4-мавзу
Олд Osiyo va Kavkazorti qadimgi davrda
Reja:
Urta Xett podsholigi
Urartu. Qadimgi dehqonchilik va chorvachilik qabilalari.
Suriya va Finikiya davlatlari.
Tayanch iboralar: Vinkler, Makridi-bey, B.Grozniy. protoxettlar, Chatial-guyuk, davrlashtirish, Misr-Xett munosabatlari, Xett termini, shahar uyushmalari. Mursili, Telepin, Mursili II, «Dengiz xalqlari», xettlar inqirozi.
Kichik Osiyo bir necha dengiz suvlari bilan kurshalgan yarim orol (Kora dengiz, Marmar dengizi, Egey dengizi, Urta Yer dengizi) bulib, u Yevropadan Bosfor va Dardanella bugozlari bilan ajratinilib turadi. Germ, Paktol, Meandr kabi daryolari mavjud. Kichik Osiyoning tabiiy boyliklari – bu urmonlar xamda foydali kazilmalardir. Toglardan oltin, kumush, mis, kurgoshin kazib olingan. Temir rudalarining konlari mavjud edi. Shuningdek, toglardan kuplab mikdorda kurilish toshlari, obsidian (vulkon shishasi), marmar, slyuda, tog billuri, oniks olingan. Kuplab kullardan tuz kovlab olingan.
Kichik Osiyoning kadimgi axolisi xatt yoki protoxett kabilalari bulib, ularninng til oilalarining analizi Kavkazdagi abxaz-adigey tillari bilan boglikligi kuzatiliniladi. Ushbu til guruxiga kashklar (kasklar) kabilalari xam mansub bulib, ular er. avv. XV – XIII asrlarda yarim orolning shimoliy-sharkida aktivlashadi. Kichik Osiyoning janubiy-sharkida xurritlar istikomat kilishadi.
Er. avv. II ming yillikdan boshlab, Kichik Osiyoda xind-yevropa til oilasiga mansub axoli keng tarkalib, uning asosiy kismini xettlar tashkil etadi. Ularning kelib chikishi xakidagi masala munozaraligicha kolmokda, ya’ni birinchi gipoteza: ular Kichik Osiyoda shimoli-sharkdan Kavkaz orkali; ikkinchi gipoteza: garbdan Bolkon yarim orolidan kelishgan, degan taxminlar mavjud.
Xettlar
Shampolon tomonidan 1829 yilda Ramses II ning yozuvlarining ochilishining xamda XIX asrning 40-yillarida Lepsius tomonidan “Kadesh yakinidagi jang” nomli Misr poemasining chop etilishi okibatida bizga shu narsalar ma’lum buldiki, Xettlar davlatining mavjudligi va Misr – Xett munosabatlarining xamda shartnomalarining yozuvlarda kolganliklari ma’lum buldi. 1876-yilda Xett iyeroglif yozuvlari ochiladi. 1906 – 1907 yillarda nemis ossurshurosi Vinkler xamda turk arxeologi Makridi-bey tomonidan utkazilgan kazishma ishlari Xett davlatining butun tarixi va madaniyatini kuzatishga imkon yaratdi.
Xett yozuvining urganilishida uzining xissasini kushgan chex olimi B. Grozniy 1915 – 1917 yillarda Xett mixxatini ukib chikishga muvaffak buldi. U xett yilnomalarini, podsho yozuvlarini, xett konunlarini, diplomatik yozuvlarni xett podsholarining boshka podshoxlar bilan yozgan xatlarini ukishga erishadi.
Bu izlanishlarning okibatida Xett yoki «Xatti» termini quyidagi ma’noni anglatishi mumkin ekan:
Hozirgi Bogazkey(Ankara yakinida) shaxar-xarobasi yakinidagi shaxarlar Xatti, Xattusa, akkadchasiga Xattuma
Er. avv. II ming yillikning boshida avtoxtonn xalkning markazi bulgan shaxar.
Xind-yevropa til oilasiga mansub xamda bu shaxar markaz bulgan. (Xett podsholigi) axolisi Xettlar deb yuritiladi.
Xatti termini er. avv. XII asrlarda xett podsholigi xarobalari urnida vujudga kelgan davlat tushuniladi.
Er. avv. I ming yillikning I-yarmida Frot daryosining garb tomonidagi xudud tushunilgan.
Er. avv. II ming yillikning II-yarmida Kichik Osiyoda birmuncha katta bulmagan davlat uyushmalari paydo bula boshladi. Ular asosan kabila ittifoklari zamirida vujudga kela boshladi.
Bu shaxar-davlat uyushmalari Kanes, Burusxanda, Nesa, Salpa, Xattusa kabilarni kurish mumkin. Kichik Osiyodagi sinfiy jamiyatning shakllanishida savdo koloniyalarining urnini aloxida aytib utish joiz. Bu savdo koloniyalari er. avv. XX – XVII asrlarda Kichik Osiyodan sharkda ossuriyaliklar; shimolda Suriyalik amoreylar tomonidan tashkil etilgan.
Ushbu koloniyalar orkali Kichik Osiyo xo’jaligi uchun zarur bulgan metallar, jumladan, oltin, kumush, kurgoshin, mis, shuningdek, boshka tovarlar kirib keldi.
Yukorida kurib utilgan uyushmalarni birlashtirish borasidagi birinchi urinishlar er. avv. XVIII asrning 1-yarmiga oid.
Kuassar shaxri xokimi Pitxana uzini podsho deb e’lon kilgach, Nesu shaxriga xujum kilib, uni zabt etadi. Pitxananing izdoshi podsho Anitta uz karorgoxini Nesuga kuchiradi; u yerda kal’alar xamda ibodatxonalar kurdiradi. Tez orada Salpu shaxrini, keyinchalik Xattusini egallaydi. Anitta Kanesni xam zabt etadi. Shunday kilib, Anitta uta keng davlat uyushmasining xokimi bulib, tadkikotchilar bu davrni Kadimgi Xett podsholigi (er. avv. XVIII – XVI asrlar) deb ataydilar. Bu vaktda xali unda urug-kabila tuzumining koldiklari mavjud edi.
Xett podsholari uzining xokimiyatini xalk kungillilari kushiniga tayanib olib boradi va ularning xoxishlari bilan kelishib yashar edilar. Barcha kurolni kutara oladigan axoli podsho yigilishiga kelishar edi. Xettlar yukori tabaka vakillari xett yiginlarini boshkarishda ishtirok etardilar. Bu oksuyuklar orasida podsho oilasi vakillari aloxida urin egallashgan.
Kadimgi odat buyicha podsho urniga kup sonli podsho urugidan, ayniksa, uz jiyanlaridan, ya’ni, opa-singillarining bolalaridan kuyilgan. Lekin asta-sekinlik bilan, tashki siyosatdagi yutuklar okibatida bu odatdan voz kechila boshlandi.
Birlashtirish siyosatini Xett podsholigining asoschilarining Anittaning 4-izdoshi podsho Labarna (Tabarna) (er. avv. 1680 – 1650) yakunlaydi.
Uzini uta kuchli xisoblagan Labarna yukorida aytib utilgan urf-odatlardan cheklanib, taxt vorisi kilib, uzining ugli Xattusili I ni (er. avv. 1650 – 1620) kuyadi va u uz poytaxtini Xattusuga kuchiradi; U aktiv tashki siyosat yuritishga urinib, jumladan, Shimoliy Suriyaning savdo markazi bulgan Xalpani egallamokchi buladi, lekin bu yurish kutilgan natija bermaydi. U kasal bulgarligini baxona kilib, uz kushini bilan chekinishga majbur buladi. Mamlakat ichkarisida taxt uchun kurash boshlanadi. Oxir-okibatda Labarna uz nevarasini taxt vorisi kiladi.
Mursili I (er. avv. 1620 – 1590) davrida Xett podsholigida markazlashishi kuchayadi. Mamlakatning yagona poytaxti Xattusa Mursili I Xalpani (Aleppo) egallaydi. Shunday kilib, Mesopatamiyaning Finikiyaga tomon savdo yuli Xett davlvti orkali bulib koldi.
Keyinchalik Mursili I (er. avv. 1620 – 1590) Bobilni (er. avv. 1595) egallaydi. Mamlakatda aristokratiya vakillari yagona xokimlikning tepasiga chikadilar. Mursili opasining eri tomonidan uldiriladi. U esa uzining kuyovi tomonidan uldiriladi. Bir necha 10 yilliklar davomida uzaro kelishmovchiliklar davom etadi. Xett podsholigining tashki siyosatdagi axvoli xam zaiflashib koladi.
Bunday axvolga podsho Telepin (er. avv. 1520 – 1490) chek kuyishga xarakat kiladi, ya’ni taxt vorisi etib ugil, agar bunday bulmasa, jiyani va oxirida kuyovlar taxt vorisi bulishi mumkin, deb konun kabul kilinadi.
Telepinning ulimidan sung xamda kiska muddatli podsholik kilgan ugli podsholigidan sung Urta Xett podsholigi davri deb nomlangan davr boshlanadi (taxminan er. avv. XV asr). Bir necha podsholar uzgaradi. Bu vaktga kelib, kaskalar Xattusani egallaydi.
Yangi Xett podsholgida yukori xokimiyat iktisodga keng mikyosda aralasha boshladi. Ayniksa, «Tosh uylar» deb atalmish diniy-xujalik komplekslari katta rol uynay boshlaydi. Ular o’lib ketgan podsho skleplarida tashkil etilgan (nomlanishi xam shundan). Mayda «tosh uylari» markaziy «tosh uylarga» buysunar, uylarda ibodatxona gaznasi, solik buyicha bulim xamda uzining polisiyasi bulgan. «Tosh uy» formal jixatdan ibodatxonaga tegishli bulsa, aslida podsho va malikaga tegishli edi. U nafakat administrativ-moliya, balki kisman xarbiy ishlar bilan xam shugullangan.
Ibodatxona yerlari tobora podsho yerlari bilan kushila boradi. Shaxarlar tepasida podsho va uning rafikasi turishar, yer egaliklari esa podsho xujaligining bir kismiga aylanar edi.
Podsho xokimiyatining kuchayishi uni iloxiylashishiga olib keldi. Agar kadimgi Xett podsholigida podsho xar zamonda Kuyosh bilan solishtirilsa, yangi Xett podsholigida esa «Kuyosh» suzi podsho suzi bilan sistematik tarzda ishlatiladi. Podsho mulkiga xar kanday tajovuz jazolanardi. «Tosh uy»ga shikast yetkazilsa, ulim jazosi va mulkini konfiskasiya kilinardi.
Yangi Xett davrida ijtimoiy tabakalanish sezilarli kuchayadi. Kullar soni xarbiy asirlar evaziga kupayadi; kullar Xett jamiyatining kup sonli sinfiga aylanadi.
Kullarning xukukiy xolati ogir edi. Erkin kishilar kam xollarda ulimga maxkum etilganlar. Agarda konun buzilsa jarima bilan kutulib ketganlar. Agar kuldor ogir jinoyat kilib kuysa, u uz kullari bilan tulagan, kul jinoyat kilsa, katl etilgan, aks xolda burni kesilgan.
Yangi Xett podsholigida oilaviy munosabatlarda patriarxal prinsiplar xukmdor bulgan. Lekin ayrim xak-xukuklar xam saklanib kolingan. Ayolni (xotinini) urish va mayib kilib kuyish, garovga kuyish ta’kiklangan. Ugil onasini xafa kilgudek bulsa, uydan xaydalgan. Oilada otaning onaga nisbatan xokimiyati kuprok bulgan. Bir vaktning uzida asosiy ayolidan tashkari kanizaklar saklash mumkin bulgan. Kullar va erkin kishilar oila kurishi mumkin bulgan. Birok, erkin ayol kulga turmushga chiksa, u 4 yil kul bulgan, bolalari esa kul bulib kolavergan.
Suppi-lul-ium davrida Xett podsholigida xarbiy aktivligi-ni oshira boshladi. Xattusuni mustaxkamladi. Kuldan ketgan kator shaxarlarni, Arsava, Xayyasa, Kissuvandalarni egalladi. Urta Yer dengizi kirgogigacha keldi; Shuningdek, Mitanni egalladi.
Karkemish Xett kuchkindilari bilan joylashib, Yangi Xett podsholigining asosiy kal’alaridan biriga aylandi. Mitanni pod-shosining uglini uziga kuyov kiladi. Suppi lul ium davrida Xett podsholigi chegaralari Araksdan Janubiy Falastingacha, Ossuriya va Bobil chegaralarigacha boradi.
Mursili II (er. avv. 1340 – 1305) davrida Xett podsholigining kudrati uzining eng yukori chukkisigacha chikkan edi.
Bu vaktga kelib, sulola vakillari Seti I va ayniksa, Ramses II davrida Janubiy Urta Yer dergizi soxillarini kaytarib olish uchun kurash boshladi. Ikki kuchli davlat Misr imperiyasi va Xett davla-tining Old Osiyoda xukmronlik uchun kurash boshladi. Kadesh yakinida Ramses II maglub buldi. Endi u asta-sekin turli usullar bilan (xarbiy diplomatiya) Janubiy Urta Yer dergizi soxillaridan xettlarni sikib chikara boshlaydi.
Er. avv. 1280 – yilda Misr va Xett podshoxlari urtasida tinchlik sulxi tuziladi. Bitimga asosan Suriyaning katta kismi va Shimoliy Finikiya Xett podsholigiga; Falastin va Janubiy Finikiya Misrga utadi.
Misr Xett podsholarini non bilan ta’minlaganlar; Xett esa Misrga temir, kumush, yogoch olib kelgan. Xett podshosining kizi Ramses II ga turmushga chikkan. Ramses II (er. avv. 1317 – 1251).
Xattusili III davrida ossuriyaliklarning boskini kuchayadi. Er. avv. XIII asrda (1230) «dengiz xettlari» deb nomlangan axayvasha (axeyliklar), sherdanlar (Sard), turshalar (etruskalar), va boshka kabilalardan iborat kuchli koalisiya Old Osiyo davlatlariga yopirilib kela boshlaydi. Misrning katta kuchlari evaziga ularga bas kela oldi. Lekin Xett podsholigi boy berdi. Xattusa yer bilan yakson kilinadi, Xett podsholigining umri uz nixoyasiga yetgan edi (er. avv. 1190). Er. avv. XII - VIII asrlarda Xett davlati urnida kator mayda davlatlar yashab utdi: Tavra, Purgum, Tabal. Ular xettlar madaniyati-ni va udumlarini saklab kolgan edi. Er. avv. VIII asrning oxirida Ossuriya kul ostiga utadi. Xett yozuvi va xett tili yukoladi.
Xettlar dinida etnik uziga xoslik ajralib turadi. Minglab xudolari bor mamlakat deb eslab utilsa-da, aslida xudolari sanokli edi. Poytaxt Xattusaning xomiysi momakaldirok xudosi bulib, u bilan bir katorda xurritlarning Tesub xudosiga xam siginishadi. Shuning uchun u urush xudosi sifatida xam tan olinadi. Shuningdek, Xattusada kuyosh xudosi xam aks ettirilgan. Xosildorlik – Telepin, xosildorlik xudosining rafikasi ona- xudo Ma.
Turli mukaddas xayvonlar kultlari mavjud edi. Asta-sekinlik bilan diniy karashlarning unifikasiyasi bulib, yagona xudolar panteoni shakllana boradi. Podsho xokimiyatining kuchayishi bilan ibodatxonalar va koxinlik kollegiyalari podsho nazoratiga tushib koladi. Shunday kilib, diniy ideologiya kuldorchilik despotiyani shakllantirish maksadlariga karatilgan edi.
Usha davrda Xett podsholigida 8 ta tilda: yerlik va chet el tillarida suzlashganliklart uchun ma’lum bir kullanmalar yaratish-ni takozo kilar edi. 3 tillik: shumer – bobil – xett lugatlari mavjud. Otbokarlik buyicha dastur mavjud bulib, Xett podshosining bosh otbokari mittannilik Kikkuli yozib koldirgan. U xett tilida yozilsa-da, kuplab kadimgi xind terminlaridan foydalanilgan. Urda ot bokish va uni urgatish buyicha instruksiyalar mavjud.
Xett davlati jangovar davlat bulgani uchun asosiy e’tiborni fortifikasiyaga karatadi. Xett shaxarlarining xarakterli xususiyati – ularning devorlari 2 taligida edi. M., Xattusada 2 kavatli devordan tashkari tosh bilan yotkizilgan tepalik mavjud edi. Devorlar ulkan tosh bloklar bilan bir-biriga uta zich terilar edi. Podsho va uning saroy axli uchun shaxarda 4 ta kasr mavjud edi. «Kuyi kasrda» ibodatxonalari mavjud bulib, ularda uzining kattaliklari bilan xarakterli barelyeflar va xaykallar mavjud edi.
URARTU
Do'stlaringiz bilan baham: |