Qarshi davlat universitet ijtimoiy fanlar kafedrasi «tasdiqlayman»


Tarbiyaning eng muhim xususiyatlaridan yana biri shundaki, u hamisha tartib-intizom bilan bog‘liq bо‘ladi



Download 0,97 Mb.
bet55/110
Sana21.02.2022
Hajmi0,97 Mb.
#61051
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   110
Bog'liq
Qarshi davlat universitet ijtimoiy fanlar kafedrasi «tasdiqlayma-fayllar.org

Tarbiyaning eng muhim xususiyatlaridan yana biri shundaki, u hamisha tartib-intizom bilan bog‘liq bо‘ladi. Aniqroq qilib aytganda, qayerda tartib-intizom mustahkam bо‘lsa, о‘sha joyda tarbiyaviy jarayon samaradorligi yuqori bо‘ladi. Qadimgi Xitoy mutafakkiri Konfusiy falsafasida ilgari surilgan “Li” (tartib-intizom) ta’limoti bejizga qadimgi Xitoy davlatining asosiy mafkurasiga aylanmagan.
Ijtimoiy tarbiyaning о‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri tarbiya –bu insoniyat, jamiyat, millat kelajagi bilan bog‘liq voqea ekanligidir.Xuddi shuning uchun ham о‘zbek mutafakkiri A.Avloniy:”TarbiY... yo hayot-yomamot, yo najot-yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidir”, deb yozgan edi.
О‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurilishi boshlanishi bilan jamiyat, millat kelajagi bо‘lgan yoshlar tarbiyasiga e’tibor kuchaydi.Birinchi Prezident I.Karimov ta’kidlaganidek,”Aql-zakovotli, yuksak ma’naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakgina, oldimizga qо‘ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi”1. Xuddi shuning uchun ham barkamol insonni tarbiyalash davlat siyosatiing ustuvor yо‘nalishi deb e’lon qilingan.
Tarbiyaning yana bir muhim xususiyati uning uzluksiz jarayon ekanligidir. Ushbu jarayonda tabiiy va ijtimoiy muhit о‘z aksini topishi, u har bir millat, har bir millatning о‘z qadriyatlari bilan bog‘liq ekanligini unutmaslik lozim.
Xuddi shuning uchun ham u mafkurashunos olim A. Choriyev ta’kidlaganidek, turli ijtimoiy funksiyalarni bajaradi. Mafkuraviy ishlar samaradorligini insonparvar, demokratik jamiyat talabi darajasiga ko‘tarmoq uchun tarbiya bajaradigan turli ijtimoiy funksiyalarning mohiyatini, ushbu funksiyalarning birbiridan farqini, birbiri bilan aloqadorligini tushunmoq zarur. Chunonchi, tarbiya bir holatda ajdodlarni avlodlarga, o‘tmishni bugunga bog‘lovchi vorislik vazifasini bajarsa, ikkinchi bir holatda ajdodlarimiz va avlodlarimiz to‘plagan yaxshi fazilatlar va xislatlarni, barcha bilim va ishlarni bilish manbaidir, Uchinchi bir holatda tarbiya tarbiyachining professional mahoratini ham ifodalaydi. Shu manoda tarbiyani bazan mahorat, sanat deb ham talqin qiladilar. Shuningdek, tarbiya insonning mustaqil shaxs bo‘lib kamol topishida hal qiluvchi omil, jamiyatni barcha ijtimoiy institutlari amalga oshirgan tarbiyaviy ishlarning natijasi, hosilasi deb ham ifodalanadi.
Tarbiya malum bir maqsadga qaratilgan, aniq dastur, reja asosida uzluksiz amalga oshirilayotgan ongli faoliyat hamdir. Xuddi shunday tarbiyaviy tasir yordamida odam bolasining faoliyati ijtimoiy guruh yoki tabaqa, sinf yoki shaxs, millat yoki elat, partiya yoki davlat, oila yoki kollektiv manfaati tomon burib yuboriladi. Lekin bundan inson shaxsi faqat tarbiyaviy tasirning mahsuli degan xulosa kelib chiqmaydi. Chunki tarbiya nafaqat ongli faoliyatlarning yig‘indisi, qolaversa ongsizlik ham stimul beradi. Inson shaxsining kamol topishida hech qanday dastursiz, rejasiz stixiyali tasirning ahamiyati katta bo‘ladi.
Вunday tasir malum bir sxema yoki andoza asosida emas, erkin stixiyali sodir bo‘ladi. Shuning uchun inson shaxsi malum bir maqsadga qaratilgan tarbiyaviy tasirning mahsuli bo‘lishi bilan birga stixiyali sodir bo‘ladigan tabiiy-ijtimoiy muhit tasirining ham natijasidir.
Fan va texnika taraqqiyoti yutuqlari turmush tarzimizning barcha jabhalarida tezkorligi bilan kirib borayotganligi oqibatida informatsiyalar oqimi uzluksiz ortib borayotir. Usha informatsiyalar tasirida jamiyatning turli ijtimoiy institutlari amalga oshirayotgan maqsadga muvofiq ongli tasirdan, bazan tabiiy ijtimoiy muhitning ongsiz stixiyali tasiri ustunlik qilmoqda. Bunday tendensiya ayniqsa rеsпубликамиз bozor iqtisodiyoti tomon borayotgan hozirgi sharoitda ko‘zga yaqqol tashlanmoqda. Xuddi shuning uchun ham insonparvar, demokratik jamiyat qurish sharoitida xalq, millat, davlat manfaatiga qaratilgan tarbiyaviy tasirni, tabiiyi-jtimoiy muhitning stixiyali tasiridan ustunligini taminlash, jamiyatning barcha ijtimoiy institutlari amalga oshirayotgan tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan zaruriyatdir.
Yuqoridagi mulohazalardan quyidagi xulosalar kelib chiqadi:
1.Milliy istiqlol mafkurasining asosiy vazifasini ro‘yobga chiqarish uchun eng avvalo jamiyatda faoliyat ko‘rsatayotgan ijtimoiy institutlarning tarbiyaviy imkoniyatlarini muvofiqlashtirish zarur. Buning uchun esa tarbiyaning mohiyati, stixiyali tarbiyaviy ta’sir bilan maqsadga muvofiq tarbiyaviy ta’sir orasidagi tafovutni ilg‘ab olish kerak.
2.Tarbiya bir tomondan ongli faoliyatlar yig‘indisi bo‘lsa, ikinchi tomondan ongsizlikni ham ifodalaydi. Tabiiyi-jtimoiy muhitning stixiyali ta’siri ana shunday ongsiz xarakterga ega bo‘ladi.
3. Tabiiy-ijtimoiy muhitning stixiyali ta’siridan ongli, mafkuraviy ta’sirning ustivorligini ta’minlash uchun eng avvalo mafkuraviy ta’sir sistemasi shakllantirilishi darkor.

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish