Qadimgi dunyo tarixi


mavzu. MIL.AVV. XI- IX ASRLARDA QADIMGI YUNONISTON



Download 32,88 Mb.
bet30/56
Sana20.04.2022
Hajmi32,88 Mb.
#567401
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   56
Bog'liq
Қадимги дунё тарихи Маърузалар матни (1)

10 mavzu. MIL.AVV. XI- IX ASRLARDA QADIMGI YUNONISTON.
Tayanch iboralar: Gomer masalasi; J. Viko, Fr.Volf; yer jamoasi; Basiley; Fetlar; Antik davr; Kler; Temen; Fila; Patriarxal qullik, yunon qabilalarining doriylar istilosidan so’ng joylanishuvi; Olimp dini; Zevs.

Tarixiy manbalar ko’rsatishicha mil.avv. 13 asr oxiri 12 asrda butun Bolqon yarim oroli va O’rta Yer dengizi, Egey dengizi orollariga shimoldan doriy qabilalarining bosqini sodir bo’lgan. Doriy qabilalari axayya ilk quldorlik davlatlarini tor-mor qildilar va ular hududlarini zabt etdilar. Bolqon yarim orolining janubidagi va uning yaqini atrofida joylashgan orollardagi aholi iqtisodiy taraqqiyoti bu bosqin tufayli biroz orqaga ketdi. Axayya davlatlarining hukumdorlariga qaram bo’lgan viloyat hokimlari(posirevelar) endi mustaqil patriarxal qabilalarining boshliqlari-basilevslar bo’lib qoldilar. Axayya davlatlarida mavjud bo’lgan xalq yig’inlari endi katta ahamiyat kasb eta boshladi. Krit-Mikena davrida yunonlarning qo’shni hududlar xalqlari bilan yo’lga qo’yilgan qizg’in iqtisodiy aloqalari birmuncha susaygan. Lekin, bosqin tufayli orqaga ketgan iqtisodiy taraqqiyot temir qurollarning qo’llanilishi bilan yana jonlanib ketgan. Iqtisodiy taraqqiyot bo’lib, yana viloyatlararo, hamda qo’shni xalqlar bilan iqtisodiy, savdo-sotiq ishlari qizg’in yo’lga qo’yilgan. Endi mulkiy tengsizlik, xususiy mulkchilik shakllari tez sodir bo’lib, oqibatda sinflarning tashkil topish jarayoni bo’lgan.


Qadimgi Yunoniston tarixining mil.avv. X1-1X asrlar davri an’anaga ko’ra Gomer davri deb yuritiladi. Shuni ta’kidlash lozimki, so’ngi yillar maboyinida olib borilgan keng ko’lamdagi arxeologik tadqiqotlar asosida mil.avv. X1-1X asrlarga oid qimmatli manbalar to’plandi va bu manbalar ikkita poemani turli davrlarda yozilganligi va ular mazmuni ham turli davrlarga oidligini ko’rsatdi. Shu sababli Yunonistonning «gomer» davri termini qo’llanilishi eskirdi. Umuman olganda, gomer poemalarini paydo bo’lganligi masalasi dastlab antik davrda ko’tarilgan edi. So’ngra mil.avv. 17 asrda italiyalik J. Viko, 18 asrda germaniyalik Fr. Volflar poemani xalq tomonidan yaratildi degan xulosaga kelishganlar. Xullas, poemani yaratilishi borasida 3 ta ilmiy qarash mavjud: 1. Gomer tomonidan yaratilgan, ya’ni yakka shaxs ijodi mahsuli; 2. Xalq eposi ; 3. Uyg’unlashgan, ya’ni sintetik ravishda yaratilgan. 3- qarash tarafdorlari 19-20 asrlarda bo’lib, «Illiada va Odisseya» xalq eposi sifatida dastlab shakllanib, vaqt o’tishi bilan xalq orasidan chiqqan talantli bir yoki ikki kishi tomonidan qolipga solinib, ilmiy ishlov berilgan. Xullas, hozirgacha bu masalada yakdil fikr yo’q. Arxeologik tadqiqotlarning ko’rsatishicha, poemalar bir necha asr maboyinida yaratilgan, buni poemalar mazmuni krit-miken, gomer va arxeik davr ilk bosqichlariga taalluqli jarayonlar tashkil etganligi isbot etmoqda. Shuni aniq aytish mumkinki, poemalarda aks etgan ijtimoiy munosabatlar doriylar bosqinidan keyingi munosabatlardir. Tinchlik yoki harbiy yurishlar bu poemalarda yuksak badiiy mahorat bilan tasvir etilgan. (troya yurishlari).

Mil.avv. 2-1 ming yilliklar sarhadida Qadimgi Yunoniston hududida yer jamoasi yer egaligi shakli mavjud bo’lib, unda yerdan tenglik bilan foydalanilgan va yer doimiy ravishda qayta-qayta bulinib turgan. Oddiy jamoa a’zolari asosan arpa va sabzovat ekar edilar. Chorvachilik ham taraqqiy etgan edi. Jamoa a’zolari yer uchastkalarini chek tashlab olishganlar. Yer uchastkasining «kler» deb atalib, kler so’zining aynan tarjimasi chek demakdir. Biroq, jamoa a’zolari orasida mulkiy tabaqalanish boshlangan bo’lib, urug’ aristokratiyasi ajralib chiqmoqda edi. Bu aristokratiyaning kattaroqlari , ya’ni qabila boshliqlari mikena davridan meros qilib olingan termin bilan «basileylar» deb atalar edi. Basileylar o’z qarindoshlariga jamoa yerlaridan katta-katta maydon uchastkalar(temenlar) ajratib beraboshladilar. Bu temenlarda aristokratlar arpa va bug’doy ekar, tokzorlar, polizlar, bog’lar qurar edilar. Aristokratlar yirik va mayda charvo mollarining katta-katta podalariga egalik qilishganlar. Lekin, basileylar asosiy e’tiborni don yetishtirishga qaratganlar.


Mil.avv. 1X-1X asrlarda boy xo’jayinlarga batrak bo’lib ishlaydigan kambag’allar-fetlar va hatto, o’z urug’doshlik jamoasi bilan aloqasini yo’qotgan kishilar zo’rma-zo’r kun ko’rishga va gadoylik qilishga majbur bo’lgan matonastlar paydo bo’lgan. Hali o’tmishdagi ko’chishlar va istilolardanoq qaqshab qolgan jamoa asta-sekin parchalanib ketgan. Dastonlar, yozma manbalarning mazmuniga qaraganda bu davrda o’z jamoalari bilan aloqalarini yo’qatgan ko’pgina darbadar hunarmandlar bo’lgan. Bu hunarmandlarning mahoratiga muhtoj bo’lgan xo’jayinlar ularni natural haq baravariga yollaganlar. Ular hunarmandlarni kerakli materiallar bilan ta’minlaganlar. Hali kasb-hunarlar ko’p tarmoqlarga bo’linib ketishmagan edilar. Tajribali ustalar ham ko’p bo’lishganlar. Hatto basileylar ayrim hunarlardan xabardor bo’lishganlar va bu bilan faxrlanganlar. Krit-mikena davriga nisbatan hunarmandchilik texnikasining bir qadar pasayib ketganligi sezila boshladi, biroq shunday bo’lsa ham hunarmandlar xizmatiga muhtoj iste’molchilar tabora ko’payib bordi. Chunki, ibtidoiy munosabatlarning buzilishi jarayoni endilikda yalpi tus olgan edi. Bu hol kasb hunarlarning nisbatan tez takomillashuviga va ixtisoslashuviga ko’maklashdi. Temirchilik,durodgorlik, kulollik, konchilik ,zargarlik kabi hunarlar rivoj topdi Shu tariqa yunonlar jamiyatida mulkiy tabaqalanish jarayoni sodir bo’lgan.
Urug’doshlik tuzumining buzilishi, Qadimgi Yunoniston ijtimoiy tuzumi borasida ham manbalarda ma’lumotlar mavjud. Xususan, Gomer dostonlarida qishloq xo’jaligi, hunarmandchilik bilan shug’ullanuvchi kishilar jamiyatda ancha izzat –ikromli bo’lishganligi, savdogarlarga nisbatan salbiyroq munosabatda bo’lishganliklari to’g’risida ma’lumotlar uchraydi. Bu faktlar Yunoniston jamiyatida natural xo’jalik bo’lganligini bildiradi.
Shuningdek, manbalarda yunon jamoa tashkilotlari to’g’risida ham ma’lumotlar bor. Xususan, bu davrda qabilalar bir-birlari bilan tez-tez urishib turishganlar. Bu esa turli qabilalar aholilari o’zaro aralashishib ketishlariga olib kelgan. Qabila boshliqlari-filobasileylar (fila- qabila.) qabilani idora qilishdan ko’ra qabila joylashgan hududlardagi aholilarni idora qiladigan bo’lishganlar. Bu territoriyalarni esa maxsus yosh erkak jangchilar qo’riqlashganlar, Ularga basileylar qo’mondonlik qilishganlar. Ular garchi qabila boshliqlari unvonlarini saqlab qolishgan bo’lsalarda ,lekin amalda mahalliy lashkar boshliqlari hisoblanishganlar. Urug’ va qabila xalq yig’inlari asta-sekin mazkur jangchilar hal qiluvchi rol o’ynaydigan yig’inlarga aylandilar. Basiley mansabi esa asta-sekin muayyan bir aristokratlik urug’ida nasldan –naslga meros bo’lib o’tadigan mansabga aylana borgan. Qadimgi zamondan urug’ oqsoqollari kengashi saqlanib qolgan bo’lib, u basiley huzurida maslahat organihisoblangan. Basiley va oqsoqollar kengashi o’z qarorlarini aksariyati jangchilardan iborat xalq yig’inining muhokamasiga va tasdig’iga havola qilishganlar. Bunday idora usullari «harbiy demokratiya» termini bilan manba va ilmiy adabiyotlarda nom oldi. Hokimiyat va sud hali xalqdan ajratilmagan, qarorlar xalq yig’inlarida va sud kollegiyalarida ochiq qabul qilingan, sud kollegiyalari o’z vazifalarini manzil maydonlarida ochiq bajarganlar. Vaqt o’tishi bilan, mulkiy tabaqalanish, asosiy aholi ommasining birlashuvi, urug’ aristokratiyasining boyishi, kambag’allarning boy qo’shnilarga iqtisodiy qaramligi tobora oshib borgan sari, patriarxat davridayoq paydo bo’lgan qullik rivojlana borgan sari xalq yig’inlarining roli kamayib boradi. Gomer dostonlarida xalq yig’inlari, lashkarlar faoliyatlari yorqin tasvirlangan Agamemnon Troya yonida jangchilar yig’inini ular jangovor ruhini sinab ko’rish uchun chaqirganligi ham dostonlardan ma’lum. Xalq yig’inlarining jamiyatda tobora ahamiyati tushib borayotganligini «Odisseya» dostonida ochiq tasvirlangan. Xullas, yuqorida keltirilgan faktlar yunon jamiyatida asta-sekin urug’doshlik tuzumi munosabatlari yo’qolib borayotganligini ko’rsatadi.
Patriarxal qullik. Manbalar ko’rsatishicha Gomer jamiyatida patriarxal qullik mavjud bo’lgan va u basileylar xo’jaligida joriy etilgan. Qullar asosan harbiy asirlardan to’plangan. Qaroqchilar ham qullarni olib kelib sotishganlar. Ba’zan savdogarlar ham qullar savdosi bilan shug’ullanishganlar. Qullar huquqsiz bo’lishganlar, xo’jayinlar qo’lida ishlashib, og’ir mehnatga mahkum etilgan va jazolangan.


Doriy qabilalarini bosqini tufayli Bolqon yarim oroli va O’rta Yer dengizidagi orollar mahalliy aholilari yashash joylari o’zgarib ketgan. Ular turli joylarga borib, ko’chib joylashganlar.Xususan, Shimoliy Yunoniston va Kichik Osiyoning shimoliy –g’arbiy qismida eoliylar; O’rta Yunonistonning sharqiy qismi, Egey dengizi orollarida ioniylar; Peloponnesda, Krit orolida, Egey dengizining janubiy orollarida esa doriy qabilalari o’rnashib olishdilar.
Din. Gomer davrida qadimgi yunon dinining asosiy belgilari tarkib topgan, bu dinni odatda Fessaliya va Makedoniya chegarasida joylashgan Olimp tog’i nomi bilan olimp dini deb ataydilar. Ularning tasavvuricha xudolarning uch avlodi bo’lgan. Uchinchi avlodga mansub xudolar boshlig’i Zevs bo’lib, u mamoqoldiroq va chaqmoq xudosi , xudolar va odamlar otasi hisoblangan. Olimp xudolari quldor-aslzodalar himoyachilari bo’lib qolishganlar.
Xullas, X1-1X asrlar Qadimgi Yunoniston tarixi davrida gomer davri ham deb yuritilgan. Bu davr ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilishi va sinfiy jamiyatning shakllanishi bilan xarakterlanadi. Yer jamoasi, jamoa ichida mulkiy tengsizlik bo’lib aholi ichidan aristokratlar, aslzodalar ajralib chiqaboshlaydi. Mulkiy tabaqalanish bo’lib, aholi ichidan turli kasb egalari ajralib chiqadi. Eng muhimi urug’doshlik tuzumi buzilib, qabila boshliqlari va harbiy lashkarboshilar xalq yig’inlarini o’zlari ta’siriga olaboshlaganlar. Bu davrda yunonlarning o’ziga xos tarixi bo’lgan.

Download 32,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish