Mavzu : Rossiya Federatsiyasi. Yangi davrda Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi



Download 32,57 Kb.
bet1/2
Sana14.07.2022
Hajmi32,57 Kb.
#796072
  1   2
Bog'liq
2-mavzu


Mavzu :Rossiya Federatsiyasi .Yangi davrda
Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik RespublikasiRossiya SFSR (ruscha: Российская Советская Федеративная Социалистическая Республика) — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. Boshida Rossiya Sovet Respublikasi, Rossiya Sotsialistik Federativ Respublikasi deb atalgan. Norasmiy turda Rossiya Federatsiyasi yoki shunchaki Rossiya deb atalgan. Ayrim manbalarda Sovet Rossiyasi deb yuritiladi. 1917–1922-yillarda mustaqil davlat boʻlgan. 1922–1991-yillar oraligʻida esa Sovet Ittifoqining maydoni, aholisining soni, iqtisodi jihatdan eng yirik aʼzosi boʻlgan. Ittifoqning soʻnggi yillarida – 1990–1991-yillarda ittifoq qonunlaridan Rossiya qonunlari ustuvor boʻlgan suveren davlatga aylangan. Rossiya SFSR tarkibiga 16 avtonom respublika, 5 avtonom oblast, 10 avtonom okrug, 6 oʻlka, 49 oblast, 1030 shahar, 2178 shahar tipidagi posyolkalar kirgan.[1] Ruslar eng katta etnik guruh boʻlgan. 1917–1918-yillarda Petrograd (hozirgi Sankt Peterburg) shahri poytaxti boʻlgan. 1918-yildan esa Moskva shahri poytaxti boʻlgan. Leningrad, Novosibirsk, Yekaterinburg, Nijniy Novgorod hamda Samara kabi yirik shaharlari boʻlgan.
Rossiya SFSR iqtisodi keng koʻlamda sanoatlashtirilgan. Sovet Ittifoqidagi elektr energiyasining uchdan ikki qismi Rossiya SFSRda ishlab chiqarilgan. Rossiya SFSR Volga va Ural regionlarida hamda Sibirda yangi konlar aniqlanishi ortidan 1961-yilga kelib AQSh va Saudiya Arabistonidan keyingi dunyodagi uchinchi eng yirik neft eksportchisiga aylangan. Mamlakat boʻylab joylarda uyushtirilgan ommaviy sogʻliqni saqlash muassasalari xizmat koʻrsatgan. 1970-yillar oxiridan boshlab bosh kotib Leonid Brejnev qoʻli ostida stagnatsiyaga uchragan iqtisod 1985-yildan keyin Mixail Gorbachev maʼmuriyatining perestroyka siyosati doirasida bir oz liberalizatsiya qilingan. Natijada kooperativlar kabi hukumat egalik qilmagan shirkatlar yuzaga kelgan.
Rossiya Sovet Respublikasi suveren davlati 1917-yilning 7-noyabrida eʼlon qilingan. Bu konstitutsiyasida sotsialistik respublika deb belgilangan jahondagi birinchi davlat edi. Respublikaning milliy gʻoyasi kommunizm boʻlgan. Respublikaning ilk konstitutsiyasi 1918-yilda qabul qilingan. 1922-yilda Rossiya SFSR SSRIni tuzish kelishuvini imzolagan, natijada Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqiga rasman asos solingan. 1977-yilgi konstitutsiyada ittifoq respublikasi SSRIga aʼzo suveren davlat ekanligi hamda har bir ittifoqdosh respublika SSRIdan erkin chiqish huquqiga ega ekanligi koʻrsatilgan. 1990-yilning 12-iyunida Rossiya xalq deputatlari sʼyezdi RSFSR davlat suvereniteti deklaratsiyasini qabul qildi, sovet hokimiyati oʻrniga hokimiyat vakolatlarini boʻldi, Rossiya fuqaroligini taʼsis qildi hamda Rossiya SFSR Sovet Ittifoqini tark etish huquqiga ega boʻlib qolishini taʼkidladi. 1991-yilning 12-iyunida islohotlar tarafdori boʻlgan Demokratik Rossiya harakati qoʻllovi bilan Boris Yeltsin Rossiya Federatsiyasining ilk prezidenti etib saylandi.
1991-yilning avgustida amalga oshirilgan davlat toʻntarish urinishi va Mixail Gorbachevning qisqa muddatda qoʻlga olinishi Sovet Ittifoqini beqarorlashtirdi. 1991-yilning 8-dekabrida Rossiya, Ukraina va Belarus yetakchilari Belaveja kelishimini imzoladi. Kelishuvda ilk asoschi davlatlar tomonidan Sovet Ittifoqi tarqatib yuborilgani taʼkidlandi va Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi tuzilgani eʼlon qilindi. 12-dekabr kuni Rossiya SFSR Oliy kengashi kelishuvni ratifikatsiya qildi. Natijada Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqini tuzish kelishuvi bekor qilindi, Rossiyaning Sovet Ittifoqidan de facto mustaqil boʻlgani va boshqa ittifoqdosh respublikalar bilan aloqasi uzilgani maʼlum qilindi.
Gorbachev isteʼfo berishi ortidan 1991-yilning 25-dekabrida Rossiya SFSR Rossiya Federatsiyasi deb qayta nomlandi. 1991-yilning 26-dekabrida endilikda sobiq Sovet Ittifoqining oʻroq va boltali qizil bayrogʻi Kreml minorasidan tushirildi va Millatlar kengashi ittifoqni tarqatib yubordi. Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin Rossiya tarqatib yuborilgan markaziy hukumat huquq va majburiyatlarini, jumladan, BMT hamda Xavfsizlik Kengashiga doimiy aʼzolikni oʻz boʻyniga olishini eʼlon qildi.
1978-yilgi Rossiya SFSR konstitutsiyasi demokratiya, xususiy mulk hamda bozor iqtisodiga oʻtish yoʻlida bir necha marta oʻzgartirildi. Rossiya Federatsiyasining yangi konstitutsiyasi 1993-yilning 25-dekabrida kuchga kirdi va sovet boshqaruv tizimini butunlay yoʻq qilib, uning oʻrniga yarim prezidentlik tizimini taʼsis qildi.
Rossiya hududida sinfiy jamiyat 1-ming yillikning 2-yarmida vujudga kelgan. Feodal munosabatlarning tarkib topish jarayoni murakkab kechgan va uzoq davom etgan. 9-asrda ilk feodal qadimiy rus davlati – Kiyev Rusi tashkil topgan. Kiyev Rusi hududida yagona qadimiy rus elati shakllangan. Taxminan 988-yili Kiyev Rusining davlat dini sifatida xristianlik qabul qilingan. 13-asr oʻrtasida rus xalqi moʻgʻullar, shvedlar, nemislar hujumiga duchor boʻlib, moʻgʻul zulmidan qutulish uchun deyarli 250 yil kurash olib borgan.
XIV-XVI-asrlarda Moskva atrofidagi barcha shimoli-sharqiy va shimoli-gʻarbiy rus yerlarining birlashuvidan mustahkamlashgan Rus davlati vujudga kelgan.
XVII asr oxiri – XVIII asrning 1-choragida Pyotr I oʻtkazgan islohotlar Rossiya imperiyasining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishiga yordam bergan. 1700–1721-yillardagi Shimoliy urush natijasida Rossiya Boltiq dengiziga chiqish imkoniyatiga ega boʻlgan. XVI-XIX asrlarda Shimol, Volgaboʻyi, Ural, Sibir hududlarining ruslar tomonidan qoʻshib olinishi va oʻzlashtirilishi, bir qancha rus boʻlmagan mahalliy xalqlarning Rossiya tarkibiga kiritilishi natijasida koʻp millatli Rossiya imperiyasi tarkib topgan.
1898-yili Rossiya SDRP tashkil etilgan. 1905–1907-yillar inqilobi imperializm davridagi birinchi xalq inqilobi boʻlgan. 1917-yil fevralda sodir boʻlgan ikkinchi xalq inqilobi samoderjaviyeni agʻdargan. 1917-yilda Vladimir Lenin boshchiligida bolsheviklar Oktabr inqilobi amalga oshirgan va mamlakatda sotsializm qurish harakatlari boshlangan.
Rossiya Sovet Respublikasi suveren davlati 1917-yilning 7-noyabrida eʼlon qilingan. Bu konstitutsiyasida sotsialistik respublika deb belgilangan jahondagi birinchi davlat edi. Respublikaning milliy gʻoyasi kommunizm boʻlgan. 1918-yil yanvarida Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi tashkil etilgan va oʻsha yili respublikaning ilk konstitutsiyasi 1918-yilda qabul qilingan. 1922-yilda 30-dekabrda Rossiya SFSR SSRIni tuzish kelishuvini imzolagan, natijada Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqiga rasman asos solingan. 1941–1942-yillari Ikkinchi jahon urushi davrida (qarang Ulugʻ Vatan urushi (atama)) Rossiya SFSRning ayrim hududlarini nemis-fashist qoʻshinlari okkupatsiya qilgan. Rossiya SFSR boshqa ittifoqdosh respublikalar xalqlari bilan birgalikda nemis-fashist qoʻshinlarini yengib, gʻalabaga erishgan.1990-yilning 12-iyunida Rossiya xalq deputatlari sʼyezdi RSFSR davlat suvereniteti deklaratsiyasini qabul qildi, sovet hokimiyati oʻrniga hokimiyat vakolatlarini boʻldi, Rossiya fuqaroligini taʼsis qildi hamda Rossiya SFSR Sovet Ittifoqini tark etish huquqiga ega boʻlib qolishini taʼkidladi. 1991-yilning 12-iyunida islohotlar tarafdori boʻlgan Demokratik Rossiya harakati qoʻllovi bilan Boris Yeltsin Rossiya Federatsiyasining ilk prezidenti etib saylandi.1991-yilning avgustida amalga oshirilgan davlat toʻntarish urinishi va Mixail Gorbachevning qisqa muddatda qoʻlga olinishi Sovet Ittifoqini beqarorlashtirdi.
1991-yilning 8-dekabrida Rossiya, Ukraina va Belarus yetakchilari Belaveja kelishimini imzoladi. Kelishuvda ilk asoschi davlatlar tomonidan Sovet Ittifoqi tarqatib yuborilgani taʼkidlandi va Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi tuzilgani eʼlon qilindi. 12-dekabr kuni Rossiya SFSR Oliy kengashi kelishuvni ratifikatsiya qildi. Natijada Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqini tuzish kelishuvi bekor qilindi, Rossiyaning Sovet Ittifoqidan de facto mustaqil boʻlgani va boshqa ittifoqdosh respublikalar bilan aloqasi uzilgani maʼlum qilindi.Gorbachev isteʼfo berishi ortidan 1991-yilning 25-dekabrida Rossiya SFSR Rossiya Federatsiyasi deb qayta nomlandi. 1991-yilning 26-dekabrida endilikda sobiq Sovet Ittifoqining oʻroq va boltali qizil bayrogʻi Kreml minorasidan tushirildi va Millatlar kengashi ittifoqni tarqatib yubordi. Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin Rossiya tarqatib yuborilgan markaziy hukumat huquq va majburiyatlarini, jumladan, BMT hamda Xavfsizlik kengashiga doimiy aʼzolikni oʻz boʻyniga olishini eʼlon qildi.1978-yilgi Rossiya SFSR konstitutsiyasi demokratiya, xususiy mulk hamda bozor iqtisodiga oʻtish yoʻlida bir necha marta oʻzgartirildi. Rossiya Federatsiyasining yangi konstitutsiyasi 1993-yilning 25-dekabrida kuchga kirdi va sovet boshqaruv tizimini butunlay yoʻq qilib, uning oʻrniga yarim prezidentlik tizimini taʼsis qildi.Rossiya SFSR 1922–1991-yillar oraligʻida Sovet Ittifoqining maydoni, aholisining soni, iqtisodi jihatdan eng yirik aʼzosi boʻlgan. Bu davrda mamlakat iqtisodi keng koʻlamda sanoatlashtirilgan. Sovet Ittifoqidagi elektr energiyasining uchdan ikki qismi Rossiya SFSRda ishlab chiqarilgan. Rossiya SFSR Volga va Ural regionlarida hamda Sibirda yangi konlar aniqlanishi ortidan 1961-yilga kelib AQSh va Saudiya Arabistonidan keyingi dunyodagi uchinchi eng yirik neft eksportchisiga aylangan. Mamlakat boʻylab joylarda uyushtirilgan ommaviy sogʻliqni saqlash muassasalari xizmat koʻrsatgan. 1970-yillar oxiridan boshlab bosh kotib Leonid Brejnev qoʻli ostida stagnatsiyaga uchragan iqtisod 1985-yildan keyin Mixail Gorbachev maʼmuriyatining perestroyka siyosati doirasida bir oz liberalizatsiya qilingan. Natijada kooperativlar kabi hukumat egalik qilmagan shirkatlar yuzaga kelgan.

Download 32,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish