Qalamtasvir asosida mavzuli kompozitsiya yaratish uslublari


Mavzu asosida kompozitsiya ishlashdagi badiiy elementlar



Download 2,04 Mb.
bet4/9
Sana20.07.2022
Hajmi2,04 Mb.
#826137
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Boboyev Xusraf original

1.2. Mavzu asosida kompozitsiya ishlashdagi badiiy elementlar

Ma’lumki, hozirgi vaqtda dars mazmuni va metodikasini takomillashtirish oʻqituvchining ilmiy va metodik saviyasi bilan, darslarni toʻg‘ri tashkil etish va oʻtkazish bilan bevosita bog‘liqdir. Bularni hozirgi zamon talablari darajasiga koʻtarmasdan turib masalani muvaffaqiyatli hal qilib boʻlmaydi.


Oʻqituvchilarning ilmiy – metodik saviyalari darajasini koʻrsatuvchi faktorlar ularning bilim hajmi va metodik tayyorganligi hisoblanadi. Bu narsa koʻproq olib borilayotgan darslarning natijalarida koʻzga yaqqol tashlanadi.
Bu borada soʻnggi yillarda oʻqituvchilar faoliyatida koʻzga koʻrinarli ishlar qilindi. Bu esa bolalarda tasviriy faoliyatlarning aktivlashuvi, bilim, malaka va koʻnikmalarining oshib borishiga olib kelmoqda. Bu yutuqlarga ular maktabda tasviriy san’at predmetlarining maqsadi va vazifalarini toʻg‘ri tushunish, darsda didaktik printsiplarga qat’iy rioya qilish, oʻz ustilarida tinimsiz ishlash, mashg‘ulotlarni ilmiy va metodik jihatdan toʻg‘ri tashkil etish va kabinet sismavzusida ish olib borish, texnika vositalaridan va koʻrgazmalilikdan unumli foydalanish, predmetlararo aloqaga rioya qilish, oʻquvchilarning fanga boʻlgan qiziqishlarini uzluksiz oshirib borish orqali erishmoqdalar.
Hozirgi vaqtda respublikamizning ba’zi maktablarida olib borilayotgan tasviriy san’at darslari zamon talablari darajasida deb boʻlmaydi. Xususan, programmada 1 – sinfdan boshlab akvarel va guash boʻyoqlar bilan ishlash koʻrsatilganligiga qaramasdan, bunday vazifalar boshlang‘ich sinflargagina emas, balki 4-6 – sinflar oʻqituvchilari e’tiboridan ham chetda qolmoqda.
Dars jarayonida tasviriy san’at asarlari reproduktsiyalaridan va koʻrgazmali qurollardan foydalanish darajasi yaxshi emas. Koʻpchilik hollarda san’at asarlarining reproduktsiyalari yoʻqligi sababli san’at haqida suhbat darsi qoniqarli oʻtkazilmayapti. Koʻpgina oʻqituvchilar suhbat darslarida texnika vositalaridan foydalanish yoʻllarini bilmaydilar.
IV – VI sinflar mavzu asosida va dekorativ rasm ishlash mashg‘ulotlarida oʻquvchilarning ijodiy qobiliyatlarini oʻstirish uchun keng imkoniyatlarga ega. Shunga qaramasdan, bu hol koʻpchilik oʻqituvchilarimiz e’tiboridan chetda qolmoqda. Ba’zi oʻqituvchilarimizning rasm chizish nazariy asoslaridan va malakalari yetarli emas. Bu narsa oʻquvchilarning tasviriy faoliyatlariga salbiy ta’sir koʻrsatmoqda. Natijada, bolalar narsaning oʻziga qarab rasm chizishdan ketma – ketlikni tushunib yetmaydilar, rasmni qog‘oz betida kompozitsion jihatdan toʻg‘ri joylashtira olmaydilar.
Bir gruppa oʻquvchilar rasm oʻlchovini qog‘oz betida nihoyatda kichik olsalar, boshqalar aksini qiladilar.
Ayrim oʻqituvchilar faoliyatida roʻy beradigan qoʻpol xatolardan biri, ularning bolalar tasviriy ishlariga ijodiy xarakter bermasliklaridir. Ma’lumki, tasviriy san’atni oʻqitishning, umuman, san’atning oʻziga xos xususiyatlaridan biri ham uning ijodiy yoʻnalishda boʻlishidir.
Oʻquvchilarning ijodiy qobiliyatlarini oʻstirish masalasi har bir darsda amalga oshirilishi lozim. San’at haqida suhbat darslarida esa rassomning ishga ijodiy yondashuvi haqida fikr yuritilishi yuqoridagi masalani toʻg‘ri hal qilishga yordam beradi.
Mavzu asosida rasm chizish darslari, yuqorida qayd qilib oʻtganimizdek, ijodiy xarakterga ega boʻlishi lozim. Bunday darslar borliqni estetik idrok etish bilan bog‘liqdir. Lekin ba’zi darslarda esa oʻquvchilar koʻrgazmali qurollarning yetishmasligi sababli erkin mavzuda rasm chizish bilan chegaralanib qolmoqdalar.
Borliqni idrok etish bevosita tabiat qoʻyniga, ishlab chiqarish korxonalariga, istirohat bog‘lari, koʻcha – koʻylarga, tarixiy va madaniy yodgorliklarga ekskursiya tashkil etish orqali amalga oshiriladiadi. Afsuski, bunday vazifalarni amalga oshirayotgan oʻqituvchilar nihoyatda kam. Borliqdagi shakl, rang – baranglik, turli – tumanlik, garmoniya haqida bolalar toʻliq tushunchalar hosil qilgandagina goʻzallik bolalarni toʻlqinlashtirgandagina ularning ijodiy faoliyatlari aktiv tus olishi mumkin.
4 – 6 – sinflarda dekorativ rasm chizish darslarida programmada berilgan oʻquvchilarning badiiy bezak elementlari bilan shug‘ullanishlari talab etiladi. Bu talabalar toʻrtburchak shakldagi quti tomonlarini naqsh bilan bezash, karnaval kastyumlari, kitob muqovasi va albom eskizini ishlash, bayram munosabati bilan tabriknoma, gultuvak, choynak, dazmol kabi buyumlar uchun taglik eskizlarini ishlash va boshqalardan iborat.
Oʻquvchilarning tasviriy san’atdan bilim, malaka va koʻnikmalari darajasining nihoyatda past boʻlishiga qaramay, ularning ishlari va bilimlarini yuqori baholash hollari uchrab turibdi. Qizig‘i shundaki, baholar koʻpincha oʻquvchilarning ishidagi ijodkorlik, ishga munosabati, harakati, bilim va malakasiga emas, balki rasmning toza yoki iflosligiga qarab qoʻyilmoqda. Bu kamchiliklarning asosiy sababi tasviriy san’at, shuningdek, har bir mashg‘ulotning maqsad va vazifalarini toʻg‘ri tushunib yetmaslikdadir.
Ma’lumki, har qanday darsni oʻtishdan avval ma’lum tayyorgarlik talab etiladi. Ya’ni tegishli adabiyotlarni oʻrganish, texnika vositalari, koʻrgazmali qurollarni ishga yaroqli holga keltirib qoʻyish, oʻtiladigan darsni oʻz tasavvuridan toʻla oʻtkazgan holda dars konspektini tuzish lozim.
Tayyorgarlik davrida oʻqituvchi oʻqitish metodlari va priyomlarini aniq tanlashi kerak. Har bir darsning oʻrganish jarayoni uning rang – barang va muayyan sismavzu va tartibda oʻtilishini taqozo qiladi.
Darsga konspekt tuzishda oʻqituvchi oʻquvchilarga beriladigan ta’lim va tarbiya mazmuni, uning hajmi, maqsadi va vazifalarini, darsning boʻlaklarini, yangi mavzuni bayon etishdagi bosqichlarning ketma – ketligini aniq tasavvur etishi va uni bayon etish kerak boʻladi.
Shuningdek, unda darsning nimadan boshlanishi, qanday borishi yangi mavzuning bayonida oʻqituvchi asosiy e’tiborni nimaga qaratishi, darsda oʻtilganlarni mustahkamlash, darsni yakunlash, uy vazifasini mazmunini aniqlash va uni tushuntirish yuzasidan yuritilgan fikrlar aks etadi. Ayniqsa, darsda oʻquvchilar faoliyatini aktivlashtiruvchi eng yaxshi ilg‘or metod va usullarni qoʻllash, texnika vositalaridan foydalanish, darsda problemali vaziyat va emotsional kayfiyat hosil qilishning ahamiyati kattadir.
Hozirgi kunda darsga puxta tayyorlanmasdan, kirib yaxshi natijalarga erishib boʻlmaydi. Chunki vaqt oʻtishi bilan fanda yangiliklar, oʻqitishning yangi samarali formalari paydo boʻladi. Oʻqituvchi oʻz tajribasidagi ba’zi bir materiallarni koʻrib chiqib, qayta yodiga tushirishi kerak boʻladi.
Hozirgi vaqtda kishilarning mehnati oʻzining nihoyatda ijodiy xarakterda boʻlishi bilan nihoyalanadi. Bu narsa bevosita tasviriy san’at oʻqituvchilarining mehnatiga ham xosdir. Tasviriy san’at oʻqituvchisi oʻzi ustida uzluksiz ishlashi, oʻzbek, chet el san’atida roʻy berayotgan oʻzgarishlar, yangiliklar bilan yangi paydo boʻlgan oqim, koʻzga koʻrina boshlagan talantli rassom, haykaltarosh, amaliy san’at ustalariga oid materiallarni oʻqib yig‘ib borishi kerak boʻladi. Bundan tashqari u oʻqituvchilarning ish tajribalaridagi ilg‘or metod va usullarni oʻrganishi va oʻzlashtirishi bolalarga yangi bilim berishi va oʻtilgan mavzuni takrorlashning samaraliroq yoʻllarini izlab topishga harakat qilishi lozim.
Tasviriy san’at predmeti oʻqituvchisidan aktiv tashabbuskorlik , topqirlik, ijodkorlik koʻrsatish talab qilinadi. Chunki bu darslar bevosita oʻquvchilarning fikrlash qobiliyatini, estetik didi va ijodiy qobiliyatini, fantaziyasini oʻstirish bilan bog‘liqdir. Bu narsa oʻqituvchi uchun nihoyatda murakkab va qiyin ishdir. Lekin u sinfda emotsional kayfiyat hosil qilishda oʻquvchilarning tasviriy faoliyatini aktivlashtirishda bolalardagi bilim va malakalarni keskin oshirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi.
Dars jarayonida har bir oʻquvchi ustidan jiddiy nazorat oʻtkazib turish muhim. Iloji boricha oʻqituvchi har bir oʻquvchining bilim va malaka va koʻnikma hajmi, saviyasini bilishi kerak boʻladi. Ular bilan lozim boʻlgan taqdirda individual ishlar olib borish kutilgan natijalarga erishiladi.
Dars jarayoni haqida gap borganda shuni qayd qilish lozimki, darsda bolalar oʻzlarini nihoyatda erkin tutishlari lozim. Ba’zan dars jarayonida bolalarni boʻlar boʻlmasga urishish yoki asabiga tegish, dakki berish kabi hollar oʻqituvchilarimiz faoliyatida uchrab turadi. Bu narsa bolalarning ijodini boʻg‘adi. Bu faqat sinfda dakki yegan bola faoliyatiga ta’sir etibgina qolmasdan, butun sinf oʻquvchilarning faoliyatiga ham keskin salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin. Chunki oʻquvchilarning, umuman kishilarni ijodiy faoliyatlari maxsus sharoit boʻlishini talab etadi. Maktabda tasviriy san’atning oʻtilishidagi bu ish mazmuni va metodikasi hamma maktablarda yuqori saviyada va talabga javob berarli darajada amalga oshirilmoqda, deb boʻlmaydi.
Hozirgi vaqtda olib borilayotgan ayrim darslarni saviyasi, ularni metodik jihatdan tashkil etish darajasi haqida toʻla tushuncha hosil qilish uchun ba’zi bir kuzatilgan darslar yuzasidan fikr yuritamiz. Masalan, Toshkent shahar maktablari ilg‘or oʻqituvchilaridan birining “Quticha uchun toʻrtburchak naqsh eskizini ishlash” mavzusida 5 sinfda oʻtkazgan darsi yuzasidan quyidagi xulosaga keldik:
Oʻqituvchining dars konspekti bilan maktabning oʻquv ishlari boʻyicha mudiri qiziqmagan va uni tekshirmagan. Dars konspektidagi mavzu bilan dars oʻtilgan, mavzu oʻrtasida tafovvut bor. (darsda oʻqituvchi boshqa mavzuni oʻtdi). Oʻqituvchi uch yil avval tuzgan dars konspektidan foydalandi. Bundan oʻqituvchi darsga tayyorgarlik koʻrmaganligi ma’lum boʻldi. Yangi mavzuni tushuntirib berishda oʻqituvchi nimalarga va qaysi vaqtda e’tibor berishi konspektda qayd qilinmagan; dars rejasi tuzilmagan; darsning maqsadi jihozi koʻrsatilgan; vazifani tushuntirish va oʻquvchilarni aktivlashtirish uchun beriladigan savollar belgilanmagan; oʻtilgan mavzuni mustahkamlashga oid materiallar aks ettirilmagan.
Mazkur oʻqituvchining kabinetda oʻtkazilgan darsining tashkil etilishi ham qoniqarsiz boʻldi. Birinchidan, oʻqituvchining doskaga chizgan koʻrgazmasi parallel sinfda avvalgi darsda ishlangan boʻlib, oʻqituvchining undan foydalanishi butunlay oʻrinsiz edi. Ma’lumki, doskada ishlanadigan koʻrgazma faqat oʻqituvchining nutqi bilan bir vaqtda tasvirlangandagina yaxshi natija beradi. Ikkinchidan, naqsh elementlarini oʻquvchilarning koʻz oʻngida chizib koʻrsatilganda, bolalar uning shakli va vazifasini yaxshi tushunib yetadilar.
Oʻqituvchi bolalarga vazifa berib qoʻyib, oʻzi bolalarning uyida chizgan rasmlarini tekshirib oʻtirishi oʻqituvchining yana bir katta hatosidir. Oʻqituvchining hatosi shundaki, u mustaqil ishlar jarayonida bolalar faoliyatini nazorat qilib turmadi va ularga yordam koʻrsatmadi. Oʻquvchilar vazifani bajara oladilarmi yoki yoʻqmi, bu uni sira qiziqtirmadi.
Naqsh chizishda oʻquvchilar chizg‘ich, uchburchak kabi asboblardan foydalandilar. Bular hammasi oʻqituvchining oʻz burchiga sovuqqonligi bilan qaraganligi oqibatidir.
Oʻqituvchi yoʻl qoʻygan xatolaridan yana biri, oʻquvchilarning mustaqil ishlari jarayonida muvoffaqqiyatli ishlangan rasmlardan namunalar olib bolalarga koʻrsatmadi. Bu esa oʻquvchilarning ishlari roʻy berayotgan xatolarini oldini olishga yordam bergan boʻlar edi. Har bir dars oxirida unga yakun yasash talab etiladi. Oʻqituvchi darsni toʻg‘ri planlashtira olmaganligi sababli uni ham amalga oshira olmaydi.
Rangshunoslikka oid koʻrgazmali qurol orqali asosiy ranglarni qoʻshib, qoʻshimcha ranglar olish tushuntirildi. Birinchidan, asosiy ranglar orqali qoʻshimcha ranglar hosil qilish beshinchi emas, 1 – 2 – sinflar programmasiga mos materiallar, ikkinchidan oʻqituvchi asosiy ranglar orqali qoʻshimcha ranglar hosil qilishni oʻquvchilarning koʻz oʻngida amalga oshirganda edi, aytilgan fikr yanada ishonarliroqboʻlar edi.
Oliy va maxsus ma’lumotga ega boʻlgan oʻqituvchilar darslarining bunday past saviyada boʻlishi, umuman maktablarda tasviriy san’at mashg‘ulotlarining zamonaviy talablariga toʻla javob bera olmasligini yana bir bora koʻrsatib turibdi.
Oʻqituvchining ishga munosabati uning tasviriy san’atga darslari uchun tuzgan yillik planlashtirilishida ham aks etgan.
Bir yillik planlashtirilish 4,5,6 – sinflarning har biriga alohida – alohida tayyorlangan boʻlib, uni tuzishda programma talablari qoʻpol ravishda buzilgan. Xususan, materiallarni oʻrganishdagi ketma – ketlikka rioya qilinmagan, oʻrganilishi lozim boʻlgan bir qator oʻzbek, rus, chet el rassomlarning 60 dan ortiq asarlari planlashtirishdan tushib qolgan. Oʻrganish uchun tanlab olingan asarlardan koʻpchiligini rus rassomlarning asarlari tashkil etiladi.
Oʻqituvchining planida allaqachonlar programmadan chiqarib yuborilgan mavzular (“Sinf intereri rasmini chizish”, “Badiiy qurish-yasash”, “Kitob javonining eskizini ishlash”, “Gipsdan ishlangan ornamend” kabi) yuzasidan ishlar olib borish koʻrsatilgan.
Programmada narsaning oʻziga qarab, dekorativ, mavzu asosida rasm chizish, tasviriy san’at asarlari haqida suhbat oʻtkazish boʻlimlari va alohida mavzulari uchun ajratilgan soatlar hajmi qoʻpol ravishda buzilgan, amalda qoʻllanilayotgan tasviriy san’at programmasidan oʻrin olgan “Elektro lampa rasmini chizish”, “Gul, meva va sabzavotlarning xonaki rasmini ishlash”, “Oʻyinchoq transport vositalari-vagon, yengil mashina, avtobus rasmini chizish”, “Oʻzbek xalq ertaklari asosida illyustrativ rasm ishlash” kabi mavzular planlashtirishda oʻz aksini topmagan.
Tasviriy san’atni oʻqitishda roʻy berayotgan bu xato va kamchiliklarga sabab boʻlayotgan bunday omillardan ba’zilari quyidagilar:

  1. Oʻqituvchilar oʻzlarining bilimlarining mustaqil va muntazzam oshirib bormasliklari (metodik adabiyotlardagi soʻnggi yangiliklar bilan tanishmaslik; rangshunoslik, kompozitsiya, perspektivaga oid bilimlarini chuqurlashtirib bormaslik, ilg‘or tajribalarni oʻrganmaslik; rang tasvir, xaykaltaroshlik, grafika boʻyicha oʻz malakalarni oshirib bormaslik; ilmiy amaliy konferentsiyalarda, pedagog oʻqishlarda, seminarlarda aktual masalalar yuzasidan dokladlar bilan qatnashib bormaslik va b. )

  2. Oliy va Oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida tasviriy san’atni oʻqitish metodikasi yuzasidan berilayotgan bilimlarning yetarli emasligi.

  3. Tasviriy san’at oʻqituvchilarning faoliyati bilan maktab rahbarlarning yaxshi qiziqmasligi va oʻqituvchilarning faoliyatlari yuzasidan nazoratning yetarli emasligi.

  4. Oʻqituvchilar va maktab rahbarlarning tasviriy san’at mashg‘ulotlarning kabinet sismavzusida oʻtkazishga va kabinetni texnika vositalari bilan jihozlashga yetarli e’tibor bermasliklari.

  5. Tasviriy san’atni oʻqitish ishini yaxshilashda maktab, oila, jamoatchilik, otaliq tashkilotlar hamkorligining yetarli emasligi.


Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish