Qadimgi dunyo tarixi



Download 32,88 Mb.
bet28/56
Sana20.04.2022
Hajmi32,88 Mb.
#567401
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   56
Bog'liq
Қадимги дунё тарихи Маърузалар матни (1)

Aristofon komediyalari er.av V asr oxiri – IV asr boshlari Yunoniston siyosiy va kundalik turmush tarzini bilishimizda muhimdir. Shuningdek, Yunoniston tarixini urganishda taniqli notiqlar nutqlari ham muhim manba hisoblanadi. M:Bu nutqlar sud murofaasiga yoki siyosatga oid bo’lishi mumkin. Ayniqsa, qonun buzarlarga qarshi Lisiy (er.av IV asr) nutqlari ta’sirli bo’lib,unda savdo- sotiq, asosan g’alla sotishdagi qonunbuzarliklar o’z aksini topgan. Xullas, nutqlarda o’sha davr savdogarlari faoliyati chuqur bayon etilgan. Shuningdek, Demosfen (er.av 384-322) nutqlarida ham qonunbuzarlik, siyosat keng yoritilib, so’z asosan Afina iqtisodiy taraqqiyoti, Shimoliy Qora dengiz bo’yi siyosiy voqyeliklari bo’yicha boradi.

  • Strabon (er.av I asr 2- yarmi – milodiy I asr) o’z asari “Geografiya” da nafaqat mamlakatlar geografik joylashuvi va ular tabiiy sharoiti, balkim ular halqlari turmushi va tarixi borasida ham qimmatli ma’lumotlar keltirilgan.

    Qadimgi Yunoniston tarixini urganishda loydan yasalgan lavhachalarga, toshlarga va sopol idishlarga o’yib yozilgan yozuvlar, ya’ni epigrafik materiallar ham juda muhim manba hisoblanadi. Krit orollari Pilos va Mikenada olib borilgan arxeologik tadqiqotlarda chiziqli xat namunalari topib o’rganilgan. Ular er.av II ming yilliklarga oid Yunon ijtimoiy-iqtisodiy hayotini yoritishda muhim manba.Qadimgi yunonlar er.av VIII asrdan e’tiboran finikiyaliklar alfavitidan foydalanib, 24 harfdan iborat o’z alfavitlarini yaratganlar. Bu alfavitdan keyinchalik rus azbukasi kelib chiqqan. Qadimgi yunonlar yozuvi namunalari asosan er.av V-I asrlarga oiddir. Yozuvlar papiruslarga bitilgan. M. Aristotelning “Afina sayohatnomasi” Shuningdek yozuvlar toshlarga, sopol idishlar sirtiga bitilgan holda bizgacha yetib kelgan. Qadimgi tangalar ham yozuvlarni o’rganishda o’ziga xos manbadir.

    ARISTOTELPLATON
    Arxeologikashyoviydalillar.
    QadimgiYunonistontarixinio’rganishdaarxeologiktadqiqotlarjaroyonidatopilganashyoviydalillarhammuhimmanbasifatidaahamiyatibor. XIXasr 70- yillaridaGenrixShlimanqadimgiTroya, so’ngraMiken, Tirinfshaharlaridaarxeologikqazishmaishlariniolibborgan. Yunonistonning qadimgi davrini arxeologik jihatdan o’rganish ishini ilk bor arxeolog Evans boshlab berdi. U XIX asr oxiri XX asr boshlarida er.av. III-II ming yilliklariga oid Kritning boy madaniyatini o’rgandi. XIX asr 30- yillarida Pilos shahri xarobalarida podshoh saroyi qazib o’rganilib, undan chiziqli xat uslubida bitilgan Miken yozuvi arxivi topilgan. Yunonistonning arxaik va klassik davrini o’rganishda Afina, Olimp, Delf kabi shahar va shahar atroflarida bajarilgan arxeologik tadqiqotlar natijalari muhimdir.
    Yunonistonning Ellin davrini o’rganishda Pergam davlatiga qarashli Pergam shahrida akropol qoldiqlari o’rganilgan. Bospor podsholigida – Tiritaka, Mirmekiy, Ilurat kabi shaharlar ham o’rganilgan. Jumladan, Fanegariya shahrining suv ostida qolgan qismida arxeologik qazishma natijalari muhim bo’lgan. Bu tadqiqotlar asosida topilgan ashyoviy- dalillar ham Yunoniston tarixini o’rganishda muhim manba hisoblanadi.
    Qadimgi Yunoniston va ellinizm davri istoriografiyasi. Antik davrdan keyin Yevropa xalqlarining qadimgi Yunoniston tarixiga qiziqishi o’rta asr zamonlariga borib taqaladi. Vizantiy bilan aloqa bog’lash tufayli Kiyev Rusi davridayoq qadimgi Yunonistonni bilganlar va uning tarixi bilan qiziqqanlar. G’arbiy Yevropada esa Qadimgi Yunoniston tarixi bilan uyg’onish davrida qiziqa boshlaganlar.
    Tarix – ijtimoiy fan bo’lib, u ideologiya va ijtimoiy taraqqiyot bilan mahkam bog’liqdir. Qadim zamonlardanoq tarixchilar tarixiy jarayon, uning sabablari, xarakterlari va natijalarini konkret tarzda tasvirlashga harakat qilishganlar va bunga puxta tayyorgarlik qilishganlar. Uyg’onish davrida Qadimgi Yunoniston tarixining materiallaridan ilg’or mutafakkirlar o’rta asr sxolastikasi va feodal ideologiyasiga qarshi kurashda foydalanganlar. Hammadan avval ular Italiyadan topilgan qadimgi yunon san’at asarlarini va qadimgi yunon tilini o’rganishga kirishganlar.
    XVII asrning oxirlarida Moskvada slavyan – yunon – latin akademiyasi vujudga kelgan. VIII asrning- ma’rifat asrining eng boshidan boshlab qadimgi Yunoniston tarixini o’rganishda yangi bosqichni ko’rib chiqish mumkin. O’tmish vaqt ichida anchagina tarixiy materiallar to’planib, sistemalashtirilgan edi. bu esa dastlabki ilmiy umumlashmalar qilishni boshlash, qadimgi yunon xronologiyasini aniqlash imkoniyatini berdi.
    XVIII asrning boshlarida italyan olimi Janbatisto Viko qadimgi Yunoniston va Rim tarixini undan keyingi davr xalqlari tarixi bilan taqqoslab ko’rgan. U, Gomer aslida bo’lmagan, “Iliada” va “Odisseya” dostonlari esa xalq ijodiyoti natijasida yaratilgan degan farazni aytgan.


    XVIII asrning o’rtalarida atoqli fransuz ma’rifatchilaridan biri bo’lmish Sh. Monteskye qadimgi Yunoniston muassalarini o’sha vaqtdagi Fransiya absolyutizmga qarama- qarshi qilib qo’ygan.
    XVIII asrning ikkinchi yarmida Germaniyada nashr etilgan V.Vinkelmanning “Qadimgi zamon sa’nati tarixi” antik tarixni o’rganishda muhim bosqich bo’ldi. Bu asarda muallif san’atning ijtimoiy taraqqiyot bilan mahkam aloqasini ko’rsatgan. Kitobning katta qismi qadimgi Yunonistonga, birinchi galda qadimgi yunon haykaltaroshligiga bag’ishlangan.
    XVIII asrning oxirlarida F.A. Volf “Gomerga muqadimma” degan keng dong taratgan tadqiqotini e’lon qilgan. Bu asarda u J.Vikoga nisbatan ancha ko’proq materialga asoslanib, Gomer dostonlari xalqdan kelib chiqqan, degan xulosaga kelgan. Shu bilan birga, u Gomerni “Iliada“ va “Odisseya” ni yaratgan ko’p sayyoh baxshilardan biri deb hisoblagan va lekin Gomerni o’z tinglovchilari orasida keng shuhrat qozongan baxshi, deb bilgan.
    Garchi qadimgi Yunoniston tarixiga qiziqish o’rta asrlarda ham, yangi zamonda ham hamisha davom etib kelgan bo’lsa-da, lekin XIX asrning boshlarigacha, qadimgi Yunonistonga bir qadar ahamiyati berilgan, ayrim mashhur asarlarni istisno qilganda qadimgi yunon tarixi sohasida aslida jiddiyroq tadqiqot qilingan emas. Manbalarni tadqiq qilishning izchil sur’atda ishlab chiqilgan metodi yetishmas edi. Bu metodni birinchi bo’lib (orttirilgan tajriba asosida) XIX asrning boshlarida daniyalik olim B.Nibur (1776- 1831 y) taklif etgan edi. B. Nibur Rim tarixidan o’qigan ma’ruzalarida, keyinroq esa qadimgi Yunoniston tarixidan o’qigan bir qator ma’ruzalarida ham o’tmish voqyealarni va umuman tarixiy jarayonni ishonchliroq tarzda qayta hosil qilish maqsadida o’zining davrida ma’lum bo’lgan, adabiy, arxeologik va etnografik manbalarning jamiga qiyosiy – tanqidiy tahlilni tatbiq etdi. B.Nibur taklif etgan tarixiy tadqiqotning qiyosiy – tanqidiy usullari keng yoyildi va antik zamon haqidagi tarixiy fanni yanada rivojlantirishga asos bo’ldi.
    XVIII asrning oxirida ro’y bergan Buyuk fransuz burjua inqilobidan keyin G’arbiy Yevropada feodalizmning uzil kesil halokatga uchrashi tarix fanining taraqqiysiga jumladan, Qadimgi Yunoniston va Rim tarixining respublikachilik davriga qiziqishning kuchayishiga yordamlashdi. XIX asrning boshida va birinchi yarmida qadimgi Yunoniston tarixiga oid materiallar manbalarning yangi va eng muhim turi bilan- ko’pincha Elladaning tosh arxivi deb ataladigan antik yozuvlari bilan to’ldirildi.

    NemistarixchisiA. BekXIXasrningbirinchichoragidaasosanqadimgiyozuvlarmaterialigatayanib, “Afinaliklarningdavlatxo’jaligi” deganqiziqarlitadqiqotninashretdi. Uboshqamamlakatlardagi, shujumladanRossiyadagiolimlarnio’shavaqtgachaYevropato’plamlarivajurnallaridae’lonqilinganqadimgiyunonyozuvlarinito’plab, sharhlarbilannashretishnitashkiletdi, “Yunonyozuvlarikorpusi” deganto’rttomdaniboratkattakollektivasarA.Bekvafotidankeyinuningshogirdlaritomonidantugallandi.
    AgarB.Nibur, A.BekvaboshqaantikshunostarixchilarXIXasrningboshivabirinchiyarmidaGomerdantortibtoAleksandrMakedonskiygachaqadimgiYunonistontarixinitadqiqqilishbilancheklanganbo’lsalar, ularningkichikzamondoshlaribo’lmishertavafotetganrustarixchisiV.F. SixvanemistarixchisiI.Droyzenellinizmdavritarixinio’rganaboshlaganedilar. “Ellinizm”, “ya’ni «yunonlarga taqlid qilish» terminini ham I. Droyzen taklif etgan edi. XIX asrning 30-40 yillarida I.Droyzen Aleksandr Makedonskiy, diadoxlar va epigonlar tarixiga bag’ishlangan uch tomdan iborat asarini nashr etdi. Uchinchi tom mil.avv. 221 yilgacha bo’lgan tarixiy jarayonlarni o’z ichiga olgan.
    Keyinroq, I.Droyzen o’z tadqiqotlarini qayta ishlab chiqdi va uch tomning hammasini “Ellinizm tarixi“ degan umumiy nom bilan nashr etdi. I.Droyzenning ellinizm davrini tushunishi ilmiy tushuncha emasdir, ammo bu terminga olimlar odatlanib qolganlar va uni boshqa mazmun bilan to’ldirib, hozirga qadar ishlatib kelmoqdalar.


    XIX asrning o’rtalarida Angliyada J.Grot (1794-1871 y) nashr etgan 12 tomli «Qadimgi Yunoniston tarixi» shu mamalakat tarixiga oid eng mufassal asardir. Uning avtori bankir va siyosiy arbob bo’lib, viglar (liberallar) pariyasining vakili hisoblanadi. J. Grot «tarixi» arxaik va klassik davrlarni o’z ichiga oladi. Avtor Afina demokratiyasini ideallashtirgan, lekin Aleksandr Makedonskiyning istilochilik urushlari tarixida bu holat sezilmaydi, ideallashtirishdan saqlangan. «Yunoniston tarixi» ning asosiy xususiyati qadimgi yunonlarning hayotini chuqurroq tushunish va bilishga intilish edi. shu maqsad bilan J.Grot unga zamondosh bo’lgan XIX asr o’rtalaridagi munosabatlardan kelib chiqqan va shunday qilib beixtiyor qadimgi yunon jamiyatini modernlashtirgan. Bu qadimgi modernlashtirishning birinchi ko’rinishi bo’lib, asrning oxiriga borganda u to’xtovsiz kengaya boshladi. J.Grotning kichik zamondoshi nemis tarixchisi E.Kursius bir necha yil Yunonistonda xizmat qilgan. U uch tomdan iborat «Yunoniston tarixi» ni nashr etgan. Bu asarda qadimgi yunonlarning madaniy va siyosiy tarixini bayon qilib, ularning hayot tarzini juda ideallashtirib yuborgan.
    Mashhur fransuz tarixchisi Fyustel de Kulanj (1830-1889 y) Qadimgi tarixni modernlashtirishga qarshi chiqdi. Uning Yunoniston va Rimga bag’ishlangan «antik dunyoning garjdanlar jamoasi» nomli umumlashma asari XIX asrning 2 chi yarmida katta ahamiyatga ega bo’ldi. Biroq antik dunyoning ijtimoiy munosabatlari bilan yangi zamonning asosiy farqini Fyustel de Kulanj dinda, ajdodlarning diniy e’tiqodiga asoslangan va antik odamni hamma tomonlan chulg’ab olgan munosabatlarda deb bilardi. Shunday qilib, hamma narsani din belgilab beradigan antik munosabatlarini yangi zamon munosabatlari bilan tenglashtirish mumkin emas edi. Fyustel de Kulanj tarixni insoniyat jamiyatlarining tadrijiy va stixiyali suratda rivojlanib borishidagi fan deb tushunardi. U pozivitizm pozisiyalarida XII-asrning birinchi yarmida yashagan o’z ideyalari bilan burjua istiografiyasiga katta ta’sir ko’rsatgan O.Kontning tarixiy – falsafiy pozisiyalarida turardi. O. Kont tarixiy prosessning mohiyatini bilish mumkin emas deb hisoblardi va shuning uchun tarixiy hodisalarning sabablarini aniqlab olishga urinishlardan voz kechib, ularning yuzaki aloqasini sinchiklab yozib chiqishni taklif etgan edi. bunday izchillik bilan yozib chiqishni u pozitiv, ya’ni ijobiy yoki progmativ «inson ishlarini yozib boruvchi» tarixiy fan deb atardi. G’arbiy Yevropa istoriografiyasi singari, Qadimgi Yunoniston va Rimga oid XVIII asrdagi rus istorografiyasi ham antik avtorlarning asarlaridan kompilyasiya qilib (qo’shib chatib) asarlar yozish va ularning asarlarini rus tiliga tarjima qilish bilash cheklangan edilar. Bundan tashqari G’arbiy Yevropada nashr etilgan antik temadagi ayrim asarlar ham tarjima qilingan edi. XVIII asrning oxirida ajoyib rus demokrat arbobi A.N. Radishchev antik tarixni she’rlarda keng, ommaga tushunarli tarzda bayon qilib rus kitobxonlariga taqdim qilgan edi. Ammo, G’arbiy Yevropada bo’lgani singari, manbalarni qiyosiy – tanqidiy asosida antik tarixni jiddiy tadqiq qilish XIX asrda boshlandi. XIX asrning birinchi yarmida rus olimlaridan T.N.Gromovskiy, B.Nibur taklif etgan manbalarni tadqiq qilish metodidan foydalanib uni takomilashtirar ekan Qadimgi Yunoniston tarixiga ham e’tibor bergan. Uning o’sha vaqt uchun atoqli bo’lgan «Tarixiy xarakteristika. Buyuk Aleksandr» nomli asari ayniqsa dong taratdi. XIX asrning birinchi yarmi va o’rtalarida Rossiyada Qadimgi Yunoniston tarixi bo’yicha yirik mutaxassis M.S.Kutorga edi (1809-1886 y). u o’zining butun ilmiy va pedagogik faoliyatini Qadimgi Elladaning arxaik va klassik davrlarini tadqiq qilishga bag’ishladi. Uni antikshunos tarixchilarining butun bir maktabining asoschisi deb hisoblamoq kerakki, ularning faoliyati XIX asrning ikkinchi yarmida avj olib ketgan edi. Uning tadqiqotlarini asosiy mavzui Attika va Afina demokratiyasi edi. M.S. Kutorgning doktorlik dissertasiyasi «Attika nasl- nasablari va toifalari» deb atalardi. U sinfiy kurash va siyosiy tarix masalalarini tadqiq etib qullarning va ozod fuqarolarning ahvoliga katta e’tibor bergan edi.
    XIX asrning so’nggi uchinchi qismi antik davr tarixi fanida qadimgi Yunoniston va ellinizm davri tarixiga oid manbalar doirasining yanada kengayishi bilan mashhurdir. Havaskor arxeolog Genrix Shliman (1822-1890) 1870 yilda Kichik Osiyoning shimoliy g’arbiy qismidagi Hisorlik tepasini qazishga kirishdi. Rivoyatga ko’ra, qadimgi qadimgi yunon dostonida madh etilgan Troya o’sha yerda joylashgan edi. 1874 yilda esa u Pelapponesning shimoli sharqiy qismida – Mikenada qazuv o’tkaza boshladi. G.Shliman ilgari ma’lum bo’lmagan ko’p miqdorda arxeologik manbalarni topdi. A.Evans va uning shogirdlari Kritda muvaffaqiyatli arxeologik qazuvlarni davom ettirdi. Krit-mikena madaniyati yodgorliklarini arxeologik qazish ishlari o’tgan asr 50- yillarida ham davom etgan. 1952-1953 yillari ingliz arxeologi Maykl Ventris krit –mikena B chiziqli xatini aniqlab o’qidi. 1956 yili M. Ventris va J. Chadvikning «Mikena yunon tilidagi hujjatlar» nomli asari chop etildi. Rus tarixchilaridan S.I. Kovalev., V.S.Sergeyev., V.F. Gaydukovich., A.B. Ranovich.,A.N.Zograf kabilarning qadimgi Yunoniston tarixiga bag’ishlangan asarlari muhimdir. Shuningdek, qadimgi Yunoniston tarixidan darslik va qo’llanmalar nashr etilgan: N.M.Nikelskiy., V.N. Dyakov va S.I. Kovalev tahriri ostida «Qadimgi dunyo tarixi»( 1952,1956,1962)., M.Kolobova va L.M. Gluskinaning «Qadimgi Yunoniston tarixi ocherklari»., V.I. Avdiyev va N.N. Pikuslarning «Qadimgi Yunoniston tarixi» va h.k. Hozirgi kunda qadimgi Yunoniston tarixi bo’yicha yangi darslik,qo’llanmalar yaratilmoqda. Xususan, Yu.V. Andreyev «Rannegrecheskiy polis»., Ye.S.Golubsova tahriri ostida «Antichnaya Yunoniston»., V.D. Blavatskiy tahriri ostida «Antichnaya sivilizasiya» nomli darsliklar shular jumlasidandir.
    Qadimgi Yunoniston tarixini 5 ta davrga bo’lish mumkin:

    1. Egey yoki Krit – Miken davri (er.av III – II ming yillik). Urug’chilik jamoa tuzumi tanazzulga uchray boshladi. Ba’zi hududlarda ilk quldorchilik davlatlari paydo bo’lishi va rivojlanishi boshlandi. Doriylar bosqini bo’lgan.

    2. Er.av XI- IX asrlarda Yunoniston- bu davr doriylar bosqinidan so’ng Yunonistonni iqtisodiy taraqqiyotini orqaga ketishi va keyinchalik xususiy mulkchilikni antik ko’rinishi asosida rivojlanishi bilan xarakterlanadi.

    3. Arxaik davr. ( er.av VIII-VI asrlar) – antik quldorchilik jamiyati qaror topishi davri bo’ldi.

    4. Klassik davr (er.av V-IV asrlar) antik yunon polislarida quldorlik munosabatlarining eng yuksak rivojlanishi davri hisoblanadi.

    5. Ellinizm davri (er.av IV asrning 2- yarmidan – I asr o’rtalarigacha) –Yunon- makedon bosqinidan so’ng Yaqin Sharq hududlarida ellinlar davlati tashkil topishi va ular rivojlanishi davri hisoblanadi. Bu davr ellinizm dunyosining g’arbiy qismi Rim imperiyasi tomonidan sharqiy qismi esa Parfiya tomonidan bosib olinishi bilan xarakterlanadi.



    Download 32,88 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   56




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish