Qadimgi dunyo tarixi


Yangi podsholik manbalari



Download 32,88 Mb.
bet10/56
Sana20.04.2022
Hajmi32,88 Mb.
#567401
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   56
Bog'liq
Қадимги дунё тарихи Маърузалар матни (1)

Yangi podsholik manbalari Misrda qullar sonining o’sishidan darak beradi. Har bir fir’avnlarning bosqinchilik yurishlaridan bir necha yuzdan bir necha minggacha bo’lgan qullarning keltirilishi yilnomalardan ma’lum.
Fir’avnlar o’z amaldorlariga, harbiylarga ibodatxonalarga qullarni taqdim etar edi. Bu esa katta ehson sanalar edi. Masalan, Ramses III o’zining o’ttiz yillik hukmronlik davrida ibodatxonalarga yuz mingdan ko’proq qulni tortiq qilgan.
Yangi podsholik davrida murakkab davlat boshqaruv apparati vujudga keladi. Oldingi mustaqil oblast hukmdorlari o’z mustaqilliklarini yo’qota boshlaydilar, ularning nomlari esa markazga butunlay tobe bo’lgan adminstrativ bo’laklarga aylana boradi. Mamlakat ikki katta qismga bo’linadi: Shimoliy Misr va Janubiy Misr.
Merosni nomarxlar qo’lidan podsho chinovniklari qo’liga nomlar o’tgan. Chatilarning qo’lida butun mamlakat boshqaruv tizimi turar edi. Saroy udumlari, poytaxt devonxonasi, mamlakat suv ta’minoti va yer fondi harbiy hokimiyat, barcha qal’alar ustidan boshqaruv, qo’shin to’plash hamda flot boshqaruvi uning qo’l ostida edi. Oliy sud nazoratchisi ham chati edi.
Yangi podsholik davridagi mamlakatning asosiy bir ko’rinishini harbiy soha ko’rsatar edi. Butun davlat boshqaruv tizimiga aktiv va agressiv harbiy siyosat o’z izini qoldirgan edi. Harbiy komandirlar fuqarolik amallarni egallay boshladilar.
Misr armiyasi tobora takomillasha boradi. Yollanma askarlar hamda erkin jamoachilar yollana boshlaydilar.
Yollanma askarlarning soni tobora ko’payib, haqqoniy misrliklar armiyasidan ustun kela boshlaydilar. Harbiy intizomni mustahkamlash uchun fir’avnlar o’ziga xos bo’lgan ofiser kadrlarga – «hukmdor yo’ldosh»lariga tayanib ish ko’radilar.
Misr fir’avnlarining Old Osiyoga harbiy yurishlari bu mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalar o’rnatishga olib keladi hamda Misrning Falastin, Suriya va Finikiyaga bo’lgan siyosiy ta’sirini oshiradi. Kichikroq va odatda zaif mamlakatlarning hukmdorlari o’zlarining kuchli qo’shni davlatlar bilan kurash olib borishlarida XVIII sulola fir’avnlaridan yordam so’rab murojaat etishadi. Masalan, Suriyadagi Katna shahri hukmdori. Beriya shahri hokimi Misrni to’laqonli hukmronlik mavqyeini tan olishadi hamda turli mahsulotlar bilan Misr qo’shinini ta’minlay olishini aytib o’tishadi. Ular fir’avnlardan ularning mol-mulklarini himoya qilish uchun yordam so’rab qo’shin yuborishni iltimos qilishar edi.
Falastik, Suriya, Finikiyaga bo’lgan siyosiy ta’sirining ortishi oqibatida Misrning Mitanni va Xett podsholigi bilan yirik to’qnashuvlarga olib keladi.
Old Osiyo va Nubiyaga qilingan bosqinchilik urushlari oqibatida quldorlik aristokratiyasi nihoyatda boyib ketadi. Ayniqsa, fivalik kohinlar boyiydilar. Ko’p sonli bosqinlar oqibatida podsho hokimiyati uchun xatarli bo’lib qoladi. Aynan mana shuning uchun fir’avn Amenxotep IV (1372-1354) Amon xudosiga topinish bilan bog’liq fivalik oliy kohinlarga qarama-qarshi chiqib, diniy-siyosiy reforma (islohot)ni o’tkazadi.
Misr xalqining keng ommasida ko’pxudolik sig’inish mavjud edi. Qadimgi misrliklar tabiatning turli xil ko’rinishlarini, samo jismlarini, turli xudolar obrazida ayrm xo’jalik va jamiyat hayotidagi ko’rinishlarni ilohiylashtirganlar. Lekin shu bilan birga Qadimgi podsholik davridan boshlanib Geliopol shahrida yagona oliy xudo – Ra-Goraxte, ya’ni quyosh xudosi – podsho hokimiyati homiysi Gor timsolida (u burgut ko’rinishida bo’lgan) namoyon bo’lgan, ya’ni unga topinishgan.
Fivalik kohinlarga qarshi kurashni boshlagan Amenxotep IV albatta, mana shu xudolikka hamda Geliopol kohinlariga tayangan. Fiva xudosi Amonga qarshi u qadimgi topinish xudosi Ra-Goraxteni qo’yadi. Lekin tez orada u Misr oliy xudosi etib, avval kam ma’lum bo’lgan Atonni, ya’ni quyosh gardishi (disk) o’zida mujassamlashtirgan xudoni qo’yadi. O’zini yangi Aton xudosining birinchi ruhoniysi deb e’lon qilgan Amenxotep IV, Fivada Quyosh xudosiga atab ibodatxona qura boshlaydi. Qurilish ishlari uchun Elifantinadan Daltagacha bo’lgan barcha toshtaroshlar keltirilgan. Islohotning birinchi etapidayoq fivalik kohinlar o’rtasida kuchli oppozisiya vujudga keladi, bu esa o’z navbatida fir’avnni Amon kohinlari bilan aloqani uzadi. Amon xudosiga topinish mamlakat bo’yicha quvg’inga solinadi. Barcha yodgorliklardan Amon va boshqa xudolar nomlari o’chirila boshlanadilar. Aton xudosi quyosh nurlarini taratuvchi va bu nurlarning oxiri qo’llar bilan tugashi tasvirlanadi. Ya’ni hayot (anx) rishtalarini beruvchi sifatida tasvirlangan. Aton xudosi nafaqat Misr, balki qo’shni mamlakatlarning ham xudosi sifatida sanalardi. Exnaton ismini olgan fir’avn («Atonga mos yo xos») Amenxotep IV butunlay fivalik kohinlar bilan aloqani uzish maqsadida Fivani tark etib, O’rta Misrda (hozirgi Al-Amarna) tog’lar bilan o’ralgan Axetaton (Aton ufqi) deb nomlangan shahar poytaxt quradi.
Yagona xudoga tobe bo’lishlik diniy islohoti aslida ijtimoiy-siyosiy ma’no kasb etar edi. Exnaton o’zining ishlarida nafaqat geyeopollik kohinlarga, balki aholining o’rta qatlamiga tayanar edi.
Islohotlar kohinlarning Misr jamiyati hayotidagi o’rnini, ularning ahamiyatini zaiflashtirishga qaratilgan edi. Misr davlati fir’avnlarning yakka hokimligini chegaraloviga olib kela boshlayotgan o’zgarishlar etapida turar edi. Madaniyat va san’at soalarida ham bundan tradisitonalizm, dogmatizm buzila boshlaydi. Fir’avn va uning yaqinlarining ideallashtiruvchi obrazlari yo’qotilishi arafasida edi. Birinchi bor podsho oilasining turmush ko’rinishlarining tasvirlari paydo bo’ladi. Exnaton va malika Nefretiti haykali portretlari paydo bo’ladi.
Islohotlarning qattiqqo’llik bilan olib borilishi kohinlarning noroziligiga olib keladi. Bundan tashqari aholining keng ommasi ming yillar davomida o’zlari odat qilgan xudoga topinishganlar, sig’inganlar va ular bu yangilikka, ya’ni yagona xudoga sig’inishga tayyor emas edilar. Shunday qilib Exnatonga Fiva kohinlarining ta’sirini vaqtinchalik zaiflashtirgan edi, xolos.
Tutanxaton Exnatonning izdoshlaridan biri bo’lib. Lekin u qadimgi dinlarning qayta tiklashga majbur buladi va Memfisga qaytib ketadi hamda o’z ismini To’tanxamon deb o’zgartiradi. Lekin Amon xudosiga topinishni tiklagan fir’avn poytaxtni Fivaga emas, balki Misrning qadimgi poytaxti Memfisga, Ptax xudosi asosiy xudo sanalgan shaharga ko’chiradi.
Islohotni tamomila yo’qotish XIX sulola vakili Xoremxeb davrida yuz beradi, qaysikim, u ko’hna nom zotidan bo’lib fivalik kohinlar bilan uzviy bog’liq edi. Fir’avn hokimiyatini egallagan Xoremxeb (1345-1317) o’zini fivalik kohinlar tarafdori deb e’lon qiladi. Podsho hokimiyati bilan kohinlar ta’sirini yanada oshirish uchun qilingan tadbirlar asosan Tutmos III va Amenxotep II davrida olib borilgan. Shu maqsadda Xoremxeb qator islohotlar o’tkazib mamlakat ichkarisidagi ahfolni yaxshilash uchun, jumladan, amaldorlarning poraxo’rligiga, askarlarning maradyorlik (kafanduzd) qilishga qarshi choralar va boshqalar kabi tadbirlarni o’tkazadi. Armiya tashkil qilinadi va u ikki qismga bo’linadi, ya’ni ikki asosiy harbiy ekspansiya yo’nalishlari (shimoliy, janubiy)ga bo’linadi. Xoremxeb Suriya hamda Nubiyaga zafarli yurishlar uyushtiradi. Bosqinchilik siyosatini Ramses I davom ettiradi. Uning davrida armiya yana qayta tashkillashtirilib, 3 korpusga bo’linadi, jang ot-aravalarga katta e’tibor beriladi, podshoni qo’riqlovich maxsus gvardiya tashkil topadi.
Ramses II ko’p sonli Qadimgi Misr yodgorliklarida fir’avn Ramses II (1301-1235) (Meriamon – «Amon tomonidan siylangan, yaxshi ko’rilgan. sevilgan») to’g’risida yozilgandir. Gerodot uni Rampsinit deb nomlagan. U 66 yil davomida mamlakatni boshqargan va mamlakat Old Osiyo mamlakatlari orasida eng kuchli bo’lib sanalgan.
Ramses hokimiyat tepasiga kelgach, buyuk Xett mamlakati bilan to’qnashuvlarga tayyorlangan. Buning uchun 4 korpusga bo’lingan va kuchli yollanma askarlardan iborat otryad bilan to’ldirilgan armiyani tashkil etadi. Ramses II qo’shiniga qarshi xett podshosi Muvatali hamda Suriya knyazlari va ittifoqchilari otryadlari birlashib harakat qila boshlaydilar. Ramses II birinchi yurishi Kadesh ostonasida mag’lubiyatga uchraydi.
Old Osiyoga ikkinchi yurishida uch yildan ortiqroq vaqt Falastinni tobe etishga qaratiladi. Keyinchalik Misr qo’shinlari Shimoliy Suriyaning bir necha shaharlari zabt etiladi.
Er. avv. 1280 yil xettlar podshosi Xattusili va Ramses II o’zaro tinchlik sulhini tuzadilar (bu tarixda birinchi bor davlatlararo diplomatik rasmiylashgan hujjat edi va u bizgacha yetib kelgan). Bu hujjatga ko’ra tomonlar bir-biriga qarshi kuch ishlatishni to’xtatib, talash territoriyalar – (Shimoily Suriya – xettlarga, Falastin, Janubiy Suriya, Finikiya Misrga). Bundan tashqari har ikkala tomonning biriga dushman hujum qilsa bir-biriga ko’mak berish, shuningdek, o’z davlatlaridan siyosiy emigrantlarni va jinoyatchilarni jazolash va quvish kabi majburiyatlarni oladilar.
Ramses II davrida mamlakat ichida qurolishlarga katta e’tibor beriladi. Kanallar va boshqalar irrigasion qurilishmalarni qurish natijasiga xo’jalik jihatdan katta territoriyaga ishlov beriladi, shaharlar quriladi, jumladan, yangi poytaxt «Per-Ramses» (Ramses uyi). Deltaning butun sharqiy qismi «Ramses mamlakati» deb atalindi.
Old Osiyoga qilingan yurishlar nafaqat moddiy jihatdan emas, balki madaniy, savdo sohalarida rivojlanishni olib keldi. Misr tilida semitlar ta’sirida yangi so’zlar paydo bo’ladi. Fir’avn saroylarida suriyalik oqsuyaklarning o’rni orta boradi. Diniy qarashlarda osiyo ta’siri kuzatilinadi; xuddi shunday Misrning ham har tomonlama ta’siri Falastin, Suriya, nubiyaga ham kirib keladi. Ayniqsa, Nubiyada Ramses II o’z noibi hokimiyat tepasiga qo’yadi va u janubiy sarhadlarni boshqarib «Kush shohining o’g’li» degan unvonni oladi. XVIII va XIX sulolalar davrida Nubiyada qator Misr ibodatxonalari va harbiy garnizonlar quriladi.
Misr harbiy monarxiyasining gullab yashnashi madaniyat va san’atning ravnaqiga hissa qo’shdi. Janglar ko’rinishlari rassomlar va haykaltaroshlar mahsulida o’z aksini topadi. Uning davrida Ramsessey nomini olgan Fiva yaqinidagi ibodatxona qurib bitkaziladi. Abu Simbaldagi yarim g’or ibodatxonasi: balandligi – 33 metr. Eni – 38 metr, chuqurligi – 65 metr. Ramses II ning 4 ta 20 metrli haykali bilan bezatilgan. YuNESKO komissiyasi Asuan suv ombori qurilishida 1965 yilda shu rayonning o’zida boshqa joyga ko’chiriladi.
Ramses II izdoshlari Misr ta’sirini Old Osiyoda ko’poroq ushlab turishni xohlar edi. Misr chegaralariga liviyalik qabilalar hamda Egey dengizi xalqlari bostirib kela boshladilar XIX sulola hukmronligida Misr aholisi ichida ham noroziliklar kuchayadi, ichki barqarorlik buziladi. Ichki nizolar XX sulola vakili Setnaxt davrida to’xtaydi. Jamiyatdagi tartibni mustahkamlash uchun u kohinlarning ta’sirini ishga soladi va ularga keng yo’l ochib beradi.
Setnaxt faoliyatini uning izdoshi Ramses III (1198-1166) davom ettirib, u armiyada islohot o’tkazadi, mamlakatning butun aholisi guruhlarga bo’linadi va podsho qo’shini to’planadi. Lekin turli tadbirlarga qaramay misrliklar Sruiya va Finikiyadan siqib chiqariladi. Misr faqatgina Falastinning janubiya qismini ushlab qola oladi.
Turli yurishlardan to’plangan boyliklarni oliy tabaqa vakillari bo’lmish kohinlar o’z qo’llarida to’plashadi. Asosan 3 ta yirik diniy markazlar sanalmish Fiva, Memfis, Geliopol ibodatxonalari boyib boradi. Ular savdo ishlarini nafaqat mamlakat ichkarisida, balki chetda ham olib borganlar. Ayrimlari esa, masalan, Amon-Ra va Ptax ibodatxonalari O’rta Yer va Qizil dengizlarda floti bo’lib, ularga tovarlarni Suriya, Finikiya, Punt olib kelganlar.
Iqtisodiy yuksalish oliy kohinlarni alohida ijtimoiy guruh qilib qo’yadi. Birinchi ruhoniy oilalarida mansablar meros bo’lib o’ta boradi. Fivalik Amon ruhoniylari markaziy hhokimiyatdan mustaqil ravishda ish yurita boshlaydilar. Ramses III ning izdoshlari bo’lmish Ramessidlar davrida oliy kohinlar hokimiyatni o’z qo’llariga olib, uni birinchi ruhoniy bo’lmish Xerixor egallaydi.
Tashqi siyosatdagi omadsizliklar, dengiz xalqlari va liviyaliklarning bosqinchiliklari, katta armiyani saqlash, kohinlarning siyosiy ta’sirini kuchayishi – mamlakat ichidagi ahvolni keskinlashtiradi. Ijtimoiy kelishmovchiliklar va sinfiy kurashlar boshlanadi.


XX sulolaning tushkunlikka tushishi a XXI sulola hokimiyatining o’tishi (1085) Yangi podsholik davrining tugashi va So’nggi podsholik davrining boshlanishi bilan xarakterlanadi. Odatda ko’proq bu davrni Liviya-Sais davri deb atalinadi. Bu davrning xarakterli tomonlari: Misrning tashqi siyosiy kuchi so’nadi; tashqi yer egaliklari katta qismi qo’ldan ketadi; keng miqyosdagi bosqinchilik siyosatidan voz kechiladi; liviyaliklar, ossuriyaliklar, efioplar tomonidan bosib olinish obyektiga aylanadi.


Liviyaliklar Deltadan g’arbda, Nil vohasining shimolidla, shuningdek, vohaning g’arbida yashab kelganlar. Uzoq vaqt davomida misrliklar bu mustaqil qabilalar bilan kurashib kelgan. Yangi podsholik davrida ko’plab liviyaliklar Misrga ko’chib keladilar. Ularning ko’pchiligi yollanma askar sifatida kelishadi. Ayniqsa, XX-XXI sulolalar davrida ularning katta oqimi Misrga keladi. Ayrim yuqori tabaqa liviyaliklar kohinlar va harbiy mansablarni egallashgan. Liviyalik hokimlardan biri – Sheshonk er. avv. X asrda podsho taxtini egallab, XXII sulolaga asos soladi (950-730). Sheshonk I (950-920) liviya qo’shini va fivalik kohinlarga tayanib, Misrni birlashtiradi va Osiyoda harbiy siyosatni qayta tiklashga urinadi. Lekin Sheshonk I ning izdoshlari Ossuriyaning kuchayishi tufayli Nil vohasi va Deltada turib qoladilar. Osarkon II davrida Misr janubiy va shimoliy oblastlarga bo’linadi. Bu vaqtga kelib, maydonga Petubastis hukmdor XXIII sulolaga asos solib. Butun Misr fir’avni deb e’lon qilinadi (817-730). Bu sulola XXII sulola bilan bir vaqtning o’zida hukmronlik qiladi. Zaiflashgan Misr endilikda janubdan kelgan, ya’ni Nubiyadan kelgan bosqinchilar qo’liga tushadi.
Nubiyaga qilingan qator yurishlar natijasida va u yerda mustaqil o’rnashib olgan misrliklarning madaniyatini Nubiya aholisining yuqori tabaqalari o’zlashtirganlar. XXI-XXII sulolalar davrida Nubiya mustaqil davlatga aylanadi (markazi Napata). Nubiya hukmdorlari Misrnig zaifligidan foydalanib, Fiva oblasti bilan aloqalarini saqlab qolishga hamda asta-sekinlik bilan Yuqori Misrga kirib borishni rejalashtirganlar. Er. avv. VIII asrda efiop hukmdori Kashtaning o’g’li Pianxi butun Misrni egallashga harakat qiladi. Lekin uning asosiy raqibi Sais knyazi Tefnaxt Delta oblastlari va Yuqori Misrni birlashtiradi XXIV sulola (730-715). Lekin Pianxi Fivani bosib oladi, keyinchalik Memfisni egallaydi. Pianxi o’zini XXV (Efiop) sulola (715-664) deb elon qiladi.
Pianxi merosxo’ri bo’lmish fir’avn Shabaka butun mamlakat ustidan hukmron edi. Uning izdoshlaridan biri Taxarka mamlakatni Ossuriya qo’shinidan himoya qilishga majbur bo’ladi. Lekin Taxarkani ossuriyalik shoh Asarxaddon quvg’inlikka mahkum qilinadi (671). Misr Ashshurbanipal davrida ossuriyalik qo’shinlar tomonidan talon-taroj qilinadi. Lekin Ossuriya bu davrga kelib zaiflashadi va Misrda o’z hukmronligini o’tkaza olmaydi. Bu esa Sais nomlariga qo’l keladi.
Er. avv. 664 yil Saisda Psammetix podshosi hukm surar edi. U Ashshurbanipal yordami bilan hamda ossuriyaliklarning ittifoqchisi bo’lgani holda o’z hokimiyati ostiga butun Misrni birlashtiradi hamda yangi XXVI sulolaga asos soladi (664-525) va tez orada Ossuriyaga qarshi bosh ko’tarib chiqadi hamda mamlakatni chet el bosqinidan ozod etadi. Bu vaqtga kelib Misr yana bir bor va shuning bilan oxirgi marotaba gullab-yashnash davrini o’z boshidan kechiradi: tashqi (Sharq va ichki Afrika) savdo rivojlanadi. Fir’avn Nexo II (610-595) davrida irrigasiya ishlari o’tkaziladi, ya’ni Nil hamda Qizil dengizni tutashtiruvchi kanal quriladi.
XXVI sulola vakili davrida Misr iqtisodiyoti o’zining oldingi kuchini to’play boradi, ya’ni ishlab chiqarish kuchlari, qishloq xo’jaliklari, hunarmandchilik va tashqi savdo rivoj topa boshaydi. Avvalambor, yangi metall – temirning tarqalishida progress seziladi. Oldindan ham ma’lum bo’lib kelgan bu metall er. avvv. VIII asrda qurol-aslaha va ro’zg’or buyumlari yag’sashda asosiy material hisoblanadi. Metallning keng tarqalishida va ishlab chiqarishda qo’llanishida yollanma yunonlar va ossuriyaliklar katta rol o’ynashgan. Ular o’z vatanlarida aynan shu materiallar bilan qurollanishar edi. Qishloq xo’jaligida shaduf (sakie), sistemasining yangi usuli, arpa o’rnini emmer deb nomlangan asosiy ekin turi egallaydi. Misrliklar Osiyodan otlarni keltirgandan so’ng otboqarlik shunday taraqqiy etgan ediki, endilikda ular qo’shni oblastlarga ot eksportini yo’lga qo’ygan edilar.
XXVI sulola davri tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Sabablari, avvalambor, Misr iqtisodiyotining rivojlanishi, texnologiyalarning takomillashuvi, buyum ishlab chiqarishning ommaviy tus olishi, xom-ashyoning chetdan keltirilishi. Yangi podsholik davrida fir’avnlar xom-ashyoni o’lpon shaklida olishsa, Misr tashqi quvvatining zaiflashishi oqibatida kerakli xom-ashyoni sotib olishga to’g’ri keldi.
Tashqi savdoning faollashuvi hamda yunonlar bilan iqtisodiy aloqalarning mustahkamlanishi tovar xo’jaliklarining turli formalarini. Pul aylanmasi va sudxo’rlikning paydo bo’lishiga olib keladi. Bu iqtisodiy ko’tarilish yana o’sha o’rta va oliy tabaqaning boyishiga olib keladi.
Misrning bosqinchilik yurishlari kamayganligi hamda qullar oqimining chetdan kirib kelishining susayganligi tufayli qullar ishchi kuchiga talab ortadi va endilikda qullarni ichki manba orqali ko’paytirish boshlanadi, ya’ni qarzlar uchun qullik, o’z-o’zini qullikka sotishi, «o’g’illik»ka berish. Kambag’al aholini, mayda ishlab chiqaruvchilarni mana shunday qilib qullikka aylantirish ommaviy tus oladi. Bu noroziliklarga sabab bo’lib, kuchli ijtimoiy silsilalarni keltirib chiqarishi mumkin edi. Masalan, fir’avn Bokxoris (XXIV culola, 721-715 yy.) qarz qulligini bekor qilishga majbur bo’ladi.
So’nggi podsholik jamiyat tuzumining yana bir alohidaligi – ijtimoiy guruhlarning vujudga kelishi edi. Bu guruhlar merosiy kasb egallashlari, mashg’ulot turlari, alohida bir urf-odatlari va qoidalari bilan bir-biridan ajralib turishar edi: ayrim hunarmand kasb egalar, harbiylar, kohin guruhlari yopiq guruhlarni tashkil etib, boshqa guruhdan bo’lgan kishilar bu yerga tushishi qiyin edi.
Sais fir’avni ichki siyosatlarida harbiy aristokratiya, misrlik kohinlar va yunon savdogarlari orasida nozik munosabatlarni olib borar edi. Nufuzli kohinlar hamda mustaqillikni xohlovchi ko’plab mayda knyazchalar bilan kurashda sais fir’avnlari chet elliklarga, jumladan, kichik osiyolik va yunon yollanma qo’shiniga tayanar edi. Masalan, Psammetix I yunonlar koloniyasi bo’lmish Naviratisga katta lgotalar bergan. Fivada o’z ahvolini mustahkamlash uchun Amon oliy kohini Shepenopet II ga o’z qizi Neytikortni «qizlik»ka beradi. Tashqi siyosat Psammetix Assuriyani qo’llab quvvatlaydi. Lekin Ossuriya Bobil podsholari tomonidan bosib olingach, Misr kuchli agressiv va qudratli Bobil davlati bilan yuzma-yuz bo’ladi.
Sais fir’avnlari Apriy va Yaxmos II (569-525) yunonlar bilan birlashish siyosatini olib bordilar. Yaxmas II hatto kiyinishda ham yunonlarga ta’sib soladi. Yunon ayoliga uylanadi. Samos shohi Polikrat va Lidiya shohi Krez bilan do’stona munosabatda bo’ladi. U yunon ibodatxonalariga boy sovg’alar in’om etib, evaziga ularning do’stligini va yordamini olar edi.
Ayni shu vaqtlarda Misr mustaqilligining oxirgi davrlari bo’lib, Sharqda Buyuk Eron davlati barcha Qadimgi Sharq mamlakatlari hokimiyatini o’ziga tobe etishga shaylana boshlaydi. Yaxmos III o’limidan so’ng 525 yil Eron podshosi Kambiz Misrga bostirib kiradi, Misr taxtidan Psammetix III ni ag’daradi hamda bir vaqtlar qudratli bo’lgan Misr davlatini egallaydi.
Mil. avv. 525 yildan so’ng Misr ulkan Eron davlatining eng muhim va boy satrapiyasiga aylanadi. Forslar Misrdan 7 talant (30,3 kg) miqdorida kumush va boshqa mahsulotlar tariqasida o’lpon olinar edi. Misrning strategik ahamiyatli punktlarida fors garnizonlari joylashib, adminstrativ hokimiyatni Eron satrapi boshqarar edi. Misrning ulkan Eron davlatiga qo’shib olinishi Old Osiyoning boshqa oblastlari bilan munosabatda bo’lishi, tovar-pul munosabatlarining rivojlanishiga olib keladi.
Misrliklar har doim qo’zg’alon qilib turishga shay edilar. Er. avv. 404 yilda hokimiyat tepasida turgan fors sulolarining ichki nizolaridan foydalangan Misr aholisi qo’zg’alon ko’taradi va Misr fir’avni sifatida Amirtey maydonga keladi (XXVIII sulola, 6 yil hukmronlik qiladi). Eron qo’shinlari uni taxtdan ag’daradilar. Lekin er. avv. 392 yilda yangi qo’zg’alon ko’tariladi va Axoris taxt tepasiga keladi (XXIX sulola, er. avv. 392-370). Keyinchalik XXX sulola vakili Nekteneb I taxtni egallab, taxminan 40 yil (379-346) hukmronlik qiladi. Uning hukmronligi forslar bilan doimiy urushlarda, kurashlarda o’tib, er. avv. 342 yilda forslar yana taxt tepasiga kelishadi. Lekin Buyuk Eron davlati o’zining oxirgi kunlarini yashamoqda edi.
Er. avv. 332 yilda Misrga yunon-makedon qo’shinlari Iskandar Zulqarnayn boshchiligida bostirib kiradi va Misr dunyoviy imperiyaning bir qismiga aylanadi. Aleksandr o’limidan so’ng uning davlati parchalanib ketadi va Misrni uning qo’mondonlaridan biri Ptolomey egallaydi. Misr o’z tarixida bo’lgan ellinizm davriga qadam bosadi.





Download 32,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish