Qadimgi Mesopotamiya Reja



Download 33,75 Kb.
bet5/5
Sana18.04.2022
Hajmi33,75 Kb.
#560417
1   2   3   4   5
Bog'liq
Qadimgi Mesopotamiya

Yer egaligi.
Huquq va sud ko‘rinishga egaligi ochiq-oydin ko‘rinib turadi. Qonun chiqaruvchi va davlat hokimiyati hukmron quldorlar sinfi manfaatlarini himoya qilgan. Xususiy mulkni qo‘riqlash eng muhim masala bo‘lgan. Hammurapi qonuniga ko‘ra, o‘g‘irlik bilan qo‘lga tushgan, shuningdek, o‘g‘irlangan buyumlarni sotgan yoki sotib olgan kishiga o‘lim jazosi berilgan. Qonunga ko‘ra, erkin kishini, ayniqsa, “Yuqori martabali shaxsni” haqorat qilgan odam qattiq jazolangan. “Talion huquqi” (“qonga-qon, jonga-jon huquqi”) nomini olgan qasos qonunining ayrim belgilari Hammurapi qonunida saqlanib qolgan. Bu ham urug‘chilik tuzumidan qolgan eski huquq qoldiqlaridan biridir.
Chunonchi, boshqa odamning suyagini sindirgan odamning ham biror joyi sindirilgan. Qonunning bu moddalari qadimgi yahudiylarning “mayib qilganni mayib qil”, “qonga-qon, jonga-jon” shiorlariga aynan o‘xshashdir. Hammurapi qonunining boshqa moddalarida qadimgi urf-odat huquqining qoldiqlari quldorlik davridagi huquq qoidalari bilan uyqash bo‘lib ketgan. Quldorlik davrining yangi huquqi bir qancha moddalardan iborat bo‘lib, bu moddalar “qonunlar to‘plami“da keltirilgan, so‘ng ma'lum tartibga solinib, “kodeks” shaklini olgan. Bobil podshosi Hammurapining “kodeksi1” bizga ma'lum bo‘lgan eng qadimgi qonunlar to‘plami bo‘lib, u boshqa qadimgi Sharq xalqlarining keyingi qonunlari, xususan, Tavrotda saqlanib qolgan qadimgi yahudiy qonunlariga katta ta'sir ko‘rsatgan. Sud ishlarini maxsus amaldorlar yuritganlar. Sud qilish vazifasi shakkanakku va rabianumlar, ya'ni viloyat sudyalari hamda “shahar oqsoqollari va atoqli kishilari”dan iborat maxsus shaxslarga yuklatilgan. Ibodatxona xizmatchilari hukmronlikni tobora qo‘ldan chiqarib, ibodatxonada odamlarning xudo haykali oldida ichgan qasamlariga guvoh bo‘lish bilan cheklanib qola boshladilar. Podsho hokimiyatini xudo o‘rnatganligi va bu hokimiyat ilohiy ekanligi to‘g‘risidagi bu tasavvurlar shumeriylarning bir madhiyasida yaqqol ifoda etilgan. Ushbu madhiya Bobil podshosi va Hammurapining vorisi - Samsuilunga bag‘ishlangan. Unda quyidagi so‘zlar bitilgan:
“Egam Enki taxtu tojing abad qilsin,
Shoh hassasin etib tortiq, necha kunlar va yillarga ravo qilsin!
... Saltanating yeru ko‘kdek mahkam tursin!
Sen elu yurt, fuqarolar shohidursan!
Sen xalqingga muruvvatli bosh panohsan!
Sen ayovsiz dovul kabi, hamma dushman elin bossang,
Boshing yetgay samolarga, mardonavor qo‘shin tortsang,
“Ilohiy kuch” shahri Bobil bino qilgan xudoyim Sin,
Charaqlagan quyosh kabi, anda noming ulug‘ qil sen...
Pok, muqaddas yurting ichra hamma narsa muhayyo qib,
Saltanatda rasulliging salobatla”ado qilg‘il...
Porloq kundek, har tomon sen nuring sochsang, Xudo Anu va Enlil ham buyuk tole ravo qilsin”. Hammurapi vafotidan keyin Bobil asta-sekin tushkunlikka yuz tutdi. Vorislari dastlab uning ishlarini davom ettirishga intildilar. Hammurapining o‘g‘li Samsuilun (miloddan avvalgi 1749-1712 yillar) ikki yangi kanal qazdirgan hamda ibodatxonalarga katta hadyalar berib turgan. Ammo tez orada siyosiy maydonda yangi-yangi xavflar yuzaga kela boshlagan. Mesopotamiya hukmdori Rimsin (miloddan avvalgi XVIII asr) Bobilning zaiflashganidan foydalanib, Mesopotamiyaga bostirib kiradi va Shumerning bir qismini bosib oladi. Lekin bu vaqtda Bobil podshosi hali qudratini butkul yo‘qotmagan edi. Samsuilun Rimsinni mag‘lub qiladi, ya'ni Rimsin o‘z saroyida yong‘in vaqtida halok bo‘ladi. Samsuilun Ur va Uruk devorlarini buzib tashlab, Shumerni yana o‘ziga bo‘ysundirib oladi. Lekin bu vaqtda yangi dushmanlar bosh ko‘taradilar. Isin shohi Ilumailu Shumerning janubida mustaqil shohlik yaratib, Bobilga qarshi qattiq kurash olib boradi va Shumer podsholarining yangi sulolasiga asos soladi. Sharqdan Bobilga tog‘lik qabilalar - kassitlar bostirib kiradi. Dajla daryosining Sharqida yashagan kassitlar ilgari ham Mesopotamiyaga tashrif buyurganlar, lekin u vaqtda ijarador va yollanma ishchi sifatida kelgan edilar. Taxminan miloddan avvalgi 1750-yilda kassit qo‘shinlari o‘z yo‘lboshchisi Gandash rahbarligida Mesopotamiyaga bostirib kirib, bu yerda Kassit davlatini barpo qiladilar. Hammurapi vorislari, Bobil I sulolasi hukmdorlari Bobilning Kassitlar tomonidan istilo qilinishi Mesopotamiya ustidan o‘z hokimiyatlarini o‘rnatish uchun 155 yil davomida kurash olib bordilar. Kassitlar bosqinidan so‘ng zaiflashgan va ayrim qismlarga bo‘linib ketgan bu mamlakat istilochilarning diqqatini o‘ziga jalb qila boshladi. Bobil I sulolasining so‘nggi shohi Samsuditan hukmronligi davrida (miloddan avvalgi 1625–1595-yillar) Bobilga xettlar bostirib kiradi. Lekin kassitlar tobora ko‘proq muvaffaqiyatga erishib, qizg‘in kurashlardan so‘ng, Dengizbo‘yi mamlakatini bo‘ysundirishga muvaffaq bo‘ladilar. Shoh Agum II (miloddan avvalgi 1593–1574-yillar) o‘zini kassitlar va Aqqod shohi va “dunyodagi to‘rt iqlimning podshosi” deb atagan. Kassitlar Bobil shohligining qudratini qisman bo‘lsa-da tiklay olmaganlariga qaramay, har holda kassit shohi Agum II davrida Bobil birmuncha kuchaydi. Agum II Yuqori Frot mamlakatlariga qo‘shin tortib borib, Mesopotamiya dashtining bir qismini o‘ziga bo‘ysundirdi. Ushbu hukmdor o‘z yozuvlarida Xana mamlakatidan Marduk va Sarpanit haykallarini keltirib, ularni zarbof kiyimlar, qimmatbaho zeb-ziynatlar va dabdabali tojlar bilan bezatganini hamda ularni Bobildagi E-sagil1 ibodatxonasida o‘rnatganligini faxr bilan aytadi. Agum II o‘zini “Kashshu va Aqqod shohi, keng ko‘lamli Bobil mamlakati shohi, ko‘plab odamlarni Ashnunnakka ko‘chirgan shoh, Padan va Alman shohi, Guti mamlakatining shohi” deb atagan. Bobilda 500 yildan ortiq hukmronlik qilgan kassitlar qadimgi Shumer - Bobil madaniyati, dini, yozuvi va hatto bo‘ysundirilgan xalq tilini ham ko‘p jihatdan o‘zlashtirib olganlar. Kassit shohlari o‘zlarini “Marduk arzandasi” deb ataganlar. Ular Bobil va Shumer kohinlarini kuchaytirish choralarini ko‘rib, Marduk xudosi - “mamlakatlar hukmdori”ga bo‘lgan e'tiqodini mustahkamlab, Nippur ibodatxonasiga g‘alla, moy, xurmo, un va qoramollardan iborat o‘lpon to‘laganlar. Zamonlar o‘tishi bilan kassit hukmdorlari, ko‘proq, Bobil madaniyati ta'sirida qolganlar. Masalan, podsho Karaindash o‘zini “qudratli hukmdor, Bobil podshohi, Shumer va Aqqod shohi, Kashshu (kassitlar) va Karduniash ( Bobil ) shohi” deb atagan. Lekin Karaindashning vorislari butkul qadimgi Bobil madaniyatiga berilib, unvonlaridan “Kashshu” nomini tushirib qoldirganlar1. Madaniyat sohasida erishilgan kichik muvaffaqiyatlar, asosan, harbiy ishda otdan foydalanish, yangi va yengil vaqt hisobini, ya'ni mamlakatni boshqarayotgan shohning hukmronlik yillari bo‘yicha yil hisobini joriy qilishdan iborat bo‘lgan. Bu tushkunlik miloddan avvalgi VII asrgacha, ya'ni qudratli Yangi Bobil shohligi tashkil topguniga qadar davom etdi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Qadimgi Mesopotamiyaning iqtisodiy rivojida mamlakatning tabiiy Sharoiti qanday rol o‘ynagan?
2. Qadimgi Mesopotamiya davlat tizimida dehqonchilikning o‘rni va ahamiyati qanday bo‘lgan?
3. Shumer va Aqqod hududidagi qadimgi shahar - davlatlarning ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanishiga qaysi omillar sabab bo‘ldi?
4. Sargon I va uning harbiy yurishlari haqida ma'lumot bering.
5. Sud-huquq tizimi qanday edi?
6. Hammurapi qonunlarining qadimgi Bobil jamiyati rivojlanishidagi o‘rni qanday bo‘lgan?
7. Kassitlar bosqini oqibatlari qanday bo‘ldi?
Download 33,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish