Qadimgi Mesopotamiya Reja


Shahar-davlatlarning vujudga kelishi



Download 33,75 Kb.
bet2/5
Sana18.04.2022
Hajmi33,75 Kb.
#560417
1   2   3   4   5
Bog'liq
Qadimgi Mesopotamiya

Shahar-davlatlarning vujudga kelishi. Podsho Eannatum zamonida Lagashning qudrati yanada ortdi. U Aqqod davlatini Lagashga qo‘shib olganidan so‘ng, Urni ham bo‘ysundirdi. Bu bilan Urning dastlabki sulolasidan bo‘lgan podsholarning hukmronligi barham topdi. Nihoyat, Eannatum Uruk, Larsa hamda Eriduni Lagashga bo‘ysundirib, shu orqali Mesopotamiyaning butun janubiy qismini egalladi. Umma hokimi Ush, Opis va Kish podsholari yordamida Lagashga hujum qildi,ammo mag‘lubiyatga uchradi. Eannatum keyinroq Elam hokimlari ustidan ham g‘alaba qozondi. Shunday qilib, bu davrda Shumerning ta'siri o‘rta Mesopotamiya viloyatlarida juda katta bo‘lgan. Dajla va Frot daryosi irmoqlaridan bundan 70-80 ming yil ilgari yashagan odamlarning manzilgohlari topilgan. O‘rta va quyi Mesopotamiya hududida topilgan arxaik davr yodgorliklarini uch madaniy davrga: Shumerda Al-Obid, Uruk madaniyati xamda Aqqodda Jamdat-Nasr (Kish yaqinida) madaniyatlariga bo‘lish rasm bo‘lgan. Bu uch madaniyat davri miloddan avvalgi IV ming yillikni o‘z ichiga olgan. Bu madaniy davrlar Janubiy Mesopotamiyada eng qadimgi zamonlarda tashkil topgan davlatlardan oldin o‘tgan. Mesopotamiya xalqlari ko‘plab qabilalar aralashuvi natijasida paydo bo‘lgan. Qadimda mamlakat janubidagi Shumer aholisini shumerlar, Shimoldagi Aqqod aholisini aqqodlar deb atashgan. Miloddan avvalgi VIII - V ming yilliklarda Mesopotamiya aholisi dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shug‘ullangan. Bu davrning boshlarida urug‘ jamoada ularning mavqyei baland bo‘lib, izzat - hurmatga sazovor edilar. Mesopotamiyada temir miloddan avvalgi III ming yillik o‘rtalarida paydo bo‘lganiga qaramay, u juda noyob metall bo‘lgan. Temir Kavkaz orti va Kichik Osiyodan keltirilgan deb taxmin qilinadi. Taxminan miloddan avvalgi 2400-yilda Urukagina davrida soliqlar qo‘y, qo‘zi, baliq bilan olinib, jun teri bilan hisob-kitob qilingan. Mahsulot ayirboshlash savdosi vujudga kelgan. Qul, uy-joy, ekinzor, uy hayvonlari va qimmatbaho metallar savdosiga oid saqlanib qolgan Shartnoma matnlari ham shundan dalolat beradi. Xom ashyoga bo‘lgan ehtiyoj tufayli tashqi savdo biroz rivojlandi. Shumeriylar misni Elam, Eron va Ossuriyadan, yog‘ochni shimoldan keltirganlar. G‘alla va qoramol ekvivalent vazifasini, keyinchalik quyma metall bo‘laklari pul vazifasini o‘tagan. Savdo-sotiq rivojlanishi bilan birga kema qatnovi va kemasozlik rivoj topdi. Karvon yo‘llarida ham savdo taraqqiy eta bordi. Urdan ko‘plab arava tasvirlari topilgan. Shumer va Aqqod jamiyatida ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivoji, mehnat unumdorligining o‘sishi natijasida qo‘shimcha mahsulot ko‘payib, qulchilik rivojlandi. Qullar dastlab oilada paydo bo‘ldi. Shumerda topilgan yozma hujjatlarda ota o‘z farzandlarini qul qilishi mumkinligi haqida aytiladi. Xotin-qizlar teng huquqlarga ega bo‘lmaganligi Mesopotamiyada patriarxal tuzum hukmron bo‘lganligini ko‘rsatadi. Lekin qullarning asosiy qismi asirlar bo‘lgan. Shumerda qullarni “sag” (bir dona), Aqqodda “ardu” (xarob odam) yoki “reshu” (bosh) deb ataganlar. Mesopotamiyada miloddan avvalgi III ming yillikka kelib, qulchilik shakllari ancha shakllanib ulgurgan edi. Shumer va Aqqod hududida miloddan avvalgi IV ming yillikdayoq, eng qadimgi shahar-davlatlar vujudga kelgan. Bu shaharlar xo‘jalik, siyosat va madaniyat markazlari bo‘lib, Eridu, Ur, Nippur, Umma, Lagash, Uruk shular jumlasidan hisoblanadi. Topilgan ko‘plab hujjat va moddiy manbalar ular bir qadar rivoj topganidan dalolat beradi. Dastlab quyi Mesopotamiyada Ur kuchli davlat bo‘lgan bo‘lsa, so‘ng miloddan avvalgi 2540 - 2370 yillarda Lagash davlati qudrati ortdi. Uning iqtisodiy va siyosiy qudratiga Ur - nanshe hokimligi davrida asos solindi. Ur-nanshe Lagash sulolasining asoschisi hisoblanib, uning vorisi - Eannatum zamonida Lagashning qudrati yanada ortdi. U Aqqod, Kish, Urni bo‘ysundirib, Urning I sulolasi hukmronligini tugatdi va Uruk, Larsa, Eriduni ham qo‘lga kiritdi. Ayniqsa, Umma shahri uchun shiddatli janglar kechdi. Eannatum Um, Opis va Kish podsholari yordamida Lagashga hujum qildi. Bu jangda Umma mag‘lubiyatga uchradi. Eannatumning bu g‘alabasi “Kalxatlar lavhasi1” deb atalgan yodgorlik orqali bizga qadar yetib kelgan. Yozuvlarda Eannatum Kish va Opis podsholari, shuningdek, Elamni bosib olganligi qayd etiladi. Shunday qilib, shumerlar ta'siri quyi va o‘rta Mesopotamiya va Elamda kuchayib, kengroq tarqaldi. Entemena - Eannatumning harbiy siyosatini davom ettirdi va Umma, Ur, Eridu, Nippurda Lagash hukmronligini mustahkamlash va Elam hujumini daf etishga muvaffaq bo‘ldi. O‘sha zamonga oid tarixiy hujjat - Entemena yozuvi o‘ta muhim ahamiyat kasb etib, bu hujjatda dastlabki diplomatik munosabatlar, Lagash va Umma o‘rtasidagi urushlar obrazli tasvirlanadi. Hujjatda Entemenaning Umma ustidan qozongan g‘alabasidan so‘ng tuzilgan sulh Shartlari bayon etilib, hududiy chegaralar ko‘rsatib o‘tilgan. Shartnoma ummaliklar tomonidan buzilgan taqdirda ularga qattiq jazo berilishi ko‘rsatilgan. Qadimgi Shumer yozuvlarida uchraydigan semit so‘zi shumerliklarning semitlar bilan qadimdan aloqada bo‘lganidan dalolat beradi. Keyinchalik semitlar shumerlarga tegishli hududlarda paydo bo‘ldilar. III ming yillikning o‘rtalaridan boshlab esa, ular Ikkidaryo oralig‘ining shimolida Shumer madaniyatining davomchisi bo‘lib qoldilar. Semitlar bunyod etgan eng qadimgi shahar Frot bo‘yidagi Aqqod Ikkidaryo bo‘yini birlashtirgan poytaxt edi. Aqqod shahrining ulkan o‘rni shundaki, Aqqod davlati yemirilgandan keyin ham shimoliy Ikkidaryo oralig‘ida Aqqod nomi saqlanib qoldi, janub esa Shumer nomini oldi. Shuningdek, Nippur shahri yaqinidagi Isim shahri ham semitlar tomonidan bunyod etilgan. Lekin shaharlar ichida eng yoshi- Bobil mamlakat tarixida eng muhim o‘rin tutadi. Miloddan avvalgi II - I ming yilliklarda Bobil Ikkidaryo oralig‘ining madaniy, siyosiy hamda iqtisodiy markaziga aylandi. Urukagina podsholigining yettinchi yilida Umma hokimi Lugal - Zagisi Lagashga bostirib kirib, shaharni vayron qildi. Lugal - Zagisi Lagash bilan cheklanmay, o‘ziga butun Shumer va Aqqodni bo‘ysundirishni maqsad qilgan edi. Yozuvlarda aytilishicha, u Uruk, Ur, Larsa va Adabni bosib olgan. Shumerning diniy markazi - Nippur ham Lugal - Zagisi qo‘l ostida qoldi. U o‘zini Uruk va Urning podshosi hamda bu shaharlarni Shumerning poytaxtlari deb e'lon qildi. Yozuvlarda Lugal - Zagisi “Urukni yashnatib yuborganligi, Urni xursand qilib, boshini osmonga yetkazganligi, Bebbarning sevimli shahri Larsani shod-xurramlik suviga serob qilganligi, xudoning sevimli shahri Ummani baland qudratga erishtirganligi” haqida faxr bilan qayd etiladi. Shumer Lugal - Zagisining 25 yillik podsholigi davrida ancha rivojlangan. Bu orada Aqqod ham ancha taraqqiy etdi. Ular o‘rtasidagi kurashda Aqqod g‘olib chiqib, natijada Shumer - Aqqod podsholigi tarkib topdi. Bizga qadar yetib kelgan ma'lumotlarga qaraganda “Ma'buda Ishtar” juda katta siyosiy arbob Sargon I ni Aqqod podshosi darajasiga ko‘targan. “Sargon” so‘zi “Sharru - Kin” - ya'ni “haqiqiy podsho” ma'nosini anglatadi. Shumer va Aqqodning birlashuvi mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy rivoji yo‘lida turtki bo‘ldi. Sargon I o‘zining 55 yillik hukmronligi davrida beto‘xtov urushlar olib borib, juda ulkan imperiyaga asos soldi va o‘zini “to‘rt iqlim podshosi” deb e'lon qiladi. Lekin bu imperiya juda zaif edi. Uning o‘g‘li Rimush (miloddan avvalgi 2315 - 2305 yillar) o‘zi hukmronlik qilgan dastlabki davrda Shumer va Elam qo‘zg‘olonlarini bostirdi. Rimush o‘zini “Kish podshosi, Elam xo‘jasi” deb atadi. U otasining siyosatini davom ettirdi. Rimushga qarshi uning “o‘z xizmatkorlari” qo‘zg‘olon ko‘tarib, urib o‘ldirdilar. Hokimiyat Manishtusu qo‘liga o‘tadi (miloddan avvalgi 2305 - 2291 yillar). U Elamga qo‘shin tortib, Anshan va Shiruxum viloyatlarini qo‘lga kiritadi. U Eronning janubiy-g‘arbiy qismini ham bosib oladi. Ichki siyosatda davlatni boshqarishda yirik zodagon hamda kohinlarga suyangan. Manishtusu Shumer kohinlarini o‘z tarafiga og‘dirish maqsadida ularga katta imtiyozlar beradi. Naramsin (miloddan avvalgi 2290 - 2254 yillar) Aqqod chegaralarini yanada kengaytirdi. Uning hukmronligi ostida Aqqod podsholigi o‘z ravnaqining yuksak cho‘qqisiga erishdi. Naramsin hukumronligining dastlabki yillari Uruk, Umma va Nippur g‘alayonlarini bostirdi. U Suriyani egallab, to O‘rta yer dengiziga qadar chiqqan. Shimolga yurish qilib, Yuqori Dajlaning ichkarisiga kirib borgan. Naramsinning Diyorbakr shimoliy-Sharqiy qismidan topilgan surati ham shundan darak beradi. Unga “ilohiy Naramsin, Aqqodning qodir xudosi” degan dabdabali nom berilgan. Shuningdek, yozuvlarda Naramsinga “To‘rt iqlim mamlakatlarining bari uni oldida bosh egadi” deyilgan. Sargon sulolasining so‘nggi hukmdori Sharkam - Shari (miloddan avvalgi 2253 - 2230 yillar) o‘zidan oldin o‘tgan podsholar egallagan yerlarni saqlab qolish maqsadida kurashlar olib bordi. Yozuvlarda Shumerdagi qo‘zg‘olonlar, shu bilan birga, amoriylar va elamliklar ustidan qozonilgan g‘alabalar haqida aytiladi. Lekin shimoliy-Sharqda paydo bo‘lgan yangi kuch Gutiylar istilosining oldini ololmadi (miloddan avvalgi 2280 - 2104 yillar). Gutiylar tez orada butun Mesopotamiyani bo‘ysundirdilar. Yozuvlarda “qizlari gutiylar zulmidan yig‘lagan1” shaharlarning uzundan -uzoq ro‘yxati keltirilgan. Gutiylar Mesopotamiyada 125 yil hukmronlik qilganlar. Ular qoloq bo‘lgan bu mamlakatni davr oxiriga kelib madaniy jihatdan taraqqiy ettirganlar. Ular o‘z yozuvlarida Aqqod tilidan foydalanganlar. Urning III sulolasi vakillari butun Old Osiyoda qudratli Shumer va Aqqod podsholigining hukmronligini o‘rnatish maqsadida istilochilik siyosatini yuritganlar. Ayniqsa, bu sulola Shulgi davrida (miloddan avvalgi 2100-2042 yillar) o‘zining eng yuksak taraqqiyotiga erishdi, Mesopotamiya shimolida, Suriya hamda Elamda urushlar olib borib, muvaffaqiyatlar qozondi. Ur podsholari hatto o‘zlarini xudo deb e'lon qilganlar. Urning ilohiy hukmdori Ginelsin Sharafiga butun Mesopotamiya bo‘ylab marosimlar o‘tkazilgan. Ur hukmronligi so‘ngida g‘arbdan yangi ko‘chmanchi-amoriy qabilalari Mesopotamiyaga bostirib kirdilar. Sharqdan Elam va g‘arbdan amoriylar xurujini Ur hukmdorlari qaytara olmadilar. Miloddan avvalgi 2007-yilda so‘nggi Ur podshohi Ibi-sin Mari elamliklarga yengilib, asir tushadi va shu bilan Ur podsholigi tugaydi. Biroq Ur hukmronligi Old Osiyo xalqlariga har tomonlama ta'sir ko‘rsatdi. Yuksak taraqqiy etgan Shumer va Aqqod madaniyati bu xalqlarning madaniy rivojiga xizmat qildi. Bobil Mesopotamiyaning o‘rtasida - Dajla va Frot daryolari oralig‘ida joylashgan bo‘lib, Kichik Osiyo va Kavkazortidan Fors qo‘ltig‘iga va Suriya qirg‘oqlaridan Eronning yassi tog‘lig‘iga o‘tadigan muhim savdo yo‘llari tutashgan yerda joylashgan. Bobil g‘oyat qudratli davlat poytaxti bo‘lib, Old Osiyoning eng katta savdo, siyosiy va madaniy markaziga aylangan. Bobil deyarli ikki ming yil davomida o‘zining bu ahamiyatini saqlab qolgan. Bobilning qulay jo‘g‘rofiy joylashishi ham uning shunday mavqyega ega bo‘lishiga xizmat qilgan. Miloddan avvalgi III ming yillik oxirlarida amoriylarning ko‘pdan - ko‘p ko‘chmanchi semit qabilalari Mesopotamiyaga kirib, Aqqod mamlakatiga qarashli ko‘p yerlarni bosib oldilar va qudratli davlat barpo etib, Bobilni uning markaziga aylantirdilar. Taxminan, o‘sha davrda tog‘li joylarda yashovchi Elam qabilalari Sharqdan Mesopotamiyaga bostirib kirdilar va Larsani o‘zlarining asosiy tayanch punktlaridan biriga aylantirib, Shumerda mustahkam o‘rnashib oldilar. Kelgindi istilochilar bosib olingan mamlakatni o‘zaro taqsimlay olmay qoldilar. Amoriylar bilan Elam qabilalari o‘rtasida raqobat yuzaga kelib, Mesopotamiyada hukmron bo‘lish uchun kurash avj oldi. Kurashda Bobil hukmdorlari g‘olib chiqib, amoriylar sulolasi (miloddan avvalgi 1894 - 1595 yillar) vakillari taxtga o‘tirdilar. Bobil - amoriy podsholigi Xammurapi davrida (miloddan avvalgi 1792 - 1750 yillar) gullab yashnadi. Xammurapi butun Ikkidaryo oralig‘ini o‘z qo‘li ostida birlashtirib, yirik va kuchli davlat tuzdi. Hammurapi o‘z hukmronligi boshida Shumer shaharlari Isin, Uruk va Urni qo‘lga kiritdi. So‘ngra ittifoqdoshi Zimrilim roziligi bilan O‘rta Mesopotamiyada o‘z hokimiyatini mustahkamlab oldi. Zimrilimning Hammurapiga Aqqodda bemalol harakat qilishiga rozilik berib yozgan diplomatik maktublaridan birida quyidagi so‘zlar bitilgan: “Eshnunna hukmdorlari seni tan olsalar, mamlakat podshosi bo‘lib, unda hukmronlik qil. Agarda ular seni tan olmasalar, o‘zingdagini ... o‘tqaz, mamlakatga u podsholik qilsin”. U o‘z hukmronligining o‘ttiz birinchi yilida “Anu va Enlil xudolari ko‘magida Emutbal mamlakatini va hukmdor Rimsinni tormor keltirgan1” hamda uni mamlakatni tashlab ketishga majbur qilib, Shumerni o‘z podsholigiga qo‘shib olgan. Shu bilan birga Hammurapi Mari podshosining harbiy yordamiga tayanib, Shimoliy Mesopotamiyaga kirishga, Dajla atroflari va Frotning o‘rta oqimida o‘rnashib olishga harakat qilgan. Shimoliy Mesopotamiya Bobil, Mari uchun iqtisodiy va strategik jihatdan katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Shimoliy Mesopotamiyadan yog‘och, ruda, shuningdek, turli boshqa mahsulotlar olib ketilgan. Sharqqa, shimolga, Karxemish orqali g‘arbga, Suriya shaharlari hamda O‘rta yer dengizi portlariga boradigan muhim savdo yo‘llari aynan Shimoliy Mesopotamiyadan boshlangan. Mari shahri arxividan topilgan yozuvlarda Zimrilim o‘ziga itoatkor hokimlar orqali Shimoliy Mesopotamiyadagi voqyealarni diqqat bilan kuzatib borganligi, o‘zini bu mamlakatning hokimi deb hisoblaganligi va hatto “Yuqori mamlakatlar xoni” deb ataganligi bayon etiladi. Biroq, o‘z ta'sirini kuchaytirish maqsadida qo‘shindan foydalanishga, ba'zan qurol ishlatishga majbur bo‘lgan. Zimrilim kabi Hammurapi ham Subartu qabilalari ustiga qo‘shin tortib, Mesopotamiya shimolida ba'zi hollarda birgalikda harbiy harakat qilganlar. Zimrilim Subartuga qarshi kurashgan chog‘ida Hammurapi uning ixtiyoriga 3 ming askardan iborat yordamchi qo‘shin yuborgan. Zimrilim Bobil hukumdoriga xat yozib, yordamga ko‘proq askar yuborishini, “Yuqori mamlakat podshosi” ga qarshi kurashish uchun katta qo‘shin zarurligini bayon qilgan. Lekin bunday birgalikdagi harbiy harakatlar Bobilning yanada kuchayishiga olib keldi, xolos. Hammurapi Shimoliy Mesopotamiyada joylashib olgach, o‘z ittifoqchisi - Mari davlatiga qarshi yurish boshlaydi. Hammurapi hukmronligining o‘ttiz uchinchi va o‘ttiz beshinchi yillarida ikki marta hujum qilib, bir paytlar qudratli va boy podsholikning poytaxtini bosib olib, vayron qiladi. Taxminan ana shu vaqtda Hammurapi Eshnunna viloyatining Diala daryosi bo‘ylaridagi yerlarda ham mustahkam o‘rnashib olgan. Bundan tashqari, Hammurapi bir necha marta Bobil bilan Mari hukumdori orqali Suriya savdo shaharlari bilan iqtisodiy aloqa o‘rnatishga harakat qiladi. Maridan topilgan diplomatik hujjatlarda aytilishicha, Bobil bilan hozirgi Shimoliy Suriyadagi Ugarit davlati o‘rtasida diplomatik munosabatlar mavjud bo‘lgan. Masalan, o‘sha davrga oid bir hujjatda shunday deyiladi: “Zimrilimga (Mari podshosi) ayt: Sening birodaring Hammurapi bunday deydi: Ugaritning odami menga hozirgina quyidagilarni yozib yo‘lladi: Menga Zimrilimning qarorgohini ko‘rsat. Men bu qarorgohni ko‘rmoqchiman. Hozir senga ana shu chopar bilan uning o‘g‘lini yuboryapman”. Bazalt ustunga mixxat usulida yozilgan Hammurapining mashhur qonunlar to‘plami Bobil podsholigining xo‘jalik va ijtimoiy tuzumini o‘rganishda eng muhim manba hisoblanadi. Ustunning Yuqori qismida taxtda o‘tirgan quyosh tasvirlangan. Ustunning boshqa barcha yeri 282 moddadan iborat qonunlar to‘plamining mixxat usulida yozilgan matni bilan band. 35 modda yozilgan beshta ustunchadagi matn qirib tashlangan. Bu qonunlar majmuasining boshqa nusxalari ham topilganligi tufayli yo‘q qilingan matnni ham tiklash mumkin. Qadimgi Bobildagi mirzalar va hakamlar (sudyalar) boshqalarni o‘qitish maqsadida, shuningdek sud ishlarida kodeksning ana shu nusxalaridan foydalanganlar. Mazkur to‘plam uch qismga bo‘lingan: 1) kirish; 2) qonunlar; 3) hulosa. Kirish qismida aytilishicha, majmuani chop etishdan maqsad mamlakatda haqqoniyat o‘rnatishdir. To‘plamning xulosa qismida podsho xalq oldidagi xizmatlarini sanab, o‘zidan keyin uning qonunlarini ado etuvchi hukmdorlarga oq fotiha bergan va bu qonunlarga rioya etmaydigan yoki uni bekor qilishga jur'at etganlarni la'natlaydi. Hammurapi zamoniga oid hujjatlar va asosan uning qonunlar to‘plami mamlakat xo‘jalik hayotining umumiy manzarasini bir qadar tiklash imkonini beradi. Katta va markazlashgan davlatda oliy hokimiyat hukmdorning o‘z qo‘lida to‘planganligi tufayli u yer fondiga tayanib, mamlakat xo‘jalik hayotiga aralashgan va uning rivojlanishini yo‘lga solishga uringan. Qurilish materiallariga ehtiyoj doimo katta bo‘lganligidan, hukmdor o‘rmonlarni qo‘riqlash yuzasidan bir qancha tadbirlarni amalga oshirgan. O‘rmonlar alohida “o‘rmonlarga” bo‘linib, ular o‘rmon xo‘jaligining bosh mudiriga bo‘ysunuvchi “maxsus mudirlar” qaramog‘ida bo‘lgan. Saqlanib qolgan bu hujjatda, podsho o‘rmon xo‘jaligining bosh mudiri Ablianum va Sinmagir qaramog‘idagi o‘rmonlardan o‘g‘rincha kesib ketilgan daraxtlar masalasini tekshirishni, shuningdek, daraxtlarni kim: o‘rmon mudirlarining o‘zi yoki “begona qo‘l” (ya'ni jinoyatchimi) kesib ketganligini aniqlashni buyurgan. “O‘rmon mudirlari” daraxtlar butunligi uchun javobgar hisoblangan. O‘z mansablarini suiste'mol qilgan “O‘rmon mudirlari” qatl etilgan. Hammurapi buyrug‘i bilan Nar-Hammurapi kanali qazilgan. U “Shumer va Aqqodni suv bilan ta'minlaydigan, o‘z qirg‘oqlarini ekin maydonlariga aylantiradigan, tog‘-tog‘ g‘alla yetishtirib beradigan hamda aholini doimo suvga to‘ydiradigan xalq boyligidir.”

Download 33,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish