Qadimgi Mesopotamiya Reja



Download 33,75 Kb.
bet1/5
Sana18.04.2022
Hajmi33,75 Kb.
#560417
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Qadimgi Mesopotamiya


Qadimgi Mesopotamiya
Reja:
1. Qadimgi Mesopotamiyada Tabiiy Sharoit. Aholi.
2. Qadimgi Mesopotamiyada Dehqonchilikning rivojlanishi.
3. Qadimgi Mesopotamiyada Shahar-davlatlarning vujudga kelishi.
4. Hammurapi qonunlari. Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar.
5. Qulchilikning rivojlanishi. Yer egaligi.
Tayanch iboralar: Enn, Dajla, Frot, Mesopotamiya, Arzirum, piktografika,“hayot daraxti”, ardu, sag, reshu, lugal. memkim, galuku, “Sharru -Kin”, gedya, gutiylar, nubada, damkor, duggur, semit, Sargon, Magan o‘lkasi, Hammurapi qonunlari, Ablianum, Sinmagir, damkarlar, qo‘y maydoni, ota uyi, talion huquqi, shakkanakku, rabianum, qo‘shnilar, qudurrular, kassitlar, Karduniash, bitu, bel-bit, redu, bairu, kodeks, Tavrot, bit-abia, bel-ashshatim, «qo‘y maydoni», gur, min, shekel.
Old Osiyodagi mamlakatlar orasida qishloq xo‘jaligi keng ravnaq topishi uchun eng qulay mamlakat Dajla (Tigr) bilan Frot (Yefrat) daryolari o‘rtasida joylashgan bo‘lib, uni qadimgi yunonlar Mesopotamiya (ikki daryo oralig‘i) deb ataganlar. Bu mamlakat shimolda Armaniston tog‘laridan boshlanib, janubda to Fors qo‘ltig‘igacha cho‘zilgan. U g‘arbda - Suriya-Mesopotamiya dashti bilan, Sharqda esa G‘arbiy Eron tog‘ tizmalari bilan chegaralangan. Mesopotamiyaning o‘rta va janubiy qismi tekislik bo‘lib, u vaqt-vaqti bilan toshib yerlarni o‘g‘itlovchi Dajla va Frot daryolari keltirgan yotqiziqlar (o‘g‘itbop allyuviylar)dan iborat. Dajla daryosi Van ko‘lidan janubroqda Armaniston tog‘laridan, Frot esa Arzirumning (Turkiya) Sharqida dengiz yuzasidan 2 ming metr balandlikdan boshlanadi. Dajla tezoqar daryo bo‘lib, Frotdan 750 km qisqaroq, lekin Frotga nisbatan ikki baravar ortiq suv keltiradi. Uzunligi 2500 km ga yetadigan Frot esa vazmin oqadi. Frot qirg‘oqlari Dajlanikiga qaraganda pastroq bo‘lganligi sababli, Frot daryosi toshganida Dajlaga nisbatan ko‘proq hududni suv bosadi va toshqin uzoq vaqt davom etadi. Har ikkala daryoning o‘zani besh ming yil ichida o‘zgarib ketgan. Shumer va Aqqodning qadimiy shaharlari Sippar, Kish, Nippur, Shuruppak, Uruk va Larsa kabilar Frot daryosi bo‘yida joylashgan1. Ikki daryo oralig‘ining janubidagi Shumer va mamlakatning o‘rta qismini egallagan Aqqod iqlim jihatidan bir-biridan bir muncha farq qilgan. Shumerda boshqa joylarga qaraganda qish iliqroq bo‘lgani uchun xurmo daraxti yovvoyi holda o‘sgan. Aqqod esa iqlim jihatidan qishi qorli bo‘lib, yovvoyi xurmo o‘smaydigan Ossuriyaga yaqin bo‘lgan. Mesopotamiyaning o‘rta qismi hududidagi eng qadimgi manzillar so‘nggi neolit davrida vujudga kelgan. Mamlakatning o‘ta qadimiy qabilalari botqoqliklardagi tepalik-orollarda yashagan. Ular tuproqdan maskanlar qurganlar. Atrofdagi botqoqliklarni quritib, eng qadimgi sun'iy sug‘orish tizimini vujudga keltirganlar. Dehqonchilikning rivojlanishi. Eng qadimgi davrlarda vujudga kelib, miloddan avvalgi III ming yillikda yanada rivojlangan qishloq xo‘jaligi yetakchi rol o‘ynagan. Quyi Mesopotamiyaning ba'zi joylarida hosildor yerlar bo‘lib, bu vaqtda ancha ishlangan va ko‘p sonli aholi undan olingan mahsulot bilan ta'minlangan. Larsa va Uruk kabi yirik shahar xarobalarining orasi atigi 24 km ekanligi, aholi juda zich yashaganligidan dalolat beradi2. Frotning g‘arbidagi bepoyon o‘tloq va dashtlar chorvachilik bilan shug‘ullanish imkonini bergan. O‘tloqlarda uzun va kalta shoxli ho‘kizlar boqilgan. Ekinni sug‘orishda, haydash va g‘alla yanchishda, shuningdek, yuk tashishda uy hayvonlaridan foydalanilgan. Quldorlikning shakllanishi (miloddan avvalgi III ming yillik). Qishloq xo‘jaligining rivojlanishi, temirchilikning paydo bo‘lishi va ayirboshlash savdosining yoyilishi ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirib, ish kuchiga bo‘lgan extiyojni oshirdi. Buning natijasida qadimgi urug‘chilik jamoa tuzumi yemirilib, uning xarobalarida eng qadimgi quldorlik davlatlari paydo bo‘ldi. Miloddan avvalgi III ming yillikka oid Shumer hamda Aqqod shaharlari xarobalaridan topilgan ko‘plab ma'lumotlar va moddiy yodgorliklar ushbu fikrimiz tasdig‘i bo‘la oladi. Eski qishloq jamoalari yemirila borishi bilan mamlakatda qullar soni ko‘payib bordi. Ayni zamonda urushlarda qo‘lga tushgan asirlar qulga aylantirilgan. Qishloq xo‘jaligida qullar mehnatidan foydalana boshlandi. Qulchilik o‘sib borgani sari, xo‘jalikda qullar sonini ko‘paytirish mumkin bo‘ldi. Shumer va Aqqod jamiyatida ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi hamda mehnat unumi o‘sishi natijasida qo‘shimcha maxsulot, shu bilan birga, qulchilik ko‘rinishida odamning odam tomonidan ekspluatatsiya qilinishi paydo bo‘ldi. Shumer va Aqqoddan topilgan bir qancha hujjatlar, qulchilik dastlab, oilada yuzaga kelganini ko‘rsatadi. Shumer qonunlari majmuida otaga o‘z bolalarini qul qilib sotish huquqi berilgan. Hujjatlarda ko‘p uchraydigan “ayol narxi” iborasi qizlar ham qul qilib sotilganidan dalolat beradi. Shumer va Aqqod hududida miloddan avvalgi IV ming yillikdayoq eng qadimgi shaharlar vujudga keldi. Bu shaharlar ayrim mayda davlatlarning xo‘jalik, siyosiy va madaniy markazlari bo‘lgan. Mamlakatning janubida, Fors qo‘ltig‘I sohilida Eridu shahri mavjud bo‘lgan. Ur shahri qudratli bir davlatning markazi bo‘lishi bilan katta siyosiy axamiyatga ega edi. Butun Shumerning diniy va madaniy markazi bo‘lgan Nippurda xudo Enlilning umumshumer ziyoratgohi-ibodatxonasi joylashgan. Boshqa shumer shaharlari orasida qo‘shni Umma bilan doim kurash olib borgan Lagash va Uruk shaharlari katta siyosiy axamiyatga ega bo‘lgan. Miloddan avvalgi III ming yillikning o‘rtalarida (miloddan avvalgi 2540 – 2370 yillarda) Lagash shahri boshida bir necha qo‘shni viloyatlarni hokimiyati ostida birlashtirgan zo‘r hokimlar turgan. Lagashning qo‘shni shaharlar bilan olib borgan kurashi viloyatlarni bir markaz atrofida imkon qadar jipslashtirishni ko‘zda tutgan. Lagashning iqtisodiy va siyosiy qudratiga Ur – nanshe hokimligi davrida asos solindi1. Binobarin, Ur – nansheni dastlabki tarixiy Lagash sulolasining asoschisi, deb hisoblash mumkin.

Download 33,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish