1.“Mafkuraviy tarbiya” tushunchasi, uning mazmuni va namoyon
bо‘lish xususiyatlari.
Mafkuraviy tarbiya bu- inson, ijtimoiy guruh, millat, jamiyat dunyoqarashini shakllantirishga, ularni muayyan maqsadlarni ifoda etadigan g‘oyaviy bilimlar bilan qurollantirishga yо‘naltirilgan jarayondir.
Jamiyatdagi har bir ijtimoiy kuch yoki aholi qatlamlari о‘z manfaat va maqsad-intilishlarini ifoda etuvchi g‘oyalar tizimini yaratgach, boshqa guruhlarni ham shu g‘oyalar tizimiga tortishga, о‘z tarafdorlari safini kengaytirishga harakat qiladi.G‘oyalar adolatli va haqqoniy bо‘lib, kо‘pchilikning talab-ehtiyojlariga mos kelsa, bu sohadagi tarbiya vositalari ta’sirchan, tarbiyachilar esa faol va fidoyi bо‘lsa, mafkuraviy tarbiyadan kо‘zlangan maqsadga erishiladi.
Jamiyat, xalq hali о‘z manfaatlarini anglab yetmagan, о‘z mafkurasni shakllantirib, maqsadlari sari safarbar bо‘lmagan hollarda begona va zararli g‘oyalar ta’siriga tushish ehtimoli ortib boradi. Bu esa g‘oyaviy tarbiyani yо‘lga qо‘yish, sog‘lom mafkura tamoyillarini aholi qalbi va ongiga muttasil singdirishni dolzarb vazifaga aylantiradi.
О‘zbekiston sharoitida mafkuraviy tarbiyaning asosiy vazifasi-xalqimizning ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yо‘lidagi asriy orzu-istaklari maqsadlarini, ayniqsa milliy istiqlol mafkurasining mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish, ayniqsa, yoshlar ongiga singdirishdan iboratdir.
Mafuraviy tarbiya jamiyatda, avvalombor, oila, maktabgacha yoshagi bolalar muasssasalari, maktablar, kollej va litseylar, oliy о‘quv yurtlari, ommaviy axborot vositalari, jamoat tashkilotlarining birgalikdagi faoliyatini taqozo qiladi.Uzluksiz ta’lim tizimi mafkuraviy tarbiyani olib boruvchi asosiy bо‘g‘indir, zero mafkuraviy maqsadlarni yoshlar ongiga singdirish vazifasi asosan ta’lim tizimi orqali amalga oshiriladi. (keyinroq bu haqda batafsil sо‘z yuritamiz)
Mafkuraviy tarbiya tarbiyanig aniq, ongli, maqsadga muvofiq yо‘naltirilgan
qismi sifatida bir qator xususiyatlarga ega. Eng avvalo, mafkuraviy tarbiya inson xulq-atvori, hatti-harakatini о‘zgartirishga qaratiladi. Bunda tarbiyalanuvchining yosh xususiyatlarini hisobga olish, tabaqalangan yondashuvni amalga oshirish lozim bо‘ladi. Iste’dod uchquni yilt etgan gо‘shaga payg‘ambar nazari tushgan , deydilar. Unga najot qо‘lini uzatish mafkuraviy ta’sir samaradorligining muhim omili hisoblanadi. Ayniqsa tarbiyalanuvchini yomon odamlar suhbatdan yiroq tutish muhim hisoblanadi.О‘rta asrlar musulmon faylasufi Husayn Voiz Koshifiyning e’tirof etishicha, tarbiyaning inson faoliyatini qayta qurish borasidagi taisirini jadallashtirmoq ugun tarbiyalanuvchini yomon kishilar suhbatidan uzoq tutmoq zarur. Chunki suhbat insonnig kundalik amaliy faoliyatiga tez tasir utkazadi. Yaxshi odamlar bilan muloqotning foydasi katta bо‘lsa, xulqi yomon kishilar bilan suxbat qurish yomon oqibatlarga olib keladi. Yaxshi kishi bilan muomila qilish esa jamiyat boyligiga boylik qо‘shadi va yaxshi fazilatli kishilar sonining kupayishiga sabab bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |