Qabul qildi: muxtorov botir


A.Smitning iqtisodiy g‘oyalari. Uning «xalqlar boyligi» asaridagi iqtisodiy qarashlar



Download 38,33 Kb.
bet2/6
Sana13.07.2022
Hajmi38,33 Kb.
#785143
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kariboyev Davron

1. A.Smitning iqtisodiy g‘oyalari. Uning «xalqlar boyligi» asaridagi iqtisodiy qarashlar.

A. Smit (1723-1790) Shotlandiyaning kerqoldi shaxrida bojxona chinovnigi oilasida dunyoga keldi. Glazgo va Oksford universitetlarida ta’lim oldi. 1759 yilda o‘qigan leksiyalari asosida etikaning falsafiy muammolariga bagishlangan o‘zining birinchi «Axlokiy xissiyot nazariyasi» kitobni yaratdi. U 1766 yilda o‘zining bosh asari –« Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risidagi tadqiqot»ni yozishga kirishdi. Bu asar 1776 yil martda Londonda chop etildi. Smitning bu asari 5 kitobdan iborat bo‘lib, birinchisida qiymat va qo‘shimcha daromad muammolari tadqiq etildi, ikkinchisida – kapital jamgarilishining shakllanishi davrida yevropaning iqtisodiy rivojlanishi, uchinchisida –kapitalizm taraqqiyotiningtarixiy shart-sharoitlari, turtinchisida- Merkantilizm va fiziokratlarning bilimlariga munosabati, beshinchisida esa davlat moliya tizimi tadqiq etilgan. A.Smit tomonidan tadqiq etilgan insonning tabiati, inson va jamiyat orasidagi munosabatlar klassik (mumtoz) maktab qarashlarining asosini tashqil etdi.


Bunda «Iqtisodiy odam» tushunchasi keninrok paydo bo‘lishiga qaramasdan, uning kashfiyotchilari A.Smitga tayanganlar.Smit o‘z asarlarida va tadqiqotlarida odamlar ba’zi bir shunday tabiiy xususiyatlarga egaki, ular ijtimoiy tuzumga bog‘liq emas, degan xulosaga asoslandi. Ana shunday xususiyatdan biri Egoizm bo‘lib, odamlar o‘z xo‘jalik faoliyatlarida unga amal qiladilar. Xar bir odam o‘z shaxsiy manfaatini ko‘zda tutadi, ammo bu xolatda ko‘p boshqa xolatlardagi kabi, u «Ko‘rinmas qul» tomondan uning niyatida ham bo‘lmagan maksad sari yo‘naltirildi. Smitning ta’rificha foyda ketidan kuvish va raqobat butun jamiyatga naf keltiruvchi faoliyat deb qaraladi (Sho‘rolar davrida, markscha-Lenincha g‘oyada tankid qilinar edi). A.Smit kapitalistik jamiyatni tabiiy tuzum bilan bir deb tushungan, shuning uchun kapitalistik munosabatlar adabiy, kapitalistik xo‘jalik namoyandalarining xususiyatlari odamning tabiiy xususiyatlari kabidir, deb izoxlaydi.bu fikrni bozor munosabatlariga ham tadbiq etish mumkin. A.Smit abstraksiya usulidan foydalanib qator chuqu ilmiy xulosalarga keldi, xodisalarning ichki boglanishi masalalariga kirib bordi. Shunga parallel ravishda u boshqa yo‘ldan ham bordi, kapitalistik xaqikat to‘g‘risidagi bevosita ko‘zatish natijalarini umumlashtirdi. Birinchi metod izoterik, ikkinchisi - ekzoterik usullar deb ataladi. Mexnat taksimoti va pul to‘g‘risidagi ta’limot. Smit o‘z davri uchun mos ravishda manufakturani ishlab chiqarishning eng ilgor shakli deb baxolaydi, uning tarixan utkinchiligini tushunmaydi. A.Smitning iqtisodiy qarashlari asosida shunday g‘oya yotadiki, unga ko‘ra jamiyat boyligi ishlab chiqarish jarayonida mexnat tufayli paydo bo‘ladi. A.Smit mexnatni barcha sohalarda (sanoat,qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish sohalari) boylikning asosi deb biladi.
U kapitalistik ishlab chiqarishning manufaktura boskichini taxlil qilish asosida iqtisodiy progress (taraqqiyot) ning muxim omili mexnat taksimotidir, degan xulosaga keldi. Birinchidan, mexnat taksimoti tufayli ayrim ishchilarning chakkonligi va moxirligi oshadi. Ikkinchidan, bir turdagi ishdan boshqasiga o‘tish uchun ketadigan vaqt iqtisod qilinadi. Uchinchidan, mexnat taksimoti mashinalar ixtiro qilishga imkon tugdiradi, ya’ni takrorlanadigan jarayonlar mashina qullashga qulaylik yaratadi. A.Smit asarida mexnat taksimotining salbiy tomonlari ham berilgan (bir xil mexnat, toliqish…) manufakturadagi mexnat taksimoti va endigina rivojlanib kelayotgan mashina sanoatining salbiy oqibatlari ham tan olinadi. Smit tovar dunyosida pulning stixiyali ravishda, uzoq rivojlanish jarayoni natijasida ajralishini ko‘rsatib berdi. Smit pulning muomala vositasi funksiyasini boshqalarga nisbatan alohida ta’kidlaydi. Oqibatda Smitning fikricha, pul texnik kurol bo‘lib, iqtisodiy jaraenlarni yengillashtiradi, uni «Muomalaning buyuk gildiragi» deb baxolaydi. A.Smit qiymatning mexnat nazariyasini V.Pettining nazariyasiga nisbatan ancha chuqur va to‘larok ishlab chikdi. A.Smit qiymatni daromad bilan ham tenglashtirishga o‘ringan. U aytadiki, ish xaqi, foyda va renta xar qanday daromadning, xuddi shuningdek xar qanday almashuv qiymatining dastlabki uch manbaidir. Demak, Smit kapitalizmiga xos yana bir qiymat- daromad nazariyasini uylab topdi, bu yerda daromad ish xaqi darajasi, foyda, renta bilan aniklanadi.
Qiymatni daromadlar asosida tushuntirish olimning qiymatning mexnat nazariyasiga qarama - qarshidir. Daromadlar to‘g‘risidagi ta’limot A.Smit jamiyat a’zolarining ishlab chiqarish vositalariga bo‘lgan munosabatlariga ko‘ra uch sinfni ajratib berdi: ishchilar, kapitalistlar va yer egalari. Xar bir sinf o‘zining asosiy daromadini: ishchilar, ish xaqini, kapitalistlar foydani, yer egalari esa rentani oladilar.
Ular o‘rtasida nomuvofiklik yo‘q. Ish xaqi, ya’ni ishchining daromadi Smitning fikri bo‘yicha mexnat maxsuloti bo‘lib, mexnat uchun to‘lanadigan tabiiy mukofotdir, oddiy takror ishlab chiqarishda ham mexnat xaqi mavjuddir. U oddiy ishlab chiqaruvchi bilan yollanma ishchining daromadlarini bir deb bildi. U oddiy takror ishlab chiqarishda «Ish xaqi» ishchining butun mexnat maxsulotiga teng. Smit ta’limotida ishchi kuchi degan kategoriya yo‘q, u kapitalist va ishchi o‘rtasidagi munosabatda ishchi kuchi sotilishi jarayonini tushunmagan. Ammo ish xaqining normal darajasini aniklashda u amalda ishchi kuchining qiymatidan foydalangan, ish xaqining miqdori to‘g‘risida gap borganda esa tirikchilik xarajatlari qiymati xisobga olinishi kerak, deydi. Smit foyda normasi va protsent (foiz)ning past darajasini iqtisodiy rivojlanish va «Millatning ravnaki» ko‘rsatkichi deb xarakterladi, ammo foyda normasining pasayib borish tendensiyasini tushuntirib bera olmadi. Unumli va unumsiz mexnat to‘g‘risidagi ta’limot. Smitda bu masala ancha mukammal taxlil etilgan. Fiziokratlarda qiymatning manbai u yoki bu konkret mexnat shakllari emas, qaysi sohada bo‘lishining farqi yo‘q, balki umuman mexnat ekanligini ko‘rsatib berdi. Smitning fikricha, qiymat foyda umumiy ijtimoiy mexnat bilan yaratiladi. Avvalo kapitalga almashuvni, ya’ni foyda yaratuvch mexnat unumli deb e’lon qilinadi, maksadidan kat’iy nazar odamlarning boshqa turdagi faoliyati unumsiz mexnat xarajatlari deb aytiladi. Unumli va unumsiz mexnatning farqi shundaki, birinchisi kapitalga almashtiriladi. Tovarda o‘z aksini topgan mexnat unumli, xizmat sohalari unumsiz mexnat bo‘lib chikadi (marjinalizmda boshqacha fikr). Smitning tasdiklashicha davlat daromadining deyarli hammasi unumsiz elementlarni ta’minlash uchun sarf bo‘ladi, shu sababli jamiyatda bunday guruxlar imkoni boricha kam bo‘lishi kerak, deydi, ya’ni u arzon davlat tarafdori bo‘lgan, bunga kushilish mumkin. A.Smit erkin raqobat davridagi Buyuk Britaniyadagi iqtisodiy siyosatni asoslashga katta e’tibor berdi. U ishlab chiqaruvchilarga iqtisodiy erkinlik ta’minlashni, davlatning iqtisodiy xaetga aralashmasligini ta’rifladi, ammo mamlakat xavfsizligi iqtisodiyotdan ustun, deyiladi. Smit merkantilizmga, shu bilan birga savdodagi proteksionizmga (davlat tomonidan cheklashlar, soliq,bojxona va boshqalar), tashki savdodagi xar qanday cheklashlarga qarshi edi, demak erkin iqtisodiyotni qo‘llaydi. Smit nochor axvolga tushib qolgan iqtisodiyotni rivojlantirish uchun kuyidagi uch omilni ko‘rsatib bergan edi: 1. Mamlakatda tinchlik, osoyishtalik bo‘lishi va saqlanishi. 2. Me’yoridagi yengil soliqlar tizimi. 3. Davlat iqtisodiyot ishlariga xadeb aralashavermasligi zarur, iqtisodiyot tabiiy ravishda amalga oshaveradi.

Download 38,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish