Qarshi davlat universitet ijtimoiy fanlar kafedrasi «tasdiqlayman»


Mafkuraviy tapbiyaning yunalishlari va ijtimoiy funksiyalari



Download 0,97 Mb.
bet57/110
Sana21.02.2022
Hajmi0,97 Mb.
#61051
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   110
Bog'liq
Qarshi davlat universitet ijtimoiy fanlar kafedrasi «tasdiqlayma-fayllar.org

3.Mafkuraviy tapbiyaning yunalishlari va ijtimoiy funksiyalari.
Mafkuraviy ta’sir samaradorligini oshirish uning omillari va vositalarini tanlash, ularning tarbiyaviy imkoniyatlaridan foydalanish malakasi bilan bog‘liq. Xuddi shuning uchun ham, mafkuraviy ta’sir jarayonining uzluksizligini yuzaga keltirish uchun jamiyatning barcha ijtimoiy institutlari amalga oshirayotgan ijtimoiy tarbiyaning asosiy yo‘nalishlari – aqliy, axloqiy, huquqiy tarbiyaning birligini, yaxlitligini taminlamoq lozim.
Ma’lumki, aqliy tarbiyaning asosiy maqsadi aqliy zukkolikni shakllantirishdan iborat bo‘lmog‘i darkor. Aqliy zukkolik – shaxsning tabiat va jamiyatga sodir bo‘layotgan turli voqea va hodisalarni kuzatish, uning mohiyatini ilgab olish, sabablarini tushunish, oqibatlarini oldindan ko‘ra bilish, bundan to‘g‘ri xulosa chiqarish qobiliyatining, shuningdek fahm-farosati, zehni, ziyrakligining rivojlanganligi holatini ifodalovchi kategoriyadir. Uning asosiy komponentlarini bilimlar, tafakkur yuritish qobiliyati, aql mustaqilligi, ijodkorlik tashkil etadi. Ushbu komponentlarning barchasi yuksak darajadа shakllanganidagina fikrlash madaniyati ham yuksaladi.
Axlokiy tarbiyaning asosiy maqsadi esa axloqiy yetuklikni vujudga keltirish bilan bog‘liq. Axloqiy yetuklik ham gumanistik tipdagi shaxs strukturasida asosiy o‘rinlardan birini egallaydi. Shaxs ijtimoiy hayot mahsuli ekan, uning axloqiy fazilatlarini jamiyatdagi shart sharoitlar shakllantiradi. Mazkur shart sharoitlar qanchalik adolatli bo‘lsa, shaxs axloqi ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Halollik, kamtarlik, sodiqlik, mehribonlik kabi fazilatlar axloqan yetuk shaxsning mohiyatini tashkil etadi.
Nihoyat, huquqiy tarbiyaning asosiy maqsadi huquqiy komillikni shakllantirishdan iboratdir. O‘z huquqiy maqomini chuqur anglab yetgan, jamiyatda mavjud huquqiy bilimlarni o‘zlashtirgan, inson haq huquqlariga axloq nuqtai nazaridan baho bera oladigan, yuksak huquqiy madaniyatga ega bo‘lgan shaxsni huquqiy komil shaxs deymiz. Huquqiy komillikning tarkibiy qismlarini ham ana shu komponentlar tashkil etadi.
Aqliy, axloqiy, huquqiy tarbiya birligining taminlanishi fuqarolarda nafaqat milliy, balki umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘usining shakllanishi jarayonini jadallashtiradi. Boshqacha aytganda, mafkuraviy tasir jarayonida aqliy, axloqiy, huquqiy tarbiya birligi qancha mustahkam bo‘lsa fuqarolardagi milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘usi shuncha kuchli bo‘ladi. Mafkuraviy tasir jarayonida aqliy, axloqiy, huquqiy tarbiya birligining taminlanishi insonning amaliy faoliyatida umuminsoniy – axloqiy prinsiplar, umuminsoniy huquqiy normalarga rioya qilinishi uchun real imkoniyatlar yaratadi. O‘z navbatida, bunday dialektik aloqadorlik insonning g‘oyaviy siyosiy faoliyatiga ham yangi quvvat ato etadi. Xuddi shu quvvat inson ongi va faoliyatining xalq, millat, davlat manfaati tomon burilib ketishiga sabab bo‘ladi.
Milliy istiqlol mafkurasi yordamida uzluksiz tarbiya tizimi vujudga keladi. Bu tizim jamiyatda mavjud bo‘lgan barcha ijtimoiy institutlarning tarbiyaviy imkoniyatlarini shaxsning aqliy, axloqiy va huquqiy shakllanishiga safarbar etadi. Uzluksiz tarbiya jarayonining samaradorligi umumiy talim maktablari, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlarida talimning tarbiyaviy qudratini oshirish, dars jarayoni bilan bo‘sh vaqt mafkuraviy tasirining birligini taminlash yordamida amalga oshirilsa, oila, mehnat jamoalari, jamoat tashkilotlari, madaniy marifiy uyushmalari mafkuraviy jarayon targ‘ibotchisi yoki tashkilotchisining shaxsiy o‘rnak ko‘rsatishi, aqliy yetukligi, axloqiy pokligi bilan bajariladi. O‘z faoliyatida mafkuraviy tasir jarayonining har bir tashkilotchisi “insonni inson tarbiyalaydi“ qoidasiga amal qilishlari zarur. Uzluksiz tarbiya jamiyatda mavjud bo‘lgan fan, adabiyot, sanat, ommaviy axborot vositalarining yagona davlat dasturi asosida bir maromda mafkuraviy tasir ko‘rsatishi, kishilarning shaxsiy munosabatlaridagi hamdardlik, hamjihatlik bilan ham bog‘liq. Shuningdek, mafkuraviy jarayon o‘z tasiri bilan aholining barcha qatlamlarini o‘ziga qamrab olishi lozim. Buning uchun esa ushbu jarayon tashkilotchilari aholining turli ijtimoiy qatlamlarini milliy, professional, ruhiy, yoshlik xususiyatlarini aniq bilishlari, qolaversa, mafkuraviy tasir aholining har bir tabaqasining moddiy va ma’naviy ehtiyojiga mos tushmog‘i zarur.
Jamiyatning barcha ijtimoiy institutlari amalga oshirayotgan mafkuraviy ishlar samarali kechishi uchun milliy istiqlol maqsadi tomon yo‘naltirilgan, umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan, jahon sivilizatsiyasi talablariga mos tushuvchi, aholining barcha ijtimoiy qatlamlari, tabaqalarini o‘z ta’sir doirasiga qamrab oluvchi milliy istiqlol konsepsiyasi yaratilmog‘i lozim.
Yuqoridagi mulohazalarimizdan quyidagi xulosalar kelib chiqadi:
1.Milliy istiqlol mafkurasining asosiy vazifasini ro‘yobga chiqarish uchun mafkuraviy ta’sir sistemasining uzluksiz faoliyat ko‘rsatishiga erishishimiz lozim. Ushbu faoliyatning asosiy maqsadi shaxsni aqliy, axloqiy va xuquqiy jihatdan shakllantirishga qaratilmog‘i darkor.
2. Aqliy, axloqiy va huquqiy tarbiya birligining ta’minlanishi shaxsni umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat ruhida shakllantiradi, uni umuminsoniy norma va prinsiplar asosida faoliyat ko‘rsatishga undaydi.
3. Aqliy, axloqiy va xuquqiy tarbiya birligini va uzluksizligini ta’minlash uchun umumdavlat ahamiyatiga molik milliy istiqlol konsepsiya ishlab chiqilishi zarur.

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish