Mesopotomiya madaniyati
Olimlar Mesopotamiya territoriyasida topilgan qadimgi yozuvlar va arxeologik yodgorliklarni ilmiy jihatdan tekshirish imkoniga ega bo’lganlaridan keyingina Mesopotamiyada yashagan qadimgi xalqlar tarixi va madaniyatini chinakam o’rganish boshlandi. Dastlabki qazishlarni XIX asrning o’rtalarida Botta boshlagan. U Xorsobodda Osur podshosi Sargon saroyining xarobalarini topishga muvaffaq bo’lgan . 1845-1851 yillarda Leyyard o’tkazgan qazishma ayniqsa muvaffaqiyatli chiqqan. U Osuriya poytaxtlarida- Kalax bilan Nineviya xarobalarini ochgan. Leyyard Kalax xarobalarini kavlab, Osuriya podsholarining eramizdan oldingi IX-VII asrlarda qurilgan beshta saroyning qoldiqlarini topgan. Leyyard bu yerda ajoyib haykallarni, jumladan podsho saroyining posbonlari bo’lgan qanotli bahabat ho’kizlarning tasvirlarini topgan. Bu saroylarning devorlaridagi barelyeflarda urush va ov qilish, qal’alarni qamal qilish, asirlar haydab kelish va saroy hayotiga oid manzaralar saqlanib qolgan. Leyyard Nineviya xarobalaridan ko’pdan-ko’p zallari, xonalari va koridorlari bo’lgan katta saroyning qoldiqlarini topgan. Osur san’atining bir qancha asarlaridan tashqari, Leyyard moddiy madaniyatga oid turli tuman buyumlar (qurol-yarog’lar, idish-oyoqlar, zeb-ziynat va uy-ro’zg’or buyumlari) ham topgan. Osuriya saroylarinig xarobalaridan Leyyard topgan yozuvlar alohida tarixiy qimmatga ega. U boshlagan ishlarni Rassam bilan Smit davom ettirgan; bularning qazib topganlari Osuriya tarixi va madaniyatini o’rganish uchun juda katta material bergan.
Janubiy Mesopotamiyada ham XIX asrning ikkinchi yarmida katta qazishlar o’tkazilgan. Arxeologlar bu yerda eramizdan avvalgi IV ming yillik oxirlaridagi eng qadimgi Shumer shaharlarining xarobalarini topgan. De-Sarzek va Xeze hozirgi Tello o’rnida qadimgi Shumer shahari Lagash (Shirpurla)ning qoldiqlarini topishgan, ular Lagash xarobalaridan Shumer san’atinig ko’pdan-ko’p asralarini hamda shumeriylar mixxat bilan yozilgan bir qancha sopol lavhalar, jumladan xo’jalik ishlariga oid qimmatli hujjatlar topganlar. Bu hujjatlarning ba’zilari Moskva va Leningrad muzeylarida saqlanmoqda. Kadimgi Shumerning asosiy diniy markazi bo’lgan Nippur shahridan binolar, jumladan ibodatxonalar va ibodatxona minoralari (zikkurat) ning ko’plab qoldiqlari topilagan.
XIX asrning eng oxirida nemis olimi Koldeveyning Bobilda o’tkazilgan qazishlari yangi Bobil posholigini o’rganish uchun juda qimmatli material bergan. Bu qazishlari natijasida qadimgi sharq dunyosining eng shahri bo’lgan qadimgi Bobilning topografiyasining tiklash imkoniyati tug’ilgan. Koldevey Bobil podshosi Navuxodonosorning mashhur "osma bog’lari" bo’lgan bir qancha saroy xarobalarini topgan; bu "osma bog’larning" ta’rifi yunon tarichilarining asarlarida saqlanib qolgan. Bobilda ibodatxonalarning xarobalari, kanallarning qoldiqlari, "Ma’buda Ishtar darvozasi" ning bir qismi va darvoza orqali o’tgan shoh yo’li topilgan. "Ma’buda Ishtar darvozasi" sirlangan (koshinkor) g’ishtlardan rang-barang ziynatlar berilib qurilgan. Bobil xarobalarida qimmatli tarixiy hujjatlar, jumladan Eron shohi Kayxisrav manifesti ning teksti topilgan.; bu manifestda Eron qo’shinlarinig Bobilning olishi yozilgan.
Mesopotamiyadagi eng katta sistematik qazishlar XX asrning dastlabki o’n yillarida olib borilgan, bu qazishlar Mesopotamiyaning turli joylarida o’tkazilgan Shuruppakda, Urukda, Al-Obeidda va Jemdet-Nasrda neolit davrida vjudga kelgan eng qadigi poseleniyelar topilgan. Mesopotamiyaning qo’yidagi uch katta shahri territoriyasida, chunonchi, Ikkidaryo oralig’ining janubiy qismidagi Akkad mamlakatining Eshnunna shahrida va Frot daryosi bo’yidagi Mari shahrida ayniqsa katta qazishlar qilingan (Mari katta shahar bo’lgan).
Urdan turli davrlarga oid juda ko’p yodgorliklar topilgan . Eramizdan avvalgi uchinchi ming yillikning boshlarida o’tgan podsho Maskalam-dugning va malika Shubadning maqbaralaridan qimmatli va g’oyat nafis qilib ishlangan bir qancha zargarlik buyumlari , jumladan, oltin, kumush, lojuvard, bilan bezatilgan hamda oltindan yasalgan ho’kiz boshi o’rnatilgan g’oyat go’zal arfa (cholg’u asbobi), go’zal naqshlar solingan shashka taxtasi, eshkakli qayiqning kumush modeli, bir talay zeb-ziynat buyumlari, idishlar, qurollar va oltin, kumushdan yasalib, xilma-xil bezaklar berilgan bir qancha boshqa narsalar topilgan. So’ngra shaharning Rimsin podsholik qilgan zamonga oid (eramidan oldingi XVIII asr) kattagina qismi sinchiklab kovlangan va butunlay tekshirib chiqilga Bu yerda ko’pdan-ko’p uylarning qoldiqlari, bir necha ko’cha, tor ko’chalar va maydonlar topilgan, bularga qarab qadimgi Shumer shahrining hayotini aniq tasavvur qilish mumkin. Shaharning janubi-sharqiy qismidan asosan Rimsin davriga oid mixxat bilan yozilgan juda ko’p hujjatlar topilgan.
Kdimgi Akkad mamlakatidagi Eshnunna shahrida juda qimmatli yodgorliklar topilgan, bu shaharning xarobalaridan qadimgi ibodatxonalar va ikki asr (eramizdan avvalgi XX- XVIII asrlar) davomida qurilgan hada qayta qurilgan g’oyat katta muhtasham saroy qoldiqlari topilgan.
Eshnunna xarobalaridan, shuningdek qadimgi Akkadning hozirgi Xafaja shahri o’rnidagi boshqa bir shahri xarobalari eramizdan avvalgi uchinchi ming yillik boshlarida eng qadimgi Shumer madaniyati akkaddning smitlar yashagan markazlarida kuchli ta’sir ko’rsatgan, deb aytishga imkon beradi. Nihoyat, bu shaharlarning xarobalarida topilaan san’at va turmush yodgorliklari o’sha vaqtlarda Mesopotamiyaga bosirib kelgan amorit qabilalari bilan Akkad, Elam o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni yanada aniqroq bilishimizga imkon beradi.
Nihoyat, 1933-1936 yillarda Mari davlati poytaxtinig xarobalari ochildi. Bu shaharning nomi Bobil podshosi Xammurapi zamonidagi (eramizdan avvalgi XVIII asr) yozuvlarida ko’p tilga olinadi. Bu shaharning xarobalarida katta ibodatxona , g’oyat katta saroy va yaxshi saqlanib qolgan maktab qoldiqlari topildi. Topilgan narsalar orasida eng muhimi qimmatli hujjatlarga boy bo’lgan arxivdir.
Mari davlatinig xo’jalik hayotini aks ettiruvchi bir talay hujjatlar va tarixiy tekstlar orasida o’sha zamonda Old Osiyo davlatlari o’rtasidagi xalqoro munosabatlarni yorqin qilib ochib beruvchi diplomatik hujjatlar alohida o’rin tutadi. Mixxat bilan yozilgan ba’zi lavhalar Mari podshosi Zimrilim bilan Bobil podshosi Xammurappi o’rtasida harbiy ittifoq bo’lganlarini aniqlashga imkon beradi.Nihoyat, bu hujjatlar Mari davlatining shimoliy Suriya va hatto Krit oroli bilan bo’lgan iqtisodiy aloqalar haqida gapirishimizga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |