Qabul qildi: muxtorov botir


A.Smit va D.Rikardo ta’limoti va xozirgi zamon



Download 38,33 Kb.
bet3/6
Sana13.07.2022
Hajmi38,33 Kb.
#785143
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kariboyev Davron

2. A.Smit va D.Rikardo ta’limoti va xozirgi zamon.
A.Smit va D.Rikardo angliya klassik iqtisodiyotinin eng buyuk va eng sunggi namoyondalari edilar, ularning g‘oyalari Sey,Sismondi va qisman Maltus tomonidan davom ettirildi, ammo bu g‘oyalarga katta biror yangilik kiritilmadi. A.Smit va D.Rikardo asarlarida klassik iqtisodiy maktab eng yuksak ko‘tarildi va jaxon iqtisodiy tafakkuriga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Klassik iqtisodiy maktab uchun shu narsa xarakterliki, unda mantikiy abstraksiya uslubi yordamida iqtisodiy vokeala imkoni boricha katta ob’ektivlik va xolislik bilan taxlil etildi va mavjud tizimni ataylab ongli maktash bilan shugullanilmadi. Klassik iqtisodiyotning poydevori qiymatning mexnat nazariyasi asosida kurilgan. Bu ta’limot daromatlarni taksimlash nazariyasiga ham asos deb qaralgan. Bu maktab birinchi marta usha davrdagi ilgor burjua jamiyatining sinfiy tuzilishini to‘g‘ri yoritib berdi, kapitalistlar, yer egalari va yollanma ishchilarning daromad manbalari ochib berildi (ish xaqi). Daromadlar o‘rtasida qarama-qarshilik yo‘q deb qaraldi. A.Smit o‘z asarida iqtisodiyot fanini xar tomonlama to‘la taxlil etib, xozirgi davr tili bilan aytganda bozor iqtisodiyoti va uning amal qilish tamoyillarini to‘g‘ri ko‘rsatib berdi. Ular ta’limotining mohiyati kiskacha kuyidagilardan iborat:
1. Tanlov va tadbirkorlik erkinligi;
2. Baxolarning erkinligi (ya’ni baxoning bozorda talab va taklif asosida shakllanishi);
3. Erkin raqobat
4. Mulk shakllarining turli - tumanligi va ularning qonun oldida baravarligi (ya’ni davlat, jamoa, xususiy va boshqa mulklarning xayotiyligi);
5. Davlatning imkoni boricha iqtisodiyot masalalariga kam aralashuvi.
Klassik (mumtoz) maktab vaqillari inson xoxishiga bog‘liq bo‘lmagan ob’ektiv iqtisodiy qonunlarning mavjudligini tan oladilar. Bu qonunda iqtisod tizimida tabiiy turgunlikni ta’minlashga, o‘z-o‘zini boshqarishga kodir ekanligi tan olinadi. Shu sababli davlatning iqtisodiyotga aralashuvi iloji boricha inkor etiladi va erkin savdo-sotik qullaniladi. "Ko‘rinmas qul" yordamida iqtisodiyot avtomatik ravishda erkin bozor munosabatlari doimo rivojlanish kobiliyatiga egadir (ammo bu fikr J.M.Keyns tomonidan rad etiladi). Birinchi bor erkin bozor iqtisodiy taraqqiyot asosi sifatida to‘g‘ri ko‘rib chiqilgan. Iqtisodiyotning muxim kategoriyalari bo‘lgan qiymat, pul, foyda, baxo, ish xaqi,renta, kapital va boshqalarga asosan to‘la va to‘g‘ri ta’rif berilgan. Yangi jamiyatning progressiv tomonlari bilan birga bozor iqtisodiyotining bekamu-ko‘st emasligi, uning jiddiy kamchiliklari borligi ham kayd etilgan.
Ingliz klassik iqtisodiyotining mashxur namoyondasi D. Rikardo (1772-1823) Petti va Smitning iqtisodiy g‘oyalarini yanada rivojlantirdi. U Londonda burjua dalloli oilasida tugildi. Ikki yil Amsterdam (Gollandiya) da savdo maktabida ta’lim oldi. D.Rikardo dastlab birja dalloli, keyinroq matematika ukituvchisi bo‘ldi. Tarixiy manbalarga qaraganda, D.Rikardo 1799 yilda kurortda A.Smitning "Xalqlar boyligi" asarini ko‘rib qoladi va unda bu fanga ishtiyok paydo bo‘ladi. U jamiyat moddiy boyligi o‘sishi uchun ijtimoiy va taksimotning qanday sharoitlari eng qulay va optimal degan masalaga tuxtaladi. Rikardo yagona iqtisodiy konsepsiya asosi-pul muammosi va kredit, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, soliq, yer rentasi, xalqaro mexnat taksimoti to‘g‘risida fundamental fikrlar berdi. Smitdan keyinroq yashagan Rikardo sanoat inqilobi natijalarini to‘larok tushundi.
Uning fikrlari nisbatan teran bo‘lib, klassik iqtisodiyotni nixoyasiga yetkazdi; u agar A.Smit manufakturasini qullasa, Rikardo sanoat davrining iqtisodchisi edi va fabrika afzalligini tushundi. Uning dastlabki «Oltin ajdaxosi to‘g‘risida uch xat» (1809) va boshqa asarlari pul va muammolarining taxlil qilishga bagishlangan. 1807 yilda uning asosiy asari bo‘lgan «Siyosiy iqtisod va soliq solishning boshlanishi» chop etildi. 1824 yilda yozilgan «Milliy bank tuzishning rejasi» asari esa uning vafotidan keyin bosilib chikdi. Rikardo qiymat qonunini ishlab chikishda Smitning xulosalariga, garchi ularni qisman rad etsada, suyandi va ularni rivojlantirdi. U tovarning ikki faktori: iste’mol va almashuv qiymatlarini yanada anikrok o‘rgandi. Rikardo Smit kabi qiymatning mexnat nazariyasini kapitalistik ishlab chiqarish sharoitida qullashda katta qiyinchiliklarga uchradi. Qiymatning ishlab chiqarish baxosiga aylanish muammosiga e’tibor berdi va uni xal etishga o‘rindi. Real xayotda kapitaldan olinadigan foyda shu kapitalning miqdori bilan aniklanadi yoki foyda normasi mutaddillashish tendensiyasiga ega.Rikardo ish xaqi, foyda va renta masalalarini yechishga katta xissa kushdi. U Smit kabi asosiy uch sinfning dastlabki daromadlari masalasiga e’tibor berdi. U mexnatni tovar deb (aslida ishchi kuchi tovar) xisoblab mexnatning bozor baxosi (ish xaqi) tabiiy baxo bo‘ladi va shu atrofda o‘zgaradi deb xisoblagan; tabiiy baxo deganda ishchi kuchining qiymatini tushungan. Rikardo masalaga tarixiy an’analar asosida yondoshishga o‘rinsa ham mexnatning tabiiy baxosini jismoniy minimumga tenglashtiradi: masalan, nonning baxosi va ish xaqining pul miqdori o‘rtasida bevosita bog‘liqlik bor, -deydi u,- agar nonning baxosi oshganda ish xaqi o‘zgarmasa ishchilar och qoladi va ulimga maxkum etiladi. Rikardo pul va pul muomalasi masalalariga katta e’tibor qildi. U dastlabki asarlarida pulni ichki qiymatga ega bo‘lgan tovar deb qaragan. Pul qiymati uni topishga sarf qilingan mexnat bilan aniklangan Rikardo pulning xususiyati shundaki, u alohida tovar, boshqa tovarlarning qiymat ulchovi va muomala vositasi sifatida xarakat qiladi,- deydi.Rikardo angliyaning tashki aloqalar iqtisodiyotida katta rol uynashini alohida o‘rgandi.
U birinchilardan bo‘lib ayrim tovarlarni ishlab chiqarishdagina emas, (korxona doirasida), balki mamlakatlar o‘rtasidagi xalqaro mexnat taksimoti va ixtisoslashuvining foydaliligini ishlab chikdi. Bu tamoyil ko‘ra, ayrim mamlakatlar tovarlarni ishlab chiqarishda ayrim qiyinchiliklarga ega bo‘ladi va kam xarajat sar qilinadi. Nisbiy ustunlik nazariyasini yaratdi. Misol sifatida Angliyada tekstil, Portugaliyada vino ishlab chiqarish ustunligini isbotlab berdi. Rikardoning 1815 yilda yozilgan «Nonga bo‘lgan past baxoning kapital foydasiga bo‘lgan ta’siri to‘g‘risidagi tajriba nomli pamfletida sinflarning iqtisodiy munosabatlari va kapitalizm rivojlanish nazariyasi kiska, ammo lunda tarzda bayon etilgan. Uning asosiy xulosalari kuyidagilardan iborat: agar iqtisodiyot rivoji o‘z xoliga kuyilsa, axolining o‘sishi va kam unumdor yerlarga ishlov berilishiga o‘tishi tufayli qishloq xo‘jaligi maxsulotlarining baxosi oshib boradi.buning barcha foydasi yer egalari bo‘lgan lendlordlarga utadi. Vaxolanki, kapitalga bo‘lgan foyda normasi pasayadi. Bundan esa ishchilar ham ziyon ko‘radi, chunki ularning mexnatiga talab pasayib boradi.

Download 38,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish