Qalamtasvir asosida mavzuli kompozitsiya yaratish uslublari


Qalamtasvirda kompozitsiyaning roli



Download 2,04 Mb.
bet6/9
Sana20.07.2022
Hajmi2,04 Mb.
#826137
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Boboyev Xusraf original

2.2. Qalamtasvirda kompozitsiyaning roli

Ta’lim tarbiya birligi printsipi ditaktik printsiplarning eng asosiylaridan xisoblanadi va bu tasviriy san’atni oʻqitish jarayonida alohida ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, bugungi kunda ta’lim-tarbiyaning asosiy qisimlaridan biri oʻquvchini milliy istiqlol mafkurasi ruhida tarbiyalash hisoblanadi.


Oʻ.Tansiqboyevning “Jonajon oʻlka”, X.Rahmonovning “May tongi”, N.Qoraxonning “Oltin kuz”, Z.Inog‘omovaning “Choyga”, Y.Yelizarovning “Natyurmort” kabi asarlarida Oʻzbekiston koʻrk-jamoli yorqin aks ettirilgan. Oʻquvchilarni bunday asarlar bilan tanishtirishda bolalarda Ona-vatanimizga boʻlgan ilk muhabbat paydo boʻladi, shu zaylda ularda ona-vatanga, oʻlkaga nisbatan mehr-muhabbat tuyg‘ulari yanada kuchayadi.
Tasviriy san’at darslarida millatlararo totuvlik va baynalminal tarbiyani amalga oshirish imkoniyatlari ham katta va u turli mavzularda qalamtasvir ishlash, boshqa millat va xalqlar xayotini ifodalovchi suratlarning reproduktsiyalarini, xalq ertaklariga ishlangan illyustratsiyalarni namoyish etish orqali amalga oshiriladi.
Tasviriy san’at asarlarini oʻrganish orqali chet el mamlakatlari xalqlarining mehnati va mehnatdagi jasoratlari, an’analar, odatlari, turmush tarzi hamda tabiati bilan oshno boʻladilar.
Jamiyat qurilishining muvoffaqiyati har bir kishining mehnat qilish darajasiga bog‘liq. Shuning uchun kishilarning jamiyat uchun nafis boʻlgan mehnatga nisbatan xatti-harakati asosiy koʻrsatkich sanaladi. Bu sifat mehnat tarbiyasi jarayonida vujudga keladi.
Tasviriy san’at darslarini oʻqituvchilarning mehnat tarbiyasini amalga oshirishdagi imkoniyatlari katta. Bu masala tasviriy san’at darslarining barcha turlari naturaga qarab tasvirlash, qalamtasvir, san’atshunoslik asoslari mashg‘ulotlari mazmunida koʻzda tutilgan.
Naturaga qarab tasvirlash jarayonida oʻquvchilar turmushda qoʻllaniladigan turli buyumlar, sabzovot va mevalar tasvirini ishlaydilar. Yil boshlanmasdan oldin naturani qisqacha taxhil qilib, faqat buyumlar shakli, proportsiyasi, rangi va tuzilishini tahlil qilib olish zarur.
Masalan, turmushda qoʻllaniladigan ayrim san’at buyumlarining oʻziga qarab rasmini chizdirishda oʻqituvchi talabalarga buyumlarning vazifasi, shakli, ularning qanday materiallardan ajralgani, buning uchun qancha mehnat sarflangani va xokazolar haqida toʻxtaladi. Shuningdek, oʻzbek xalq amaliy san’ati haqidagi suhbat darslarida ularning turlari va ustalarning mehnat shijoatlarining oʻziga xos jixatlari haqida gapiriladi.
“Paxta terimi”, “Fermada”, “Hosilni yig‘ib-terib olish”, “Maktab yer uchastkasida”, “Qurilishda” kabi mavzularda rasm chizdirishda har bir bolani kattalar mehnati bilan tanishtiriladi. Ishlab chiqarish korxonaliriga qilingan sayyohat bu masalada muhim ahamiyat kasb etadi. Sayohatda bolalar kishilarning qanday mehnat qilayotganliklarini kuzatadilar, mehnat shartnomalari va uni tashkil etish yoʻllari bilan tanishadilar, kattalar mehnatining natijalarini koʻradilar. Sayohat chog‘ida ular kattalar mehnatining axloqiy tomonini, ularning mehnatga boʻlgan munosabatini, mehnatning jamoaviy xarakterini oʻrganadilar. Yoshlarni Sayohat jarayonida olgan taassurotlari ularning rasmlarida aks etadi, natijada mehnat haqidagi tasavvurlari yanada kengayadi.
Tasviriy san’at dasturlarida xalqimizning fidokorona mehnati va uning goʻzalligini aks ettiruvchi asarlarni oʻrganish ham koʻzda tutiladi. Oʻ.Tansiqboyevning “Paxtani sug‘orish”, “Chorvoq qurilishida”, Z.Inog‘omovaning “Choyga” va boshqa asarlari shular jumlasiga kiradi.
Oʻzbek rassomlari asarlarining qaxramonlari bilish artist A.Xidoyatov, xalq hofizi Mulla Toʻychi Toshmuhammedov amaliy san’at ustasi U.Joʻraqulov va boshqa oʻz baxtini mehnatdan topgan kishilar bilan suratlar orqali tanishish, ular mehnat jamiyat xayotining, har bir shaxsning asosiy qonuni ekanligiga ishonch hosil qilinadi. Bunday sharoitlar oʻquvchilarni turli kasblarga yoʻllash imkoniyatlari ham paydo boʻldi.
Natijada oʻquvchilar mehnat inson baxt-saodatining ma’naviy va axloqiy manbai, har qanday inson mehnat qilmog‘i va mehnatni sevmog‘i lozim, degan xulosaga keladilar. Shuningdek odamlar faqat oʻzi uchun emas, jamiyat uchun ham mehnat qilishlari kerak, mehnat kishilarga va ular yaratgan buyumlarga nisbatan xurmat bilan qarash lozimligi haqida tasavvurga ega boʻladilar.
Naturani tahlil qilish jarayonida oʻqituvchi oʻquvchilarning diqqatini buyumlar shaklining nafisligi, qismlarining proportsionalligi, shakl va rang uyg‘unligi, mazmun, shakl va vazifasining mosligi kabilarga jalb etadi. Natijada, oʻqituvchilarda naturaga nisbatan emotsional-estetik munosabatlar oshadi.
Borliqni idrok etish va Qalamtasvir daslarida tabiatni kuzatish va uni rasimlarda aks ettirish bolalar tarbiyasiga ijobiy ta’sir koʻrsatadi. Ular dars jarayonida tabiatni kuzatar ekanlar, daraxtlarning tuzilishini, shox-shabodalrning shakl va yoʻnalishini turli-tumanligi,barglarning rangi va shakli, nafisligi va yoqimliligini bilib oladilar. Shuningdek, gullarning rangi va shakli, xilma-xilliga, bahor va kuz manzaralarining goʻzalligi, niynachi, kapalak, qushlarning engil va nafis parvozi ham har bir odamni xayajonlantiradi.
Yuqori badiy saviyada yaratilgan tasviriy san’at asarlarini oʻrganishda oʻqituvchilar ulardan estetik zavq olishadi. Surat Qalamtasvirning muvaffaqqiyatli yechilishi, ranglarning hamoxangligiga, borliqning xaqqoniy tasviri bolalarni ilhomlantiradi. Bu faqat estetik tarbiyaga ta’luqligina boʻlmay, balki, bolaning tasviriy ijodiga, ularning san’atiga boʻlgan qiziqishlarini tarbiyalashga bevosita aloqadordir. Bu borada manzara va natyurmort janrlarining roli kattadir. Sa’nat asarlari haqidagi suhbatlarda oʻqituvchi, rassom koʻrganini shunchaki aks ettiribgina qolmay, balki u borliqdagi eng qiziq, eng chiroyli narsa va xodisalardan ta’sirlanib chizganligi, lozim boʻlgan taqdirda, u koʻrgan kechirganlarini va eshitganlarini mubolag‘a bilan tasvirlashini xikoya qilib beradi.
Naturaga qarab tasvirlash jarayonida buyumlarning shakli, rangi, tuzilishi tahlil qilinadi. Masalan, choynakli natyurmortni tahlil qilinganda, e’tibor choynakni turmush uchun zarur boʻlgan buyumlardan biri ekaniga, uning shakli mazmuniga mosligi, uning qanday vazifaga moʻljallanganligi, maqsadga muvofiqligi, ishlatishga qulayligi va xokazolar kiritiladi.
Dekarativ bezak darslari oʻquvchilarning badiiy didini, ijodiy qobilyatini oʻstirishi imkoniyatlariga ega. Darslarda oʻquvchilar simmetriya ritm, ranglarning munosibligi, qalamtasvirning qonun-qoidalari bilan tanishadilar.
Oʻquvchilarning ijodiy qobilyatlarini naqsh chizish, kitob muqovasi uchun eskiz ishlash, jarayonida oʻstirib boriladi. Oʻquvchilarning estetik tarbiyasida N.Karaxonning “Oltin kuz”, Yu.Yelizarovning “Tarvuzli natyurmort”, Oʻ.Tansiqboevning “Tog‘larda kuz”, “Oʻzbekistonda mart”, L.Salimjonovaning “Natyurmort nomli asarlari aloxida ahamiyat kasb etadi.”
Tasviy san’at atrof-muhitni his etish, undagi voqea va hodisalarni oʻziga hos jihatlarini belgilashni talab etadi. Shu boisdan tasviriy san’at darslarida oʻquvchilar chiziqli va havo perspektivasi, yorug‘soya, rangshunoslik va qalamtasvir qonunlarini yaxshi bilishlari talab etiladi. Shuningdek odam va hayvonlarning plastik anatomiyasi haqida etarlicha ma’lumotlarga ham ega boʻlishlari lozim. Perspektiva qonunlari hisoblangan chiziqli va havo perspektivasi, ufq chizig‘i kesishish nutqasi, kuzatish nuqtasi, buyumni bir yoki ikki kuzatish nuqtasi asosida rasmlar ishlash, oʻlchovlarni oʻzgarish perspektivasi, och toʻqlikni oʻzgarish perspektivasi, ranglarni oʻzgarish perspektivasi, shakl va chegaraldagi aniqlikni kamayishi perspektivasi va boshqalar realistik rasm ishlashga oʻrganishning asosini tashkil etadi.
Masalan, lirik manzarada nisbatni “Erta tong”, “Bahor” kabi mavzudagi tabiatning nozik, sokin goʻzalligini, uning uyg‘onish holatini aks ettiruvchi, insonga olam-olam quvonch baxsh etuvchi asarni koʻz oldimizga keltiramiz. Manzaraning qalamtasvir vositalari (belgilari): joyni tanlash, koʻrish nuqtasi, koʻrish chizig‘i, fazoviy masofa, format, perspektiva, ritm, kolorit, yorug‘lik, refleks, qalamtasvir markazi shular jumlasidandir.
Bu janrda qalamtasvir yaratish uchun, qalamtasvir, rangtasvir sohalarini mukammal bilishga ega boʻlish kerak. Naturada dastlabki chizilgan chizgi, rangli etyudlar manzara qalamtasvirsini tuzishda asosiy mavzu boʻlishi mumkin. Qishloq manzarasini qalamtasvirsini tasvirlashda avvalo quyoshli, bulutli kunlar, peshin, oqshom kabi xolatlarning harakterli xususiyatlarini sinchiklab kuzatish lozim.
Hajmni aniqlab, ufq chizig‘i, koʻrish nuqtasini belgilab olish kerak. Soʻngra havo va yerning tekistlikka nisbatlarini belgilab, oldingi, keyingi, orqa planni va narsalar masshtabini topish darkor. Kompozitsiyaning bir necha variantlarini sanginia, koʻmir kabi yumshoq materiallarda bajarish tavsiya etiladi. Bajarilgan xomaki eskiz variantini rangda tasvirlash asl koloritni aniqlashga yordam beradi. Sifatli bajarilgan eskiz asosida manzara qalamtasvirning yakuniy nusxasini amalda bajarish kerak. Qog‘oz, karton, xolst, akvarel, guash, moyboʻyoq orqali amalga oshiriladi.
Jamiyatni yangilashga qaratilgan ulug‘vor maqsadga ezgu niyatlarga erishish, taraqqiyot va porloq istiqbol yoʻlida amalga oshirilayotgan isloxatlarni samaradorligi, zamon talabiga javob bera oladigan kadrlar-mutaxasislar tayyorlash bilan bevosista bog‘liqdir. Islox qilish jarayoni Oliy ta’lim tizimi oldiga qoʻyilgan asosiy tialablaridan biri mutaxasislar tayyorlashda ilg‘or pedogogik va axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish xisoblanadi.
Ta’limning samaradorlik mezoni, uning xalqaro standartlar talabiga javob berish bilan belgilandi. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi davlat standarti, Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi (2002 yil 21 fevral 54-sonli) buyruq bilan tasdiqlanib xayotga joriy qilinmoqda. Uzluksiz ta’lim standartlarining davlat tuzimidagi Oliy ta’lim talablari ishlab chiqilgan. Hamma fanlar qatori tasviriy san’at boʻyicha Davlat ta’lim standarti, qoʻyilgan talablar maqsad va vazifalar ishlab chiqilgan.
Tasviriy san’atda qalamtasvir, rangtasvir, qalamtasvir fanlari oʻqitiladi. “Qalamtasvir” tasviriy va amaliy san’atning hamma turlari, janrlarida mavjud boʻlib, asarning asosiy negizini tashkil etadi.
Qalamtasvir soʻzi lotinchadan “kompositio” –ya’ni predmetlar boʻlaklarini solishtirib, ma’lum tartibda yaxlit joylashtirish, g‘oyaga muvofiq ijod qilish, bayon qilish, qalamtasvir tuzish demkdir.
Qalamtasvir oʻquv predmet sifatida, qalamtasvir, rangtasvirdan keyin paydo boʻladi va hozirda qalamtasvir kursi oliy-ta’lim, kasb-hunarlari oʻquv rejalariga kiritilgan.
Pedagogika universitetlarining badiiy-grafika fakultetlarida qalamtasvir fani talablarni ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish bilan birga qalamtasvir qonun-qoidalarni, haqqoniy tasvirlash usullarini oʻrgatadi.
Tasviriy san’atda qalamtasvir qalamtasvir, soya-yorug‘, rang, havo va chiziq perspektivasi kabi tasviriy vositalar bilan yaratiladi.
Chiziq, shrix, rangli va tusli dog‘ (sutma) soya-yorug‘, rang, chiziqli, havo va rang prspektivalari qalamtasvirning vositalaridir. Chiziqli esa tasviriy san’atning asosiy vositalarididan biri deyish mumkin. Undan uzoq muddatli, qisqa muddatli qalamtasvir eskizlarida foydalaniladi. Rassom qog‘oz yuzasida narsa shaklini ochroq, toʻqroq chiziqlar orqali ifodalash mumkin.
Qalamtasvir amalda dastlab qalamtasvirda bajariladi. Keyingi bosqichda shtix chiziqlarninig qalinligi narsalarning soya, yorug‘ joylariga shakl berib, chuqurlik, masofasini ifodalashga yordam beradi. Rang va tus qalamtasvirsi tuzishda muxim rol yoʻnaydi. Asarda plastik xajmi, chiziqli, havoyi, rangli perspektivalarning roli kattadir. Qalamtasvir amaliy hamda nazariy qismdan iborat.
Nazariy mahruzalar auditoriyadagi amaliy mashg‘ulotlarni, uy vazifasini ongli ravishda bajarishni talab etadi. Kirish qalamtasvirning asosiy qonun-qoidalari, usul va vositalarni oʻz ichiga oladi. Tasviriy san’atning janr turlaridagi qalamtasvir oʻziga xos muammolarni, san’at asasrida mavjud qonun, talablarni ifodalaydi.
Qalamtasvir nazariyasidagi bilimlarni chuqur oʻzlashtirishda, maxsus seminarlarning ahamiyati katta. Bulardan tashqari talabalarning mavzulariasosida referat yozib mahruzalar bilan chiqishlari, ularni muxokama qilish yaxshi natija beradi. Amaliy qismidan asosiy maqsad esa talabalrda ijodiy qobilyatning shakillanishiga, eayotni kuzatish, uni tasviriy vositalar bilan aks ettirish, bosqiyama-bosqich eskizini oxirigacha etkazishdan iboratdir. Amaliy mashg‘ulotlarda qalamtasvir eskizini mazmuan g‘oyasini maqsad va vazifalarini ongli ravishda idrok etish muximdir. Bajarilgan amaliy vazifalarning kamchilik va sabablarini muxokama qilib tushuntirib ijodiy fikirlashni shakillantirish lozim.
San’at muzeylari, badiiy koʻrgazma zallariga, ekuskursiya, etuk rassomlar bilan uchrashuvlar tashkil etish, ular bilan suhbat lar oʻtkazish, talabalarda badiiy didni boyitish. Berilgan mavzu boʻyicha eng “yaxshi qalamtasvir eskizi uchun” talabalar oʻrtasida konkursyaxshi eskizlardan koʻrgazmalar tahlil qilish, g‘oliblarni rag‘batlantirish ijodiy samara beradi.
Bu yuqori sanab oʻtilgan tasviriy san’at turlarining har biri ijodkor tanlangan voqeylikni mazmunan oʻziga xos vositalda, badiiy tilda tasvirlaydi. Bu san’at turlari ichida eng keng tarqalgan nafis tasvir san’atidir.
Nafis tasviriy san’at tasviriy san’atning bir turidir. Rassom boʻyoqlar va maxsus usullar yordamida jism, xajmini tasvirlaydi. Nafis tasviriy san’at beshta elementdan iborat. Bu elementlar buyum shaklini, rangini, tushayotgan yorug‘ni, yasalgan materialni, tasvirlanayotgan predmetni qanday sharoitda va muxitda ekanini tasvirlashda namoyon boʻladi.
Xozirgi vaqitda koʻplab izlanuvchi iqtidorli rassomlar, A.Nuriddinov, O.Qozoqov, Z.Islomshikov, A.Moʻminov, A.Mirsoatov kabilar mustaqil Oʻzbekistonning goʻzal tabiatini madx etuvchi maftunkor manzaralarni yaratib kelmoqdalar. Manzaranning bir necha turlari mavjud: shahar (me’morchilik), qishloq (tog‘), manzara, sanoat (zavod, fabrika, inshoat, qurilish), tarixiy romontik, lirik, panorama (koʻrinishida) manzalari shular jumlasidandir. Bularning har biri negizida ifodalovi mazmun, g‘oya yotadi.
Shahar manzarasida shahar xayoti bilan bog‘liq (me’morchilik) transport vositalari, odamlar, oromgox bog‘lar hamda er osti oʻtish joylari qalamtasvir tasviri uchun misol boʻla oladi.
Qishloq manzarasi, bepoyon kenglik, tog‘ manzarasi, yaylovlar, qoya tog‘t, oʻsimliklar, vodiydagi jilvakor suvlar tasviriy qalamtasvir negizini tashkil etadi. Sanoat manzarasi katta zavod xovlisi, suv ombori, koʻprik, metro qurilishi, texnika qurilishi vositalari bilan bog‘langan.
Lirik manzarada tabiatni “Erta tom”, “Bahor” kabi mavzudagi tabiatning nozik, sokin goʻzalligini, uning uyg‘onish xolatiniaks ettiruvchi, insonga olam-olam quvonch bog‘sh etuvchi asarni koʻz oldimizga keltiramiz. Manzaraning kompozittsim vositalari (belgilari): joyni tanlash, qoʻrish nuqtasi, qoʻrish chizig‘i, fazoviy masova, format, perespektiva, ritm, kolorit, yorug‘lik, reflekis, qalamtasvir markazi shular jumlasidandir.
Bu janrda qalamtasvir yaratish uchun, qalam tasvir, rang tasvir soxalarida mukammal bilimga ega boʻlishi kerik. Nturadan dastlabki chizilgan chizig‘i, rangli etyudlar manzara kampozitsiyaning tuzishda asos boʻlishi mumkin. Qishloq manzarasini qalamtasvirsini tasvirlashda avvalo quyoshli, bulutli kunlar peshin, oqshom kabi xolatlarni harakterli xususiyatlarini sinchiklab kuzatish lozim.
Hajmni aniqlab, ufq chizig‘i, koʻrish nuqtasini belgilab olish kerak. Soʻngra havo va yerning tekistlik nisbatlarini belgilab, oldingi, keyingi orqa planni va narsalar masshtabini topish darkor. Qalamtasvirning bir necha variantlarini sangina, koʻmir kabi yumshoq materiallarda bajarish tavsiya etiladi. Bajarilgan xomaki eskiz variantini rangda tasvirlash agar koloritni aniqlashga yordam beradi. Sifatli bajarilgan eskiz asosida manzara kampozitsiyaning yakuniy nusxasini amalda bajarish kerak. Qog‘oz, karton, xolst, akvarel, guash, moyboʻyoq orqali amalga oshiradi.
Maishiy janrdagi mavzutik kartinani yaratish mazmun va g‘oyani ochib beruvchi voqea bilan bog‘liq va voqeaning eng xususiyatli, qiziqarli nuqtasini tasvirlashni talab etadi.
Maishiy janrda ham kompozitsiyaning talablari mavjud. Mazmun va g‘oyani qalamtasvirning ma’lum vositalarida ochib berish: koʻrish nuqtasi ufq, fazoviy uzoqlashishi, shunningdek, Qalamtasvir markazi, asosiy va ikkinchi darajali predmetlar yorug‘ligi, tus, rang, nolorit munosabatlariga rioya qilishdan iborat. Perespentiva qonunlari, muvozanat, simmetriya, dinamika vazifalaridan toʻg‘ri foydalana bilish kerak. Qalamtasvir tuzilishi xona chekkasi (interg‘er) yoki ochiq havoda boʻlsada asosiy oʻrinni odam qiyofasining tasviri egallaydi. Rassomning xayotini kuzatishi natijasida boʻlgan mavzuga oid koʻplab bajarilgan xomaki chizsh, etyud, eskizlar qalamtasvirlar tuzilishiga asos boʻldi.
Ikki, uch figurali qalamtasvir tuzish uchun uyda yoki ishxonada odamlarning mehnat qilish yokm dam olish jarayonini tasvirlash uchun uning kasbi, harakterini, xayotdagi voqeaning qiziqarli xolatini oʻrganish lozim. Naturadan bajarish bilan bir fatrda xayoldan va tasavvur qilib ishlashni, mashq qilishni odatga aylantirish kerak. Bularning hammasi badiiy ijod jarayonini oʻsishiga, tasavvurini boyitishga muxim vosita boʻlib xizmat qiladi.


Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish