6-bob. Yakunlovchi qoidalar
25. Faoliyati “qoniqarli” va “qoniqarsiz” deb baholangan madaniyat markazlari rahbar va xodimlarining ish samaradorligini oshirish va faoliyatini yaxshilash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi tomonidan Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi bilan birgalikda tegishli zarur chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
26. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash bo‘yicha hududiy ishchi guruhlarning namunaviy
TARKIBI*
lavozimiga ko‘ra
|
—
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, hududiy ishchi guruh rahbari
|
lavozimiga ko‘ra
|
—
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat vaziri, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi boshlig‘i
|
lavozimiga ko‘ra
|
—
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining o‘rinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari
|
lavozimiga ko‘ra
|
—
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi moliya vazirining o‘rinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari
|
lavozimiga ko‘ra
|
—
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirining o‘rinbosari, viloyatlar iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari
|
lavozimiga ko‘ra
|
—
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’naviyat va ma’rifat bo‘limining boshlig‘i
|
lavozimiga ko‘ra
|
—
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari
|
lavozimiga ko‘ra
|
—
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari
|
lavozimiga ko‘ra
|
—
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi kasaba uyushmalari Federatsiyasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasining rahbari
|
lavozimiga ko‘ra
|
—
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat vazirining o‘rinbosari, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, hududiy ishchi guruh kotibi
|
* zarurat bo‘lganda, hududiy ishchi guruh tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining tegishli boshqarmasining hamda respublika tashkilotlarining rahbar va xodimlari kiritilishi mumkin.
Madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Do'stlaringiz bilan baham: |