Qarshi davlat universitet ijtimoiy fanlar kafedrasi «tasdiqlayman»


Mafkuraviy tarbiya tizimi, uning obyekti va subyekti



Download 0,97 Mb.
bet56/110
Sana21.02.2022
Hajmi0,97 Mb.
#61051
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   110
Bog'liq
Qarshi davlat universitet ijtimoiy fanlar kafedrasi «tasdiqlayma-fayllar.org

2.Mafkuraviy tarbiya tizimi, uning obyekti va subyekti.
Mafkuraviy tarbiya jarayoni bir butun, yaxlit sistema bо‘lib, jamiyatning barcha sosial institutlari- oila, maktabgacha tarbiya muasssasalari, о‘rta va о‘rta maxsus о‘quv muassasalari, oliy о‘quv yurtlari, mehnat jamoalari, mahalla kengashlari, jamoat tashkilotlari, siyosiy partiyalar,madaniy-ma’rifiy uyushmalar va shu kabi muassasalar amalga oshirayotgan barcha mafkuraviy-tarbiyaviy tadbirlarni, shuningdek, madaniy meros,milliy qadriyatlar. jamoatchilik fikrining tarbiyaviy-mafkuraviy imkoniyatlarini о‘zida qamrab oladi.
“Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi”da belgilab berilgan vazifalarning amaliyotga tadbiqi esa mafkuraviy tarbiya jarayonini takomillashtirishga bо‘lgan ehtiyojni yanada ortib borayotganini kо‘rsatmoqda. Mafkurashunos olimlarimiz tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar shuni kо‘rsatmoqdaki, mafkuraviy tarbiyaning obyekti nafaqat maktabgacha ta’lim muasssasalari va umumiy ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, balki butun jamiyat a’zolari bо‘lmog‘i lozim(chunki kо‘plab tadqiqotchilar ijtimoiy tarbiyaning obyekti qilib odamning inson bо‘lib shakllanish jarayonining bolalik va о‘smirlik davrlari ajratib tahlil qilishadi).Zero, muqaddas hadislarimizda bejizga “Beshikdan qabrgacha ilm о‘rgan” deyilmagan. О‘zbekiston xalq yozuvchisi, О‘zbekiston Qahramoni Said Ahmad о‘z xotiralarida yozadi: “choyxonada qariyalar bilan о‘tirganimizda keksa otaxonlardan biri magnitafon ustasiga” hoy, о‘g‘lim “nasihat qо‘shiqlaringdan qо‘y”, deb qoldi (u nasihat qо‘shiq deganda katta ashulani nazarda tutdi, albatta) .Shunda о‘ylab qoldim va iqror bо‘ldim: tо‘rimizdan gо‘rimiz yaqin bо‘lsa-da, nasihatga, tarbiyaga qanchalik muhtoj ekanmiz-da!” Darhaqiqat, tarbiyaning obyetini yosh bilan chegaralab qо‘yish bu boradagi ishlarimizda metodologik zaifliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Vaholanki, tarbiya jarayoniga bag‘ishlangan ba’zi tadqiqotlarda tarbiyaning obyekti bilan subyekti, tarbiya jarayoni bilan uning natijasi, tarbiyalash bilan о‘z-о‘zini tarbiyalash, odam bolasini inson daraxasiga kо‘tarishda maqsadga muvofiq, rejali tarbiyaviy ta’sir bilan rejasiz, dastursiz, stixiyali ta’sir, tarbiya samaradorligini ta’minlovchi shart-sharoitlar bilan uning omillari bir qatorga qо‘yilganligini uchratish mumkin. Aniqroq qilib aytilganda, mafkura bu ijtimoiy tarbiyaning о‘zi ekanligigiga kо‘pgina targ‘ibotchilarimizning о‘zi ham e’tibor qaratishmaydi.
Jamiyatning barcha ijtimiy insiitutlari orasida oila о‘ziga xos о‘ringa ega. Davlatimiz rahbari I.Karimov о‘zining “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarida oilani ma’naviyatni shakllantiruvchi mezon sifatida e’tirof etgan edi.
Yakka nikohlikka asoslangan oilalarning tarixan о‘zidan-о‘zi shakllanganligi juda katta ahamiyatga ega bо‘ldi. Faqat shunday oilalargina yosh avlod har jihatdan sog‘lom rivojlanishi , kamol topishi uchun zarur moddiy-maishiy va ma’naviy-axloqiy shart-sharoitlarga ega bо‘ladi. Bunda oilalarda milliy ruh hukmronlik qilib, bobolar va momolar о‘giti, ota ibrati va ona mehr-muhabbati, aka-ukalar, opa-singillar о‘rtasidagi mehr-muruvvat asosida kichik ijtimoiy muhit shakllanadi.
Ana shu boisdan ham oila har qanday jamiyatning dastlabki asosi, negizi hisoblanadi. Demak, jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar insoniy yoki g‘ayriinsoniy tomonga og‘ib ketishida oila о‘ziga xos о‘zinga ega ekanini nazarda tutish lozim. Har bir mamlakat va mintaqada ma’lum bir tarixiy davr ruhi avvalo oilaviy munosabatlarda о‘z ifodasini topgach, u ruh asosida odamlarning muayyan maqsadga qaratilgan umumiy harakatini yuzaga keltiradi. Ana shu ruh mafkura orqali oilaga kirib boradi.
Hamma davrlarda va har bir jamiyatda qon-qardoshlik aloqalari, yoshga, jinsga xos, ma’lum bir sohaga qiziqishga muvofiq yoki muayyan g‘oyalarga e’tiqoddan kelib chiqadigan norasmiy uyushmalar bо‘ladi. Ana shu doirada ham g‘oyaviy ta’sir kо‘rsatish imkoniyati mavjud ekanini albatta hisobga olish lozim.
Sharq xalqlarida, jumladan о‘zbeklarda kichik oiladan tashqari katta oilalar ham bо‘ladi. Bu, о‘sha urug‘-qabiladoshlik munosabatlarida yetakchi mayl bо‘lgan qon-qarindoshlik aloqalaridir.Odatda о‘zbek oilasining keksa avlodi bunday qon-qarindoshlik munosabatlarini e’zozlab rivojlantiradi va shu asosda yosh avlodga –alohida mustaqil oila bо‘lib chiqib ketgan bolalari, ularning farzandlari(nabiralar,evaralar, hatto chevaralar)ni ham о‘z ta’sir doiralarida ushlab turishga harakat qiladilar.
Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda: “Bunda o‘zaro hurmat va qattiq tartib bo‘lmasa, oilaning barcha a’zolari o‘z burchlarini ado etmasa, bir biriga nisbatan ezgulik bilan mehr oqibat ko‘rsatmasa, yaxshi va munosib tarzda yashash mumkin emas. O‘zbeklarning aksariyati o‘zining shaxsiy farovonligi to‘g‘risida emas, balki oilasining, qarindosh urug‘lari va yaqin odamlarining, qo‘shnilarining omon esonligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishni birinchi o‘ringa qo‘yadi.” (qarang: Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1Tom. “O‘zbekiston”, Toshkent, 1996, 49bet).
Shuning uchun ham jamiyatning barcha ijtimoiy institutlarining eng asosiy bo‘g‘ini bo‘lmish – oila va uning muqaddasligini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Demak, oila poydevorining mustahkamligi – jamiyat poydevorining mustahkamligini ta’minlashning asosiy shartidir, uning moddiy va ma’naviy barkamolligi esa davlat va jamiyat farovonligining negizidir.
Ma’lumki, oilaning bir nechta asosiy vazifalari mavjuddir. Chunonchi, birinchidan, oila reproduktivlik funksiyasini bajaradi, ya’ni farzand ko‘rish orqali avlodlar vorisiyligi va davomiyligini, kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyotini ta’minlaydi. Ikkinchidan, oila nuklearlik (nuklear – lotincha so‘z bo‘lib, yadro degan ma’noni anglatadi) funksiyasini bajaradi. Oilaning ko‘p bo‘g‘inliligini ifodalaydigan, er xotin va bolalardan iborat bo‘lgan oila nuklear oila deb ataladi. Uchinchidan, oilada birgalikda iqtisodiymoliyaviy xo‘jalik faoliyati yuritiladi. To‘rtinchidan, oilada dunyo voqealaridan voqif bo‘lish, uning mazmunini oila a’zolari o‘rtasida muhokama etish imkoniyatlari mavjud. Biroq oila bajaradigan eng muhim funksiya tarbiya bilan bog‘liqdir.
Mafkuraviy ta’sir sistemasida maktabgacha tarbiya muassasalarining o‘rni ham alohida ahamiyat kasb etadi. Ular oila bilan xamkorlik qilgan holda insonlarni har tomonlama kamol toptirish va tarbiyalashga da’vat etilgan. Maktabgacha tarbiya muassasalarining asosiy vazifasi inson kamoloti asoslarini shakllantirishdan, uning bilimga qiziqishini, madaniy axloqiy ehtiyojlarini, dastlabki ko‘nikmalarini, ilmga muhabbat qo‘yishini o‘stirishdan, salomatligini mustahkamlashdan iborat.
Biroq bugungi kunda maktabgacha tarbiya muassasalari o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni to‘la bajara olmayotir. Moddiy tanqislik, mutasaddi tashkilotlarning e’tiborsizligi, ularda ishlayotgan xodimlarning malakasizligi bolalar ijtimoiy qiyofasiga samarali ta’sir ko‘rsatishga xalal berayotir. Maktabgacha tarbiya muassasalarining tarbiyaviy imkoniyatlarini mustahkamlash uchun eng avvalo ularning moddiytexnika bazasini yaxshilash, malakali kadrlar bilan ta’minlash zarur bo‘ladi.
Umumiy talim maktablarida sinfdan va maktabdan tashqarida amalga oshirilayotgan tarbiyaviy ishlar jamiyatning boshqa ijtimoiy institutlari amalga oshirayotgan bir butun, yaxlit tarbiyaviy tasir doirasida bo‘lib, ushbu maqsadli, ongli faoliyatning davomidir. Umumiy talim maktablarida yigit va qizlarning ilk ijtimoiy qadriyatlari, axloqiy, siyosiy, huquqiy va boshqa qarashlari shakllanadi.
Biroq umumta’lim maktablarida olib borilayotgan tarbiyaviy ishlar jamiyatning boshqa ijtimoiy institutlari tasiridan tashqarida qolayotgandek tuyuladi. Hatto o‘quv jarayoni bilan bo‘sh vaqt ramkasida amalga oshirilayotgan maqsadga muvofiq ijtimoiy tasir biri ikkinchidan ajralib qolmoqda.
Umumta’lim maktablarida va maktabdan tashqarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlar haqida gapirganimizda, uning tashkilotchilari jamiyatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy tarbiya sistemasi haqida yaxlit tasavvurga ega bo‘lishlari lozimligini ham nazarda tutishimiz darkor. Malumki, jamiyatni turli ijtimoiy institutlari aniq dastur, reja asosida amalga oshirilayotgan tarbiyaviy ishlarning hammasi yaxlit, bir butun sistemani tashkil etadi. Umumiy talim maktablaridagi tarbiyaviy ishlar o‘sha bir butun sistemaning bo‘lagi hisoblanadi. Keyingi yillarda tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish borasidagi fikr mulohazalarimiz malum bir bo‘lak atrofida o‘ralashib qoldi. Tarbiya borasida qilgan say harakatlarimizning amaliyotda samarasiz, bo‘lib qolayotganligining asosiy sabablaridan biri butun bilan bo‘lak orasidagi aloqadorlik mexanizmida tub sifatiy o‘zgarish yasay olmaganligimizda, o‘sha mexanizmni bir maromda uzluksiz ishlashini taminlay olmaganimizda bo‘lsa kerak. Afsuski, yaratiladigan konsepsiyalarda ham o‘sha butun bilan bo‘lak orasidagi aloqadorlikni takomillashtirish yo‘llari, uslublari ko‘rsatib berilmagan.
Mafkuraviy ta’sir sistemasining markaziy komponenti mehnat jamoasi bilan bog‘liq. Chunki aynan mehnat jamoasi yordamida shaxs jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarda ishtirok eta boshlaydi. Mehnat jamoasida shaxsning ijtimoiy qiyofasi shakllanadi, ehtiyojlari va manfaatlari qondiriladi. Xuddi shuning uchun ham K. Gelvetsiy, T. Mor, T. Kampanella, A. SenSimon, Sh. Fure, R. Ouen va boshqa mutafakkirlar mehnat jamoasi muammolariga alohida e’tibor berganlar.
O‘zbekistonda amalga oshirilgan ijtimoiy iqtisodiy islohotlar natijasida mamlakatdagi mehnat jamoalarining qiyofasi tubdan o‘zgardi. Bugungi kunda mehnat jamoalarining qariyb 70 foizi xususiy sektorga taalluqli. Bu hol, albatta, mehnat jamoalarining tarbiyaviy imoniyatlariga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Afsuski, ushbu ta’sir aksariyat hollarda salbiy xarakterga ega bo‘lib qolmoqda. Chunki xususiy sektorda mashg‘ul bo‘lgan mehnat jamoalari asosiy e’tiborni daromadga qaratmoqdalar. Ma’naviy axloqiy rivojlanish bilan bog‘liq masalalar esa hatto rejalashtirilmaydi ham. Buning natijasida mehnat jamoalarining tarbiyaviy imkoniyatlari to‘liq ro‘yobga chiqmay qolayotir. Insonparvar, demokratik jamiyat barpo etish va barkamol avlodni shakllantirish vazifasini o‘z oldimizga qo‘yar ekanmiz, mehnat jamoalarining diqqat e’tiborini nafaqat daromad, balki ma’naviy-axloqiy rivojlanish muammolari bilan ham mashg‘ul etish yo‘larini izlab topishimiz lozim.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy islohotlar davomida fuqarolarning hayotdagi pozitsiyasini shakllantirishda, jamiyat kelajagi bo‘lgan yoshlar tarbiyasi samaradorligini oshirishda jamoat tashkilotlarining, xususan mahalla kengashlari va madaniy ma’rifiy uyushmalarining roli oshib bormoqda. Ayniqsa, jamoat tashkilotlari, mahalla kengashlari va oilaning yoshlar tarbiyasi borasidagi hamkorligi takomillashmoqda. Ushbu hamkorlikning rivojlana borishi milliy istiqlol mafkurasi vazifasining bajarilishi uchun puxta zamin tayyorlaydi.
Yuqoridagi mulohazalarimizdan quyidagi xulosalar kelib chiqadi:
1.Oila, maktabgacha tarbiya muassasalari, umumiy ta’lim maktablari, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari, mehnat jamoalari, jamoat tashkilotlari murakkab mafkuraviy ta’sir sistemasini tashkil etadilar.
2. Mafkuraviy ta’sir sistemasining samaradorligi ushbu sistema elementlari faoliyati bilan bog‘liq muammolarning o‘z vaqtida aniqlanishi va bartaraf etilishi bilan bog‘liq.
3.Mamlakatimizda фуqаролик jamiyati barpo etila borgani sayin mafkuraviy ta’sir sistemasi tarbiyaviy imkoniyatlari ham kengaya boradi.

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish