Qadimgi dunyo tarixi


Moddiy madaniyat yodgorliklari



Download 32,88 Mb.
bet8/56
Sana20.04.2022
Hajmi32,88 Mb.
#567401
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   56
Bog'liq
Қадимги дунё тарихи Маърузалар матни (1)

Moddiy madaniyat yodgorliklari
Butun bir yuz yil davomida Mesopotamiyaning barcha territoriyasida muttasil olib borilgan katta qazishlar natijasida juda ko’p moddiy madaniyat yodgorliklari qadimgi Mesopotamiyada xom ashyoning qaysi turlari ko’proq tarqalganligini , xom ashyoning qanday turlari qo’shni mamlakatlardan keltirilganligini va keltirilganda ham qaysi mamlakatlardan keltirilganligi ko’rsatib beradi. Shunday qilib, tarixchi Mesopotamiya bilan unga qo’shni mamlakatlar o’rtasida bo’lgan o’zaro savdo munosabatlarini aniqlay oladi. So’ngra, moddiy madaniyat yodgorliklarini o’rganish texnikaning taraqqiyot darajasini aniqlashga ham imkon beradi. Bu jihatdan g’isht qo’yish , keramika, metallurgya va binokorlik ishlari xarterlidir. Keramikani o’rganish shuni ko’rsatadiki, eng qadigi zamonlarda Mesopotamiyaning janubiy qismidagi aholi binokorlik ishlarida yirik-yirik yapaloq g’ishtlardan foydalangan, bu g’ishtlarning formasi esa asrlar davomida anchagina takomillashib borgan. Saqlanib qolgan sopol idishlarga qarab kulolchilikning qay darajada rivojlanganligini aytish mumkin. Yetallurgiyaning bo’lganligi texnika taraqiysini aniq ko’rsatadi. Eng qadimgi zamonlarda Mesopotamiya aholisi faqat misdan foydalangan bo’lsa, keyinchalik bronza, eramizdan avvalgi ikkinchi ming yillikning oxirlarida esa temir misni siqib chiqara boshlagan. Nihoyat, Mesopotamiyaning o’ziga xos narsalar, chunonchi: asfalt tayyorlash va binolarnig sirtin bezashda ishlatiladigan koshinkor g’ishtlar tayyorlash g’oyat diqqatga sazovordir.



Mixsimon xatlarning o’qib chiqarilishi
Antik avtorlar yozib qoldirgan ma’lumotlarga va moddiy madaniy yodgorliklariga qaraganda, hujjatlar, alohida mixxat bilan bitilga yozuvlar ancha katta ilmiy ahamiyatga ega. Mixxat qadimgi zamonlarda butun Old Osiyonin asosiy yozuv sisitemasi bo’lgan. Saroy vaibodatxonalarning arxivlari juda ko’plab topilgan va ko’pincha sopol lavhalarga bitilgan mixxatlarda qadimgi Mesopotamiya xalqlarinig xo’jalik, ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayotiga oid turli-tuman fatlar qayd etilgan, shuning uchun bu xatlar Mesopotamiya xalqlarinig tarixi va madaniyatini o’rganishga imkon berdi.
XVII asrda italiyalik savdogar va sayyoh Pyetro della Valle mixsimon xatlarning nusxa (kopiya) larini birinchi marta Yevropaga olib kelgan, Pyetro della Valle bu yozuvlarni Eron shohi Doroning Persepol saroyi devorlaridan ko’chirib olgan. Ammo Yevropa olimlari bu yozuvlarni ko’p vaqtgacha o’qiy olmaganlar. XVIII asr oxirida daniyalik Krrsten Nibur mixsimon xatlarni o’qib chiqarishga birinchi marta harakat qilgan. Nibur mixsimon xatlarning ma’lum darajada aniqroq chizib berilgan bir necha nusxasini bosib chiqargan va ularni o’qib chiqarishga kirishgan. Ammo Nibur bu vazifani bajarishga muvaffaq bo’la olmagan . Nibur mixsimon xatlar uch xil yozuv sistemasida yozilganligini va shu uch xil sistemadan eng soddasi 42 alfavit belgisidan iborat ekanligini aniqlay olgan, xolos.
Gettingen gimnaziyasining o’qituvchisi Grotefend (1775-1853 yillar) mixxatlarni o’qib chiqarishda katta muvaffaqiyatlarga erishgan. Grotefend o’zidan oldin o’tgan olimlarning, qiyshiq mix belgi- ajratuvchi belgini bildiradi va alfavitli Persepol xatidagi bir gruh belgilar esa podshoning unvonini bildiradi, degan farazlariga asoslanib, bu yozuvning hammasi umuman ikki Eron shohining unvonini bildiradi taxmin qilgan. Grotefend bir talay oqilona mo’ljallari tufayli, bu yozuvda Ahmaniylar dinastiyasidan bo’lgan ikki Eron shohining: Doro va Kserksning nomlarini, shuningdek doroning otasi Kashtosib (Gistasp) ning nomini o’qib chiqarishga muvaffaq bo’lgan. Shunday qilib, Grotefend qadimgi fors mixxatining to’qqizta alfavit belgisini to’g’ri tushuna olgan va bu bilan mixxatlarni o’qib chiqarish ishiga asos solgan. O’qib chiqarilgan xatning to’g’riligiga keyinchalik to’rt tilli yozuvni tekshirishda tasdiqlangan, bu to’rt tilda yozilan yozuvda Kserksning nomi mixxat bilan uning yonginasiga misr iyerogliflari bilan yozilgan. Bu iyerogliflarda Kserksnig nomi mixxatga juda yaqin bo’lgan shaklda (Kshayarsha) transkripsiyasida berilgan. Grotefendning kashfiyotini olimlar davom ettirib, qadimgi fors alfavitining qolgan belgilarini ham aniqlaganlar. Byurnufning 1836 yilda bosilib chiqqan asarida qadimgi fors yozuvidagi 34 alfavit belgisining to’g’ri o’qilishi berilgan.



Ingliz sayyohi G. Roulinson asarlari fors mixxatlarini o’qib chiqarishning to’g’riligini tekshirish va keyinchalik assirologiya (osurshunoslik) deb nom olgan yangi fanni yanada rivojlantirish uchun juda qimmatli material bergan. Roulinson Eronda 1835 yilda mixsimon xatlardan bir nechasining nusxasini ko’chirib olgan. Bular orasida chiqib bo’lmaydigan baland qoyaga o’yib yozilgan mashhur Bexistun yozuvi ham bo’lgan. Grotefendning o’qib chiqargan yozuvidan hali bexabar bo’lgan Roulinson bu yozuvlarni sinchiklab tekshirib, fors mixsimon xatinig 18 alfavit belgisini to’g’ri aniqlagan. Roulinson to’plagan boy material mixsimon xatlarning qolgan ikki sistemasini ham aniqlashga kirishishga imkon bergan. Roulinson va Norris yangi elam yozuvlari uchun xizmat qilgan ikkinchi sistemaning 200ga yaqin belgisini aniqlashga muvaffaq bo’lganlar. Bu ikkinchi sistema sillab yozuvi (bo’g’inli yozuv) sistemasi bo’lib chiqqan. Mixxatning uchinchi sistemasini Roulinson, Xinks va Oppert o’qib chiqarganlar. Ular uchinchi sistemada 200dan ortiq sillab (bo’g’inli) belgi borligini va bu bilan bir qatorda ishlatiladigan bir qancha ideogrammalarning borligini aniqlaganlar. U yozuvlarni o’rganish natijasida ular semitik tillar guruhiga mansub bo’lgan tilda yozilganligi ma’lum bo’lgan. Keyinchalik Bobil, mixxatiga yaqin bo’lgan osur bo’g’inli mixxati sistemasi va nihoyat , Janubiy Mesopotamiyaning shumeriylar deb atalgan eng qadimgi aholisida paydo bo’lgan mixsimon xatning eng qadimgi tipi ham o’qib chiqarilgan. Mixxat avvalo shumeriylarda paydo bo’lgan, keyin esa ulardan bu xatni bobilliklar olib, uni o’z navbatida osuriylarga bergan va osuriylar orqali qadimgi eronliklargia o’tgan bo’lsa kerak.



Mixxatlarnig o’qib chiqarilshi natijasida olimlar qadimgi Mesopotamiya tarixi haqida juda qimmatli manbalarga ega bo’ladilar. Mixsimon yozuvlar Mesopotamiyadagi qadimgi xalqlarning xo’jalik va ijtimoiy tuzumini, siyosiy tarixi va madaniyatini ravshan qilib yoritadi.


Eng qadimgi Mesopotamiyaning ekonomikasini o’rganishda qadimgi Shumerdagi turli shaharlarning arxivlaridan , Lagash, Umma, Ur, Larsa va boshqa shaharlarning arxivlaridan topilgan xo’jalik hisobotlariga oid hujjatlar g’oyat katta ahamiyatga ega. Bu hujjatlar orasida "ishchi kuchlari bilan ish yurgizish" hisobotlaridan iborat keng to’plamlar, qo’l savdosi haqidagi shartnomalar, yer uchastkalari sotish to’g’risidagi shartnomalar, shuningdek, savdogarlarning daromad va xarajatlari, savdo ishlari va preyskurantlar (mol va uning narx navolri) haqidagi hisobotlar kabi hisobot hujjatlari ko’proq diqqatga sazovor. Bu hujjatlarning hammasi qadimgi Shumerning xo’jalik tuzumini mufassal o’rganishga, shuningdek, u yerda qullarni ekspulatasiya qilishdagi xarkterli xususiyatlarni aniqlashga imkon beradi. Eramizdan avvalgi XXIV asrda yashagan Lagash hokimi Urukaginaning mashhur yozuvlari sosial kurashning va sosial reformalar o’tkazish yo’lida qilingan xarakatning yorqin manzarasini ko’rsatib beradi. Posholar tomonidan in’om qilib berilgan yer yorliqlarining marza toshlarda saqlanib qolgan tekstlari ( eramizdan avvalgi XIV-XII asrlar) jamoa tuzumining qoldiqlarini ta’riflash va dehqonchilik formalarini o’rganish uchun boy material beradi. Bobil podshosi Xammurapining Larsadagi amaldorlari bilan olib borgan ma’muriy yozishmalari eramizdan avvalgi ikkinchi ming yillikning birinchi yarmida Bobildagi sun’iy sug’orish va ma’muriy idora qilish usuli sistemasi(ni tasavvur qilishga imkon beradi. Yerning ijaraga olishning o’sha davrdagi turli formalarini tasvirlamoq uchun bizning qo’limizda ko’pgina iara shartnomalari bor.

Shumer, Akkad va Bobilning xo’jalik va ijtimoiy tuzumini o’rganishda, shuningdek huquq va sud ishlarining rivojlanishini o’rganishda qadimgi Shumerning eramizdan avvalgi XX-XVIII asrlarga oid qonunlarning parchalari, Bilama podsholik qilgan zamonda Eshnunnada nashr etilgan qonunlpar to’plami hamda Xammurapining qadimgi Bobildagi huquq ishlarini o’rganishda juda muhim manba hisoblangan deyarli to’la-tekis saqlanib qolgan kodeksi (qonunlar to’plami) muhim ahamiyatga ega. Bu davrdagi ko’pgina shartnomalar va bitimlar (kontraktlar) kodeksining ayrim moddalari amalda qanday qo’lanilganligini ko’rsatadi va kodeksni ma’lum darajada to’ldiradi.










Shumer, Akkad va Bobil podsholarinig tinchlik va urush davridagi faoliyatlariga oid tarixiy yozuvlar manbalarning alohida gruhini tashkil qiladi. Ibodatxonalar qurish va kanallar qazish, zafarli yurishlar va sulh ahdnomalari tuzish tasvir etilgan yozuvlar katta ahamiyatga ega. Lagash hukmdori "Kalxatlar lavhasida" ("Stela korshunov") saqlanib qolgan va Umma ustidan qozonilgan g’alabani tasvirlovchi yozuv shunday yozuvdir. Kdimgi Shumerdagi diplomatik munosabatlarni o’rganishda katta ahamiyatga ega bo’lgan Entemena yozuvlari ham shunday yozuvdir. Lagash hukmdori Gudeaning Lagashda xudo Ningirsga atab qurgan ibodatxonasini mufassal bayon qilib beruvchi yozuvlar shunday yozuvdir. Nihoyat, eramizdan avvalgi ikkinchi ming yillikning birinchi yarmida Old Osiyoning xalqaro munosabatlarini va Bobil podshosi Xammurapining istilochilik siyosatini tasvirlaydigan diplomatik hujjatlar (bular Maridagi arxivlardan topilgan) shunday yozuvdir. Bu yozuvlarni to’ldirishda tarixiy afsonalar ham bir muncha rol o’ynagan. Bu afsonalarning asosiy syujeti go’yo xudolar yordami bilan yangi dinasitiyaga asos solgan mashhur podshoga qilingan madhiyadan iborat. Bu afsonalar orasida, bog’bon tarbiyalab yetishtirgan va ma’buda Ishtar baland martabaga ko’targan Akkad podshosi Sargon I haqidagi afsona alohida o’rin tutadi.




H ujjatli manbalar kam bo’lganligi tufayli tekshiruvchilar Mesopotamiyaning qadimgi shaharlari xarobalaridan juda ko’plab topilgan adabiy, diniy-sehriy va ilmiy tekstlardan keng foydalanishga majbur bo’ladilar. Tarixchi bu tekstlardan ko’pincha muhim tarixiy ma’lumotlar olishi mumkin. Masalan, fol ochish, karomat ko’rsatish va turli nishonalar (omina) to’g’risidagi sehriy tekslarda siyosiy tarixning turli-tuman voqyealari haqida ko’rsatmalar saqlanib qolgan. Kadimgi pahlavon Gilgamesh haqidagi mashhur eposda Elamning Shumer bilan qilgan kurashi to’g’risida uzoq o’tmishdan xotiralar bor. "Xo’jayin bilan qul dialogi" degan ajoyib suhbat esa Xammurapi podsholik qilgan davrda qadimgi Bobildagi sinfiy kurashni yorqin tasvirlab beradi. Bu tekstlarning hammasi qo’shilib, Mesopotamiyadagi qadimgi xalqlarning diniy e’tiqodlari, adabiyoti va ilmiy bilimlarining taraqqiyoti haqida to’la tasavvur beradi, o’sha zamondagi madaniyatining taraqqiyot darajasini ochiq-oydin xarakterlaydi. Nihoyat, grammatik yozuvlar va lug’atlar bu xalqlarning tillari va yozuvini sinchiklab o’rganishga imkon beradi.


Old Osiyo qadimgi va o’ta kuchli madaniyat o’choqlaridan sanaladi. Lekin uning o’rganilishi Misr sa’natidan keyinroq boshlanib, o’z yo’lida bir qancha qiyinchiliklarga duch keladi. XIX asrning o’rtalariga qadar ushbu hududdagi xalqlarning madaniy hayoti qali insoniyatga qariyb ma’lum emas edi.


Avsonaviy injil hikoyalaridan hamda er. avv. V asrda yashab o’tgan tarixchi Gerodotning ma’lumotlaridan tashqari qadimgi davlatlar to’g’risida bilimlar kam edi.
Buning sababi Old Osiyoda ko’z bilan ko’ra oladigan qadimgi arxitektura va san’at yodgorliklarining yo’qligi edi. Urushlar, yong’in, suv toshqinlari natijasida ular yer yuzidan yo’qolib ketgan edi. Yog’och va toshning yo’qligi natijasija xom g’ishtdan qurilgan ko’pchilik binolar tabiat tomonidan yemirilgan. Ko’plab qonli janglardan so’ng bo’shab qolgan va tashlandiq shaharlar xarobaga aylanib, tuproq bilan qoplana borgan. Shaharlarning joyiga yangilari qurilgan, ammo ularning taqdiri ham shu tariqa kechgan.
Qadimgi Misr ibodatxonalari va ehromlari ulkan tosh bloklardan qurilganligi sababli inson hamda tabiat ofatlariga qaramay, yer yuziga saqlanib qolgan. Biroq Ikkidaryo oralig’ining ibodatxonalari va shahar qal’alari qalin tuproq tepaliklar tagida qolib ketgan. Lekin arxeologlar qadimgi sivilizasiyani boy va hashamatli sahrodan saqlab qolishga muvaffaq bo’ldilar.
XIX asr o’zining Frot va Dajla daryolari bo’ylaridagi arxeologik topilmalari bilan dunyoni larzaga soldi. Olimlar tomonidan mixxatsimoi yozuvlarning o’qib chiqilishi ham tarix zarvaraqlaridan o’rin oldi. Uning ochilishi Old Osiyo davlatlaridagi hayot qonuniyatlari bilan birga u yerdagi qadimgi she’riyat, ma’budlar haqidagi afsonaviy rivoyatlarning sehrli olamidan bahramand bo’lishga imkon yaratdi.
Odamlar ilk bor qadimgi Old Osiyo xalqlarning ma’naviy madaniyati bilan tanishib lol qoldilar (eramizdan avvlgi 4-ming yillikdan 1-ming yillikkacha).
XX asrning o’rtalaridan arxeologlar Sharqning yanada qadimiyroq tarixi bilan, ya’ni er. avv. 8-5 ming yilliklarga oid tarixini o’rganishga ershidilar. Shunday qilib, asta-sekinlik bilan qadimgi xalqlarning hayot tarzi to’lasincha bo’lmasada, ko’z oldimizda namoyon bo’la boshladi.
Old Osiyo insoniyat sivilizasiyasining beshiklaridan sanaladi. Haqiqatdan ham, bizni qurshab turgan va turmushda ishlatiladigan ko’pgina narsalar bundan uch va to’rt ming yillar avval mavjud edi. Qadimgi Ikkidaryo oralig’i davlatlarida matematika sohasidagi bilimlarning asosi yaratilinadi; hisobning o’nlik sistemasi tarkib topadi; soat siferblati 12 qismga bo’linadi. Osmon jismlarining o’rganilishi aniq fan sifatida shakllanadi. Bobillik kohinlar o’ta aniqlik bilan planetalarning harakatini, oyning yer atrofida aylanishi hisoblay olganlar. Shumer va Bobil usta quruvchilari baland minoralar qurishni, arxitektura kontsruksiyalarini tiklashni bilganlar.
Old Osiyoning ko’p qabilaviy madaniyati bir xil bo’lmagan, albatta. Hosildor yerlarni egallashga intilgan xalqlar bir-birining o’rniga kelishgan hamda ular o’zlari bilan yangi-yangi madaniyat izlarini olib kelishgan.
Old Osiyoda san’atning Misrdagi kabi turlari rivoj topa borgan. Asosiy rolni monumental arxitektura egallab, u tasviriy va dekorativ turlari bilan uzviy bog’langan. Ikkidaryo oralig’ida xududi Misrdagi kabi haykaltaroshlik, relyef, mayda plastika, zargarlik ishi rivojlangan. Biroq Old Osiyo san’atining ko’pgina jihatlari misrliklardan farq qilgan. Avvalombor, umuman boshqacha tabiiy sharoitlar quruvchilarga boshqacha material bergan. O’rmon va toshlarning yo’qligi qadimgi Ikkidaryo oralig’ida yashovchi xalqlarni xom g’ishtni ishlatishga majbur qiladi. Buning oqibatida arxitektura formalarining oddiy kubsimon hajmlari va binolarining naqshlari ham vujudga keladi.
Ikkidaryo oralig’ida narigi dunyo haqidagi tasavvurlar Misrdagiga qaraganda rivojlanmadi, shuningdek o’lgan odamning ruhi kelishi haqidagi ishonchlar rivojlanmadi. Lekin Old Osiyo mamlakatlarida yaryatilgan ma’budlar va hokimlarning haykallari turli-tumanligi, ustalik bilan ishlanganligi bilan ajratilib turadi.

Ikkidaryo oralig’i relyeflarida muhim o’rin zalvorli urushlar, hukumdorlarning ishlariga qaratilgan. Har bir shunday relyef o’ziga xos bir tarixiy davr bo’lib, yangi bir zamonning boshlanishidan darak beradi.


Relyef bilan bir qatorda gliptika – o’yma silindrik muhr-amuletlarning yasalishi keng tarqaldi. Ushbu muhrlar usti silliq toshlarlarda, o’ta nozik o’ymakorlik mahorati bilan ishlangan va ularda xalq masallari, afsonaviy rivoyatlar aks ettrildi. Bu ishda ham hududi zargarlik singari Mesopotamiya xalqlari o’ta yuqori saviyaga erishgan.
Dajla va Frot vohalari aholisining qariyib har bir tarixiy davrida arxitektura, fan va san’at sohasida yangi yutuqlar qo’lga kiritildi va hattoki eng despotik hukmdorlar ham o’zlarining tarixiy-madaniy missiyasini – yaratuvchanligi tushunib yetganlar.
Shunday, Gudea – Lagash hukmdori – tarixga o’ta bunyodkor podsho sifatida kirdi. Bobil oldin mavjud bo’lgan qonunlarni yig’ib, birinchi to’la qonunlar to’plamini yaratadi. Ossuriya podshosi Ashshurbanipal butun mamlakat bo’yilab yig’gan mixxat taxtachalaridan iborat kutubxonaning yaratilganligi bilan shuhrat qozondi. Aynan mana shu yozuvlar qadimgi Yaqin Sharq afsonalarining o’rganilishiga kalit bo’lib xizmat qildi.
Tarix bizgacha Old Osiyoning ulkan arxitektura va san’at yodgorliklaridan faqatgina ozrog’ini olib keldi. Shuning uchun Ikidaryo oralig’i va uni o’rab turgan boshqa viloyatlarning badiiy hayoti ko’rinishlari to’lasincha yetib kelmagan. Lekin bugungi kungacha o’rgangan madaniy ildizlar bizga o’tmish asrlarga faqat chuqur hurmat va ehtirom bilan qarashni taqozo etadi.



Download 32,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish