Qabul qildi: muxtorov botir


Keynsning iqtisodiy qarashlari, keynschilik, yangi keynschilik



Download 38,33 Kb.
bet4/6
Sana13.07.2022
Hajmi38,33 Kb.
#785143
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kariboyev Davron

3. Keynsning iqtisodiy qarashlari, keynschilik, yangi keynschilik.
J.M.Keyns (1884-1946) "Kapitplizmni tartibga solish"ga oid g‘oya tadqiqotchilaridan biri bo‘lib klassik maktabga qarshi davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi tarafdoridir. U qiymatning mexnat nazariyasini, qo‘shimcha qiymatni inkor etadi. Ularni ishlab chiqarish omillari konsepsiyasi bilan almashtiradi. A. Marshallning, kembridj maktabining davomchidir. Uning bosh asari “Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi»(1936)dir (kiskacha “Umumiy nazariya» deb ataladi).
Keyns ta’limotining xususiyatlari:
1. Bozor munosabatlarining mavjud tizimi o‘z-o‘zini avtomatik tarzda tartibga sola olmasligi asos qilinib olinganligi.
2. Iqtisodiyotning o‘sishi va eng yukori ish bilan bandlikni ta’minlash davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi zarurligi («Aralash iqtisodiyot» otasi).
3. Iqtisodiy xodisalar taxlilini makroiqtisodiy jixatdan (xususiy milliy daromad va jamgarish o‘rtasida bog‘liqlik va nisbatlarni) tadqiq etish zarurligi.
4. Bandlik nazariyasi kuyidagilarga asoslanadi: bandlik ortishi tufayli, milliy daromad, ayni paytda istemol ham ortadi, ammo daromad istemolga nisbatan sekinrok ortadi, odatda insonlarning psixologik «qonuni»dan kelib chikib, ularda jamgarishga moillik kuchayadi. Investitsiyaga imkon tugiladi va yangi korxona,ish joylari paydo bo‘ladi,bu esa iqtisodiyotni yanada rivojlantiradi. Oqibatda "Samarali talab" kamayadi. Bu ishlab chiqarish xajmiga va bandlikka ta’sir etadi.
5. Foiz pul karzi (kredit)uchun beriladigan qonuniy xak deb xisoblanadi. Foizning miqdori "Likvidlik afzalligi" (likvidlik - pulga tez aylana olish, kadrlilik)ga to‘g‘ri va muomiladagi pul miqdoriga teskari proporsionaldir. Investitsiyalarning umumiy xajmi bandlik xajmini belgilashda xal qiluvchi rolni uynaydi. Yangi investitsiyalar tufayli bandliknin usuvchi qo‘shimcha bandlikni vujudga keltiradi. Qo‘shimcha bandlikning o‘sish koeffitsienti multipliqator deb ataladi. U bir tomondan investitsiya o‘sishini, ikkinchi tomondan bandlik va daromadlarning o‘sishi o‘rtasidagi nisbatni ko‘rsatadi. Multipliqator kuyilgan investitsiya qancha foyda berish koeffitsientidir. Usha davrdagi AQSh multiplikatori 2,5ga teng bo‘lgan, ya’ni 1dollar investitsiya 2,5dollar foyda keltirgan. Keyns g‘oyalarning davomchilarini, ya’ni keynschilarni uch oqimga ajratish mumkin.
1. Ung va uta reaksion oqim, agressiv monopolistlarning manfaatini ximoya qilgan. Qurollanish iqtisodiyotini fashistik yo‘l bilan tartibga solishni qo‘llaydi. Keyns kitoblari nemis tiliga darxol tarjima qilindi va Germaniya fashistlari tomonidan foydalanilgan. Fransiyada ham tartibga solinadigan kapitalizm tarafdorlari bo‘lib, ular o‘z nazariyalarini "Dirijizm" deb ataganlar.
2. Liberal oqim tarafdorlari monopoliya manfaatlarini ximoya etadi, ammo kurollanishni inkor etadi.
3. So‘l keynschilik oqimi tarafdorlari milliy daromadni to‘g‘ri taksimlash g‘oyasi bilan talab darajasiga samarali ta’sir etishga intiladi. Ingliz iqtisodchisi J.Robinson xonim kapital jamgarilishi (1956) kitobida bu g‘oya ifoda etilgan. Uningcha mexnat unumdorligining o‘sishi bilan ish xaqining oshuvi yaratilgan maxsulotlarni realizatsiya qilishga yordam beradi va texnika tarakkiyoyati ragbatlantiradi. Bunda kasaba uyushmalarining roli katta bo‘lishi kerak. Keyns g‘oyalarining xozirgi davrda rivojlantirilishi yangicha keynschilik deb ataladi. Yangi keynschilik ikki oqimga bo‘linadi:
1. Amerikaliklar oqimi (A.X.Xansen (1887-1975) va Xarris);
2. Yevropaliklar oqimi (F.Perru, G.Ardon, P.Mendes - Frans). Birinchi oqim tarafdorlari ortodaksol keynschilik deb ham ataladi. Keyns koidalari to‘laligicha qabul qilinib, xansen tomonidan stagnatsiya nazariyasi bilan tuldirildi. Xansen kapitalizm qiyinchiliklari uning ichki qarama-qarshiliklaridan emas, balki "Tashki impuls"larning susayganligidan deb biladi. Davlat xarajatlarini o‘stirish va kondirish uchun ish xaqidan olinadigan soliqlarni 25-30% emas balki 60% gacha oshirish taklif etiladi. Ular multipliqator prinsipiniakseleratsiya prinsipi bilan tuldirdilar. Akselator investitsiya o‘sishining daromad o‘sishiga, ya’ni investitsiyadan keyingi va undan oldingi daromadlarning farqlari nisbati bilan aniklanadi. Multipliqator va akselerator g‘oyalariga asoslanib, iqtisodiyotning o‘zluksiz o‘sish sxemasi ishlab chiqildi. Uning asosida davlat kapitali kuyilmalari yotadi. Iqtisodiyot o‘sishi davrida davlat xarajatlarini cheklash(kamaytirish), inkrozlar davrida esa uni oshirish va shu yo‘l bilan xususiy xarajatlarni kompensatsiyalash taklif etiladi. Evropacha oqim Fransiyada shuxrat kozondi. Keyns g‘oyalarini
G.Ardon, P. Mendes - Frans kabilar to‘laligicha qabul qilsa, F.Perru osuda fazoni tartibga solishni samarasiz deb xisobladi. Bu oqim tarafdorlari iqtisodiyotni rejalashtirishni taklif etadilar. Imperativ (direktiv xarakterda Sobik SSSRdagi kabi) va indikativ (xozir ko‘p davlatlar qo‘llaydigan) rejalashtirish ajratiladi. Keyns uslub iqtisodiy inkrozlarning (1948-49, 1953-54, 1960-61, 1967-68, 1969-71,1974-75, 1981-82) oldini ola bilmadi. Yangi keynschilik urniga postkeynschilik keldi, bo‘lar: ingliz iqtisodchilari J. Robinson, N.Koldor, P.Sraffa, Amerikalik olimlar A.Eyxner, S. Vayntraub. Ular kapitalistik tizimning ichki turgunlik konsepsiyasini taklif qildilar. Ular keyns ta’limotini dinamik, xarakatchan nazariya deb qaraydilar. "Yukori naf", ishlab chiqarish omillarining eng yukori unumi nazariyalarini tankid qilish xarakterlidir. Ijtimoiy institutlar roli ham kiritilgan. Bu ta’limda o‘sish va taksimot muammolari markaziy o‘rinni egallaydi. Ishlab chiqarish va o‘sish sur’atlari milliy daromadning taksimotiga bog‘liq, daromad va uning o‘sishi esa, jamgarma, umumiy jamgarma esa, ish xaqi va foydadan jamgarilgan jami summaga teng bo‘ladi. Postkeynschilar kapitalistik iqtisodiyotni tartibga solish mexanizmini yanada takomillashtirish tarafdorlari bo‘lganlar.

Download 38,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish