Qadimgi Mesopotamiya Reja


Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar



Download 33,75 Kb.
bet3/5
Sana18.04.2022
Hajmi33,75 Kb.
#560417
1   2   3   4   5
Bog'liq
Qadimgi Mesopotamiya

Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar. G‘allachilik, chorvachilik bilan birga bog‘dorchilik xo‘jaligi ham keng taraqqiy etgan. Qadimgi Mesopotamiyaning gullagan bog‘ va ajoyib mevali daraxtlar o‘sgan jannat bog‘i haqidagi afsonaning aynan shu mamlakatdan kelib chiqqani bejiz emas. Yer mulkdorlari manfaatini himoya qilgan davlat bog‘ egalari manfaatlarini yoqlashni ham zimmasiga olgan. Hammurapi qonunlarining bir moddasida aytilishicha, birovning bog‘idan beijozat kesilgan daraxt uchun aybdor katta jarima: yarim mina (252,5 grammga yaqin) kumush to‘lashi kerak edi. Bobil jug‘rofiy jihatdan qulay joylashganligi rivojlanishiga qo‘l kelgan. Tashqi savdo muhim o‘rin tutgan. Muhim savdo markazlari - ikki eng yirik shahar, ya'ni Bobil va Sippardan qo‘shni mamlakatlarga ko‘plab turli mahsulotlar chiqarilgan. Sippar o‘z davrining jun gazlama ishlab chiqarish markazi edi. Bu shahardan gazlama bilan bir qatorda, xususan, Elamga xurmo, moy va don jo‘natilgan bo‘lsa, Elamdan Bobilga metall rudalar (mis, kumush) olib kelingan. Bobil shaharlari Ossuriya bilan qizg‘in savdo ishlari yuritib, shu bilan birga Ossuriyadan Bobilga, asosan, qo‘rg‘oshin va boshqa metallar keltirilgan. Krit xarobalaridan Bobilning silindr shaklidagi muhri topilgan. Urug‘chilik tuzumining alomatlaridan yana biri ijaraga yashagan odam ijara haqiga 1/2 shekel kumush qo‘shib berishi lozim bo‘lgan. Bu qo‘shimcha haq g‘alati nom bilan - “qo‘y maydoni” deb atalgan. Bu qo‘shimcha haq mol-mulk boshqa urug‘ga berilganida urug‘ homiylari foydasiga ota-bobolar ruhiga atab berilgan bo‘lsa kerak. Bu nomning o‘zi ham ushbu odat pul o‘rnida qoramol ishlatilgan eng qadim zamonlardan saqlanib qolganini ko‘rsatadi. Xufya (yashirin) qullikning eng qadimgi ko‘rinishlari tarkib topgan patriarxal oila hali o‘sha vaqtda katta ahamiyatga ega bo‘lgan hamda shunga bog‘liq ravishda zulm qilish va hukmronlikning eng qadimgi shakllari vujudga kelgan. Patriarxal oilada ota va er xo‘jayin hisoblanib, oilaning barcha a'zolari unga so‘zsiz itoat qilganlar. Ham ota, ham er o‘z oilasi a'zolariga nisbatan quldor huquqiga ega bo‘lgan. Ko‘p xotinlilik ayolni oyoqosti qilgan.

Download 33,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish