.
Xizmat munosabatlari davlat-xizmat munosabatlariga yoki jamoat birlashmalarida va boshqa nodavlat, xususiy, tijorat tashkilotlarida amalga oshiriladigan xizmat munosabatlariga boʻlinishi mumkin.
Xizmatchilarning qanday lavozim egallashi va qaysi tashkilotda oʻz majburiyat va vazifalarini bajarishiga qarab, ularni quyidagilarga boʻlish mumkin:
-davlat organlarining xizmatchilari;
-mahalliy organlarining xizmatchilari;
-davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va birlashmalarining xizmatchilari;
-nodavlat tashkilotlarning xizmatchilari;
-jamoat birlashmalarining xizmatchilari va h.k.lar.
Huquqshunos olim Yu.M.Kozlov, barcha xizmatlar ichida davlat xizmatining tutgan oʻrniga toʻxtalib, uni davlat organlarida amalga oshiriladigan hamda ishchilarining mehnatidan mazmuni va shakli jihatidan farq qiladigan har qanday faoliyat sifatida ta’riflaydi. Davlat xizmatiga bunday yondashish mehnat faoliyatining ikki shakliga asoslanadi: birinchidan, bevosita moddiy boyliklarni, tovarlarni yaratish
(ishlarni bajarish); ikkinchidan, boshqaruvni, rahbarlikni, kontrol va nazoratni amalga oshirish.
Davlat xizmati ijtimoiy kategoriya boʻlib, davlat tashkilotida ma’lum bir lavozimni egallab turgan shaxs tomonidan davlatning koʻrsatmasiga koʻra ijtimoiy foydali faoliyatni amalga oshirish;
Davlat xizmati davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan faoliyat boʻlib, davlatning maqsad va vazifalariga barcha mavjud siyosiy kuch orqali erishadi, jamiyatdagi muvozanatni ta’minlaydi;
davlat-xizmat munosabatlarini huquqiy oʻrnatish boʻlib, bu orali mansab majburiyatlari, xizmatchilarning vakolatlari, davlat organlarining kompetensiyasi bajarilishi ta’minlanadi. Davlat xizmati murakkab ijtimoiy-huquqiy institutlardan biri boʻlib, uni oʻrganish davlat xizmatining ijtimoiy va huquqiy asoslarini tahlil qilishni talab qiladi. Bu institut davlat-xizmat munosabatlarini tartibga soluvchi normalar yigʻindisidan iborat boʻlib, u orqali xizmatchilarning huquqlari, majburiyatlari, ularga belgilanadigan cheklovlar, javobgarlik hamda davlat xizmatini oʻtash, xizmat munosabatlarining yuzaga kelishi va bekor boʻlishi tartibga solinadi;
Davlat xizmati davlat apparatining tashkiliy-funksional elementlari bilan aloqada baladi. U quyidagi elementlardan tashkil topgan tizim sifatida namoyon boʻladi: davlat apparati faoliyatining tashkiliy va prosessual asoslarini tashkil etish; lavozimlarning tuzilishi va huquqiy koʻrinishi; xodimlarni aniqlash, baholash. Davlat xizmati davlatni, davlat hokimiyatini mustahkamlaydi va fuqarolik jamiyatining birme’yorda faoliyat yuritishini ta’minlaydi.
“Davlat va mahalliy organlarida amalga oshiriladigan xizmat, Starilovning fikricha, – bu ommaviy xizmat boʻlib, ommaviy hokimiyat organlarida amalga oshiriladi.
Davlat xizmati – davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va birlashmalarida amalga oshiriladigan xizmatdir. Xususiy tashkilotlarning, korxonalarning, banklar va boshqa korxona va tashkilotlarning xizmatchilarini, faqatgina ijtimoiy nuqtai nazardan, xizmat munosabatlari tizimiga kiritish mumkin.
Oxirgi vaqtlarda koʻpgina rivojlangan davlatlarda xalq deputatlari tomonidan olib borilayotgan xizmat professional ish sifatida namoyon boʻlmoqda. Lekin deputatlar davlat xizmatchilari hisoblanmaydilar. Davlatda oliy mansablarni egallab turgan shaxslar ham (Prezident, vakillik va ijro hokimiyati organlarining rahbarlari, vazirlar va h.k.lar) davlat xizmatida emas. Ular ommaviy-huquqiy xizmat maqomiga egahamda oʻz vazifalarini ma’lum bir davrda amalga oshirishlari mumkin.”




    1. Download 2,31 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish