7-мавзу
QADIMGI XITOY.
Reja:
Xitoyda birinchi davlatlarning vujudga kelishi.
G’arbiy Chjou ilk davlat birlashmalari.
mamlakatning birlashtirilishi.
Qadimgi Xitoy dini
Tayanch iboralar: Xitoy poseleniyalari. Shan. In. «Shahar o’choqlari». «Ilk shahar». Van. Anyan. «Shu szin». G’arbiy Chjou. Van funksiyalari. Sharqiy Chjou. Chjango. Shan Yan islohotlari. Sin Shiuxandi. Buyuk Xitoy devori. Syan Yuy. Lyu Ban. Xan Sulolasi. Van Man. «Qizilqoshlilar». Chjan Szyao va «sariq belbog’lilar». Xitoy yozuvlari. Din. Tabiatga topinish. Falsafiy tizim. Ilmiy bilimlar.
Xitoyda birinchi davlatlarning vujudga kelishi.
Qadimgi Xitoy sivilizasiyasi Xuanxe daryosining o’rta oqimida er. avv. V – III ming yilliklarda neolit madaniyalari zamirida vujudga keldi. Er. avv. I ming yillikda Qadimgi Xitoy poseleniyalari daryo yoqalab joylashgan bo’lib, I ming yillikning o’rtalaridan, ya’ni temir qurollarning keng miqyosda tarqalishi bilan dasht tekisliklarga ham tarqala boradi.
Qadimgi Xitoy Sharq davlatlarining barcha xarakterli belgilarini o’zida jamlab, uning timsoli bo’la oladi. Bu yerda davlatning paydo bo’lishi er. avv. XVIII asrlarda Shan yoki In deb atalgan Xitoy qabila ittifoqining, boshqa qabilalar ittifoqlari hududini bosib olib, g’oliblar boshligi esa podsho bo’lganligi haqidagi hodisa bilan bog’lanadi. Dastlabki shahar tipidagi sivilizasiya Qadimgi Xitoyda eramizdan II ming yil ilgari Xuanxe daryosi havzasida o’troqlikka o’tib qolgan qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanayotgan In qabilalarida yuz bergan. In qabilalar ittifoqi hayotining murakkablashuvi yozuvning tetapoya qilishiga olib keladi, birlamchi davrda u sig’inish marosimlarini o’tkazish maqsadida ishlatilgan. Bu yozuv oddiy shaklda bo’lib, asosan piktografik xarakterga ega edi, biroq unda iyeroglif yozuvlarining proobrazini kuzatsa bo’lar edi hamda keyinchalik u hozirgi Xitoy iyeroglifikasining paydo bo’lishiga zamin yaratadi. Bu davrning muhim xususiyati ishlab chiqarish kuchlarining o’sishi metalldan foydalanishning boshlanishi bilan kuzatilinadi. Shu bilan birga mehnat jarayonini takomillashtirish ham ahamiyat kasb etadi, ya’ni harbiy sarkardalar, kohinlar, jamoa oqsoqollari kengashi singari jamoat funksiyalarini belgilab berish va ishlab chiqarishni takomillashtirishni qabilalarga ajratish kabilar muhim omil bo’lgan. Jamiyatdagi bu o’zgarishlar dastlabki qulchilikning vujudga kelishi bilan kuzatiladi.
Er. avv. II ming yillikning 2-yarmida Shimoliy Xitoyda – Tansudan Shan-dungacha va Xebeydan Xunani hamda Szyasnigacha ilk shahar tipidagi poseleniyalar – bronza davriga oid poseleniyalar kuzatilib, ular oxirgi o’n yilliklarda topilgan arxeologik topilmalar bilan bog’liq. Ushbu «shahar o’choqlari» qo’ni-qo’shni jamoalar komplekslarini tashkil etgan. In davri «Ilk shahar» poseleniyalari birinchi bo’lib Xenant viloyatida topilgan.
Er. avv. II ming yillikning oxirida etnik jihatdan bir xildagi yirik tashkilot bo’lmish shahar jamoalari konglomerati boshida Shan shahar-davlati turadi. Uning yo’lboshchisi favqulodda harbiy haq-huquqlardan foydalana olardi hamda Van deb nomlanardi (van atamasi keyinchalik podsho va oliy kohin funksiyasini boshqargan shaxs bo’lgan).
Shan shahri va jamoasi to’g’risida Xitoy hududidagi mavjud eng qadimgi yozma yodgorliklardan bilib olamiz. Ushbu davrning asosiy manbalari bo’lib, yozuvlar hisoblanadi. Biroq ular arxaik yozuv usulida yozilganligi bois o’qishda chalkashliklar yuzaga keladi va mazmuni jihatdan ular diniy matnlar hisoblanadi hamda ijtimoiy tuzumni tavsiflab berolmaydi.
Ko’rib o’tilayotgan davrdagi birinchi yozma yodgorliklar er. avv. XIII – XI asrlarga taalluqli bo’lib, Anyan hududidan topilgan. Taxminlarcha, Anyan Shan jamiyatining muhim markazi bo’lgan, eng qiziqarli topilma esa – bu orakul arxivi yoki In orkuli deb atalmish topilma bo’lib, bu yerda 100 mingdan ziyod yozma manbalar topilgan. Ular hayvon kurak suyaklarida hamda toshbaqa qalqonlarida yozilgan va ular asosan fol ochish uchun ishlatilgan.
Anyan arxivining yozuvlaridan ayrim ma’lumotlar olindi. Masalan, asosiy shaxs – harbiy qo’mondon, oliy kohin va ishlab chiqarishning tashkilotchisi bu «Shan shahri» hukmdori bo’lib, u van unvonini olgan.
Shan jamiyati mis-tosh va jez asrlari chegarasida turgan. Shan poseleniyalarida o’ta o’troqlashuv jarayoni kuzatilinadi. Dehqonchilik mehnat qurollari asosan neolit qurollar edi. Ayollar va erkaklar o’rtasidagi mehnat taqsimoti qat’iy chegaralangan edi. Chorvachilikda ho’kiz, qo’y, ot boqishgan. Ovchilik rivojlangan. Xo’jalikning yordamchi tarmog’i edi. Turmushda yirik hunarmandchilik ustaxonalari mavjud edi, ya’ni toshtaroshlik, daraxtni qayta ishlash, suyakka ishlov berish ustaxonalari va hokazolar rivojlangan.
Savdo sust rivojlansa-da, almashuv xarakteriga ega edi, lekin to’lov vositasi sifatida kauri chig’anoqlari yoki bronza buyumlaridan foydalanishar edi.
Yozuvlarga ko’ra, van hokimiyati kengash tomonidan cheklangan edi. Shan vanining xalq yig’inidan va oqsoqollar kengashi qaramligi «Shu szin» - tarixiy ma’lumotlar to’plamida aks etgan.
Yozuvlarda ko’pincha vanlarning xotinlari to’g’risida ma’lumot mavjud bo’lib, ular oliy kohin ayoli timsolida e’tirof etiladi. Ularning o’zlarining dehqonchilik xo’jaliklari va hattoki qurolli kuchlari mavjud bo’lgan.
Shanliklar jamoasida qadimgi sig’inish elementlari kuchli bo’lib, hosildorlik mabudasi, Buyuk va Oliy ona-xudo kabilarga sig’inganlar hamda ko’plab odamlarni qurbonlikka berishgan. Shan dinida xudolarni boshqa dunyoda o’tib ketgan odamlar deb bilishgan hamda ulardan xabardor bo’lish kerak, degan fikrlar bo’lgan.
Har bir jamoaviy birlashmasi o’zining asosiy xudosi – fandi bo’lgan. U ushbu aholi guruhiga rahnamolik qilgan va u hosildorlikni ta’minlaydi, de-gan qarashlar mavjud bo’lgan.
Shandan g’arb tomonda, Vey daryosi sohilida, hozirgi Shensi viloyati hududida, er. avv. XIV asrning 2-yarmida jangari protoxitoy chjou qabilasi yashagan. Shanliklar va chjouliklar o’rtasida raqobatchilik paydo bo’lib, keyinchalik ochiqchasiga qonli to’qnashuvlarga aylanib ketgan. Chjouliklar er. avv. II ming yillikning 1-yarmida chorvachilik va dehqonchilikning ilk shakllari bilan shug’ullanganlar. Ular bu vaqtga kelib bronza quyishdan xabardor edilar. Chjouliklarning etnik tarkib topishi murakkab bo’lgan. Dastlab ular tibet-birmaliklar oilasiga mansub bo’lgan, keyinchalik umumxitoy etnosiga qo’shiladi.
Chjouliklar harbiy jihatdan o’ta faol edilar. Er. avv. II ming yillikning oxirida sinfiy jamiyatning paydo bo’lish jarayoni chjouliklarda jadal kechganligi ham bunga sabab bo’lgan bo’lishi mumkin.
G’arbiy Chjou ilk davlat birlashmalari yarim mustaqil egaliklar edi va ular yirik yer egalariga boshqarish uchun berilgan edi.
Chjou qabilalari In davlatining shimoliy-g’arbiy keng hududida yashab, asosan ko’chmanchi chorvachilik bilan shug’ullanganlar. Vaqt o’tishi bilan ular qo’shni qabilalarni o’ziga bo’ysundirib, qabilalar ittifoqini tuzadilar. Ittifoqqa a’zo qabilalar boshida qabila boshliqlari – gunlar turganlar. Harbiy harakatlarni boshqarish uchun yig’inda gunlardan bo’lgan sarkarda saylanar edi. Disin hokimiyati davrida Inlar madaniyati Chjouliklarga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Uning ta’sirida ular o’troqlasha boradi.
Er. avv. 1076-yilda Uvan boshchiligidagi ko’chmanchilar va Inlar o’rtasida jang bo’lib, inlar mag’lub bo’ladi.
Chjou davlatining davri er. avv. 1075–771 yillarni o’z ichiga olib, 2 davrga bo’linadi: G’arbiy Chjou davri - er. avv. 1075–771 yillar. Poytaxti Xao g’arbda joylashgan. Sharqiy Chjou davri - er. avv. 770 - 256 yillar. Poytaxti Loi sharqda joylashgan.
Chjou davlati ham In davlati singari quldorchilik davlati edi. Qullar Inlar mamlakatiga nisbatan ko’proq ishlatilardi. Ular oila qurishlari mumkin emas edi. Qattiq jazolanardi: yuziga tamg’a bosilar, qo’l-oyog’i kishanlanib qamoqqa tashlanardi. Qullar asirga olinganlar, qarzdorlar kishilardan iborat edi. Shuningdek, bolalarni sotish evaziga hamda og’ir jinoyat sodir etganlar qulga aylanardi.
In va Sya qabilalari joylashgan hududlarda, shuningdek, bu kabilalar bilan qo’shni bo’lgan boshqa qabilalar o’rtasidagi assimilyasiyalashuv natijasida yangi etnik yuzaga keldiki, bu esa In xalqi Xitoy xalqi va xitoyliklar madaniyatiga zamin bo’ldi.
In davlatida alohida o’rin tutgan vanlar haqida eslasak, Pangene davrida ular ancha rivojlanadi, Udina davrida esa rivojlanish eng yuqori cho’qqisiga chiqadi (er. avv. XIII asr).
In davlatining krizisi Van Ui (er. avv. 1198 yil) davrida kuchayadi. Jamoachi-dehqonlar va qullar hamda hukmron sinf o’rtasidagi qarama-qarshiliklar asosiy sabab bo’lib, mamlakatda dehqonlar va qullarning harakatlari van Disinya (Chjousinya) davrida yana kuchayib (er. avv. 1154 – 1122 yillar), ularning safiga panbo ham qo’shiladi. Ular van qo’l ostidan chiqib, soliqlar to’lashdan bosh torta boshlashadilar.
Bunday qiyin sharoitdan qutilish yo’lini vanlar katta bosqinchilik yurishlarida deb bilishib, armiyani qullardan tashkil etib, ularning asosiy raqibi bo’lmish tu va guyfan qabilalari ustidan urush olib boradi. Ammo bu harakatlar In davlatining yemirilishiga yana bir poyqadam edi. In davlatiga oxirgi zarbani Chjou qabilalari beradi. Zabt etilgan inlar ham qulga aylanadi. Chjou davrida Xitoydagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar inlar davridagi singari kechardi.
Chjou vanlari tayanchi sifatida urug’ aristokratiyasi gunlar va xoular turar edi. In aholisi chjoular tomonidan ekspluatasiya qilingan bir vaqtda aristokratiyasi esa chjou vanlari xizmatiga o’tar edi. Van ko’psonli davlat appartiga tayanib, ish ko’rardi, u esa o’z navbatida quyidagi funksiyalarni bajarardi:
hukmron sinfning manfaatini va mamlakat aholisini himoya qilish;
qaram qabilalarni o’z ta’sir doirasida saqlab turish va qo’shni viloyatlarni zabt etish;
davlat yerlarida va davlat hunarmandchilik xo’jaliklarida ish yuritish.
Do'stlaringiz bilan baham: |