Qadimgi dunyo tarixi



Download 32,88 Mb.
bet14/56
Sana20.04.2022
Hajmi32,88 Mb.
#567401
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   56
Bog'liq
Қадимги дунё тарихи Маърузалар матни (1)

QADIMGI FALASTIN
Tayanch iboralar: «Jannat bog’i», Iuda tog’lari, Bet-Shan, Axan, Tutnas III yurishlari, «Zabur», «Yahudiyning qadim zamonalri», Saul, Doud, Sulaymon, Xerovoan, Sargon II, Yaxve.

Falastin Livanning janubiy tog’ etaklaridan to Arabiston cho’lining shimoliy chegaralarigacha bo’lgan yerni o’z ichiga oladi. Geografik jihatdan Falastin to’rt qismiga bo’linadi:
Qirg’oq bo’yicha, Iordan g’arbidagi yassi tog’likka, Iordan vodiysiga va Iordan sharqidagi yassi tog’likka ajratilinadi. Qadim o’tmishdan hududda sug’oriladigan unumdor yerlardan iborat bo’lgan.
Saron past tekisligi o’zining unumdorligi va qulay iqlimi bilan ajralib turgan. Bu hududni «Jannat bog’i» deb ham atashgan. O’rganayotgan hududimizning ba’zi joylari dehqonchilik qilish qiyin bo’lganligini ko’ramiz. Masalan, G’arbiy Falastinning janubiy qismidagi tog’lik oblastlar ana shunday ekin bitmaydigan yerlar bo’lgan. Bu tog’ hududni qadim yahudiylar «Eframi tog’lari» va «Iuda tog’lari» deb ataganlar. Bu xududning asosiy aholisi chorvachilik bilan shug’ullangan. Falastin hududida katta-katta daraxtzorlarning bo’lmaganligi uchun binokorlik va yelkanli kemalar uchun zarur bo’lgan yog’och qo’shni mamlakatlardan keltirilgan. Shuningdek, xududda metall rudasi bo’lmaganligi sababli misdan va boshqa rudalar tashqaridan keltirilgan.



Falastinxududidaarxeologikqazishmalarnatijasidako’plabqadimgishaharharobalaritopibo’rganildivafangatadqiqetildi. Natijada uy-ruzg’or buyumlari, yozuvlar topildi. Ammo, yozma manbalar juda kam topilgan. Masalan, Sanariyadagi Axom Saroyidan xo’jalik hisobiga doir 75 ta sopol parcha topilgan, xolos. Asosan Misr yozuvlari falastin tarixi uchun boy material beradi. Ammo lekin bu yozuvlarning ko’pchiligida asosan Misr fir’avnlarining falastinga qilgan yurishlari tasvirlangan. Masalan, Tutmos III yurishlari haqidagi yilnoma, Seti I va Ramzes II g’alabalariga oid yozuvlar, Mernept yozuvi, Falastin va Suriyada bo’ysindirilgan oblast va shaharlarning ro’yxatlari ayniqsa muhimdir. Bular shu mamlakatning tarixiy geografiyasini yoritishga xizmat qiladi. Yana bir muhim manbalar Bobil, Xett va Ossuriya yozuvlari hisoblanib ularda Falastinning eng so’nggi tarixi yoritilgan. Finikiya xalqlarining afsonaviy dostonlari Falastin teritoriyasida yashagan qabilalarning eng qadimiy diniy e’tiqodlari haqida ma’lumotlar beradi. Falastin tarixiga oid eng muhim manba Tavrot hisoblanadi. Tavrot – qadimgi yahudiy adabiyotidagi xilma-xil asarlar to’plamidan iborat bo’lib, qadimgi yahudiylar, keyinchalik esa xristianlar uni o’zlarining «Muqaddas kitobi» qilib olgan. Bu to’plam qadimgi yilnomalar va bir qancha qadimgi afsonalarda ko’rsatilishicha Isroil va Yahudiya podsholiklarining tarixini ta’riflab beruvchi tarixiy kitoblardan iboratdir. Tavrotning eng qadimiy qismi er. avv. IX asrga oiddir. Bu qismning muallifi «xudo» so’zini ishlatgan va shuning uchun u «ilohista» deb atalgan. Tavrotning afsonalar va qadimiy rivoyatlar to’plamidan iborat qismi er. avv. VIII asrga oiddir. To’plamning muallifi Isroilliklarning bosh xudosini Yahviy deb atagan. Shuning uchun ham bu to’plamning muallifini odatda «yaxvist» deb ataydilar. Er. avv. VII asrda Tavrotning har ikkala qismi bitta to’plam qilib birlashtirilgan. Tavrotning dastlabki teksti pergament va papirusga qadimgi Senit xatida unli xarflarni ishlatmasdan va so’zlarni bir-biridan ajratmasdan birga qo’shib yozilgan. Falastinning keyingi davri haqida ma’lumotlarni Iosif Flaviyning (eramizning 37-100 yillar) asarlaridan topishimiz mumkin. Uning «Yahudiyning qadim zamonlari degan asarida qadimgi Isroil va qadimgi Yahudiya tarixiga oid qimmatli ma’lumotlar bor.
Eng qadimgi zamonlarda Falastin hududlarida yashagan qabilalar haqida bizga Tavrot ma’lumot beradi. Unda bu xalqlarning yashagan xududlari ham ko’rsatiladi, lekin bu qabilalarning hammasi qirib tashlangan deyilgan. Bu xududdagi eng qadimgi qabilalardan biri Tirdan janubroqda, O’rta dengiz qirg’oq bo’ylarida yashagan Falastinlar edi. Falastinda er. avv. 2-3 ming yilliklarda eng qadimgi Semit qabilalaridan biri bo’lgan Xananey qabilalari istiqomat qilishib, ularning nomi Tavrotda ham saqlanib qolgan. Tavrotda aytilishicha Xananeylar asosan Falastinning eng muhim savdo shaharlari joylashgan shimoliy qismida yashaganlar. Misr yozuvlarida ham xananeylar haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek er. avv. XV-XIV asrlardan boshlab Falastin va suriyada paydo bo’lgan xabiriy qabilalarini ham alohida ta’kidlab o’tish lozim. Amarna xatlarida yozilishicha xabiriylar Falastinga bostirib kirishib birin-ketin uning shaharlarini ishg’ol qilganlar.
Falastin xududida bunday xilma-xil qabiladan iborat bo’lishi uni bir davlat atrofida birlashtiruviga qarshilik ko’rsatgan. Lekin Falastin va unga tutashgan Finikiya ulkalari garchi yagona va ozmi-ko’pmi mustahkam bir davlat bo’lib tashkil topmagan bo’lsada ham, u er. avv. 3 ming yillikdayoq muayyan madaniy-tarixiy birlashmadan iborat bo’lgan. Bu mamlakatda yashovchi xananeylar o’ziga xos bir madaniyat vujudga keltirganlar. Bu madaniyat Shumer, Bobil, Misr ta’siri ostida bo’lgan. Misrliklar XVIII sulola fir’avnlari davrida bu xududni tamomila bosib olishgan. Falastin aholisi asosan qishloq xo’jaligi bilan mashg’ul bo’lgan. Ular er.avv. XII-XI asrlardayoq yalpisiga temirdan foydalana boshlaganlar. Er.avv. XVIII asrda Misrning ta’siri pasaygach Xanan mustaqil rivojlanish imkoniyatiga ega bo’lgan. Er. avv. XVIII-XVI asrlarda Xanan madaniyati inqirozga yuz tutadi.

Budavrdaqadimgiyahudiyqabilalariningajdodlaribo’lmishXabiriyqabilalaribosqinikuchaygan. Ular dastlab er. avv. 2 ming yillikning o’rtalaridanoq bu hududga kirib kela boshlaganlar. Falastinning qadimgi yahudiylar tomonidan bosib olina boshlaganligi to’g’risida Tavrotda ham ma’lumotlar uchraydi.
Mahalliy Xananiy qabilalari ularga qattiq qarshilik ko’rsatishgan. Filistinlar esa Falastin va Siriya hududlarida taxminan er. avv. XII asrlarda paydo bo’lgan. Filistinlar Egey qabilalari gruppasiga mansub bo’lib, ular Misr yozuvlarida «dengiz halqlari» deb atalgan.
Falastinning yahudiy qabilalari tomonidan bosib olinishi haqida ularning qahramonlik dostonlarida ham xotiralar saqlanib qolgan.
Falastinning qadimgi qabilalari kabi bosqinchi yahudiy qabilalari ham er.avv. 2 ming yillikda uzoq vaqt davomida Falastin xududlarida chorvachilik bilan kun kechirishgan. Sinay yarim oroli, arab cho’llari va Falastinda yashagan bu qabilalarni misrliklar madaniy jihatdan qaloq hisoblanishgan. Misr yozuvlarida va misrliklarning Siriyaga qilgan sayohatlari haqidagi tasvirlarda bu qabilalarning juda primetiv usulda hayot kechirganliklari yozilgan. Falastin hududlaridagi ko’chmanchi qabilalar ko’proq mayda chorva, qo’y, xususan, dumli qo’ylar va uzun junli echkilar boqqanlar. Shu bois go’sht, sut, jun vat yeri chorvachilikning asosiy mahsuloti bo’lgan. Tabiiy sharoitning qulayligi keyinchalik dehqonchilikning ilk vujudga kelishiga sabab bo’lgan. Shuningdek bog’dorchilik va tokzorchilik juda keng tarqalgan. Falastinda zaytunzor juda keng ko’p bo’lib, undan qadrli zaytun moyi olishgan. Zaytun moyini chetga chiqarib sotishgan. Falastinning o’z mahalliy xom ashyosi kam bo’lganligi hunarmandchilikning rivojlanishiga halaqit bergan.
Ularning yer egaligida er. avv. VIII asrda ham yer jamoa a’zolari o’rtasida chek tashlab bo’lingan. Lekin savdo-sotiqning rivojlanishi, ishlab chiqarish kuchlarining o’sishi va mulkiy tabaqalanishning boshlanishi bois jamoa tuzimi shu vaqtdan e’tiboran buzila boshlagan. Tavrotda ko’rsatilishicha jamoa yer egaligi bilan birga xususiy yer egaligi bilan birga xususiy yer egasi ham mavjud edi.
Bu davrda boy a’yonlar, amaldorlar, kata yer egalari va kohinlar hukmron sinfni, ya’ni quldorlar aristokratiyasini tashkil qilgan.
Urushlar hamda ayirboshlash savdosining rivojlanib ketishi urug’doshlik munosabatlarining yemirilishiga olib kelgan. Er. avv. XI-X asrlarda esa Misrning zaiflashishi Falastinda ayrim mustaqil davlatlarning tashkil topishiga sabab bo’lgan. Ayrim qabilalar o’rtasida bo’lgan kurashlar jarayonida qabila ittifoqlari tashkil topgan. Qabila ittifoqi tepasida eng kuchli va eng boy qabila boshliqlari turgan. Er. avv. XI asrda Falastindagi davlatlardan eng kuchlisi va kattasi Saul tomonidan barpo etilgan Isroil podsholigi bo’lgan. Saul butun Isroilni o’z hokimiyati ostida birlashtirishga va o’z ta’sirini qo’shni mamlakatlarga yoyishga xarakat qilgan. U Xonaneylarning o’z mustaqilligi saqlab turgan shaharlarni ham o’z davlatiga bo’ysindirgan. Ana shunday janglarning birida, ya’ni Falastinlar bilan bo’lgan urushlarda Saul va uning 3 ta o’g’li halok bo’lgan. Soulning birlashtiruvchi yo’lidagi ishlarini Dovud (er. avv. X asr boshlari) davom ettirgan.
Dovud podsholik davrida Quddus bosib olinib mamlakat poytaxtiga aylantirilgan.
Tavrotda saqlangan tarixiy ma’lumotlarda odatda Sulaymon (Solomon) podsholik qilgan davri Isroil-Yahudiya podsholigining gullab yashnagan davri, deb hisoblaydi.
Bu davrda Isroil-Yahudiya podsholigi ichki tomondan yana ham mustahkamlangan. Uning davrida maalakat 12 territorial okrukka bo’linadi.

Lekin Birlashgan Isroil-Yahudiya podsholigi mustahkam emas edi. Falastinning shimoliy qismi-Isroil iqtisodiy jihatdan rivojlangan bo’lsa janubi Falastin esa qoloq edi. Sulaymon davrida dastlab qo’zg’olon ko’targan lekin mag’lubiyatga uchragan Xerovoam Sulaymon vorisi Rovoan davrida qo’zg’olon ko’tarib mustaqil Isroil davlatini qayta tiklaydi.


Keskin tus olib ketgan sinfiy bu ikki davlatni zoiflashtirib yuborgan. Shuningdek qo’shni halqlar va davlatlar bilan uzoq davom etgan urushlar uni yanada holdan toydirgan. Ossuriyaliklar Isroilga qahshatkich zarba berishgan. Ossuriya podshosi Sargon II Isroil podsholigini batamom bosib olgan.
Qadimgi Yahidiylar yuksak madaniyat yaratib ketishgan. Ular qadim zamonda yuksak madaniyat yaratgan misrliklar va bobilliklar bilan o’zaro yaqin munosabatda bo’lishgan. Qadimgi falastliklarning dastlabki diniy e’tiqodlari to’g’risida Tavrotda ma’lumotlar uchraydi.
Unda aytilishicha falastinliklarda ko’pxudolik e’tiqodi mavjud edi.
Yahudiylarning bosh xudosi Yaxvi hisoblangan. Shunday qilib aytish mumkinki qadimgi yahudiylarda tanho xudo e’tiqod usullari ancha keyinroq vujudga kelgan. Ularning e’tiqodida podsho o’ta ulug’langan. Podshoga, xudoga til tekkizgan odam kofir hisoblangan. Shu bois podsholarni «Xudo o’g’li» deb atashgan. Shunday qilib kohinlar podsho xokimiyatini mustahkamlashga va shu bilan butun sinfiy quldorlik tuzumini mustahkamlashga uringanlar.
Din o’z navbatida adabiyot bilan bog’liq bo’lgan. Tavrot kitoblarida qadimgi adabiyotning xilma-xil asarlari diniy miflar, tarixiy afsonalar, qahramonlar haqidagi halq dostonlari saqlangan. Tavrot adabiyotidagi asarlaridan bir qanchasida ancha qadimgi Xanaan hamda Bobil va Misr adabiyotining ta’siri kuchli bo’lgan. Tavrot adabiyoti esa keyinchalik o’z navbatida xristian adabiyotiga ta’sir etgan. Payg’ambarlarning va’zlari bad’iy jihatdan yuksak lirik she’rlar, diniy qasidalar jahon adabiyotining eng go’zal asarlari qatoriga kirgandir.





Download 32,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish