Hindoriylar va Gang vohasi sivilizasiyasi.
«Oriylar muammosi»
Ko’p yillardan beri olimlar «Oriylar muammosi» bilan band, ya’ni Hindoriy qabilalar qayerdan kelishgan, deb savollarga javob topisha olmayotirlar.
Hindistonga oriylarning kelishini ayrim tadqiqotchilar yerlik qoloq aborigenlar o’ta rivojlangan oriylarning kelishi bilan sivilizasiyani olib kelganlar hamda rivojlangan jamiyat yaratganlar deb qaraydilar.
Irqiy nazariyaning tarafdorlari «oriylarsiz Hindiston qoloq bo’lib qolgan edi», deb xulosaga kelishgan. Oriylar xalqlariga qadimiy eronliklar va qadimiy hindlar-hind oriylar kiradi; ya’ni ular o’zlarini oriylar deb atashgan, yashagan hududlarni esa «oriylar mamlakati».
Ko’pchilik tadqiqotchilar fikricha, hind-yevropa xalqlari vatani Qora dengizdan shimolda joylashgan tekisliklar edi. Eramizdan oldingi III ming yilda Hind yevropa qabilalari Bolqonga, Kichik Osiyo, Eron va O’rta Osiyoga, keyinroq Hindistonga yoyila boshladi. Taxminlarga qaraganda hindlar va eronliklarning ajdodlari ma’lum bir vaqtda hinderon etnik jamoani tashkil qilgan .
Bunday taxmin qilishga ularning til o’xshashliklari, shuningdek dini va madaniyatidagi o’xshashliklar sababdir. Masalan, olov kulti (hind. Agni) (eron. Mitra-Quyosh xudosi va kelishuv muqqadasligi), muhim bir urf-odatlarda, marosimlarda samaning mast qiluvchi ichimlikning ishlatilishi va boshqalar.
Hind-eronliklar orasida «oriy» termini keng ishlatilgan ( aniqrog’i «arya»)-olijanob. Taxminlarcha «arya»lar deb, yuqori lavozim egallab turgan qabilaviy ittifoqlar rahbarilari, shuningdek, mashhur urug’ va qabilalarga tegishli kishilar ataganlar.
Shuning uchun hinderon qabilalari fanda ko’pincha oriy qabilalari deb atalgan. Shunday qilib, «oriy» termini irqiy emas, balki etnik va sosial termin hisoblanadi.
Hind-eronliklarning bo’linishi eramizdan old. II ming yillikda sodir bo’ldiki, qaysiki ularning bir qismi O’. O va Eronda utroqlashib qoladi, boshqasi esa Hindistonga qarab siljib boradi (hindoriy) va ular vedalarning yaratuvchilari hisoblanadi.
Qadimgigimnlardanbiribo’lmish «Rigveda»nihartomonlamao’rganibchiqib , hindoriylarningjamiyativaturmushtarziniko’zdankechirsabo’ladi.
«Rigveda»da metalll buyumlar bronza va misdan ishlangan boltalar , qilichlar va h. k. , temir ham ishlatilganligi ehtimoldan xoli emas. Ayrim xudolar dehqonchilik homiylari sifatida namayon bo’ldi.
Ammo asosiy boylik yer bo’lmay, balki chorva, ayniqsa sigirlar sanalar edi. Veda gimnlarining avtorlari xudoga iltijo qilganlarida, asosan chorvaning mo’l-ko’lligini so’raganlar. Vedalar mifologiyasida xudolar va qahramonlar o’rtasidagi urushlarning sababchisi sigirlar bo’lgan. Veda tilida «urush» aynan «sigir qidiruvchi» (gavshiti) deb tarjima qilinadi. Hindoriylar hayotida urushlar muhim rol o’ynagan. Ko’pchilik xudolar, ayniqsa Indra xudosi urush xudosi deb qaralgan. Hindoriylarning harbiy kuchini urush ot-aravalari tashkil etar edi.
Hind-eron umumiylikning bo’linishigacha ijtimoiy tengsizlik paydo bo’ldi va kohinlar, harbiylar ajralib chiqadi, taxminlarcha o’sha vaqtda qullar ham paydo bo’ldi. Vedalarda qullarni «dasa», keyingi vaqtlarda «dasyu», ya’ni dushman, begona termini bilan aralashib ketadi.
Hindoriy qabilalarning Hindistonga kirib kelishi ketma-ketlik va asta-sekinlik bilan kechib, albatta, assimilyasiyalashuv jarayoni borgan.
Hindiston tarixida eng muhim yutuqlar eramizdan old. II ming yillik oxiri va I ming yillikning birinchi yarmida qo’lga kiritiladi, ya’ni Gang vohasida xo’jalik yuritish bo’lib, dehqonchilik rivojlanishi va metallurgiyada temirninng ishlatilishi bilan bog’liq jarayon edi.
Eramizdan old. I ming yillikning o’rtalarda dehqonchilik asosiy xo’jalik tarmog’i bo’lib, sun’iy sug’orish ishlari, kanallar va suv charxpalagi yordamida olib boriladi. Arpa va bug’doy yetishtiriladi. Sholi, paxta va shakar qamish yetishtirish keng ko’lam yoyadi.
Hindistonda birinchi bo’lib shakarqamish yetishtirila boshlandi. «Saxar» shakar so’zi hindcha - qor qand. «sakkxara» ma’nosini beradi.
Chorvachilik muhim o’rinda turar edi, ayniqsa yirik shoxli mollari chorva boqiladi. Otboqarlik mamlakatning shimoliy-g’arbida rivojlangan edi. Otlar faqat harbiy sohada ishlatilar edi.
Vedalar keyingi qismlarida turli xil hunarmandchilikning sohalari eslatilib o’tadi. Professional savdogarlik hamda sudxurlik to’g’risida ma’lumot berilgan. Oldi-sotdida pul sifatida sigirlar, qimmatbaho bo’yinbog’lar, er. avv. VI-V asrga kelib, birinchi tangalar paydo bo’ldikim, ular kichikrok tamg’a bosilgan to’rtburchak shaklli brusoklardan iborat edi.
Vedalarda xususiy mulkning rivojlanishi haqida gap boradi. Yerni taqdim etish, yer uchastkalari ustida janjallar to’g’risida ma’lumotlar bor. Oilalar to’g’risida ham gap borar ekan, oila boshlig’i oila mulkini hamda oila a’zolari ustidan ham hukmronlik qila olar edi. Vedalarning keyingi qismlarida odamlarini shreyas (yaxshilik)va papiyas (gunoh) «yaxshilar» boylik va hurmatga ega kishilar; «yomonlar» esa qashshoqlar hamda jamiyat pog’onasida eng qo’yisini egallagan deb ko’rsatiladi. Bu ko’rinishda jamiyatning ijtimoiy tabaqalanish jarayoni o’z aksini topgan.
Asta-sekinlik bilan qabila aristokratiyasi ilk sinfiy jamiyatining hukmron doirasiga aylana boradi. Eng qadimgi davrlar chegaralari aniq emas edi: uning hukmdori o’zini shu mamlakat podsholari emas, balki qabila yo xalq hukmdori deb ataganlar.. Davlatlar qabila asosida vujudga kelgan. Hukmdor sulolar o’rtasida taxt uchun kurashlar borgan. Barcha qadimiy jamiyatlar singari podsho hokimiyati sakral xarakterga ega edi, ya’ni hosildorlik kultlari bilan bog’liq edi.
«Vedalar davri»ning oxirida Shimoliy Hindistonda 20 ga yaqin kichikroq davlatlar vujudga keladikim, ular (Magadxa, Kashola) monarxiya, (Vridji, Malla) respublika tipidagi davlatlar edi. Oxirgisida hukmdor oliy tabaqa vakillaridan (knyaz-Radja) saylar edi, ayrim hollarda halq yig’ini mavjud edi.
Hind-eron jamoasi davridayoq oriylarda kohinlik urug’lari mavjul edi. Lekin er. avv. I. yillikgacha Hindistonda ibodatxonalar bo’lmagan. Xudolarga qurbonlik qilish ochiq joylarda (osmon ostida) maxsus qurilgan altarda keltirilgan: hayvonlar so’yilgan; olov va (Agni) don , yog’, sut kabi mahsulotlar qo’yilgan. Devlarga, ya’ni odam ko’rinishidagi ammo g’ayritabiiy kuchga ega va umrboqiy xudolarga taqdimotlar keltirilgan. Ularning ko’pchiligi tabiat hodisalarini aks etgan: olov-Agni, shamol-Vayu, momoqaldiroq-Pardjaniya. Qurbonlik qilish bu-xudolarni oziqlantirish; hamda barcha marosimlar va urf-odatlarni bajargan kishiga xudolarning ilohiy nazari tushadi va duolari ijobat bo’ladi, deb qaralgan.
Ayrim marosimlarning o’tkazilishi o’ta murakkab, serhashamatli (qimmatga tushar edi) utkazilish kerak edi hamda ularda o’qiladigan tekstlar va formulalar maxsus tayyorgarlik ko’rilgan kishilarning bo’lishini kohin-braxmanlarning bo’lishini talab etar edi. Braxmanlarning obro’sini vedalarning qanchalik bilishi bilan bog’liq edi.
Vedalar og’zaki tarzda ajdoddan avlodlarga, o’qituvchilardan o’quvchilarga o’tib kelar edi. Braxmanlar o’zlarining kelib chiqishini harbiylarning kelib chiqishidan yuqori qo’yishar edi hamda o’zlarining insonlar va xudolar o’rtasidagi vositachi deb sanar edi.
Braxmanlik urug’larga, bir joy Braxmanligiga shuningdek, marosimlar, urf-odatlarni o’tkazishi, muqaddas tekstlarni o’qishi bo’yicha ajratilib turishiga qarab maktablarga bo’linar edi.
Hindistonda kohinlik va aristokratiyaning asta-sekinlik bilan yopiq chegaralangan tabaqalari – braxmanlar va kshatriylar varnalari paydo bo’ladi.
Vayshilar va shudralar ham alohida varnalar hisoblanar edi. Shunday qilib Hindistonda jami 4 ta varna: braxmanlar, kshatriylar, vayshilar, shudralar varnalari mavjud edi.
Vayshilar 1-vaqtlarda qabilalarning to’la huquqli a’zosi edilar. Ular ham braxmanlar va kshatriylar singari (bolaligida) yoshligida biror bir narsaga a’zo qilish marosimidan o’tganlar va ularni «ikki marta tug’ilganlar» deb sanalgan.
Keyingi vedalarda «ikki marta tug’ilganlar» ni shudralarga nisbatan yuqori quyiladi, chunki shudralar vedalarni o’rganmaydi va marosimlarida ishtirok etmaydi.
Shudralar urug’lari turli xil sabablarga ko’ra (qaram qabilalarning a’zosi, xizmat qilishlari, eng past hisoblangan ayrim yumushlar bilan shug’ullanganligi) ajratilgan.
Varnalar tuzumi diniy nazariy yoritilgan.
Har bir varnaga ma’lum bir mashg’ulot an’anaviy tegishli edi: braxmanlarga – qurbonlik qilish, vedalarni o’rgatish; kshatriylarga: harbiy ish va boshqaruv; vayshilarga: xo’jalik yuritish shudralarga xizmat qilish.
Lekin vaqt o’tishi bilan vedalarda ushbu varnalar a’zolarining real ahvoli o’zgarganini ko’ramiz. Ular o’rtasidagi (vayshilar va shudralar) tafovut vedalar davri oxirida unchalik sezilmay qoladi, hamda ular o’rtasida chegara tub joy urf-odatlarga bog’liq bo’lib qoladi.
Lekin odamning jamiyatdagi ahvolini varnalarga taalluqlilik ko’rsatib beradi. Varna tuzumi jamiyatda sinflarga va sosial guruhlarga bo’linishigi mafkuraviy mustahkamlar edi.
Eramizdan oldingi I ming yillikning 2-yarmi voqyea –hodisalari har tomonlama qiziqarlidir. Siyosiy sohada imperiyalarning vujudga kelishi bo’lsa, idealogik jihatdan dunyo dinlaridan biri bo’lmiy buddizmning vujudga kelishi bo’ladi. Shu va boshqa voqyealar asosida ishlab chiqarish hamda ijtimoiy munlar rivojlana boradi.
Eramizdan oldingi I ming yillikning o’rtalarida Shimoliy Hindistonda bir necha o’nlab kichikroq hamda 16 ga yaqin kattaroq davlatlar bor edikim, ular monarxiya va respublika tuzumidagi mamlakatlar edi.
Eramizdan oldingi VI asrning oxirida Axamoniylar davlatining chegaralari Sharqqa tomon cho’zilib, Hind daryosi yaqinidagi viloyatlarni bosib oladi va ular Gandxara va Xindu satrapiyaliklarga aylandi va shu bilan birga Hindiston Old Osiyo bilan uzviy bog’lanib qoladi va eronliklarning ta’siri orta boradi.
Lekin Hindistonning madaniy va siyosiy markazlari asosan Gang vohasida edi. Bu yerda Koshala va Magadxa eng kuchli davlatlarga aylangan edi. Asosan ularning orasida siyosiy gegemoniyalik uchun kurash boshlandi.
Eramizdan oldingi V asrning boshiga kelib kurashning natijasi Magadxa g’alabasi bilan yakunlanadi. Bu davlat asta-sekinlik bilan kuchayib eramizdan oldingi IV asrga kelib, Nandlar mamlakatining markaziga aylandi hamda Gang vohasidagi barcha davlatlarni birlashtiradi.
Nandlar imperiyasi haqida saqlangan ma’lumotlar juda kam.
Mafkura sohasida ham muhim o’zgarishlar sodir bo’ladi. Qadimgi dinlar qabilaviy cheklanganligi uchun endilikda fuqarolar jamiyatining rivojlanishi bilan sinfiy antogonizmning kuchayish hamda davlatchilik formalarining to’la shakllanishi bilan ehtiyojlarga javob bermay qo’yadi.
Eramizdan oldingi I ming yillikning o’rtalaridan boshlab Hindiston bo’ylab ko’plab paydo bo’lgan diniy qarashlar targ’ibotchilari ushbu qarashlarni tashviqot qildilar va ularning davomchilari ko’paya boradi. Bu o’qituvchilar (shramanlar) har xil va shu bilan birga qarama-qarshi qarashlarni ifoda etishardi. Masalan, fatalistlar (adjivika); materialist (chorvaklar); asketizm (jaynilar) va boshka. Ammo bu oqimlarning barchasi eski braxmanlar konsepsiyasiga oppozisiyasida turganlar. Ular,
- Xudolar mavjudligini inkor etuvchi- materialistlar;
- Xudolarning o’zlari Taqdir deb atalmish kuchga ishonuvchilar- fatalistlar;
- asketizmga yoki
- shuning aksi moddiy manfaat va turli ko’ngilxushliklarni targ’ib qiluvchilar braxmanlarning marosimlariga va ularning alohida o’rinda turganligiga qarshi chiqardilar.
Ayrim shraman diniy oqimlari o’zlarining tashkilotlarini – monarxlar yoki xudojo’y jamoalarni tuzadilar. Sekin-asta budda jamoasi birinchilikni qo’lga kiritadi. Vaqt o’tishi bilan «shramana» so’zi aynan budda monaxini anglatgan. Keyinchalik buddizmning Markaziy Osiyoga kirib kelishi bilan bu so’z har qanday jodugar shamanni anglatgan.
Eramizdan oldingi IV asrning oxiriga kelib, Aleksandr Makedonskiy Axamoniylar imperiyasini yakson qilgach va Hind daryosi bo’yidagi Gandxara va Xindu satrapiyalarni bosib olgach, eramizdan oldingi 327 yilda mamlakat ichkarisiga kiradi. Ayrim davlatlar o’z ixtiyori bilan tobe bo’lsalar, boshqalari qarshilik ko’rsatadilar. Masalan, Panjob shohi – Porni yengish uchun Aleksandr Makedonskiy uchun qiyinchilik tug’diradi. Bunday holatdan qo’rqib qolgan A.Makedonskiyning askarlari Nandlar imperiyasiga yurishdan bosh tortadilar. Eramizdan oldingi 325 yilda Aleksandr Makedonskiy Hindistondan chiqib ketadi. Ammo zabt etilgan yerlarning bo’ysungan hukmdorlari va yunon-makedon garnizonlari mamlakatda qoladi.
Biroq yunon-makedon qo’shnlarining hind yerlarida qolishi uzoqqa cho’zilmadi, eramizdan oldingi 317 yillarda ular mamlakatni tark etdi. Buning sababi Aleksandr sarkardalari o’rtasidagi nizolar hamda hindlarning chet el bosqiniga qarshi kurashi edi.
Ushbu kurashni Chandragupta boshqarib, u eramizdan oldingi 317 yilda Nandlar sulolasini ag’darib, Mauriylar sulolasiga asos soladi.
Taxminan eramizdan oldingi 305 yillarda Chandragupta va Osiyodagi Aleksandrning vorisi Selevk Nikator («G’olib») o’rtasida harbiy to’qnashuv bo’lib o’tadi. G’oliblik Chandragupta tomonida qoladi, ya’ni Selevk 500 ta fil evaziga Hind daryosidan g’arbdagi katta territoriyani berishga majbur bo’ldi.
Mauriylar imperiyasi o’zining eng gullab yashnagan vaqtini Chandraguptaning nabirasi Ashoka (268-231) davrida o’z davrida kechiradi. Bu davrga kelib qariyb butun Hindiston ushbu davrni o’z boshidan kechiradi. Ashoka hukmronlik qilgan 8- yilida Kalinga davlatini zabt etganligi haqidagi ma’lumotlar mavjud. Ashokaning oldidagi asosiy vazifa bu turli til, madaniyat hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning turli pog’onasida turgan ko’p sonli xalqlarni yagona bir butun qilib birlashtirish vazifasi turar edi. Boshqaruv tashkilotiga ehtiyoj katta edi. Butun imperiya 5 ta asosiy oblastlar – noibliklarga bo’lingan edi va ular podsho uyining vakillari tomonidan boshqarilar edi.noibliklar yanada maydaroq adminstrativ birliklarga bo’lingan.
Yana bir muammo – bu imperiyaning mafkura asoslarini tarkib toptirish edi. Imperiya xududida ko’plab qabilaviy topinishlar (kultlar) mavjud edikim, bu hukumat va aholi o’rtasida hamda fuqarolar o’rtasida ham kelishmovchiliklarga sabab bo’lardi.
Imperiyaga shunday bir din formasi kerak edikim, u ulkan mamlakatning turli-tuman qabilaviy aholisiga yagona din bo’lsin; Yangi jamiyat va siyosat talablariga javob bersin. Ashokadan oldin hukmronlik qilgan shohlar va Ashoka ham turli diniy oqimlarga ham sabrlilik bilan muomalada bo’lar edi.
Asta-sekin Ashoka shramanlar oqimlaridan birinchi bo’lgan – buddizmga alohida e’tibor bera boshladi, ya’ni davlat tomonidan ko’mak, yordam sezilarli bo’la boshlaydi: budda monaxlar jamoasiga qimmatbaho sovg’alar, ushbu oqimning yoyilishi uchun topinish kult inshootlari qurish ishlari yo’lga qo’yiladi. Ashokaning o’zi buddizmni qabul qiladi va budda jamoasi ishlarini nazorat ham qila boshlaydi.
Ashokaning davlat va diniy siyosati yerlik hukmdorlar va braxman qohinligi tomonidan doimiy qarshilikka uchrab turar edi. Ayniqsa bu ahvol Ashoka hayotining oxirgi yillarida keskinlashadi; taxminlarcha, u real hokimiyatdan chetlashtirilgan.
Uning vafotidan so’ng (231) imperiya zaiflashadi hamda Yunon-Baqtriya podsholigi tomonidan qilingan bosqinlar natijasida yemiriladi.
Eramizdan oldingi 180 yilga kelib, Mauriylar sulolasining oxirgi vakili taxtdan ag’darilib, yangi Shunga sulolasiga asos solinadi. Bu davrda Magadxa podsholarining hokimiyati Gang vohasi va undan Janubda joylashgan yerlarda mavjud edi. Shunga davlati yunon-baqtriyaliklar bilan bo’lgan kurashi oson kechmadi. Mamlakatning shimoliy g’arbidagi ayrim davlatlar chet el bosqini ostida qoladi (II-I asrlarda), ya’ni yunonlar, O’rta Osiyo skiflari, keyinchalik parfiyaliklar.
Birinchi umumhind davlatining tashkil topadi va 1,5 asrlik hayoti katta ahamiyat kasb etar edi. Bu mamlakat ichkarisidagi aholining o’zaro iqtisodiy rivojlanishiga, o’zaro madaniyatining almashinuviga sabab bo’ladi. Hindiston uzoq vaqt chet el bosqinidan halos bo’lgan. O’rta yer dengizi mamlakatlari bilan siyosiy va savdo aloqalar o’rnatilgan.
Ko’rib o’tilayotgan davrda iqtisodiyotning barcha sohalarida progress seziladi. Qishloq xo’jaligida yangi yerlarga ishlov beriladi, sun’iy sug’orish takomillashadi, ekinlarning madaniylashtirilishi ortadi. Ovchilik va baliqchilik chekka-chekkadagi qabilalarda saqlanib boraveradi.
Shimoliy Hindistonning eng oldi viloyatlarida yerga nisbatan xususiy mulkchilik rivojlana boradi. Yer, boshqa ko’chmas mulk singari meros bo’la oladilar. Oila boshlig’i merosga to’la huquqli ega edi. Lekin suv toshqini va qurg’oqchilik, yerni begona o’tlardan tozalash, odamlarni va ekinlarni qo’riqlash, yo’llarning qurilishi kollektiv mehnatni talab etar edi.
Qishloq ichki hayotini jamoa tashkilot tartibga solar edi. Ayrim yerlar, yaylovlar jamoa ixtiyorida edi. Jamoa a’zolari nafaqat umumiy ishlarda emas, balki bayram va marosimlarda birgalikda bo’lishar edi. Qishloq aholisi o’rtasidagi kelishmovchiliklarni qarindoshlar va qo’shnilar orasida hal etilar edi. Faqat ayrim hollardagi muammolar podsho sudigacha yetib borar edi. Qishloqni qishloq qariyalari, oqsoqollari boshqarardi.
Qishloqda shuningdek cho’ponlar, hunarmandlar, yollanma ishchilar, qullar yashardi. Qishloq va shahar o’rtasidagi aloqa sust edi, chunki qishloq iqtisodiy jihatdan o’zini-o’zi ta’minlay olardi, jamoaviy tashkilot yetarlicha holatda edi.
Qishloq jamoalari ko’pincha 5 yoki 10 ta qishloqdan iborat bo’lgan yirik jamoaviy tashkilotlarni tashkil etar edi.
Davlat odatda jamoalarning ichki hayotiga aralashmas, faqat soliqlar yig’ishtirib olardi. Odatiy soliq bo’lib, hosilning 1/6 va undan ko’pi olinar edi. Bunday hollarda dehqonlar qo’zg’oloni bo’lib turar edi.
Azal-azaldan podsho amaldorlariga o’z manfaatlari uchun ma’lum bir xududlardan soliq olish huquqi berilgan edi.
Pul munosabatlarining o’ta sust rivojlanganligi sharoitida bu xizmat haqqiga keng qo’llaniladigan bir ko’rinishi edi.
Eramizdan oldingi I ming yillikning o’rtalaridan boshlab, shaharlar rivojlana boshladi. Ular hunarmandchilik, murakkab va o’ta sifatli buyumlar ishlab chiqarish markazlariga aylanadi. Shahar hunarmandlari o’z sohalari bo’yicha joylashib, o’z ittifoqlariga (shren) ega edi. Ular asosan buyurtma bo’yicha ishlardi. Ayrim yirik ustaxonalar podshoga tegishli edi (verflar, to’quvchilik, zargarlik, qurolsozlik).
Moddiy ishlab chiqarishning rivojlanishi va mutaxassisliklarga bo’linishi savdoning o’sishiga olib keladi. Savdogarlar va hunarmandlar boy va obro’li kishilar edi. Davlat savdodan katta tushumlar olardi va shuning uchun uning ravnaqiga hamda bozordagi tartibiga alohida e’tibor berardi. Savdo sotiq Janubiy-Sharqiy Osiyo, Seylon, Arabiston, Eron bilan olib borilardi. Savdoning rivojlanishi tanga - pul munosabatlarini kengaytiradi. Sudxo’rlik to’g’risida ma’lumot ko’p. 15% lik qarz 1 yilga berilar edi.
Ko’rib o’tilayotgan davr quldorlik munosabatlarining rivojlanishi bilan harakterlanadi. Qullar sinfi turli manbalar orqali to’lib borgan, qullar (dasa) uylarda tug’ilardi, ya’ni qullarning bolalari edi. Qulchilikning muhim manbai: urushlar, o’z-o’zini sotish va bolalarini sotish. Qullar xo’jalikning shaxsiy mulki sifatida sanalgan; merosiy o’tardi, sotilar, in’om etardi, garovga qo’yardi, yutqizardi. Erkinlikni faqat xo’jayinning ruxsati bilan olinardi.
Ayrim huquqlar saqlangan edi: xususan, xo’jayin o’z qulining mulkiga egalik qila olmas edi, qachonki uning qarindoshlari mavjud bo’lsa.
Hindiston qadimgi tarixining oxirgi davri mamlakat uchun iqtisodiy madaniyat ko’tarilish davri bo’lgan. Sinfiy va ijtimoiy strukturada va avvalambor quldorlik munlarining yemirilishi va feodal munlarning shakllanish davri bo’lgan. Bularning barchasi siyosiy hayotda va idealogiyada yangi elementlarning paydo bo’lishi bilan bog’liq edi.
Eramizning I asrida Hindiston, Afg’oniston, Osiyoning tutash yerlarida Kushon imperiyasi vujudga keldikim, Hindiston ichkarisiga bo’lgan kushonlarning yurishi haqidagi ma’lumotlar . kushon podsholarining Varanasi shahri yaqinidan topilgan yozuvlari, Kushon tangalari Gang vohasidan topilganligi guvohlik bo’ladi. Kushon noibliklari (kshatrapiya) Gang vohasida ham mavjud bo’lib ularning markazlari Varanasi va Matxurada edi.
Kushon imperiyasiga tashqi olam bilan hind hududlari iqtisodiy va madaniy aloqalari sezilarli bo’lmaydi. Ammo hind madaniyatining kushonlarga bo’lgan ta’siri yaqqol namoyon bo’la boshladi. I asrlarda Kushon podsholarining tangalarida hind xudolarining aksi, podsholar esa hind unvonlari bilan chiqarila boshlandi. Markaziy Osiyoda buddizm yoyila boradi. Kushon podsholaridan eng mashhuri bo’lmish Kanishka buddizm dinining homiysi hisoblanadi.
Kushonlarning hind xududlarida hokimiyati uzoqqa bormaydi. Birinchilar qatorida hozirgi Peshavar, keyinchalik II asrning o’rtalarida kelib Gujarat, III asrning 1 yarmiga Rojaston va Panjob kushonlardan xalos bo’ladi.
Eramizning IV asriga kelib, Hindiston mayda va o’ta mayda davlatchalardan tashkil topgan edikim, ularning boshqarish tartibi va rivojlanish darajasi turlicha edi.
Xuddi eramizdan oldingi IV asrda Magadxa qanday rol o’ynagan bo’lsa, shunday eramizning IV asrida Guptalar sulolasi boshliq yangi imperiyaning yadrosiga aylanadi.
Guptalar davlatining ko’tarilishi Chandragupta (320-335) davridan boshlandi. Uning vorisi Samudragupta (335-380) davrida o’sha davr Hindistoni uchun eng kuchli siyosiy davlatga aylanadi. Guptalar imperiyasi asosan Gang vohasida joylashgan edi. Samudraguptaning o’g’li Chandraguptaning II Vikramaditi podsholik qilgan davri tashqi siyosatda Gujarat xududining egallagani bilan e’tiborga loyiq. Natijada imperiya xududiga boy territoriyalar, Arabiston dengizida to’g’ridan-to’g’ri yo’l ochiladi. Shuningdek yaqin Sharq bilan aloqalar o’rnatiladi.
Chandragupta II davrida davlatlar o’ta kengayadi, ichki holat barqarorlashadi, iqtisodning barcha sohalarida ko’tarinkilik seziladi, bu esa o’z navbatida ilm-fan, adabiyot, san’atning rivojlanishiga turtki bo’ladi. Tarixiy adabiyotda asarlar «Guptalarning oltin davri» hisoblanadi.
Numizmatik ma’lumotlarga qaraganda, Chandragupta II pul reformasini o’tkazadi. Undan oldin podsholik qilgan rojalar faqat oltin tangalar zarb etishgan. U esa endilikda kumush va mis tangalar chiqartira boshlagandi.
Chandragupta II o’limidan so’ng uning o’g’li Kumaragupta (415-455) taxt tepasiga kiradi. Biroq sezilarli o’zgarish yuz bermaydi. Uning o’limidan so’ng Skandaguptaga qiyin kechadi. Chunki bu davrda Hindistonga gunn-eftalitlar bostirib kirishadi.
457-460 yillar ular Guptalar imperiyasining birligiga zarba berib, imperiyani zaiflashtiradi. Bir qancha avlod vakillari zaiflangan imperiyani saqlashga harakat qiladi. Bu davr «so’nggi Guptalar» davri deb e’tirof etiladi.
Eramizning birinchi asrlarida G’arbiy Kshatraplar va Satavaxanlar, keyinchalik eramizning 3-4 asrlarida Vakataklar, 4-5 asrlarida esa Pallavlar hukmronlik qiladi va shu bilan ilk o’rta asrlarga o’tish boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |