Qadimgi dunyo tarixi



Download 32,88 Mb.
bet9/56
Sana20.04.2022
Hajmi32,88 Mb.
#567401
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   56
Bog'liq
Қадимги дунё тарихи Маърузалар матни (1)

3-мавзу
Qadimgi Misr
Reja:

  1. Qadimgi Misrda dastlabki davlatlarning tashkil topishi.

  2. Qadimgi Misrda xukmronlik qilgan sulolalar tarixshunosligi.

  3. Qadimgi Misr madaniyati.



Tayanch iboralar: Tabiiy sharoit va aholi. Nil vohasi, sug’orma dehqonchilik, arxeologik topilmalar, yozma manbalar, aktik avtorlar, F.Shampalon, misrushnoslik. Davrlashtirish. Manefon. Ilk shohlik, Qadimgi shohlik, fir’avn, chati, ehromlar. O’rta shohlik, Gerakliopol, giksoslar, Avaris. Yangi shohlik davri. Kames. Yaxmos. Tutmos III. Megiddo. Amenxotep IV. Tutanxamon. Xoremxeb. Ramzes II. Abu Simbal. Livia-Sais davri. So’ngi podsholik. Eron satrapligi. Misr iqtisodi. Hunarmandchilik. Savdo va savdogarlar. Tovar pul munosabatlari.

Hozirgi Misr Arab respublikasi hududida Qadimgi Misr davlati joylashib, old Osiyo xalqlari bu mamlakatni Magan yoki Musur deb atagan va shu nom bilan hozirgi arab tilida – Misr deb atab kelinmoqda. Misrliklar o’zining mamlakatini ta – kemet (qora yer - tuproq) deb atashgan. Atrofni o’rab turuvchi cho’llarni «qizil mamlakat» deb atashgan. Nil quyi oqimida joylashgan bu mamlakat uchun ushbu daryo dehqonchilik yuritishga qulay bo’lgan. Har yili Nil o’zining suvlari bilan dehqonlar yerlarini payxon qiladi. Qadimda bu yerlarni suv toshkinidan asrash uchun misrliklar qirg’oq bo’ylab uzun to’g’on qurdirgan vash u vaktda dalalarga suv kyish uchun maxsus uzanlar ochishgan. Kup sonli kanal va hovuzlar qurilgan. Bu irrigasiya ishlari natijasida Nil voxasida xovuz yoki liman sug’orish sistemasi ishga tushiriladi. Bundan tahshkari kuduk suvlaridan suv charxpalagi yordamida yukorida joylashgan yerlarni sug’orishdan foydalangan. Nil toshkinlari tufayli misrliklar yilni uch kismga buladi: toshqin, o’nib chiqish va qurg’oqchilik. Toshqin davrida barcha ishlar tuxtatilib, noyabr-dekabr oylarida, ya’ni suv chekinishida ekin mavsumi boshlanib mart – aprelda hosil yig’ishtirib olinib, qurg’oqchilik davrida yerga dam beriladi.



Misr 2 kismdan iborat: yuqori yoki janubiy Misr, quyi yoki shimoliy Misr. Bu kismlar iklimi bir biridan fark kilib, shimoliy Misr o’rta yer dengizi iklimi zonasiga kirib, suvning mo’lligi, yomg’ir kupligi hamda dengiz tomondan shimol shamollarining esib turishi natijasida unchalik issik emas. Qishda (dekabr-fevral) 8 So –12 So iliq bo’ladi. Janubiy Misr iklimi issik yomg’ir kamdan kam yog’adi. Misr tarixi uchun muhim bulgan holatlardan biri quruqlik va suv orkali utgan savdo yullarining geografik kulay kelganligi. Osiyo xamda Afrika orasida kuruklikdan utuvchi savdo yuli Misr orkali utadi. Bu ma’lumotlarga manbalar va arxeologiya sohasi yutuklari misol bula oladi. Arxeologik ishlar natijasida XIX asrning boshida turli kadimiy yodgorliklar topildi: turmush va mehnat kurollari, san’at namunalari, diniy sig’inish ashyolari va turli tipdagi yozuvlar.


Kup miqdordagi turli Qadimgi Misr predmetlari nekropolllardan, qadimgi xazinalardan topilgan. Masalan Qadimgi podsholik (mil.avv. XXVIII-XXIII asr) davrga oid Gizada topilgan nekropol amerikalik olim Dj. Reysner Gizadadan janubrokda Sakkarada ingliz arxeologlari fir’avn Djoser qabrini ochadilar. M.Z.Goneyim Sakkarada kadimgi piramidalardan biri fir’avn Sexemxet kabrini topadi. Kuplab kimmatbaho yodgorliklar O’rta va Yangi podsholik davrigi mansub, Qadimgi Misr shaharlarining qazilma topilmalarini berdi. Masalan ingliz arxeologi Petri Fayum oazisi yakinida urta podsholik davriga oid (mil.avv. XXI - XVIII) shaxarni kovlab topdi, va u yerdan hujjatli tekst bitilgan qadimgi Misr papiruslarini topdi. O’rta va yangi podsholik poytaxti – Fivadan muhim tarixiy diniy yozuvlar va tasvirlar mavjud ulkan kompleks topildi. Qadimgi Misr tarixi buyicha eng muhim manba – yozuvlar bulib, iyeroglif, sur’atli, tez yozuvli iyeratik va demotik yozma manbalardir. Ilk podsholik davriga oid qadimgi yozuvlar Iyerakonpolda (Yukori Misr) topilgan. Ular birinchi Misr fir’avnlarini nomlarini tiklashga va tasvirlangan sahnalarni tushunib yetishga yordam beradi.

Qadimgi podsholik davrida uzun kadimgi yilnoma katta ahamiyatga ega bulib. Bu manba Palermo toshi nomi bilan yuritiladi. U qora dioritdan bulgan plitaning besh bulagida saklangan. Yilnomaning eng kadimgi fir’avnlar nomlari va hukmronligidagi voqyealar qayd etilgan. Katta ilmiy ahamiyatga ega yana bir fakt kabr toshlardagi III-VI sulola oqsuyaklarning biografik yozuvlaridir.


Bundan tashkari III-VI sulolalarga oid podsho piramidalardagi kumish xonalari devoriga bitilgan tekst – piramida tekstlari Qadimgi podsholik tarixini tiklashga xizmat kiladi. O’rta podsholikning yozma manbalari avvalgi manbalarga nisbatan kup va turlidir. Masalan, XI sulola Deyr-El-Baxridagi kabrlardan Xekanakta papiruslari topilib, ularda misrlik koxinning xujalik yuritgani to’g’risidagi qimmatli ma’lumotlari yozilgan. Misr iktisodiy alokalari Suriya viloyatlari bilan mustahkamlash uchun Sinay yarim orolida topilgan koyatosh yozuvlarda aniklanishicha, O’rta yer dengizining sharkiy kirgogida joylashgan Bibla shaxri Misr koloniyasi ekanligi aniklangan.
Yozma manba sifatida Sinuxet xikoyasi adabiy asar Misrning Falastin va Suriya bilan iktisodiy va madaniy alokalari xakida va oldindan kura bilish (prorochestva) asari urta podsholikdagi xalk g’alayonlarini aks ettiradi.
Yangi podsholik davri manbalaridan bu tekstlar bulib ularni Misr xarbiy siyosati rivoji, 18-sulola fir’avlarining Nubiya va Old Osiyoga yurishlari ular orasida Tutmos-III yurishlari yilnomasi Ananlar nomi bilan mashhur bo’lib, Fivadagi Amon (Xram) ibodatxona devoriga bitilgan. O’sha davr diplomatik hujjatlari ham kimmatbaho material hisoblanadi. 18-sulola fir’avini Exnatonning Axetaton shaxrida (poytaxt hozirgi El-Amarna) mil.avv. ikki ming yillikga oid katta diplomatik arxiv topilgan. Bu xujjatlarda Amenxotep 3 va Exnatonga yuborilgan Old Osiyo davlatlari hukmdorlarining xatlari bulib, unda shu narsa ma’lumki, Old Osiyo davlatlariga Misrning ta’siri susaygan. Misrning keyingi yoki so’nggi davri (Liviya-Sams davri mil.avv. X-VI asr) madaniy yodgorliklari kupchilikni tashkil etadi.
Qadimgi Misr tarixida Qadimgi Sharqning boshka mamlakatlardan olingan manbalar alohida urin egallaydi. Ular asosan mil.avv. II-I ming yillikka taallukli bulib, boshka mamlakatlar bilan doimiy aloka urnatilganidan keyin paydo bulgan. Masalan Bobil muhrlari (mil.avv. II ming yillikning boshlariga oid) yukori Misr Giod degan joyda topilgan.
Misr territoriyasida Giksos hukmdorlarning ko’p sonli skarabeylari topilgan. Bundan tashkari giksoslarning kal’a koldiklari, Suriya tipiga oid qabrlar, Osiyo xudolari xaykallari topilgan.
Qadimgi Sharq tarixini urganar ekanmiz antik davr avtorlarining asarlarigi nazar solmay ilojimiz yuk. Ayniksa, kadimgi yunon va rim yozuvchilarining asarlarini misol kilamiz. Antik avtorlarni kupchiligi shaxsiy kuzatishlar natijasida asar yozishgan. Tarix otasi sanalmish Gerodot (mil.avv. V asr) uzining «Tarix» asarining 2-chi kitobini kadimgi Misrga bagishlagan. V asr urtalarida Gerodot Misrda bulib uning tabiati, urf-odati, dini va madaniyatini ta’riflab, kiskacha tarixiy ocherk yaratadi (mil.avv VII-VI asrlar tarixi).
Bundan tashkari Diodor (mil.avv. I asr) xamda Strabon (mil.avv. I asr) kabi antik davr avtorlari asarlari misol buladi. Ular Misr yozuvi deshifrovkasi bilan ham shug’ullanishgan. Qadimgi Misr yozuvi asosan iyerogliflarning deshifrovkasi kariyb ikki ming yillik desak adashmaymiz.

Iyerogliflarning xakkoniy deshifrovkasi 1799 yilda Napoleon ekspedisiyasi vaktida Rozetta toshi topilishi bilan boshlandi. Fransuz Silvestr de-Sasi va shved olimi Okkerblad urinishlari kutilgan natija bermadi. 1814 yilda ingliz fizigi va filologi Tomas Yung (1773-1829) Rozetta toshi bilan shugullangan. Yung aloxida iyerogliflarning ma’nosini aniklagan va 5ta iyeroglif tovush ahamiyatini aniqlagan: P,T, F, N, Y.

Misr yozuvi sistemasi va iyeroglif ukilishi metodini aniklagan genial fransuz olimi misrshunoslikni fan sifatida yaratgan Jan Fransua Shampolon (1790-1832) edi. 1822 yil 27 sentyabrda misrshunoslik tugilgan kuni xisoblanib, Shampolon iyeroglif alfavitining ochilishini ma’lum kiladi. Shampolondan sung kator olimlar misrshunoslikga uz hissalarini kushdilar. Jumladan Rixard Lepsius, Genrix Brugsh, Shaba , Gudvin, A.S. Norov, A. Rafalovich, V.S. Golenihyev, O.E. Lemm, B.A. Turayev, V.V. Struve, G. Maspero, Karter va boshkalar.


Hozirda misrshunoslar kulida yuz minglab moddiy madaniyat yodgorliklari va qadimgi Misr yozuvlari mavjud. Ularning barchasi olimlarga dunyodagi eng kadimgi kuldorlik jamiyatining tarixini umumiy kurinishlarda aks ettirishga yordam beradi.
Manefon – (mil.avv. IVasrning 2-yarmi III asr boshi) misrlik tarixchi, Geliopoldagi bosh koxin, Misr tarixini yunon tilida yozgan avtor. Misr fir’avnlarini 30 ta sulolaga hamda qadimgi, o’rta va yangi podsholik davriga bulish aynan uning tahliliga mansub.
Qadimgi Misr butun tarixi Misr podsholari – fir’avnlar sulolalariga bulinadi. O’zining rivojlanishida kadimgi Misr jamiyati bir necha etaplarga bulinadi. Misrliklarning uzlari Misr tarixini uchta asosiy davrga fir’avnlar nomlari, ya’ni Mina (1-sulola), Nebxepetra Mentuxotep (11-sulola), Yaxmos I (18-sulola) nomlari bilan buladilar. Bunday davrlashtirish Misr tarixining asosiy etaplarini xronologik jixatdan tug’ri davrlashtirib beradi.
Misr tarixini bir necha etaplarga bulib urganamiz:

  1. Ilk podsholik (I-IIsulola. Mil.avv. XXX-XXVIII aa);

  2. Qadimgi podsholik (III-VI sulola. Mil.avv.XXVIII-XXIVa);

  3. Birinchi utish davri (VII-XIsulola. Mil.avv. XXIII-XXI aa)

  4. O’rta podsholik (XIIsulola. Mil.avv. XX-XIX aa);

  5. Ikkinchi utish davri(XIII-XVIIsulola.Mil.avv.XVIII-XVII)

  6. Yangi podsholik (XVIII-XXsulola.Mil.avv. XVI-XI aa);

  7. Sunngi podsholik (XXI-XXVIsulola. Mil.avv. XI-525y) ya’ni Misrni forslar bosib olgunga kadar

  8. Ilk podsholik davri bu Misrda I va II manefon sulolalari idora qilgan davrga aytilib, ular sulolaviy Misr tarixining qariyb 200 yildan ko’proq davrini o’z ichiga oladi.

  9. Manefon Misrni birlashtirgan podsho Menes (Mina) deb ko’rsatib, birinchi sulola asoschisi deb e’tirof etadi. Qadimgi Misr yilnomalarida uning taxtdagi ismi Xor – Axa deb berilgan, degan taxminlar mavjud.

Menes Misr podsholari ro’yxatini boshqargan va taxminlarcha, shu vaqtdan e’tiboran Misrda yilnomalar yozish odatlari mustahkamlangan. Menes va uning izdoshlari vaqtida mamlakatdagi yagonalik zaifroq edi. Butun Ilk podsholik davrida qonli harbiy to’qnashuvlar davom etgan.
Ikki sulola podsholari Yuqori Misrning Tinis nomidan bo’lib, bu nom Abidos shahrining chekka qismida joylashgan edi, keyinchalik Osiris xudosiga sig’inish markazi bo’lgan. U yerda Ilk podsholik podsholari – Djer, Semerxet, Kaa va boshqalarning maqbaralari topilgan.
I sulola fir’avnlari Abidos hududida o’zlariga maqbaralar qurdira boshlaydilar. Maqbaralar yerto’la kameralari bilan bo’lib, ularning devorlari xom g’ishtlardan terilgan edi. Asta-sekinlik bilan fir’avnlarni ko’mish marosimlari tantanali tus olib, endilikda ular maxsus maqbaraga saroy ahli va xizmatkorlari bilan ko’milgan. Bu esa podsho hokimiyatining ahamiyati o’sishidan dalolat beradi.
Narmer maqbarasi yaqinida 33 qo’shimcha go’r topilib, ular xizmatkorlarning qabrlari edi. Keyinchalik fir’avnlar boyroq va salmoqliroq maqbaralarga ko’milgan. Misr fir’avni Djer maqbarasida qo’shimcha 338 ta qabr, undan ancha uzoq bo’lmagan joyda yana 269 ta qabr topilgan.
Fir’avn Djerning qal’adagi tasvirlari Nubiyada topilib, uning Misrdan tashqariga yurish qilganligidan dalolat beradi. I culola fir’avnlari (Den, Semerxet) davrida misrliklar misga boy Sinay yarim oroliga tomon yura boshlaydilar.
II sulola fir’avnlari davrida Quyi Misr yana notinchlanib qoladi. Bunday vaziyatdan qutilish uchun hukmdorlar oldiga muhim vazifa – mamlakatni butunlay birlashtirish hamda Quyi Misr separatizm (bo’linishi)ga chek qo’yish edi. Asosiy voqyealar Xasexemui davrida boshlanadi. Bizgacha yetib kelgan bu hukmdorning haykallarining birida u yengilgan etib ko’rsatilib, yozuvlarda esa bu urushlarda o’ldirilganlarning soni birida 48205, boshqasida 47209 ta ko’rsatilgan.
II sulola oxirgi podsholari o’zlarining nafaqat Gor, ya’ni Yuqori Misr homiysi nomi bilan emas, balki Set xudosi nomi bilan ham Gor va Set deb atala boshlaydi.
Qadimgi podsholik davri (eramizdan avvalgi XXVIII asr boshi – XXIII asr o’rtalari) Misr tarixining 500 yilini o’z ichiga olib, III, IV, V va VI manefon sulolari hukmronlik qilishgan. Qadimgi podsholik Ilk podsholik bilan genetik bog’liqlikda, lekin Misr rivojlanishining yangi bir muhim etapi hisoblanadi. Bu vaqtga kelib vujudga kelgan yosh davlat markazlashgan dispotiya shaklini oladi. Sinay yarim oroli hamda Nubiyaga harbiy yurishlar natijasida ko’plab boylik hamda ko’p sonli harbiy asirlar ko’rinishidagi ishchi kuchi keltiriladi. Misr podsholari rivojlangan byurokratik apparatga tayanib, ulkan yer fondi resurslarini, ishchi kuchini va turli mahsulotlarini o’z qo’llarida tutib turishar edi. Bu markazlashuvning ramzi sifatida Qadimgi podsholikda qurilgan ulkan ehromlar podsho hokimiyatini cheklanmaganligidan, hatto «narigi dunyo»da ham hukmron bo’lishliklaridan dalolat beruvchi ramz ko’rinishida qurilgan.
Misr fir’avnlarining tashqi savdo va siyosatining muhim yo’nalishlaridan biri – sharqiy yo’nalishi, ya’ni Sinay yarim oroli Falastin edi. Fir’avnlar u yerlarga nafaqat asirlar, balki mis rudasini qo’lga kiritish qiziqtirar edi.
Sinay yarim oroli Snofru zafarli harbiy yurishlarni olib borib, uning davrida mis rudalari hududi Misrga tamomila qo’shib olinadi. Bu voqyealar xotirasi uchun keyinchalik Snofru bu oblastning xudosi homiysi deb yuritila boshlaydi.
Snofru Sinaydagi o’zining zabt etgan yerlarini yanada mustahkamlash uchun mudofaa inshootlari liniyasini qurdirib, «Snofru uyi» nomini oladi. Shimoliy-sharqiy Deltadagi istehkom «Knyaz devori» deb atalinadi. Misrning Sinay yarim orolidagi faol harbiy siyosati IV sulola vakillari davrida ham davom etadi (eramizdan avvalgi XXVII asr). Bu haqda Palermo yilnomasida ham yozilgan.
Bundan tashqari Misrning Finikiya qirg’oqlari bilan savdo aloqalari mavjudligini Bibladagi arxeologik qazishmalar e’tirof etib, u yerdan katta miqdorda Misr predmetlari: tosh qurollar, munchoqlar, haykalchalar, Misr fir’avnlari va malikalari tasvirlari tushirilgan barelyeflar topilgan. Bibla Qadimgi podsholik davridan boshlab, Misr hamda qo’shni Old Osiyo mamlakatlari bilan savdo o’rnatishda muhim markaz bo’lib xizmat qilgan.
Misrning tashqi siyosatidagi yana bir muhim yo’nalish janubiy, ya’ni Nubiya rayoni edi.
Fir’avn Joserdan boshlab, III-VI sulola vakillari Nilning bir ostonasidan janubga tomon doimiy harbiy yurishlar qilib turishgan. Qullarga aylantiriladigan minglab asirlarni olib qaytishgan. Janubga tomon nafaqat harbiy, balki savdo-sotiq ekspedisiyalari uyushtirilgan, ya’ni ular eben daraxti, fil suyagi, don, xushbo’y tutatqilar, ladan (xushbo’y smola), qoplon terilari va boshqalar uchun borganlar.
V sulola vakillari davrida misrliklar g’arbiy chegaralarda urush olib borishga majbur bo’lganlar. Masalan, Liviya bilan.
Qadimgi podsholik davri fir’avnlarining tashqi siyosatidagi yutuqlari ular boshqarayotgan mamlakatning xo’jalik tizimining yutug’i bilan asoslangan. Qadimgi Misr iqtisodining asosini sug’orma dehqonchilik va turli xildagi hunarmandchilik tashkil qilar edi. Asosiy ekinlardan arpa hamda bug’doy edi. Qadimgi podsholikda chorvachilik asosiy boylik hisoblanadi. Hatto maqbaralarda fir’avnlarning va ularning saroy ahlining qancha chorvasi bo’lganligi yozilgan va tasvirlangan.
Monumental arxitekturaning rivojlanishi oqibatida turli turdagi toshlarga ishov berish katta ahamiyat kasb etdi. Toshdan turli xil predmetlar, jumladan, idishlar yasala boshlandi. Maqbaralarning tosh devorlariga toshtaroshlar relyef tasvirlarni va iyeroglif yozuvlarni o’yib ishlaganlar. Tosh topish va unga inga ishlov berishda turli xil asboblardan, jumladan, uchqurlangan tosh bolg’a va og’ir kuvaldadan foydalanganlar.
Misga ishlov berish alohida ahamiyat kasb etib, Qadimgi podsholikda undan turli predmetlar, qurol-aslahalar ishlangan.
Ommaviy hunarmandchilikda kulolchilik predmetlari ishlab chiqarilgan. Xom g’ishtdan turli xil idishlar va uy qurilishida ishlatilgan. Qadimgi podsholikda keng tarqalgan kulolchilik charxida katta miqdorda keramika (sopol idish) ishlangan.
Yog’ochga ishlov berish san’ati kemasozlik orqali o’z aksini namoyon etadi. Hunarmandchilikning ixtisoslashuvi natijasida ichki savdo rivojlandi. Qadimgi podsholik maqbaralari devorlarida bozor ko’rinishlarida turli predmetlarning almashinuvi aks ettirilgan. Odatda don, mevalar, sabzavotlar, non, yog’, baliq, shuningdek, hunarmandchilik buyumlari, jumladan, poyafzal, oyna, bezaklar va boshqalar almashtirilgan. Narx birligi qilib, ko’pincha don va mis quymasi xizmat qilar edi. Yozuvlardan shu narsa ma’lumki, qullar va hatto, imoratlar almashingan. Masalan, bitta uyni 10 ta quyma metallga teng bo’lgan predmetga almashtirishgan.
Qadimgi Misr jamiyatida asosiy sinf bo’lib qaram ishchi sinfi hisoblanar edi. Ular podsho xo’jaliklarida hamda yirik zodagonlar uylarida mehnat qilishgan. Uning sostaviga avvalambor qullar – harbiy asirlar yoki ularning qabiladoshlari, qullar holatiga keltirilgan odamlar kirgan. Ular dalalarda kuzatuvchilarning nazorati ostida mehnat qilishgan. Ekish uchun don, qishloq xo’jalik anjomlari, ulov hayvonlari podsho mulki bo’lib, ular ishchilarga zarurat yuzasidan berilgan. Podsho qullari (xizmatkorlari) kichik shaxsiy mulkka ega bo’lib, xususiy bo’lmagan, lekin ularning ixtiyorida bo’lgan.
Qadimgi Misr jamiyatining ikkinchi sinfini jamoachi dehqonlar tashkil etib, ular erkin kishilarning haq-huquqlarini saqlagan, lekin zodagonlar tomonidan turli soliq va majburiyatlar bilan siqilgan.
Ayrim mavzularda «jadjat» va «kenbet» degan nomlar uchratilinadi. Balki bu terminlar orqali joylarda jamoa kengashlari, sud xo’jalik va adminstrativ hokimiyat organlari nomlangan. Ular sun’iy sug’orish ishlar tizimini, savdo-sotiq aktlarini registrasiya qilishgan, umumiy va qisman oila sudlari funksiyalarini bajarishgan. Jamoa kengashlari yerga bo’lgan xususiy mulkchilik, oiladagi kelishmovchiliklar, meros hamda grajdanlik ishlarini hal qilganlar. Asta-sekinlik bilan jamoa kengashi a’zolari markaziy hokimiyatga bo’ysundirilib, oddiy podsho chinovniklariga aylanadilar. Jamiyatning ekspluatator hukmron tabaqasiga fir’avn va uning a’yonlari kiradi. Yirik zodagon saroy a’yonlari qo’lida turli grajdanlik, harbiy va kohinlik mansablari bo’lib, oxir-oqibatda bu yanada ko’proq quldorlar aristokratiyasini kuchayishiga olib keladi. Markazlashgan Misr davlatining vujudga kelishi bilan uni podsho boshqarar edi.
Qadimgi podsholik davrida fir’avn yanada Qadimgi Sharq despoti sifatida namoyon bo’ladi. Uning yakka hokimligi ko’paya boradi. U endi yuqori amaldor («chati») lavozimiga o’zining o’g’illarini qo’ya boshlaydi. Bosh amaldor «chati» o’rta asr arab vazirlariga o’xshash bo’lib, u mamlakatni boshqarishdagi podsho yordamchisi: fir’avn arxivining faoliyati unga tegishli edi; sud idorasini boshqargan hamda «adolat xudosining kohini» (Maat) unvoni berilgan va nihoyat davlat xazinasi tepasida turgan.
Alohida idora qishloq xo’jaligini nazorat qilar edi. Uning boshida chorvani va podsho dasturxonini go’sht bilan ta’minlashni nazorat qiluvchi amaldorlar turar edi. Alohida amaldorlar bo’lib, ular «xudo xazinachisi» deb atalib, turli mamlakatlarga yuboriladigan ekspedisiyalarni boshqarganlar. Ayrim hollarda ularni «karvonboshi» deb atashgan.

Mamlakatni fir’avn nomidan chati boshqarar ekan, sud idorasi qo’l ostida bo’lib, 30 ta sudyalardan iborat kollegiyasini idora etgan va hokazo.


Harbiy yurishlar ehtiyoji, qo’shni ko’chmanchi qabilalardan saqlanishi, shuningdek, muhim savdo yo’llarini qo’llarida ushlab turish harbiy ishni tabora takomillashtirishni taqozo etadi. Harbiy boshqarmaning butun apparati fir’avn nazoratida edi va Oliy harbiy idora tomonidan tashkillashtirilgan edi. «Qurol uyi» (perraxa) «dom orujiya» deb atalgan. U armiyani qurollashtirish, qal’alar barpo etish, kemalar qurish, armiyani kerakli narsalar bilan ta’minlashni o’z vazifasi qilgan edi.
O’sha vaqtning mafkuraviy normasi sifatida Misr davlatining hukmdori yerdagi tirik xudo sifatida sanalgan. Uning oyog’ini tavof aylash ulkan marhamat sanalgan. Faqat fir’avngina eng muhim diniy marosimlarni, masalan, xudo uchun sovg’alar keltirish marosimlarini olib borgan. Unga «Quyosh farzandi» degan muqaddas unvon berilib, Quyosh ibodatxonasi devorlariga fir’avnni yerlik xudo sifatida, Anubis xudosidan hayot rishtalarini olayotgan (Niusser fir’avn) tasvirlangan. Ko’pincha podsholar Osiris xudosi sifatida tasvirlangan.
VI sulola vakillaridan boshlab Misr fir’avnlarining hokimiyati hamda yagona davlatning zaiflashuvining belgilari namoyon bo’la boshlaydi. Jamiyat hayotida tabora alohida oblastlar hukmdorlari kuchaya boradi va bu davrning alohida bir tomoni ko’plab qoyalarda maqbaralar qurila boshlaydi.
Quldorchilikning boshqaruv sistemasida yangi ijtimoiy kuchlar maydonga keladi. Nomlar aristokratiyasining vakillari, podsho amaldorlari va zodagonlari hukmdordan pomestyelar olishar ekan, asta-sekinlik bilan alohida ijtimoiy guruhlar vujudga kela boshlaydi. Nomarxlar endi o’zlarini «buyuk hukmdor» deb atay boshlaydi. O’z qo’llarida fuqarolik va kohinlik hokimiyatini to’plashadi, nom armiyasini tuzish boshlanadi va bundan boshqa qator holatlar fir’avnning hokimiyatini zaiflashtiradi, tez-tez yangidan yangi fir’avnlar taxtga kela boshlaydi. Masalan, Manefon ro’yxatiga asossan VII sulolada 70 ta podsho 70 kun idora etgan.
Bir vaqtning o’zida kohinlarning iqtisodiy va ijtimoiy ahvoli mustahkamlanadi.
Misr jamiyatida kohinlar alohida rol o’ynaganlar. Ular butun jamiyat a’zolarining izzat-hurmatiga sazovor bo’lgan, chunki kohinlar narigi dunyo haqidagi barcha narsalardan xabardor kishilar deb hisoblanilgan. Kohinlar, xususan, misrliklar uchun muqaddas hisoblangan «Murdalar kitobi»da yozilgan oxiratda bo’ladigan sarguzashtlar va oxirat sudi haqidagi zarur bilimlarning egalari sifatida qadrlanganlar. Bundan tashqari kohinlarning davolash, murakkab arxitektura inshootlarini barpo qilish san’atini egallaganliklari, yer uchastkalari maydonlarini hisoblashni bilganliklari ularning ahamiyatini yanada oshirgan. Kohinlar podsho hokimiyatining tayanchi bo’lib xizmat qilgan. Kohinlar g’oyatda katta kuchga ega bo’lib, ular bilan podsho hokimiyati o’rtasida ba’zan ixtiloflar bo’lib tursa-da, fir’avnlarning ilohiyligi to’g’risida ta’limotlar yaratganlar va aholi ommasini «Quyosh farzandi»sha itoat etishga undaganlar. Buning evazhiga fir’avnlar o’z navbatida cherkov xo’jaligini soliqlardan va davlatga ishlab berishdan ozod qilganlar.
Qadimgi podsholikning oxiriga kelib, Misr yarim mustaqil va bir-biri bilan nizoli dushmanlashgan nomlarga bo’linib ketadi. Ikki yuz yillik davr mobaynida Misrning tushkunlikka tushishi va ichki nizolar davri er. avv. XXIII-XXI asrlarga (2250-2050) to’g’ri kelib, bu Qadimgi Misr tarixida birinchi o’tish davri deb yuritiladi.
Misr yarim mustaqil nomlarga bo’lindi. Lekin tarixiy rivojlanish jarayoni quldorlik jamiyatini saqlab qolishga hamda kuchli davlatni qayta tiklashni taqozo etadi. Misrni yangitdan birlashtirish uchun kurash boshlandi. Shimolda Gerakliopol, janubda Fiva mamlakatni umumlashtiruvchi, birlashtiruvchi markazga aylandi.
Gerakliopol Fayum vodiysi yaqinida Quyi va Yuqori Misr savdo yo’llari kesishgan joyda joylashgan.
Fiva ham geografik jihatdan qulay joylashib, Qadimgi podsholik inqirozidan keyin uning atrofida Yuqori Misrning barcha oblastlari birlashuviga zamin yasar edi.
Gerakliopol umummisr sulolasining asoschisi Xeti I (Axtoy) edi (IX sulola). U yarim mustaqil nomarxlar va osiyolik ko’chmanchilar bilan kurash olib borardi. Lekin Gerakliopol podsholarining (IX-X sulola) hokimiyati butun mamlakatga tarqalmagan edi. Ayrim hollardagina ularga janub ko’chmanchilaridan ustun kelishi nasib etardi. Ammo Fiva podshosi Mentuxatep bu kurashda g’olib keladi. U XI umummisr sulolasining asoschisi sanaladi (er. avv. XXI asr). XI va XII sulola vakillari davrida Misr yana kuchli markazlashgan davlatga aylanadi. Uning yangi gullab-yashnash davri O’rta podsholik deb atalib, u er. avv. XXI-XVIII asrlargacha davom etadi.
Iqtisodida asosan dehqonchilik asosiy o’rinda turar edi. Yanada rivojlanish uchun sun’iy sug’orish sistemasini yaxshi yo’lga qo’yishi kerak edi. Fayum vodiysida katta suv ombori (yunonlar uni «Merit ko’li») quriladi. Bu inshoot Amenemxet III (1850-1800) davrida, ya’ni XII sulola (2000-1775) davrida qurilgan. Chorvachilikda ayniqsa qo’ychilik rivojlangan. Yirik shoxli mollar podasi nafaqat podsholar xo’jaliklarida, balki pomestyelar aristokratiyasi, asosan nomarxlar xo’jaliklarida yuritilgan. «Yirik shoxli mollarni (ro’yxatdan o’tkazish) sanash o’yinlari» deb yuritilingan idoralar bo’lib, «butun mamlakat bo’yicha yirik shoxli mol boshlig’i» bo’lgan. Baliqchilik rivojlangan.
Hunarmandchilikda Qadimgi podsholikda ko’rib o’tgan toshtaroshlik, metallurgiya, zargarlik, yog’ochga ishlov berish kabi turlari yanada takomillashgan. Hunarmandchilikning to’qimachilik turi keng tarqalgan. Zig’ir tolasidan kemalarning yelkanlaridan tortib kohinlar kiyadigan norek matolargacha ishlab chiqargan. Turli o’simliklardan, jumladan, qamish papiruslardan savatlar to’qilgan. Teriga ishlov berilgan. O’rta podsholik davrida yangi hunarmandchilik ishlab chiqarish turi shishasozlik avj oladi.
Savdo Nubiya, Iyeruaslim, Mesopotomiya, Punt (Samali) bo’lib borilgan. Fiva fir’avnlari hukmronligi ostida Misr davlati o’zining aktiv tashqi siyosatini yurgiza boshlaydi. XII sulola vakili Amenemxet I davrida Misr o’zining shimoliy sharqiy chegaralarida keng harbiy siyosatini yurgiza boradi. Amenemxet I poytaxtni Fivadan qadimgi poytaxt Memfisga yaqin qurilgan yangi shahar Ittauiga (ikkala mamlakat egaligi) ko’chiradi. Amenemxet I Falastinga yurishlar qiladi. Liviya va Nubiya qabilalari bilan harbiy to’qnashuvlarda qatnashadilar. Misrning bosqinchilik siyosati podsho Sinusert III (1887-1850) davrida o’z cho’qqisiga yetadi.
Aktiv harbiy siyosatning rivojlanishi harbiy ishni yanada takomillashuvini taqozo etadi. Qo’shin to’plash uchun mamlakatda odam soni borligini bilish kerak edi. Shu maqsadda Fayum vohasiga kiraverishda topilgan shahar xarobalaridan topilgan papiruslarda yozilishicha, katta aholi ro’yxatdan o’tib turgan. Harbiy yig’inlarning bo’lib turishiga «jam» deb nomlangan alohida termin guvohlik berib, bu termin yordamida qo’shinga kelgan yosh askarlar ko’zda tutilgan. Undan tashqari yollanma qo’shin ham bo’lib, ular asosan nubiyaliklardan iborat edi. Yozuvlarga qaraganda asta-sekinlik bilan doimiy qo’shinlar ham vujudga kelgan. 6, 40, 60, 100, 400, 600 va 3000 kishilik askarlardan iborat harbiy qo’shilmalar mavjud bo’lgan. Xizmat haqiga unvonlar va turli xil mukofotlar bilan taqdirlangan. Bu yerda ham Qadimgi podsholik singari sinfiy toifalarga bo’lingan: hukmron quldorlar; mayda erkin ishlab chiqaruvchilar; qullar.
Eramizdan avvalgi III minginchi yillikda Misrda vujudga kela boshlagan shaharlarda hukmdor qarorgohi oblastlarning bosh ibodatxonalari, hunarmandlar ustaxonasi joylashgan edi. Ular qal’alar funksiyasini ham bajarib, aholi bu yerlarda himoya, boshpana topganlar.
O’rta podsholik davridagi Qadimgi Misr quldorchilik jamiyati eziluvchi sinflarni qattiq ekspluatasiya qilish evaziga yashab kelar edi. Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi va murakkablashuvi natijasida ijtimoiy kelishmovchiliklar chuqurlasha boshlaydi. Asosiy boylik hukmron sinf qo’lida to’plana boradi. Qashshoqlar, qullar va o’rta hol aholi orasida noroziliklar vujudga kelib, sinfiy kurashlar va hatto quldorlik aristokratiyasiga yirik qo’zg’olonlar bo’lib turgan.
Yirik xalq qo’zg’olonlari, ijtimoiy kelishmovchiliklar fir’avnlarning markaziy hokimiyatini zaiflashtirdi hamda alohida nomlarning siyosiy ahamiyati orta bordi. Nomarxlar mustaqil siyosat yurgizishib, fir’avnlarni mensimay qo’yishadi. Er. avv. XVIII asrdan boshlab Misr davlatining umumiy tushkunligi va tarqoqlik davri boshlanadi.
O’rta podsholik davrining oxiriga kelib, er. avv. XVIII asr Misrga giksoslar deb atalmish osiyolik qabilalar bostirib kiradi. Giksoslar ko’chmanchi qabilalar guruhi bo’lib, iqtisodiy va madaniy rivojlanish darajasi misrliklardan ancha past edi. Er. avv. XIX asrda Falastin va Sinay yarim orolini o’z ichiga olgan katta bir primitiv davlat tuzilmasini barpo etadilar. Misrliklar ularning qabila boshliqlarini «dany mamlakatlarining hukmdori» «xeka xasut» deb atashgan va giksoslar so’zi mana shu yerdan kelib chiqqan degan gipotezalar mavjud. O’sha davr to’g’risida juda kam ma’lumotlar qolganligi sababli tarixda bu davr to’lasincha yoritilmagan. Giksos podsholarining (XV-XVI sulola) nomlari (ismlar)iga qaraganda murakkab konglomerat qabilalaridan tuzilganligini ko’ramiz, ya’ni uning tarkibiga semet, xurrit qabilalari ham kirganlar. Giksoslar Shimoliy Misrda mustahkam joylashib, u yerda o’zlarining asosiy shahri Avarisni qurishadi.
Giksos podsholari ichida Xian (er. avv. XVII asr) alohida o’rin egallagan. Uning ismi Iannas nomi bilan antik davrlargacha kelgan. Uning ko’p sonli muhrlarida «o’zga yurtlar hukmdori» va shunga o’xshash Misr fir’avnlarining unvonlariga o’xshash unvonlar yozilgan. Xian butun Misr ustidan hukmronlik qilgan, degan taxminlar mavjud. Chunki ismi turli xil yodgorliklarda nafaqat Quyi, balki Yuqori Misrda ham topilgan. Nil vohasidan juda uzoqda, Suriyada va hatto Krit orolida topilgan Xian ismi tushirilgan Misr predmetlarining topilishi savdo sohasining kengayishidan dalolat beradi. Bularning barchasidan shu narsa aniq bo’lmoqdaki, Xian hukmronlik qilgan davr Misrda hokimiyat tepasida turgan giksoslarning eng gullagan davri hisoblanadi.
Giksoslar bir tomondan Misr rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatgan, ya’ni ular misrliklarga qaraganda bronza qurollardan hamda bronza quymasidan keng foydalanganlar. U misrliklarni harbiy ot-aravaden keng foydalanishni o’rgatganlar. Ular Misrda yuz yildan ko’proq hukmronlik qilsalar-da, kuchli mustaqil davlat qura olmadilar. Tarqoqlik – iqtisodiy zaiflik, madaniyat darajasi pastligi er. avv. XVII asrning oxirida giksoslarga qarshi kurash va ularni Misrdan chiqarib yuborgan. Fir’avn Kamesu bu kurashni boshqaradi.
Giksoslar Misrda hukmron deb sanalsalar-da, lekin ularning hokimiyati zaiflashadi va shu darajaga yetadiki, janubda Fiva hokimi fir’avn unvonini oladi va XVII sulolaga asos soladilar (giksoslarning XVI sulolasi bilan birgalikda). Er. avv. XVII asrning oxiriga kelib, giksoslarga qarama-qarshi Fiva hukmdorlari, jumladan, fir’avn Kamesu kurash olib boradi. Ozodlik harakati fir’avn Yaxmos I davriga kelib tugallanadi va u XVII sulolaga asos soladi (1580-1345). Avarisni ishg’ol qilishadi va mamlakat tashqariga quvib chiqib, Janubiy Falastinni qo’lga kiritishadi. Bu yerda uch yillik qamaldan so’ng Sharuxen qal’asini ishg’ol qilishadi.
Giksoslarning quvilishi va O’rta yer dengizining sharqiy sohillarida yana hukmronlikning o’rnatilishi Misr tarixida yangi davrning, Yangi podsholik davrining boshlanishiga sabab bo’ldi.
Yangi podsholik davrida Misr mamlakatining eng gullab-yashnagan davr bo’lgan desak adashmaymiz. Tashqi siyosiy maydonda aktiv harakatlar, ya’ni Nubiya, Falastin, Suriya tomon yurishlar boshlanadi. Harbiy hakakatlarning aktivlashuvchi harbiy tayyorgarlik ham yaxshiroq ko’rishni, jumladan, to’g’ri va o’roqsimon qilichlar (bronzadan yasalgan), teridan bo’lgan yoping’ich (sovut) endilikda plastinkali metallardan ishlanadi, jang ot-aravalardan keng foydalanish ko’payadi. Yaxmos I ning izdoshlari Amenxotep I va Tutmos I Misrning chegaralarini janub va shimoliy-sharq tomon kengaytirdilar.
Xatshepsut – fir’avn ayol davrida Punt o’lkasiga harbiy kemalar va otryadlar bilan kuzatilingan harbiy savdo ekspedisiyasi jo’natilinadi. Ekspedisiya natijasi Puntning Misrga tobeligidan dalolat beruvchi sovg’a-salomlar ortilgan kemalarning kelishi isbotlangan.
XVIII sulolaning bosqinchilik siyosatidagi yutuqlarni Tutmos III hukmronlik davri bilan (1504-1450) ko’rish mumkin. Suriya va Falastinda harbiy harakatlar olib boradi. Ayniqsa, Kadesh shahri asosiy strategik ahamiyatga molik territoriya hisoblangan. Asosiy zarbani Tutmos III Megiddo qal’asiga qaratadi va yetti oydan so’ng uni ishg’ol qiladi. Megiddaning qo’lga olinishi Suriyaga yo’lni ochib beradi. O’n beshta harbiy yurishlardan so’ng Falastin va Suriya Misr davlati sostaviga kirgiziladi. Misr davlatining eng chekka shimoliy nuqtasi Frot yaqinidagi Karxamish shahri hisoblanib, bu yerga chiqish kuchli Mitanni podsholigi bilan to’qnashuvga olib keladi. Mitanni Suriyada hukmronlik qilishga da’vogar davlatlardan biri edi.
Janubiy tomonga yurishlar Tutmos III ga yangi hududlarni egallashni, jumladan, Nilning to’rtinchi ostonasigacha bo’lgan territoriyani zabt etish imkonini beradi. Shunday qilib, Misr davlatining shimoldan janubgacha bo’lgan sarhadlari 3200 km ni tashkil etardi.
Misr iqtisodiyotining rivojlanishi uchun katta ahamiyat kasb etgan bronza qotishmasi bo’lib, undan nafaqat harbiy sohada, balki xo’jalikda ham turli predmetlar, buyumlar tayyorlashda foydalanilgan. Bu qotishma tayyorlash uchun qo’rg’oshin kerak bo’lgan. Bu metallni esa Suriyadan va qadimgi Bibladan olib keltirishgan, bundan tashqari xettlar mamlakatidan hamda Kichik Osiyodan keltiriladi. Mis zahiralari ham kamayib boradi va endilikda Suriyaning Retenu va Jaxi hamda Shimoliy Mesopotomiyaning Arrapxi deb nomlangan joylaridan keltiriladi. Shuningdek, Kichik Osiyo hamda Kipr orolidan keltiriladi.
Fir’avnlar ko’p mehnatni talab etadigan irrigasion qurilmalarga katta e’tibor qaratganlar. Yangi podsholik davri uchun bog’dorchilikni rivojlantirish eng yuqori cho’qqiga chiqadi. Janub tomonga va Old Osiyoga qilingan ko’p sonli yurishlar natijasida turli o’simliklar, bo’talar, daraxtlarni olib kelishgan va mahalliy iqlimga moslashtirganlar. Shu usulda anor, olma, mirra daraxtlari va yog’ olinadigan o’simliklar keltirilgan.
Hunarmandchilik bronza quymasining ishlatilishi bilan rivojlanib boradi. Metallurgiya sohasi turli xil texnologik jarayonlar o’rganiladi. Ulkan ibodatxonalar. Jumladan, Karnaka, Luksor, Axetaton, Per-Ramses kabi shaharlar quriladi.
Yog’ochga ishlov berish (fanera va undan yasalgan buyumlar), to’qimachilik, zargarlik (Tutanxamon maqbarasi) kabi hunarmandchilik ishlab chiqarilishi yo’lga qo’yiladi. Shishasozlik avj oladi va aynan Yangi podsholik davrida maxsus ustaxonalar ochilib, shishalarning turli tiplari ishlab chiqiladi. Mayda ishlab chiqarishning keng tarmoqlari paydo bo’ladi.
Yangi podsholik davrida Misr iqtisodi umuman natural xarakterni saqlab qolgan edi, shunday bo’lsa-da, tovar ishlab chiqarish ma’lum bir etapda rivojlanishda bo’lgan. Ishlab chiqarish ehtiyoji xom-ashyoni talab etar edi, ya’ni qo’rg’oshin. Mis, toshlarning qimmatbaho turlari yog’och va boshqalar. Bular esa Misrda yo’q edi. Bunday xom-ashyoning asosiy qismi hozirgi til bilan aytganda tashqi savdo yo’li orqali bilan emas, balki o’lpon shaklida, qaram hukmdorlarning majburiy sovg’alari yoki harbiy bosqinchilik tariqasida keltirilar edi. Fir’avnlar va mustaqil hukmdorlar tomonidan. Jumladan. Xett podsholari, kassit Bobili va Mitanni hukmdorlari orasida natural almashlash usullari ham qo’llanilar edi.
Mamlakat ichida ichki savdo avj ola boshlaydi va aynan Yangi podsholik davrida «savdogar» so’zi paydo bo’ladi. Bu vaqtga kelib Misr jamiyatining asosiy sinflari shakllangan edi, ya’ni ishlab chiqaruvchilar: qullar va qaram ishchilar sinfi; mayda erkin ishlab chiqaruvchi sinfi: shahar kambag’allari, qishloq jamoasi aholisi; hukmron sinf: quldorlar, yer egalari, kohinlar, byurokratiya vakillari, harbiy sarkardalar, qishloq jamoasining o’ziga to’q vakillari.

Download 32,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish