II bob yuzasidan xulosa
Chizgilar insonning amaliy faoliyati-uy-roʻzg‘or buyumlarida oʻz aksini topgan. Inson shu tariqa oʻziga ya’ni hayotiga kerakli boʻlgan uy-roʻzg‘or buyumlarini tasvirlashga muvaffaq boʻlgan. Inson ularni tuzilishini, shaklini, qalamini, asosiy qalam munosabatlarini idrok eitsh va tasvirlashga harakat qilgan.Men bu mavzuni yoritishda koʻplab adabiyotlar, reproduktsiyalar, chizgichlar bilan tanishib chiqdim. Naturaga qarab rasm ishlash usullari xususida fikr yuritar ekanman, bugungi kunda ushbu mavzuning nechog‘lik ahamiyati borligi va umumiy chizgilarning hayotimizdagi oʻrni haqida ham batafsil soʻz yuritishga harakat qildim.
Turli janrlar atrofimizdagi mavjud olamdagi narsalarni oʻrganish vositalaridan biri hisoblanadi. U uzoq taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtgan qalam tasvir va rang tasvirdagi asarlar xozirgi kunda yuzlab yillar boʻlganligini e’tirof etish darkordir.
Har qanday san’at turi insonga oʻz ta’sirini oʻtkazib, unda dunyoqarashni shakllantiradi. Tasviriy san’at insonda, xayotda koʻrsatgan jasoratini, fikr va ichki xissiyotlarini aks ettiradi. Oʻzbek tasviriy san’atini dastlabki rivojlanish bosiqchlarida rassomlar haqiqatni cheksiz ranglarda tasvirlashdi.
XXI asrga sobitqadamlik bilan kirib kelgan Oʻzbekiston Respublikasining kelajagi-ilm fan, ta’lim-tarbiya taraqqiyoti bilan bevosta bog‘liqdir.
Davlat satandarti asosida tuzilgan fan dasturi va namunaviy dasturlarga binoan ish rejalarini mavzularini oʻrganib chiqib har bir darsga tayyorgarlik koʻriladi. Oʻquvchilarni tarbiyalash va oʻqitishda maqsad bitta, ularni inson fazilatlariga xos boʻlgan barcha xislatlarni rivojlantirish va kelajak davomchisi etuk mutaxassislar qilib tayyorlash.
UMUMIY XULOSA
Hozirgi zamon san’ati rivojlanishi, rassomning ijodiy izlanishi yangi mazmunli g‘oya, insonlarning ma’naviy-mahrifiy talablarini qondirish bilan bag‘lqdir. Shuning uchun asar yaratishda avval albitta tasviriy ya’ni tasvirlashning asosiy jixatlaridan biri naturaga qarab rasm ishlashni meitodikasini oʻzlashtirish zarurdir.
Fanning oʻqitishda asosiy maqsad qalamtasvir borliqni xaqqoniy tasvirlash rangtasvir esa borliqni borligicha goʻzallikni insonlarga ranglar jilosi orqali namoish etishdir.
Xulosa qilib shuni aytish lozimki, naturaga qarab rasm ishlash metodikasi nomli mavzuni ilmiy jixatidan ikki bob boʻlib, natura ishlashni tarli davr rassom pedagoglari turlicha uslublardan foydalanganlari va xozirgi kungacha boʻlgan davr tasviriy san’at oʻqitish metodikasidagi yangi pedogogik texnologiyalarni joriy qilish haqida soʻz boradi.
Hozirgi tasviriy san’at darslarini davlat ta’lim standartlari talablari darajasida oʻtkazish uning moddiy texnikaviy asarlarini yaratish zarur. Chunki, tasviriy san’at darslarida texnika vositalari koʻrgazmali va metodik materiallarning shunchalik koʻp ishlatadiki, ularni maxsus xonalarsiz saqlash, namoyish qilish mushkul. Shuning uchun xozirgi ilm-fan, madaniyati va boshqa soxalarda roʻy bergan qashfiyotlar hamda ular yuzasmidan toʻplangan axborotlar, umumiy oʻrta ta’lim mazmuniga jiddiy ta’sir koʻrsatadi. Bu esa oʻz oʻrnida ta’lim mazmunini kengaytirish va chuqurlashtirishni taqazo etadi. Bu muammo har bir oʻqituvchidan yangi kashfiyotlar, yangiliklar, oʻqitishdagi zamonaviy texnologiyalar bilan muntazam tanishib turish kerakligini talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |