Qalamtasvir asosida mavzuli kompozitsiya yaratish uslublari



Download 2,04 Mb.
bet5/9
Sana20.07.2022
Hajmi2,04 Mb.
#826137
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Boboyev Xusraf original

I bob boʻyicha xulosa

Bugungi kunda mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat poydevorini barpo etishda erkin fuqaro ma’naviyatini shakllantirish masalasi muhim ahamiyatga aylanib bormoqda.


Hayotimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarimizning samaradorligi avvalo yosh avlodni tarbiyalash maskanlaridagi olib borilayotgan ilg‘or g‘oyalar xozirgi kunda oʻz samarasinibermoqda.
Shuday ekan barkamol avlodni tarbiyalashda tasviriy san’at va uning tur hamda janrlarining xozirgi kundagi ahamiyati, rivojlanishi, ayniqsa maktab yoshidagi bolalarni estetik va badiiy tarbiyalashda tasviriy san’atning oʻrnibeqiyosdir.
“Endigi vazifamiz shundan iboratki, tasviriy san’atning milliy istiqlol g‘oyasi tushunchalari asosida keng jamoatchilik, ziyolilarimiz, ilm-fan va madaniy namoyandalari, avvalo, shu qatori tasviriy san’at ustalari milliy mafkurani takomillashtirish hamda uning asosiy tamoillarini odamlar ongi va qalbiga sindirishga qaratilgan ishlarni yangi bosqichga koʻtarishlari zarur.


II BOB. QALAMTASVIR ASOSIDA KOMPOZITSIYA ISHLASHNING NAZARIY VA METODIK ASOSLARI

    1. Qalamtasvirning oʻziga xos xususiyatlari

Qalamtasvirning oʻziga xos xususiyatlari


Xozirgi kunda milliy ma’naviyatimiz rivojini tasviriy san’atsiz tasavvur etib boʻlmaydi. Oʻzbek rassomlarining xozirgi kunda samaraliy ijod qilib, yangi – yangi yutuqlarni qoʻlga kiritayotgani, bu sohaga koʻplab yosh iste’dod egalari kirib kelayotgani uning ravnaqi va istiqbolidan dalolat beradi.
Barkamol avlodni tarbiyalash insoniyatning xamishalik orzusi boʻlib kelgan. Biroq dunyo halqlarining barchasi ham bunday orzularga yetishavermagan. Bunday orzudagi insonlar azaliy ma’rifatga mansub boʻlgan, yurtlarning donishmandlari, eng moʻtabar ziyolilari hisoblanganlar.
Har qaysi ijodkor oʻz asarlarida oʻlmas g‘oyalarni bosh maqsad qilib qoʻysa, ularni mahorat bilan ifoda eta olsa, hech shubxasiz adabiyot ham, madaniyat va san’at ham tom ma’noda ma’naviy yuksalishga xizmat qiladi. Shu asosda yosh ijodkorlarni tarbiyalash boʻyicha zarur nazariy va oʻquv – uslubiy bazani shakillantirish bugungi kun talablariga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlash yuzasidan amaliy ishlarni keng yoʻlga qoʻyish va bu muammolarni yechish imkonini berishi shubhasizdir.
Hozirgi kunda milliy san’atimizga boʻlgan ehtiyoj va etishib kelayotgan yosh iste’dodlarni tarbiyalash ularni voyaga etkazish shu kunining asosiy dolzarb masalalaridan biridir. Bu axvolni tubdan oʻzgartirish uchun yuksak badiiy maxorat bilan bir qatorda, milliy tafakkur va salohiyatga ega boʻlgan iste’dodli yoshlarni tarbiyalash, ularni qoʻllab – quvatlash masalasiga alohida e’tibor qaratmog‘imiz lozim. San’at va madaniyatdek qudratli kuch orqali inson qalbiga yoʻl topish haqida soʻz yuritar ekanmiz, hammamiz yaxshi tushunamizki, har qanday iste’dod egasi oʻziga xos bir olam, shu sababli ijod axliga qandaydir aql oʻrgatish, eng asosiysi ularni boshqarishga urinish mumkin emas.
Xozirgi kunda tasviriy san’at sohasi ijodkordan juda katta bilim va mahoratni talab qiladi. Bundan koʻrinib turibdiki xozirgi davr tasviriy san’atining juda koʻp yoʻnalishlari mavjud. Shu bilan birga mazkur Bitiruv malakaviy ishida ham tasviriy san’atning asosiy poydevori boʻlgan Akakdemik qalamtasvir haqida boʻlib, qalamtasvir turlari, uni oʻrganish yoʻllari, qalamtasvirda perspektivaning qoʻllanilishi, komponovka (qog‘ozga joylash), proporsiya (oʻlchamlar), konstruktiv qurish, tusda ishlash, shtrixlar bilan ishlash, qalamtasvir texnologiyalari, qog‘oz, qalam, koʻmir, sous, sangina, retushlar bilan ishlash, detallar ustida ishlash kabi uslublar haqida umumiy tushunchalar berib boradi .
Tasviriy san’at insoniyat tarixida judda katta axamiyatga ega ekanligini yaxshi bilamiz. Insoniyat paydo boʻlibdiki uning hayotida tasviriy san’atning ilk belgilari namayon boʻlgan. Biz tarixdan yaxshi bilamizki, uzoq oʻtmishda odamlar tog‘u-toshlarga ilk suratlarni chiza boshlashgan. Bunda ular asosan hayvonlarni, qushlarni, odamlarni va koʻpincha ovchilikka bag‘ishlangan lavhalarni tasvirlashgan. Biz bilamizki qalamtasvir nafaqat tasviriy san’atning, balki barcha turdagi, u arxitektura sohasi boʻladimi yoki dizayn sohasi boʻladimi, bularning hammasida xohlaymizmi yoʻqmi qalamtasvir ushbu soxalarning asosiy negizi boʻlib xizmat qiladi. Hamda u orqali keng ma’noli, butun dunyoga mashhur boʻladigan, asarlarni yaratamiz. Shuning uchun ham qalamtasvir barcha tasvirlarning asosi ya’ni poydevori desak aslo mubolag‘a boʻlmaydi.
Shu bilan birga ushbu qoʻllanmada xozirgi zamon tasviriy san’atida qalamtasvirlarni yaratish texnika va texnologiyalari va ulardan toʻg‘ri foydalana bilish, ular haqidagi qonun va qoidalar toʻg‘risida ham ma’lumotlar berib borilgan. Bundan tashqari qoʻllanmada berib borilgan gipsdan ishlangan geometrik jismlar, odam yuzining qismlari, antik davr odamlari xaykallarining gipsdan ishlangan na’munalari ham oʻz aksini topgan. Bu kabi na’munalar orqali oʻquvchi – talabalarga qalamtasvirni chizish sir-asrorlarini oʻrgatish, tasviriy san’atga qiziqtirish, ularning ochilmagan iste’dodlari qirralarini namayon qilish va Vatanimiz kelajagini, barkamol avlodni komil inson qilib tarbiyalash kabi masalalar ham ushbu qoʻllanmaning asosiy bosh me’zoni hisoblanadi.
Qalamtasvir asosan kontur chiziqlar va shtrixlar orqali qoʻl yordamida bajariladigan grafik tasvir sarasiga kiradi. Qalamtasvir tasviriy san’atda, plastik echimlar, tuslar va yorug‘ soyalar yordamida bajariladi. Qalamtasvir asosan bitta rang, yoki ikki va uchta rangdan koʻp boʻlmagan ranglar orqali ham bajariladi.
Tasviriy san’atda esa qalamtasvir grafitli qalam orqali shtrixlar berish yordamida amalga oshiriladi. Qalamtasvir koʻrinishiga qarab hayotda har – hil koʻrinishlarda bajariladi. Qalamtasvirlar asosan ilmiy – koʻrgazmali, amaliy, badiiy va texnik xarakterdagi qalamtasvir boʻlib, tasviriy san’atda keng qoʻllaniladigan qalamtasvirlar turiga kiradi.
Qalamtasvir tasviriy san’atning barcha turlarining asosini tashkil etadi. Qalamtasvir orqali rangtasvir asarlarini yaratishda, boshlang‘ich bosqichni va unda tasvirlanayotgan predmetlarning tashqi shaklini, hajmini hamda tasvirlanayotgan predmetlarning perespektivasi va boʻshliqdagi joylashuvini tasvirlashda asosiy rol oʻynaydi.
Qalamtasvir mustaqil xolda badiiy ijodiyotda grafika yoʻnalishining asosini tashkil etadi. Qalamtasvir orqali tasviriy san’atda grafikaning boshqa turlari qatorida -gravyura, litografiya va shunga oʻxshagan koʻplab koʻrinishlari ham rivojlana boradi.
Qalamtasvir chizish uslublari ishlanishiga qarab turli koʻrinishlarda boʻladi. Bular qalamtasvir mavzusiga, janriga, texnik xarakteriga va bajarilishiga qarab bir – biridan farqlanadi. Qalamtasvir yuqorida aytib oʻtganimizdek mustaqil bajarilishiga qarab dastgohli rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik asarlarida yordamchi ashyo sifatida ham foydalaniladi. Yordamchi qalamtasvir nabroskalar, etyudlar, eskizlar tasviriy san’atda badiiy qiymatga egadir. Qalamtasvir arxitektura koʻrinishlarini tasvirlashda ham asosiy rol oʻynaydi.
Qalamtasvirni bajarish texnologiyalari boʻyicha ular “quruq” va “suyuq” boʻyoqli koʻrinishlardan iborat boʻladi.
Qadimda chisizmatasvirning bunday “quruq” turi bilan ishlashda asosan koʻmirdan (ugol) foydalanilgan.
Uyg‘onish davri qalamtasvirida koʻmirdan tashqari Italiya qalami (qora boʻr) va sangina (qizil boʻr) kabi chizish ashyolar paydo boʻla boshladi. XVI asrdan boshlab qalamtasvirda grafitdan XVIII asr oxiriga kelib zamonaviy koʻrinishdagi usti yog‘och qoplamalar bilan qoplangan qalamlardan foydalanila boshlandi. Suyuq boʻyoqli chizmatsvirlar esa asosan perolar yordamida ishlangan.
Bunday perolar qush patlaridan temirdan va x.k yasalgan. Perolardan tashqari qalamtasvirlar kistlar yordamida ham bajarilgan. Perolarda bajarilgan chizmatasivrlar esa koʻpincha tush, bistr, sepiya va siyohlar yordamida tasvirlangan.
Qalamtasvir bajarishda ishlatiladigan ashyolar turli koʻrinishlarga ega boʻlgan. Qadimda qalamtasvir ishlashda papirus, oʻrta asrlarda esa pergament, keyinchalik esa maxsus tayyorlangan ashyolardan foydalanilgan. Uyg‘onish davridan boshlab qalamtasvirni ishlashda Xitoyda ixtiro qilingan qog‘ozlar ishlatila boshlangan. Bu qog‘ozlar evropaga X – XII asrlarda kirib kelgan. Qadimda qog‘ozlarga qalamtasvir ishlashdan oldin yuza qismiga maxsus qoplamalar surilgan va turli ranglar yordamida boʻyalgan (bu kabi rangli qog‘ozlarga asosan italiya qalamlari, koʻmirlar yordamida ishlanib, soʻng yorug‘ tomonlari oq boʻr, yoki oq boʻyoqlar orqali boʻrttirilgan).
Yuqorida ta’kidlab oʻtganimizdek qalamtasvir tasviriy san’atni eng qadimgi koʻrinishlaridan biri hisoblanadi. Qadmgi dunyo san’atida qalamtasvir tog‘u toshlarga va g‘orlarga ishlangan boʻlib, xozirgi qalamtasvirning ajralmas bir boʻlagi hisoblangan. Bunday san’at asarlari asosan toshlarga suyaklarga, loylarga turli mavzudagi ov sahnalari, qushlar, hayvonlar, odamlar va shu kabi turli mavjudotlarning tasvirlari uchli asbob yordamida tirnash orqali tasvirlangan.
Oʻrta asrlarda chiziqli qalamtasvir koʻpincha arxitektura chizmalari va ularning detallarini xamda mahobatli tasvirlarning konturli tasvirlarini tasvirlashda keng qoʻlanilgan. Qalamtasvir asosan naturadan ishlash jarayonida rivojlanib boradi. Eskizlar, nabroskalar, qoralamalar, qalamtasvir etyudlarini tasvirlash barobarida qalamtasvirning asosiy janrlari shakillanib boradi. Bular tarixiy janr kompozitsiyalari, manzara, portret va shunga oʻxshagan yoʻnalishlar shular jumlasidandir. XV asrning yuqori uyg‘onish davrida Leonardo da Vinchi, Rafael Santi, Mikelanjelo, A del Sarto kabi buyuk va mashxur rassomlar oʻzlaridan keyin qalamtasvir va rangtasvir borasida juda katta asarlarni meros qilib qoldirganlar. Xozirgi paytda ijod qilib kelayotgan oʻzbek rassomlari ham tasviriy san’atning qalamtasvir yoʻnalishi boʻyicha samarali ijod qilib kelmoqdalar. B. Jalolov, J. Umarbekov, A. Ikromjonov, A. Mirzaev, A. Nur, S. Raxmetov, R. Xudayberganov, S. Abdullaev kabi rassomlar shular jumlasidandir.
Qalamtasvirni chizishdan oldin toʻg‘ri keladigan qog‘ozni tanlash kerak boʻladi. Tez bajariladigan nabroska va qoralamalarni chizish uchun katta oʻlchamdagi qog‘ozlar shart emas. Ularni chizishda oddiy rasm chizish albomidan ham foydalansa boʻladi. Katta oʻlchamdagi va uzoq muddatli qalamtasvirlar uchun albatta “Vatman”, “Yarim vatman”, hozirgi davrda esa “Goznak” navli qog‘ozlardan foydalangan ma’qul. Qalamtasvir chizish uchun avvalo qog‘ozni planshetga tortish kerak boʻladi. Shoshilinch paytlarda qog‘ozni knopka yordamda planshetga mahkamlab ishlash ham mumkin. Ammo bu yaxshi samara bermaydi. Shuning uchun qog‘ozni oldin, suv bilan yaxshilab xoʻllab, keyin qog‘oz oʻziga kerakli suvni shimib olganach, uni planshetga chekkalarini bukkan xolda, knopkalar yoki PVA elimlari bilan yopishtirish orqali planshetga tortish mumkin. Buning uchun qog‘ozni tortishdan oldin, uni planshet oʻlchamidan bir oz kattaroq qilib kesib olinadi. Ana undan keyin esa qog‘oz tortilgan planshetni quritishimiz lozim. Bunday xolda planshetni pechka oldiga yoki quyosh nurlari tikka tushayotgan joyga aslo qoʻymaslik kerak. Nega deganda ortiqcha issiqlikda qog‘ozdagi namlik tez quriydi. Natijada esa planshetga tortilgan qog‘oz burchaklari qattiq tortilish jarayonida toʻlqinsimon boʻlib qoladi. Bu esa qalamtasvir chizish paytida bir muncha qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Bunday ahvol yuzaga kelmaslik uchun qog‘ozni asta sekinlik bilan qurishini ta’minlash lozim. Yaxshi tortilgan planshetdagi qog‘ozga qalamtasvir ishlarini bajarish ancha oson kechadi. Qog‘ozni planshetga nafaqat knopka yoki elimlash orqali tortish mumkin, balki planshet ustidan oson kiydiriladigan, reykalar yordamida maxsus tayyorlangan moslama (stirator) bilan ham tortsa boʻladi. Buning uchun avvalo yuqorida takidlab oʻtgan jarayoni takrorlab planshet ustiga qoʻyilgan qog‘oz burchaklari toʻrt burchak shaklida kesilib, chekkalari bukilgan xolda ustidan stirator yordamida planshetga kiydiriladi. Stiratorning qulay tomoni shundaki, qalamtasvir yakunlangandan keyin uni echib olish oson kechadi va tayyor chizmatasivrni kerakli joyga qoʻyib, keyingi chizmatasivir ishlariga tayyorgarlik koʻrish mumkin.






1-rasm
QALAM


Tasviriy san’atda qalamtasvir, nabroska va qoralamalarni chizishda “Konstruktor”, “Orien”, “Mayak” markali qalamlardan foydalaniladi. Qalamlarning sifatlilik darajasi yog‘och qoplamalari bilan qoplangan grafitlar raqam va harflar bilan belgilanadi.


Masalan: “M”, “2 M”, “3 M” kabi raqam va harflar bilan belgilanib, bunda “M” harfdagi raqamlar soni ortgan sari qalamning yumshoqlik darajasi ham ortib boradi. Qattiq turdagi qalamlar esa “T”, “2 T”, “3 T” kabi raqam va harflar bilan belgilanadi. Bunda “T”ga nisbatan “2 T” qattiqroq boʻlsa, unga nisbatan “3 T” bilan belgilangan qalamlar yanada qattiqroq boʻladi. Qalamtasvirni chizishda oʻrtacha yumshoqlikdagi qalamlar ya’ni “TM”, “M” kabi qalamlar bilan ishlagan ma’qul. Undan keyin esa birmuncha yumshoq boʻlgan “2 M”, “3 M” kabi qalamlarda davom etdirsa boʻladi. Ijodiy – oʻquv qalamtasvirlarini bajarishda qog‘ozning sifatlilik darajasiga qarab u yoki bu turdagi qalamlardan foydalangan ma’qul.
Masalan: Tez bajariladigan nabroska qoralamalarini bajarishda asosan oʻta yumshoq turdagi qalamlardan foydalanish juda ham qulay hisoblanadi. Vatman va yarim vatmanlarda bajariladigan uzoq muddatli qalamtasvirni ishlashda va shtrixlash jarayonlarini esa “T” yoki “TM” raqamli qalamlar yordamida bajargan ma’qul. Qalamtasvir ishlashda, qog‘oz turlariga e’tibor beradigan boʻlsak, silliq turdagi bunday qog‘ozlarga yumshoq qalamlar bilan chizish qulaydir. Bir oz dag‘al boʻlgan qog‘ozlarga esa, oʻrtacha yumshoqlikdagi qalamlar bilan, koʻrinishi g‘adir – budur boʻlgan “Vatman” navli qog‘ozlarga qalam bilan chizish va shtrix berish jarayoni ancha qiyin kechadi. Bunday qog‘ozlarga chizilgan qalamtasvir shtrixlari dag‘al va uzik – uzik boʻlib koʻrinadi. Shuning uchun ham bunday navli “Vatman”larda akvarel rangtasvirini ishlashda foydalangan ma’quldir. Qalamtasvir ishlashda tasvirdan ma’lum masofada qoʻlni oldinga uzatgan xolda chizish tavsiya etiladi. Bu orqali qalamtasvirni borligicha koʻrish, hamda uning kamchilik va hatolarini tuzatib borish ancha qulaylik tug‘diradi. Tez bajariladigan nabroska va qoralamalarni ishlashda va tasvirning ma’lum qismiga shtrixlar berishda, qalamni uch qismidan birmuncha yuqorida ushlab chizish tavsiya etiladi. Bu esa ish jarayonida qalamni chizilayotgan qalamtasvir va nabroskaning u joyidan bu joyiga olib oʻtishda qulay hisoblanadi. Qalamni oson va yaxshi ushlashning birdan bir yoʻli qalamning uchli qismi barmoqlardan birmuncha uzoqlikda, ikkinchi qismi esa kaftlar orasida ushlash ma’quldir.

2-rasm









3-rasm



KOʻMIR (ugol)
Qalamtasvir ishlashda qalam singari, yog‘ochlarni yoqish orqali tayyorlangan koʻmir ham juda katta ahamiyatga ega. Koʻmir asosan maxsus tayyorlangan holda boʻlib, dumaloq va choʻzinchoq koʻrinishda ishlatiladi. Bunday koʻmirlarni xatto oʻzimiz uy sharoitida ham tayyorlasak boʻladi.
Buning uchun qalam shaklida va uzunligida qirqilgan quruq shoxchalarni temir quti ichiga tikka qilib joylashtiramiz. Kesilgan shoxcha qalamchalari qutidan uzun boʻlmasligi kerak. Undan keyin shoxchalar qutida siqilib turishi uchun uni qum bilan toʻldiramiz va qopqog‘ini yopamiz. Qopqoqni yopishdan oldin, qopqoq ustini teshamiz va uni ochiq qoldirgan holda og‘zini loy bilan suvaymiz.
Ana undan keyin qutini olovga qoʻyamiz. Qutining olovda qizishi natijasida ochi qoldirgan teshikdan, uning ichidagi qizib yonayotgan shoxchalardan ajralgan gazlar chiqib ketadi. Quti teshigida zangori olov koʻrinishi bilan uni olovdan olib, qopqog‘ini ochamiz va tayyor bulgan koʻmir qalamchalarini olamiz. YUmshoq va yaxshi ishqalanadigan koʻmir qalamtasvir ishlashda juda muxim axamiyatga egadir.
Koʻmir bilan nabroska va qoralamalarni ishlashdan tashqari, matoda (xolst) rangtasvirlarni yaratishdan oldingi qalamtasvir ishlarini ham bajarish mumkin. Oʻta yumshoq boʻlgan koʻmir ham qalamtasvirda birmuncha qiynchiliklarni keltirib chiqaradi.
Bunday hollarda koʻmir, qog‘oz yuzasiga yomon yopishadi va qalamtasvirni iflos hamda kir boʻlishiga olib keladi. Buning uchun ayni vaqtda qalamtasvirni maxsus qotirgich qoplamalar bilan qotirish yoki ularni maxsus oynali ramkalarda saqlagan ma’qul. Koʻmirda ishlangan qalamtasvirlarni yaxshi qotirish uchun, spirt va kanifol aralashmasi orqali tayyorlangan uncha kuchli boʻlmagan suyuqlik bilan ham qotirish mumkin.
Bunda 10 gr kanifolga 0,5 stakan spirt aralashtirib yoki 1 stakan suvga 10 gr jelatin aralashtirilgan holda tayyorlash mumkin. Tayyor qalamtasvirga suyuqlikni sepishda maxsus suv purkagichlardan foydalangan holda, chizilgan tasvirni polga yotqizib bajarish mumkin.
Koʻmir koʻrinishidagi qalamlar “Retush” nomi bilan ham juda mashhurdir va sotuvda koʻp uchraydi. Odiy koʻmirlardan farqli oʻlaroq, retush qalamlari kontrast va soya yorug‘ tuslarni ishlashda qoʻl keladi. Oʻta zich tayyorlangan koʻmirlar nafaqat dumaloq balki toʻrtburchak shaklida ham muomilaga chiqariladi.
SOUS

Sous yaltiroq folga qog‘ozlariga oʻralgan dumaloq shakllarda qalamcha koʻrinishida boʻladi. Sous oʻta yumshoq va uqalanuvchan boʻlganligi uchun, qalamtasvir ishlash jarayonida oʻta extiyot boʻlish lozim. Sous orqali qalamtasvir ishlashda extiyot boʻlinmasa ishlayotgan ishni nafaqat iflos, balki qoraytirib yuborish mumkin. Shuning uchun sousni ishlatishda, asosan zich qilib oʻralgan qalam shaklidagi bir yoki ikki tomoni ham uchli boʻlgan qoʻlbola qog‘oz “qalam”dan foydalaniladi.


Bunday paytda sous oldin biror – bir qog‘oz ustida yaxshilab maydalanib olinadi. Undan keyin qoʻlbola “qalam”ni qog‘oz ustidagi sous kukuniga yaxshilab toʻydirib undan keyin ishlanayotgan qalamtasvirning soya va yarim soya tomonlari sous yordamida tuslab olinadi hamda qalamtasvir ketma – ketlik asosida ishlanadi va nixoyasiga etkaziladi. Agar sous suv bilan aralashtirilib moʻyqalam orqali ishlansa u akvarelga yoki tush bilan ishlanadigan Xitoy grafk tasviriga oʻxshab ketadi. Bu esa tasviriy san’atda “hoʻl” yoki “namli” sous nomi bilan juda keng tarqalgan.


SANGINA

Sangina ham qotirilgan koʻmir singari dumaloq yoki toʻrtburchak shaklida boʻladi. Uning chiroyli, tiniq, issiq rangi – qizil yoki qoramtir jigar rangi qalamtasvirda tirik odam boshi (portret), libosli yoki liboissiz qomatlarni chizishda oʻta muhim rol oʻynaydi.


Sanginani chizmatasir chizish jarayonida xuddi koʻmir singari ishlatsa boʻladi. Turli shtrixlarni chizishda va har – hil tuslarni farqlashda sanginaning oʻrni kattadir. Sanginani paxta yoki birorta yumshoq mato yordamida qalamtasvir yuziga artish yoki ishqalash yordamida ishlatsa ham boʻladi. Keyin sanginada bajarilgan qalamtasvirning kerakmas joylarini oʻchirg‘ich yordamida ham oʻchirib toʻg‘irlash mumkin. Qalamtasvirda koʻmir va sous yordamida qanday ishlansa sangina ham xuddi shunday ishlanadi. Sanginada ishlash rassomdan ma’lum bir mahoratni talab etadi.



4-rasm




4-rasm


Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish