Qarori madaniyat markazlari faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘G‘risida



Download 42,85 Kb.
bet6/10
Sana30.03.2022
Hajmi42,85 Kb.
#517314
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
264-son qaror

9-bob. Yakunlovchi qoida
30. Markazlar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan kelishilgan holda (uning tegishli xulosasiga asosan) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlariga asosan tashkil etiladi va tugatiladi.

Madaniyat markazlarida tashkil etiladigan to‘garaklar, studiyalar, kurslar, qiziquvchilar klublari va badiiy havaskorlik jamoalarining
YO‘NALISHLARI

T/r

Yo‘nalishlar

To‘garaklar

1.

Ashula va raqs to‘garagi

2.

Xoreografiya, raqs to‘garagi

3.

Drama to‘garagi

4.

Vokal-cholg‘u to‘garagi

5.

Rubob to‘garagi

6.

G‘ijjak to‘garagi

7.

Yevropa zarbli cholg‘ulari (zarblilar majmuasi) to‘garagi

8.

Urma zarbli cholg‘ular (doira, nog‘ora va boshqalar) to‘garagi

9.

Tanbur to‘garagi

10.

Dutorchilar to‘garagi

11.

Karnay va surnay to‘garagi

12.

Xor, vokal va akademik to‘garagi

13.

Akkordeon to‘garagi

14.

Klassik gitara (akustik gitara) to‘garagi

15.

Filarmoniya (tarkibiga asosan)

16.

Makrame va to‘qish to‘garagi

17.

Kiyimni bichish va tikish (kashta) to‘garagi

18.

Pazandachilik to‘garagi

19.

Xalq cholg‘ulari ustaxonasi to‘garagi

20.

O‘ymakorlik (yog‘och va ganch o‘ymakorligi) to‘garagi

21.

Zargarlik to‘garagi

22.

Naqqoshlik to‘garagi

23.

Kulolchilik to‘garagi

24.

Lapar, alla, o‘lan va aytishuv, baxshi, xalfa ijrochiligi to‘garagi

25.

Maqomchilar to‘garagi

26.

Ko‘hna cholg‘ular ijrochiligi to‘garagi

27.

Askiya to‘garagi

28.

Folklor qo‘shiqlari ijrochiligi to‘garagi

29.

Katta ashula to‘garagi

30.

Shaxmat-shashka to‘garagi

31.

Stol tennisi to‘garagi

32.

Sog‘lomlashtirish gimnastikasi to‘garagi

33.

Badiiy gimnastika to‘garagi

Studiyalar

34.

Dizayn studiyasi

35.

Teatr studiyasi (badiiy o‘qish, drama)

36.

“Zamonaviy raqs” studiyasi

37.

Ovoz yozish studiyasi

38.

Xalq amaliy san’ati studiyasi

39.

Tasviriy san’at studiyasi

40.

Qo‘g‘irchoqsozlik studiyasi

41.

Internet va axborot almashuv texnologiyalarini o‘rganish studiyasi

42.

Foto-video studiyasi

Kurslar

43.

“Nutq madaniyati” kursi

44.

Rus tilini o‘rganish kursi

45.

Ingliz tilini o‘rganish kursi

46.

Nemis tilini o‘rganish kursi

47.

Fransuz tilini o‘rganish kursi

48.

Koreys tilini o‘rganish kursi

Qiziquvchilar klublari

49.

“Quvnoqlar va zukkolar” klubi

50.

“Zakovat” klubi

51.

“O‘zbegim o‘g‘lonlari” klubi

52.

“Qo‘li gul ayollar” klubi

53.

“Oila — muhabbat qasri” klubi

54.

Tarix-o‘lkashunoslik klubi

55.

Tabiat-ekologiya klubi

56.

Kolleksiya to‘plashga qiziquvchilar klubi

Badiiy havaskorlik jamoalari

57.

Teatr jamoasi

58.

Xalq cholg‘ulari jamoasi (orkestr)

59.

Raqs jamoasi

60.

Estrada jamoasi

61.

Xor, vokal va maqom jamoalari

62.

Ashula va raqs jamoalari, folklor-etnografik jamoalar

63.

Sirk jamoalari

Izoh. To‘garaklar, studiyalar, kurslar, qiziquvchilar klublari va badiiy havaskorlik jamoalari madaniyat markazlarining moddiy-texnika bazasi va aholi ehtiyojidan kelib chiqib tashkil etiladi.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 264-son qaroriga


2-ILOVA
Madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini belgilash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlari tartibini belgilaydi.
2. Madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash oshkoralik, adolatlilik va shaffoflik tamoyillari asosida o‘tkaziladi.
3. Madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlari bir yillik davr mobaynida madaniyat markazlari faoliyatining muhim ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi.
4. Madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash natijasiga ko‘ra madaniyat markazlarining reytingi shakllantiriladi.
2-bob. Madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlari
5. Quyidagilar Madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlari hisoblanadi:
yil davomida madaniyat markazlarida muntazam faoliyat olib borayotgan to‘garaklar, studiyalar, kurslar, qiziquvchilar klublari, badiiy havaskorlik jamoalari (keyingi o‘rinlarda Markaz tuzilmalari deb ataladi) soni;
madaniyat markazlarining umumiy xarajatlarida budjetdan tashqari mablag‘larining ulushi (homiylik xayriyalaridan tashqari);
madaniyat markazlari tomonidan yil davomida o‘tkazilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar soni hamda ularning ahamiyatliligi;
madaniyat markazlari tomonidan yil davomida erishilgan ijobiy natijalar (markazda faoliyat ko‘rsatayotgan markaz tuzilmalari tomonidan xalqaro va respublika tanlovlarida, festivallarda qo‘lga kiritilgan yuqori o‘rinlar va boshqalar) soni;
madaniyat markazlari asosiy vositalarining saqlanish holati.
3-bob. Madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash bo‘yicha hududiy ishchi guruhlarni tashkil etish
6. Madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash bo‘yicha hududiy ishchi guruhlar har yilning 1-oktabriga qadar 1-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda shakllantiriladi.
Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining buyrug‘iga asosan hududiy ishchi guruh tarkibiga Madaniyat vazirligining tegishli boshqarmasining hamda respublika tashkilotlarining rahbar va xodimlari kiritilishi mumkin.
7. Madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash ishchi guruh tomonidan hududdagi madaniyat markazlarida so‘nggi 12 oy davomida amalga oshirilgan ishlarni har yilning 1-noyabriga qadar ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlari ko‘rsatkichlari asosida baholanadi.
8. Ishchi guruhga taqdim etiladigan hujjatlar va madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlari ko‘rsatkichlarining to‘g‘riligi bo‘yicha madaniyat markazi direktorlari shaxsan javobgar hisoblanadi.
9. Ishchi guruh tomonidan madaniyat markazlari faoliyatiga oid zarur ma’lumotlar tegishli tashkilotlardan so‘rovnomalar berish orqali olinishi mumkin.

Download 42,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish