9mavzu. QADIMGI YUNONISTON
Reja :
Kirish
Insoniyat o’tmish tarixi, uning jamiyati rivoji bosqichlari tarixida qadimgi davrning ham o’ziga xos o’rni bor. Bu davr ba’zi manbalarda «qadimgi davr»-antik davr tarixi ham deb tarixchilar tomonidan ilmiy talqin etiladi. Bu tarix mil.avv. 1U minginchi yillikdan boshlanib to milodiy 5 asrgacha bo’lan davr tarixiy jarayonlarini o’z ichiga oladi. Tarixiy manbalar, arxeologik ashyoviy-dalillar ma’lumoticha qadimgi davr kishiliktarixi taraqqiyotining quldorchilik jamiyatini ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyotini yoritib beradi. Xususan, ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi jarayoni, xususiy mulkchilik, sifiyjamiyat dastlabki ko’rinishlari ham izohlanib beriladi. Bu kabi sosial o’zgarishlar jez davri so’nggi bosqichlarida ro’y berib, 1- yirik ijtimoiy mehnat taqsimoti jamoalar kunlik turmushiga singib borgan, kasbiy yo’nalishlar, ixtisosliklar shakllangan, shaharsozlik madaniyati, jumladan sug’orma dehqonchilikka asoslangan vohalarda dastlabki davlat uyushmalari shakllana boshlagan edi. Kishilik tarixida temir qurollarning kashf etilishi va turmushda qo’llanila boshlanishi bundan keyingi taraqqiyotda muhim sosial o’zgarishlar ro’y berishiga olib kelgan. Xususan, temir qurollar dastlab Kichik Osiyoda xetlar tomonidan (mil.avv.14-12 asrlarda) ishlatilgan. Asosan, temir qurollar mil.avv. 1-minginchi yilliklar boshlaridan e’tiboran keng qo’llanila boshladi. Temir qurollarning turmushda qo’llanilishi xo’jalikda yirik irrigasiya inshootlari qurish imkoniyatini berdi. Bu esa ma’lum sug’orma dehqonchilikka asoslangan daryo vohalarida aholi konsentrasiyalashuvi (aholi jamlanishi) holatlarini yuzaga keltirib, yirik madaniyat markzlari shakllanishiga olib kelgan. Natijada shaharsozlik madaniyati, ilk davlat uyushmalari paydo bo’lgan. Mehnat qurollarining takomillashuvi mehnat unumdorligi oshishiga olib kelgan, bu esa mulkiy tengsizlik, oxir oqibatda xususiy mulkchilik pirovardda sinfiy jamiyat vujudga kelgan.Tabora kuchayib borayotgan mulkiy tabaqalanish endilikda boy yer egalari va quldorlarning hukumron gruppasiga aylangan urug’ aristokratiyasi bilan oddiy demos o’rtasida keskin sosial va siyosiy ziddiyatlar tug’dirgan. Aristokratiya urug’doshlik tuzumi buzilgandan keyin darhol paydo bo’lgan ilk quldorlik jamiyatidagi hokimiyat edi. Boy yer egalari o’z qarzlarini to’lay olmaydigan kambag’al qo’shnilarini qarz evaziga qul qilib olgan. Qulchilikning yana bir manbai- bu bosqinchilik urushlari bo’lib, natijada asir olingan kishilar ham qullarga aylantirilgan. Xullas, sinfiy jamiyat o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, bu xususiyatni hukumron va mazlum sinflar o’rtasida kelishib bo’lmaydigan antogonistik ziddiyatlar tashkil etadi.
Yunoniston-Bolqon yarim oroli, Egey va O’rta Yer Dengizidagi bir qancha orollar, hamda Kichik Osiyoning g’arbiy sohili bir qism yerlarini o’z ichiga olgan qadimiy davlatlardan biri bo’lib, geografik jihatdan o’zi 3 qismga bo’linadi: Shimoliy, O’rta va Janubiy (Peloponnes). Yunoniston antik davrning yirik quldorlik davlatlaridan biri hisoblanib, o’z rivojlanishi tarixi, madaniyati, ilm-fani taraqqiyoti bilan jahon xalqlari tarixida aloxida o’rin tutadi. Aniqrog’i, jaxon xalqlari sivilizasiyasi qadimiy markazlari, o’choqlari biri hisoblanadi. So’ngi yillar mobaynida olib borilgan arxealogik tadqiqoti mil avv 4-3 ming yilliklardayoq mulkiy tabaqalanish bo’lib, sinfiy jamiyatga o’tilganligi va dastlabki quldorlik davlatlari shakllanganligi borasida ma’lumot bermoqda. Yunoniston qulay geografik sharoitda joylashganligidan ibtidoiy taraqqiyot erta yuksalgan, unumdor yerlar nisbatan kamligidan qo’shni hudud xalqlari bilan o’zaro mol ayriboshlash zaruriyatini keltirib chiqargan, bu esa ibtidoiy va madaniy aloqalarni erta shakllanishi va rivojlanishiga olib kelgan. Hunarmandchilik, sovdo-sotiq tez taraqqiy etib qo’shni xalqlar bilan qizg’in savdo sotiq yo’lga qo’yilgan. Shaharsozlik madaniyati erta shakllanib, davlatchilik munosabatlari qaror topgan. O’z navbatida me’morchilik, haykaltaroshlik, san’at, adabiyot ham ravnaq topgan. Qadimgi Yunoniston tarixi, madaniyati Qadimgi Sharq mamlakatlari tarixi bilan bir vaqtda va u bilan o’zaro aloqadorlikda rivojlandi. Antik davrda Qadimgi Yunoniston madaniyati ayniqsa yuqori, yuksak darajaga chiqdi. Tabiiy va gumonitar fanlar ravnaq topdi. Qadimgi Yunonistonda falsafaning asosiy yo’nalishlari paydo bo’ladi va rivojlanadi. Tasviriy san’at, adabiyot va madaniyati turli soxalari yuksaklikka yetdi. Yunon tili hozirga qadar ilmiy terminalogiyada keng qo’llanilmoqda. Ko’p maqol, matal, ertak, afsonalar syujetlari Qadimgi Yunonistonga borib taqaladi. Ular yaratgan tragediyalar, kamediyalar hozirga qadar jahon sahnasidan tushmasdan o’ynalib kelinmoqda. Antik davr Yunon-Rim madaniyati, ilm-fani Yevropa xalqlari madaniyati shakllanishida asos bo’lib xizmat qilmoqda. Qadimgi Yunonistonning antik davrning qudratli davlati bo’lib yetishishiga, iqtisodiy yuksalishi, ilm-fan, madaniyati rivojiga ma’lum ma’noda uning geografik joylanish sharoiti, tabiati, iqlimi, foydali qazilmalari ko’pligi ham ta’siri bo’lgan. Xususan, uning relyefi notekis, tog’lari balandligi o’rtacha bo’lgan- Bolqon tog’lari hisoblanadi. Faqat ikkita katta vodiy- shimolda Ppeney daryosi bo’ylab Fessaliya va janubda Efrat daryosi bo’ylab Lakoniya vodiysi hisoblanib serhosil tuproqqa ega bo’lgan va qolgan hududlar esa tog’liq hisoblanadi. Bolqon yarim oroli janubiy qismi O’rta Yer Dengizi bo’ylab ketgan, sharqda Egey dengizi, g’arbda Ioniya dengizlari mavjud. Qora dengizni Yunonlar qadimdan bilishganlar va uni Pont( dengiz) deb atashib vaqt o’tishi bilan, ya’ni kemasozlik, dengizchilik ishlari rivoji bilan unga hurmatlari oshib «mehmon do’st dengiz» deb e’zozlaganlar. Bolqon yarim orolidan Kichik Osiyo tomon bir qancha orollar tizimi mavjud..Kiklada orollari( Kiklos –doira demakdir). Shuningdek, Dolos, Xios, Samos, Krit kabi katta orollar ham bor.
Yunoniston Bolqon yarim orli, Egey va O’rta yer dengizidagi bir qancha orollarni o’z ichiga olgan mamlakatdir: geografik jihatdan 3 qismga bo’lingan: 1. shimoliy, 2. o’rta, 3. pellos- janubiy. Relfi notekis Evrat va shimolda Peniy daryosi havzalarida Fessaliya, Lakonika vohalari mavjud bo’lib, yerlari ser unumdor.
Yunonistonnning iqlimi subtropik iqlim bo’lib, yozi unchalik issiq emas, qishi mayin, iliq va ser yomg’ir, ba’zan kuchli bo’ronlar ham bo’lib turadi. Qolgan fasllar quyoshli.
Yunonistonda foydali qazilmalar ko’p: oltin, mis, qo’rg’oshin, temir, ruh kabi yer osti boyliklari mavjud. Bu turdagi ma’danlar hamda ohaktosh, marmartoshlarni ko’pchiligi metallurgiya va binokorlikni rivojlanishiga olib kelgan. Aholisi. Qadimgi aholilardan biri pelast, kritliklar, axeya, ioniya, doriylar bo’lishganlar. Er.av I mingingchi yilik 1- yarmida shimoliy va o’rta Yunonistonda – eoliya, O’rta Yunoniston sharqiy qismi, Attikada Egey dengizi orollarida ioniyalar. Axeyayalar –Peloponessda. Doriylar esa- Lakonikada, Meseniya, Korinf, Krit orollarida yashaganlar.
Aholilar shevasi esa asosan uchta- ioniya, eoliya va doriylar. Ellinzm davriga kelib esa umumyunon tili – koyne shakllangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |