Qadimgi dunyo tarixi



Download 32,88 Mb.
bet18/56
Sana20.04.2022
Hajmi32,88 Mb.
#567401
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   56
Bog'liq
Қадимги дунё тарихи Маърузалар матни (1)

HIND SIVILIZASIYASI
Hindistonnnig ilk dehqonchilik poseleniyelari so’ngi neolit davriga - eramidan oldingi IV ming yillikka oiddir .
Mis asriga o’tish bilan (IV ming yil oxirida -III ming boshi) ulaning soni sezilarli o’sadi . Bu poseleniyelari Hind vohasining g’arb chekkasida hada qushni Belujistonning baland bo’lmagan tog’li rayonlarida joylashgan edi. Iqlim mutadil;kichik daryochalar xujalik va turmush extiyojlari qand-gi manbai bulib toshkinlar ko’tilmagan,dushmanlardan saklanish qulay bulgan 1-poseleniyelar katta bo’lmay doimiy o’ylarni xom g’ishtlardan qurilib mis kam uchragan, dehqonchilik madaniyatlari chegaralangan. Ayrim vaqtlarda suniy sug’orishlar ishlatilgan.
Metall asrining boshlanishi bilan tog’ rayonlarining dehqonlari tekisliklarda maydonlarga ishlov bera boshladilar. Yirik daryolar voholarida - Hind irmoqlarida dehqonchilik vjudga kelgan edi. Daryolar, shuningdek aloqa vositasi sifatida, ya’ni tovar va moddiy boyliklar aloqasi qal. Jamoalarnig yanada yirik jamoalarning yanada yirik hamjamoalarga aylana borishida muhim rol o’ynaydi. Agar er. avv. III ming yillikning birinchi yarmida shimoliy-g’arbiy tekislik qismida biron-bir yirik poseleniye kuzatilmagan bo’lsa, uning ikkinchi qismida Hindiston butunlay o’zgardi. Mana shu davrga kelib, fanda "Hind sivilizasiyasi" nomini olgan madaniy tarixiy kompleks paydo bo’ldi. Arxeologik gullab-yashnash vaqti "Xarappa madaniyati" bilan bog’liq bo’lib, bu madaniyat sivilizasiyaning eng yirik va birinchi shahrlaridan bo’lganligi uchun shu nom beriladi. Hozirgi davrda Xarappa madaniyati 150 ga yaqin poseleniyesi aniqlandi, 10ga yaqin o’rganildi.
Ayrim Hind shaharlari ulkan razmerlarga yetdi. Xarappa va Maxendjo-Daro (hozirgi shahar nomlari; qadimgi nomlari noma’lum) aholi soni 10, balki 100 000 ga yetgan bo’lsa ajab emas. Shahar qurilish rejalashtirilgan : ko’chalar uzun va to’g’ri, parallel joylashgan, to’g’ri burchakda kesishgan shaharlar baquvvat devorlar bilan o’ralgan. Ayrim hollarda sitadel mavjud bo’lgan.
Moxendjo-Darodagi sitadelda don ombori bo’lib, shuningdek adminstrativ va savdo markazlari joylashganligi aniqlandi. Yirik va murakkab qurilmalardan bir (230x170m) hukmdor saroyi, boshqasi esa-yopiq bozor xizmatini o’tagan. Bu yerda hovuz topilib, unda diniy yuvinishlar bo’lib o’tganligi aniqlandi.



Xarappada don ombori Ravi daryosi bo’yida joylashgan bo’lib, u bir vaqtning o’zida ko’plab tonna don uchun mo’ljallangan (61x46).


Bu qurilma g’isht platformada qurilib, suv toshqinlaridan saqlanish uchun mo’ljallangan. Uning yetuk don yanchish maydonlari mavjud edi. Shu yerning o’zida don omborida ishlaydigan ishchilarning xonalari ham joylashgan.
Asosiy qurilish materiallari bo’lib xom yoki pishiq g’isht bo’lgan. Shaharning markaziy qismidagi 2-3 etajli uylar g’ishtdan qurilgan. Odatda ular bir-biri bilan juda tig’iz joylashgan bo’lib, komplekslarni tashkil etgan. Arxitektura jihatidan binolar sodda, lekin qulay yuvinish uchun xonalar, sof havo kirish uchun xonaning yuqori qismida tuynuklar qo’yilgan; Etajlar orasida narvonlar qo’yilgan . Tomlari yassi bo’lib, tuproq bilan zichlashgan; Uylarda yopiq hovlilar mavjud bo’lgan.
Moxendjo-Darodagi kanalizasiya sistemasi qadimiy Sharqda eng takomillashgan bo’lib hisoblanadi. Ko’pgina xonadonlarda maxsus iflos suv yig’iladigan hovuzlar bo’lib, u maxsus yer osti kanallari (g’isht bilan terilgan) orqali shahardan chekkaga chiqarilgan.
Arxeologik qazilmalar natijasida, shu narsa ma’lum bo’ldiki, shahar ichkarisida yashovchi aholi moddiy jihatdan yaxshi yashagan. Shahar kambag’allari shahar devoridan chekkada, sodda tuproqdan bo’lgan kulbalar suv toshqinlari natijasida saqlanmagan.
Hind iqtisodining asosi dehqonchilik edi. Ma’lumki, bug’doy, no’xat, qovun, arpa madaniylashgan; namgarchiligi ko’p joylarda (Gudjarat-Lotkal, Rangpur, Xarappaning so’ngi davrlarida sholi yetishtirilgan. Dunyo tarixida birinchi bo’lib paxta yetishtirila boshlagan. Suv charxpalagi ishlatilishi haqida ma’lumot bor, ammo yirik sug’orish inshoatlari haqida ma’lumot yo’q. Sohilbo’yida joylashgan dalalar daryolarning tabiiy toshqini orqali sug’orilgan.

Chorvachilikning rivojlanishi borasida ularning qoldiqlari topilmalaridan bilsa bo’ladi. Uy hayvonlari sifatida sigir, ho’kiz, qo’y, echki, cho’chqa, eshak shuningdek tovuqlar boqilganligi ma’lum. Ot haqida ma’lumot er. avv. II ming yillikning o’rtalaridan ma’lumot bor. Ovchilik va baliqchilik o’sha davr iqtisodida muhim rol o’ynamagan.

  • Shahar hunarmandchiligi haqida ko’proq ma’lumot uchraydi. Xarappa madaniyatining gullab-yashnashi davri bronza davriga to’g’ri keladi (er. avv. III ming yillikning oxiri –I ming yillikning boshlanishi). Bronzadan tashqari qo’rg’oshin, shuningdek, bezaklar uchun oltin va kumush qo’llanilgan. Sivilizasiya shaharlarda temir uchratilinmadi. Mis va undan bo’lgan buyumlarni shahar aholisi chekkadan ayrim ma’lumotlarga ko’ra, Radjastonlardan (qo’shni sharq viloyati) keltirilgan, lekin o’zlarining rangli metallurgiyasi ham yuqori darajada edi. Mis eritish va quyish, uning qotishmalarini bajarish ma’lum edi. Kilich, pichoq, nayza, uchlari, yoylar, bolta va boshqa ko’pgina turmushda qo’llaniladigan predmetlar yasalgan. Hind sivilizasiyasi odamlari san’at, tasviriy quyma quyish shaklini ham bilishgan. Bunga misol o’yinchi qiz statuetkasi misol bo’la oladi. Toshdan giryalar, don yanchgichlar qurollari ayrim turlari yasala boshlagan. Metallga ishlov berishdan tashqari to’qimachilik va ip yigirish muhim rol o’ynagan; Hindiston paxta to’qvchiligi bo’yicha birinchi davlatlardan sanaladi. O’sha vaqtdan e’tiboran Hindiston paxtadan bo’lgan matolarni eksporteri bo’lib, ko’p yillar mobaynida bu ishni qilib kelgan.

Kulochilik rivojlangan. Idish-tovoq kulolchilik charxida yasalgan, pishirilgan va qora bo’yoq bilan turli xil murakkab ornamentlar berilgan. Shahar va poseleniyelar asosan g’ishtdan qurilganligi uchun, uning ishlov berilishi xo’jalikning muhim tomonlaridan birini tashkil etardi.
Zargarlar mohirlik bilan bezaklarni ishlab chiqdilar: bilakuzuk, uzuk, munchoq va boshqalar. Ular qimmatbaho va rangli metallardan foydalanganlar, bundan tashqari "fayans", suyak chig’anoq,. Tasviriy hunarmandchilikka o’yinchoqlar ishlab chiqarish kirar edi.
Hind shaharlari iqtisodida savdo muhim rol uynagan. Bunga ko’plab topilgan o’lchov toshlarining (giryalarning) mavjudligi edi. Bundan tashqari xom-ashyo materialari ko’plab uchratilingan-mis va boshqalar rangli metallar, oltin, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar. Bulardan ayrimlar keltirilgan tushumlar, o’lponlar tariqasida qo’lga kiritilgan.
Hind vodiysi shaharlari kerakli narsalarni savdo almashinuvi orqali Janubiy Hindiston, Belujiston, Afg’onistondan olib kelingan. Amudaryoda Xarappa "kaloniyasi"-Shortugay shaharchasi topilgan (e. old 2200-2000 yil.). Mixxat va arxeologiya manbalarga ko’ra , olis quyi Mesopotamiya bilan ham savdo olib borgan . Hindiston Mesopotamiyaga bo’lgan dengiz yo’lidagi oraliq stansiya Baxreyn orollari bo’lib, ular qadimda Dilmun deb nomlangan. Hindistondan yaqin sharq mamlakatlariga eksport predmetlari bo’lib, paxtadan bo’lgan matolar, fil suyagi turli ishlov beriladigan toshlar, oltin, yog’ochning qimmat turlari. Hind importi tarkibi haqida ma’lumotlar kam. Lekin e’tiborga molik tomoni shundaki, Krit munchoqlari Xarappadan topgan (e. old XVI asr).


Download 32,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish