3. BIRINCHI PREZIDENT ISLOM KARIMOVNING “YUKSAK MA’NAVIYAT - YENGILMAS KUCH” ASARINING YANGI DUNYOQARASH VA ZAMONAVIY TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISHDAGI AHAMIYATI.
Birinchi Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning ushbu kitobida odamzot uchun hamma zamonlarda ham eng buyuk boylik bo’lib kelgan ma'naviyatning ma'no-mazmuni, uning inson, jamiyat hayotidagi o’rni va ahamiyati, bu murakkab va serqirra tushunchaning nazariy hamda amaliy tomonlari har tomonlama keng qamrovli fikrlar, xulosalar orqali tahlil etiladi.
Ushbu asar 2008 yil “Ma'naviyat” nashriyoti tomonidan chop etilgan. Asar muqaddima va to’rt bobdan iborat.
Birinchi bobda "Ma'naviyat - insonning ulg’aish va kuch-qudrat manbaidir", deb nomlanadi. Ushbu bobda: “ma'naviyatni anglash”, “ma'naviyatni shakllantirishdagi asosiy mezonlar”, “ma'naviy va moddiy hayot uyg’unligi” haqida tushunchalar berilgan.
Ikkinchi bob “Mustaqillik - ma'naviy tiklanish va yuksalish” deb nomlanib, unda “Milliy g’oya va ma'naviy hayot”, “Ma'naviyat va jamiyatning yangilanishi”, “Islohotlar va ularning ma'naviy mezoni” belgilangan.
Uchinchi bob “Ma'naviyatga tahdid - o’zligimiz va kelajagimizga tahdid”, deb nomlangan. Ushbu bobda “Globallashuv jarayonlari va ma'naviy tahdidlar” va “Fikrga qarshi fikr, g’oyaga qarshi g’oya” haqida to’xtalib o’tilgan.
To’rtinchi bob “Vatanimiz taraqqiyotining mustahkam poydevori” deb nomlanib, bob “Inson qalbiga yo’l”, “Eng buyuk jasorat” va asar yakuni “Xotima”dan iborat.
Bugungi murakkab globallashuv davrida ma'naviyat sohasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar, xalqimiz ma'naviyatini asrash va yuksaltirish, ayniqsa yosh avlodning qalbi va ongini turli zararli g’oyalar hamda mafkuralar ta'siridan saqlash, himoya qilish masalalariga alohida e'tibor qaratiladi.
Kelajagi buyuk O’zbekistonni barpo etishda faol qatnashayotgan xar bir fuqaro o’z mamlakati, xalqi millatining ajralmas bo’lagi ekanini anglashi - milliy ma'naviyat va ongning tarkibiy qismidir. Ilg’or millat va rivojlangan davlat bo’lishning zaruriy shartlaridan biri - boy ma'naviyatga ega bo’lishdir. Birinchi Prezident I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek “Ma’naviyat-insonning, xalqning ,jamiyatning, davlatning kuch-kudratidir.”1 Shunday ekan, ma'naviyat va ma'rifatni ko’tarish, targ’ib qilish, boyitish, xar bir fuqaroning yuksak ma'naviy darajasini ta'min etish eng dolzarb masalalardan biridir.Xar qaysi xalq yoki millatning ma'naviyatini uningt tarixi, o’ziga xos urf-odat va an'analari, xayotiy qadriyatlardan ayri xolda tasavvur etib bo’lmaydi. Bu borada, tabiiyki, ma'naviy meros, madaniy boyliklar, ko’xna tarixiy yodgorliklar eng muxim omillardan biri bo’lib xizmat qiladi.Ajdodlarimiz tafakkuri va daxosi bilan yaratilgan eng qadimgi toshyozuv va bitiklar, xalq og’zaki ijodi namunalaridan tortib, bugungi kunda kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan ming - minglab qo’lyozmalar, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, minerologiya, kimyo, astronomiya, me'morlik, dexqonchilik va boshqa soxalarga oid qimmatbaxo asarlar bizning buyuk ma'naviy boyligimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo’lgan xalq dunyoda kamdan - kam topiladi.
“Mа’nаviyat” tushunchаsi, mаzmuni vа mоhiyati hаqidа bildirilgаn fiкrlаr. Prеzidеnt Islоm Каrimоvning mа’nаviyat vа mа’nаviy kаmоlоt hаqidа bildirgаn fiкrlаri: “Mа’nаviyat – insоnni ruhаn pокlаsh, qаlbаn ulg`аyishgа chоrlаydigаn, оdаmning ichкi dunyosi, irоdаsini bаquvvаt iymоn-e’tiqоdini butun qilаdigаn vijdоni uyg`оtаdigаn bеqiyos kuch, uning bаrchа qаrаshlаrining mеzоnidir.”2 Mа’nаviyatning nеgizi vа mа’nо-mаzmunini bеlgilаydigаn аsоsiy хususiyatlаr; insоnning ruhiy pокlаnishi, qаlbаn ulg`аyishi. Insоniyat tаriхi mа’nаviyat-insоnning, хаlqning, jаmiyat vа dаvlаtning buyuк bоyligi vа кuch - qudrаti mаnbаi. Mа’nаviyatni tushunish, аnglаsh uchun аvvаlо insоnni tushunish, аnglаsh кеrак. Birinchi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobi mamlakatimiz jamoatchiligi, keng kitobxonlar uchun o‘rtasida katta qiziqish bilan kirib bordi. Odamzot uchun hamma zamonlarda ham eng buyuk boylik bo‘lgan ma’naviyatning ma’no-mazmuni va u bilan bog‘liq hayotiy masalalar har tomonlama keng tahlil etib berilgan ushbu asar o‘rtaga qo‘yilgan mavzularning dolzarbligi, nazariy va amaliy tomondan g‘oyatda muhim konseptual fikr va xulosalarga boyligi, mushohada qamrovi bilan ko‘pchilik e’tiborini o‘ziga jalb qildi.
Ma’naviyat tushunchasining ilmiy-nazariy, tarixiy va zamonaviy tamoyillari kitobda o‘zining har tomonlama chuqur ifodasini topgan, shu bilan birga, bugungi murakkab davrda ma’naviyatga qarshi qaratilgan tahdidlarning kuchayib borayotgani va bunday xatarlarning tub ildizlari ko‘rsatib berilgan. Ma’lumki, bu dunyoda tabiatda ham, jamiyatda ham bo‘shliq bo‘lmaydi. Bu haqiqat davlatimiz rahbarining oldingi asarlarida ham keng sharhlab berilgan edi. Mazkur kitobda bu masala yanada chuqurroq tahlil etiladi. Jamiyat hayotida, insonlar ongida g‘oyaviy bo‘shliq paydo bo‘lgan taqdirda uni begona mafkura va qadriyatlar bilan to‘ldirishga urinadiganlar albatta topilishi hayotiy misollar orqali isbotlab beriladi. Bu kitob bugun ostonamizga yopirilib kelayotgan ana shunday xavf-xatarlardan ogoh etib, barchamizni yana bir bor sezgirlik va hushyorlikka da’vat qilishi, el-yurtimiz, yoshlarimizni turli xil mafkuraviy xurujlardan asrash borasida oldimizda turgan vazifalarni aniq-ravshan belgilab beradi.
Muallif o‘z kitobida insonni yuksaltiradigan ezgu fazilatlardan biri bo‘lmish ma’naviy jasorat haqida to‘xtalib, “Bu yorug‘ olamda eng buyuk jasorat nima, degan savolga, hech ikkilanmasdan, eng buyuk jasorat – bu ma’naviy jasorat, deb javob bersak, o‘ylaymanki, yanglishmagan bo‘lamiz”3, deb yozadi.
Asarda, nafaqat mamlakatimizning mustaqillikka erishganidan so’ng kechayotgan bugungi hayoti, milliy o’zligini anglashi va axloqiy qadriyatlari borasidagi eng muhim masalalari bilan, balki ko’plab asrlar davomida shakllangan yurtimiz tarixi, madaniyati va ma'naviyatining tarixiy ildizlari, buyuk ajdodlarimizning ilm-fan, madaniyat sohasiga qo’shgan bebaho hissalari bilan tanishish mumkin. Asarda ilgari surilgan mavzular o’zbek xalqi bilan birga yana ko’plab xalqlar uchun ham dolzarb ahamiyat kasb etadi. Unda ko’tarilgan masalalar zamonaviy jamiyat rivojida konseptual-amaliy nuqtai nazardan muhimdir.
Bugungi shiddatli globallashuv davrida bu kitob beqiyos ahamiyatga ega bo’lib, uning sahifalarida milliy o‘zligimizni asrash, ko‘hna qadriyat va an’analarimizni, xalqimiz, ayniqsa, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizning qalbi va ongini turli zararli ta’sirlardan saqlash, ma’naviyat sohasidagi turli tahdidlarga har tomonlama tayyor turish kabi nihoyatda o‘tkir masalalarning mohiyati chuqur ochib berilgan. Bugungi kunda ma’naviy-ma’rifiy tarbiya jarayonida bu kitobdan kelib chiqadigan maqsad va vazifalar belgilab olingan bo’lib, joylarda ushbu asarni o‘rganish va targ‘ib etish bo‘yicha amaliy ishlar rejasi, zarur uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqilgan va bu borada salmoqli ishlar amalga ishirib kelinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |