Hisobga oladi. Jumladan



Download 17 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi17 Kb.
#286346
Bog'liq
5.Tilshunoslikn


5.Tilshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi. Til tilshunoslik fanining ob`ekti bo‘lib, u

insonning bevosita kuzatishi va mustaqil ilmiy izlanishlari uchun ham xizmat qiladi.

Tilshunoslik fani til bo‘yicha tadqiqot ishlari olib borganda, boshqa fan materiallarini ham

hisobga oladi. Jumladan:

1. Tilshunoslik birinchi navbatda falsafa bilan chambarchas boғliqdir, chunki falsafa

tilshunoslikning metodologiyasini belgilab beradi. Masalan, dialektika, sinergetika, til va tafakkur

haqidagi ta`limot tilshunoslikning metodologik asoslarini tashkil etadi.

2. Tilshunoslik psixologiya bilan ham chambarchas boғliqdir. Tilshunoslik bilan psixologiya

o‘rtasida mavjud bo‘lgan muammolar psixolingvistikada o‘rganiladi.

3. Tilshunoslik tarix bilan ham o‘zaro boғliq, chunki tilning luғat tarkibi, uning ish ko‘rish

doirasi va xarakteri jamiyat tarixi bilan uzviy aloqadadir.

4. Tilshunoslik etnografiya bilan ham boғliq. etnografiya xalqlarning kelib chiqishi, tarkibi,

urf-odatlari, moddiy, ma`naviy va ijtimoiy madaniyatini o‘rganadi. Tilshunoslik fani u yoki bu tilni

o‘rganishda xalq etnografiyasi materiallaridan foydalanib ish ko‘radi.

5. Tilshunoslik tafakkur qonunlari va fikrlash shakllari haqidagi fan bo‘lgan mantiq bilan

ham boғliq.

6. Ma`lumki, ijtimoiy tuzumga aloqador, hayot bilan va kishilarning jamiyatdagi

munosabatlari bilan boғlangan; ijtimoiy jamiyatning sinflarga bo‘linishi, ijtimoiy ishlab chiqarish

munosabatlarini o‘zgartirish bilan boғliq qonunlarni sotsiologiya fani o‘rganadi. Bu fan tilshunoslik

bilan uzviy boғliq holda taraqqiy etadi.

7. Qadimiy moddiy madaniyat yodgorliklari asosida kishilik jamiyatining o‘tmishini

o‘rganuvchi fan – arxeologiya ham tilshunoslik bilan boғliqdir.

8. Tilshunoslik adabiyotshunoslik bilan uzviy boғlan gandir. Ularning aloqasi, stilistika,

adabiy til tarixi, badiiy adabiyot muammolarini o‘rganishda yaqqol ko‘zga tashlanadi.

9. Garchi tilshunoslik fani ijtimoiy fan bo‘lsa-da, fizika, kibernetika, matematika, fiziologiya

kabi tabiiy fanlar bilan ham boғliq holda rivojlanadi.

Nutq tovushlari xususiyatlarini tasnif qilish tamoyillarini o‘rganishda fizika fanining

akustika bo‘limi tilshunoslikka, uning fonetika sohasiga katta yordam bermoqda.

CHet tillarni o‘qitish, mashina yordamida tarjima qilish, turli tipdagi luғatlarni tuzishda

tilshunoslik matematik metodlarga va kibernetika fani yutuqlariga tayanadi.

Tovushlar artikulyatsiyasi va eshitish qobiliyatini o‘rganganda, nutqiy qobiliyatning buzilish

sabablarini tekshirganda tilshunoslik fiziologiya, tibbiyot singari fanlarning yutuqlariga tayanib ish



ko‘radi.
Download 17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish